Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika yogʻ-moy tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, texnik chigitdan foydalanish samaradorligini oshirish, yogʻ-moy sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini yanada toʻliq yuklashni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning yogʻ-moy tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 7-sentabrdagi PQ-1401-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda yogʻ-moy sanoati korxonalarining texnologik jihozlanish holati, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligi, texnik chigitni qayta ishlash texnologik reglamentlariga rioya etilishi tanqidiy oʻrganib chiqildi;
rahbar xodimlar attestatsiyadan oʻtkazildi hamda tarmoq korxonalarini mazkur sohada tegishli bilim va ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislar bilan taʼminlash chora-tadbirlari koʻrildi;
oʻtkazilgan tahlil asosida texnik chigitni qayta ishlovchi yogʻ-moy tarmogʻi korxonalarining sonini yanada maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-yanvardagi PF-4911-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 26-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qarorining 2-bandidagi “va yogʻ-moy” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-noyabr,
PQ-1427-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 377-modda; 2017-y., 2-son, 26-modda)