Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.12.2005 yildagi 270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MUBORAK HAJ ZIYORATIGA BORUVChILARGA YORDAM KOʻRSATISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimiz fuqarolarining vijdon erkinligi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, muborak haj amallarini ado etish uchun qulayliklar va zarur sharoitlar yaratilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2006-yilda muborak haj safarini tashkil qilish, fuqarolarning talab-ehtiyojlarini adolatli ravishda qondirish masʼuliyati Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi mutasaddi vakillari zimmasida ekanligi hamda ziyoratga boruvchilar soni 5000 kishi miqdorida belgilanganligi eʼtiborga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (V.Tyan) 2005-yil dekabr - 2006-yil yanvar oylarida ziyoratchilarning haj safariga borib kelishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni Toshkent-Madina, Jidda-Toshkent yoʻnalishlarida hamda viloyatlardan Toshkent shahriga va aksincha tashish, aviachiptalar narxini arzonlashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (E.Gʻaniyev), Davlat bojxona qoʻmitasi (B.Matlyubov) Oʻzbekiston musulmonlari idorasining taqdimiga koʻra ziyoratchilarning safar hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (F.Nazirov) Saudiya Arabistoni haj ishlari vazirligi tomonidan qoʻyilgan tibbiy talablarni va mamlakatning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash ishlarini hamda haj davrida ularga yordam koʻrsatilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R.Inoyatov) respublikamiz fuqarolarining noqonuniy yoʻllar bilan haj ziyoratiga borishi oqibatida roʻy berishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldini olish hamda ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (F.Mullajonov) va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (S.Raximov) Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasdiqlagan roʻyxatiga binoan hajga ketayotgan fuqarolarning Saudiya Arabistonidagi xarajatlari uchun mablagʻlarni qulay sharoitlarda konvertatsiya qilish va xorijiy hamkorga oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Sh.Minovarov) haj ziyoratlarini munosib tashkil etish uchun zarur chora-tadbirlarni daxldor davlat idoralari va jamoat tashkilotlari bilan muvofiqlashtirishda Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga yaqindan yordam koʻrsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda ommaviy axborot vositalariga muborak haj ziyoratining mohiyati, talablari va uni amalga oshirishning tartib-qoidalari va haj ziyorati bilan bogʻliq boshqa masalalarni oshkora yoritib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 12-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
270-son