Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.05.2004 yildagi 247-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004 YILDA QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILIShNING KIMYoVIY VOSITALARI BILAN TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika qishloq xoʻjaligi korxonalarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarga qarshi kurashish uchun oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 29-sentabrdagi F-1845-son farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi takliflari asosida 2004-yil uchun oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balansi ishlab chiqilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, unda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor kimyoviy preparatlar importini 2003-yilgi darajaga nisbatan 4,7 mln AQSh dollaridan koʻproqqa qisqartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimyoviy preparatlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmlarini 1,9 mln AQSh dollariga teng miqdorda koʻpaytirish nazarda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga muvofiq “Elektrkimyozavod” aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasida chetdan xarid qilinadigan komponentlar va taʼsirchan moddalar asosida, sifati, taʼsir koʻrsatish samaradorligi va idishga joylanishi boʻyicha — belgilangan standartlarga, qiymati boʻyicha esa — xorijiy turlariga javob beradigan kimyoviy preparatlar ishlab chiqarilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklarni himoya qilishning sotib olinayotgan kimyoviy moddalari saqlanishini, ulardan samarali va maqsadli foydalanilishini, shuningdek ularni qoʻllanish reglamentlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat va fermer xoʻjaliklar bilan shartnomaviy asosda zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarning tarqalishi prognoziga muvofiq qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini kimyoviy himoya qilish boʻyicha metodik va tashkiliy ishlarni oʻz vaqtida amalga oshirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalari va kasalliklari xavfi yuqori boʻlgan hududlarda hamda tarqalishi kutilayotgan joylarda ularning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha profilaktika ishlari amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini muntazam tekshiruvdan oʻtkazsinlar va oʻsimliklarni himoya qilishning biologik vositalaridan keng foydalangan holda qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi kurashishning uygʻunlashtirilgan metodlarini qoʻllasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifatli biomateriallar ishlab chiqarish uchun mavjud biolaboratoriyalarni zarur asbob-uskunalar va ozuqa muhiti bilan taʼminlasinlar hamda ularning toʻgʻri va samarali qoʻllanilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat kimyo komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda respublika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan preparatlar sifati, ularning belgilangan standartlarga va sifat sertifikatlariga muvofiqligi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalaridan maqsadli foydalanilishi, ularni qoʻllanish reglamentlariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat kimyo komissiyasi oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarining inson sogʻligʻiga va atrof muhitga zararli taʼsiri aniqlangan taqdirda, shuningdek preparatlarning biologik samaradorligi past boʻlgan hollarda ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar istisno tariqasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, “Elektrkimyozavod” aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi 2004-yilda qishloq xoʻjaligini oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari bilan taʼminlash uchun tegishli ravishda 9550 ming AQSh dollari va 10100 ming AQSh dollari hajmida chetdan olib kelinadigan kimyoviy preparatlar va taʼsirchan moddalar va komponentlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirganlik uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Elektrkimyozavod” aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan va Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining viloyat boʻlinmalariga, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga, qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga), fermer va dehqon xoʻjaliklariga sotilayotgan oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 27-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
247-son