Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 18.03.1997 yildagi PF-1737-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DEHQON va fermer XOʻJALIKLARINI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASh HAMDA MAMLAKATNI OZIQ-OVQAT BILAN TAʼMINLAShDA ULARNING ROLINI KUChAYTIRISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
(Farmonning sarlavhasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etib oʻtilsinki, dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun yer ajratib berilishi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ancha koʻpaytirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash hamda qishloq aholisining ish bilan bandligini oshirish imkonini berdi. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar maydoni sugʻoriladigan yerlarda 650 ming gektardan oshib ketdi. Ana shu maydonlarda umumrespublika miqyosidagi kartoshka va sabzavot hajmining 69 foizi, goʻshtning 80 foizdan koʻprogʻi, sutning salkam 90 foizi yetishtirilmoqda. Dehqon xoʻjaliklari soni qariyb 20 mingtaga yetdi, ularda l09 mingdan koʻproq xodim ish bilan band.
(kirish qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, joylardagi ishlarning ahvolini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, dehqon va fermer xoʻjaliklari faoliyatiga aralashish faktlariga yoʻl qoʻyilmoqda. Yakka tartibda mahsulot yetishtiruvchilarga ajratib berilayotgan yerlarning sifati baʼzida past boʻlib, bunda ulardan samarasiz foydalanish hollari mavjuddir. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning egalari hamda dehqon xoʻjaliklariga urugʻlik va koʻchatlar, yem-xashak va veterinariya preparatlari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va ixcham texnika sotish tizimi aniq-puxta yoʻlga qoʻyilgan emas, servis xizmati koʻrsatish past darajada tashkil qilingan. Ular tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotishda qiyinchiliklar mavjud.
(kirish qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini rivojlantirishda yakka tartibda mahsulot yetishtiruvchilarning rolini kuchaytirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, dehqon va fermer xoʻjaliklarining samarali ishlashini tashkil qilishda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida:
(kirish qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shu narsa qayd etilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat”, “Oʻzgoʻshtsutsanoat”, “Yogʻmoytamakisanoat”, “Oʻzpaxtasanoatsotish” uyushmalarining, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining rahbarlari respublikada dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik aktlari hamda boshqa normativ aktlarning bajarilishini toʻliq darajada taʼminlamayaptilar.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatilgan rahbarlar zimmasiga “Yer toʻgʻrisida” va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining talablari, shuningdek qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning mazkur toifasini shakllantirish va rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat qarorlari ogʻishmay bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin, amalda buyruqbozlik tugatilsin, ularning mahsulot ishlab chiqarish va sotishga boʻlgan mustaqil huquqi toʻla-toʻkis roʻyobga chiqarilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlarning hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarining maqomi toʻgʻrisida tegishli qonunchilik aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun yer ajratib berish chogʻida tegishli tartib oʻrnatish, xoʻjasizlik faktlarining oldini olish, ajratib berilgan yer egalari ulardan oqilona va samarali foydalanishlarini taʼminlash maqsadida:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— ajratib berilgan yerlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda undan oqilona foydalanish holatini oʻrganishni tashkil etish uchun “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Prokuraturasining rahbarlari va mutaxassislaridan iborat respublika komissiyasi tuzilsin. Qoraqalpogʻiston Respublikasida va respublika viloyatlarida ham xuddi shunday komissiyalar tuzilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— mazkur komissiyalarga 3 oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga ajratib berilgan yerlarni yalpi roʻyxatdan oʻtkazish topshirilsin. Ana shu yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanish faktlari aniqlangan taqdirda ular Oʻzbekiston Respublikasining “Yer toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda boshqa qonunchilik aktlariga muvofiq qaytarib olinsin. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Prokuraturasi mazkur topshiriqning ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— ajratib berilgan yerlardan oqilona va samarali foydalanayotgan qishloq xoʻjaligidagi eng yaxshi tovar ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish tariqasida ularga beriladigan yer maydonlarini sugʻoriladigan yerlarda 0,25 ga. dan 0,35 ga. gacha va lalmi yerlarda 0,5 ga. dan 1 ga. gacha koʻpaytirish imkoniyati koʻzda tutilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi respublika va hududiy komissiyalar bilan birgalikda yerlarni roʻyxatdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha qonunchilik aktlariga Farmonning ushbu bandidan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4495-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4495-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 3-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishga davlat yoʻli bilan madad berish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga aylanma mablagʻlar ajratib bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank 10 kun muddat ichida “Qishloq xoʻjaligida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirishga oid tub chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon talablariga muvofiq garov asosida kreditlar berish mexanizmini ishlab chiqsin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi PF-3767-sonli Farmoni tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 246-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding” kompaniyasi tajriba tariqasida 1997-yilda dehqon va fermer xoʻjaliklarning ehtiyojlari uchun tortish kuchi 0,4 va 0,6 tonna boʻlgan rusumdagi 150 ta traktorni ularning toʻliq turkumdagi qurollari bilan birga ishlab chiqarsin. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birga 1997-yilning 1-noyabriga qadar ixcham qishloq xoʻjalik texnikasi boʻyicha marketing tadqiqotlarini oʻtkazsin va zaruratga qarab uni koʻplab tayyorlab berish dasturini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi zimmasiga dehqon va fermer xoʻjaliklariga texnik hamda servis xizmati koʻrsatish masalalari yuklansin. Mashina-traktor parklari tarkibida dehqon va fermer xoʻjaliklariga mexanizmlar bilan yordam koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar tuzilsin, ularga ixcham texnika, shunday texnikaning ehtiyot qismlari va taʼmirlash buyumlari yetkazib berish hamda sotish tashkil qilinsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga shu maqsadlarda uning hisob-kitoblari boʻyicha mashina-traktor parklari uchun aylanma mablagʻlar ajratib bersin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari 2 oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— shaharlarda, tuman markazlarida, shaharchalar va yirik qishloqlarda dehqon va fermer xoʻjaliklarining egalaridan meva-sabzavot, goʻsht-sut hamda boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlarini shartnoma asosida qabul qilib oluvchi punktlarni tashkil qilsinlar. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini doimiy ravishda topshirib turuvchi Uyushma aʼzolariga urugʻlik, mineral oʻgʻitlar, oʻrash materiallari va uskunalarni muqobil tartibda yetkazib berish amalga oshirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq toʻlagan holda dehqon va fermer xoʻjaliklarining egalari bilan fʼyucher kontraktlari tuzishni amalda keng joriy etsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— mahsulotni, ayniqsa meva, rezavor va sabzavot mahsulotlari yalpi pishib yetiladigan davrda ularni qabul qilib olish va sotishni jadallashtirish maqsadida “Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi bilan Oʻzbekbirlashuvning mavjud muzxonalari, bazalari hamda boshqa ishlab chiqarish quvvatlaridan mumkin qadar koʻproq foydalansinlar. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 98-son qarorida koʻzda tutilganidek, meva-sabzavot mahsulotlarining ulgurji bozorlari tarmogʻini bunyod etish jadallashtirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonning bajarilishini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Q. F. Obidov, Bosh vazir oʻrinbosari M. 3. Usmonov va Davlat maslahatchisi T. A. Alimov zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 18-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-1737-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 3-son, 85-modda; 2001-y., 9-10-son, 197-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 246-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2013-y., 1-son, 3-modda)