Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2020 29.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2151
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2020
Hujjat 31.12.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR ADLIYA BOShQARMALARI HUZURIDAGI MALAKA KOMISSIYALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2151]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3250, 26.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 228-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-1, 03.10.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 438-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 2006-yil 8-noyabrdagi 27-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari qoshidagi notariat boʻyicha malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Adliya vazirligi Hayʼatining 2010-yil 28-oktabrdagi 26/10-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. MUHITDINOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 29-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
232-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) 31-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan keyingi oʻrinlarda malaka komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Malaka komissiyalari stajirovkadan oʻtgan shaxslardan (talabgorlardan) malaka imtihonlarini qabul qilish maqsadida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Malaka komissiyalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Malaka komissiyalari oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi. Davlat organlari va boshqa manfaatdor shaxslarning malaka komissiyalari faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Malaka komissiyalarining moddiy-texnika va moliyaviy taʼminoti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Malaka komissiyasi tarkibi uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka komissiyalari adliya boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari bilan tajribali notariuslar va adliya organlarining boshqa xodimlari orasidan teng miqdorda, 7 yoki 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka komissiyasi majlislarining xolisligi va odilligini taʼminlash maqsadida, zaruratga qarab, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi xodimlari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 390-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2151-3, 29.12.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 653-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Adliya boshqarmasi rahbarining oʻrinbosarlaridan biri malaka komissiyasi raisi hisoblanadi. Malaka komissiyasi raisi vaqtincha boʻlmaganda (xizmat safari, mehnat taʼtili, kasallik va h. k.) adliya boshqarmasining rahbari yoki uning boshqa oʻrinbosari rais etib tayinlanadi. Malaka komissiyasi raisi oʻrinbosari komissiya tarkibidan tayinlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bir shaxs bir vaqtning oʻzida malaka komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (bundan keyingi oʻrinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Malaka komissiyasi aʼzosi boʻlgan adliya boshqarmasining notariat boʻyicha mutaxassis xodimlaridan biri malaka komissiyasining masʼul kotibi etib tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka komissiyasining raisi majlis oʻtkazilishidan kamida oʻn besh kun oldin majlisning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi va bu haqda talabgorlar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasini xabardor qiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 390-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-3, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 653-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka komissiyasining majlisi, agar unda malaka komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Malaka komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Malaka komissiyasining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan malaka komissiyasining aʼzosi komissiya majlisining bayonnomasiga oʻzining fikr-mulohazalarini yozma shaklda bayon etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Bayonnomada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majlis oʻtkaziladigan sana va joy, uning boshlanish va yakunlanish vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining roʻyxati;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi xodimi qatnashganda, uning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 390-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2151-3, 29.12.2015-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 653-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majlisda hozir boʻlgan va hozir boʻlmagan talabgorlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir talabgor tomonidan olingan bilet raqami va undagi savollar mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor tomonidan biletdagi savollarga javob bergan yoki javob bera olmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida komissiya aʼzolari tomonidan berilgan savollar va talabgorning unga bergan javoblari mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish natijalari boʻyicha ovoz berish yakunlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilingan qarorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka imtihonini qabul qilish (stajirovka oʻtagan talabgorning hisobotini eshitish, notariuslar tomonidan gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etilganligi holatini muhokama qilish) jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
(12-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay manfaatdor shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olingan holda topshiriladi. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar adliya boshqarmasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka komissiyasi majlisi bayonnomasidan koʻchirmalarda majlis oʻtkazilgan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qabul qilingan qaror va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Malaka komissiyasining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Malaka komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarning murojaatlarini koʻrib chiqishda zaruratga qarab, manfaatdor shaxslar va tegishli tashkilotlardan adliya boshqarmasi orqali qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 33-bandi talablari buzilganda, talabgorni malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonadan chiqarib yuborish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Malaka komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka imtihonlarini xolisona oʻtkazishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasining qarorlarini bajarishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qonun hujjatlariga muvofiq malaka komissiyasi boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Talabgorni malaka imtihoniga qoʻyish
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Talabgor malaka imtihonini topshirgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq stajirovka natijalari boʻyicha malaka komissiyasiga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Hisobot eshitilgandan keyin malaka komissiyasi stajirovka oʻtagan talabgorning hisobotini maʼlumot uchun qabul qiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Malaka komissiyasi talabgorning hisobotini eshitayotganda “Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talablari buzilganligi aniqlansa, bu holat komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi. Ushbu holat yuzasidan tegishli choralar koʻrish, shu jumladan, aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish toʻgʻrisida malaka komissiyasi raisi adliya boshqarmasi rahbariga xabar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Stajirovka natijalari boʻyicha hisoboti eshitilgan talabgordan malaka komissiyasining aynan shu majlisida malaka imtihoni qabul qilinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Malaka imtihonini topshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun stajirovka oʻtagan joydagi adliya boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka imtihonini topshirish toʻgʻrisidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan shaklda toʻldirilgan shaxsiy varaqa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarjimai hol;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat daftarchasining notarial yoki ish joyida tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stajirovka oʻtash natijasi toʻgʻrisida talabgorning hisoboti, stajirovka rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma va xulosa;
(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) asosan chiqarilgan — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 x 4 sm hajmdagi (soʻnggi 12 oy ichida olingan) 2 dona rangli fotosurat.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan fuqaro malaka imtihonini qayta topshirganda, mazkur bandning sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish, ularni tayyorlash va yigʻish masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Malaka komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlar masʼul kotib tomonidan hujjatlar roʻyxatini tuzgan holda qabul qilib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Malaka imtihonini qabul qilish uchun materiallarni tayyorlab boʻlganidan keyin masʼul kotib ularni malaka komissiyasining raisiga masalani komissiya majlisining kun tartibiga kiritish uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Hujjatlar quyidagi hollarda talabgorga qaytarib beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor malaka imtihonini topshira olmagan kundan eʼtiboran bir yil oʻtmasdan takroran malaka imtihonini topshirish uchun murojaat qilsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq topshirilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, shuningdek, oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar talabgor oʻz hujjatlarini qaytarib berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlsa, asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytarib beriladi. Hujjatlarni qaytarib berishning sabablari bartaraf etilsa, hujjatlar takroran taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Malaka imtihonini qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Malaka imtihoni talabgorlardan zarur hujjatlar qabul qilib olingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida oʻtkaziladi. Bunda hujjatlar adliya boshqarmasining devonxonasida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor malaka komissiyasi majlisining oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Talabgor malaka komissiyasining majlisiga uzrli sabablarga koʻra (kasallik, homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, harbiy yigʻinlarga chaqirilganlik va shu kabi holatlarda) kela olmasa, malaka komissiyasi talabgor malaka imtihonini komissiyaning keyingi majlisida topshirishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor malaka komissiyasining majlisida uzrli sabablarsiz hozir boʻlmasa, u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar adliya boshqarmasida koʻpi bilan bir oy muddat saqlanadi. Ushbu muddat oʻtgandan keyin masʼul kotib koʻrsatilgan hujjatlarni talabgorga qaytarib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Malaka imtihoni barcha talabgorlar uchun bitta xonada, ogʻzaki va yozma shakllarda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonada begona shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Talabgorlarga imtihon varaqlari beriladi, ularning har biri adliya boshqarmasi rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Talabgorning imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashi uchun sakson daqiqa vaqt beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Malaka imtihoni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan imtihon biletlari asosida oʻtkaziladi. Bunda imtihon biletlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan adliya boshqarmasiga malaka komissiyasi majlisi oʻtkaziladigan kuni yetkaziladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 390-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-3, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 653-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtihon bileti beshta savoldan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtihon biletlari asosan fuqarolik huquqi va notariat sohasiga oid savollarni oʻz ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtihon biletidagi savollarga talabgorning javoblari imtihon varaqlarida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashda talabgorga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot manbai sifatida xizmat qilishi mumkin boʻlgan qonun hujjatlaridan, adabiyotlardan, har qanday turdagi texnika vositalari yoki boshqa hujjatlar va vositalardan foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon biletini topshirmasdan oldin, xonadan chiqish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Talabgor oʻzining imtihon biletidagi savollarga ogʻzaki javob beradi. Malaka komissiyasining aʼzolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida talabgorga savollar berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Savollarga javob berib boʻlgan talabgorga oʻz imtihon varaqasini topshirgandan soʻng xonadan chiqishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Imtihon varagʻi malaka komissiyasi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Malaka imtihonini topshirish natijalari boʻyicha malaka komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorni malaka imtihonini topshira olmagan deb topish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilgan kundan boshlab uch yil davomida adliya boshqarmasi arxivida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Malaka komissiyasining qarori ustidan apellatsiya malaka komissiyasining qarori manfaatdor shaxsga topshirilgan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida Oliy malaka komissiyasiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Apellatsiya Oliy malaka komissiyasiga bevosita yoki adliya boshqarmasi orqali yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya adliya boshqarmasi orqali berilganda, adliya boshqarmasi uch kunlik muddat ichida apellatsiyani u bilan bogʻliq barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Malaka komissiyasi qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda; 2011-y., 40-son, 438-modda; 2014-y., 40-son, 501-modda; 2015-y., 52-son, 653-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2151-4/0522-son, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)