Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 07.09.1992 yildagi PF-470-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NEFT MAHSULOTLARINI SOTIShDA TARTIB O‘RNATISh VA TARMOQNI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORALARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekistonda neft mahsulotlari bilan ta’minlash sohasida obyektiv ravishda og‘ir ahvol vujudga keldi. Respublika har yilgi iste’mol qilinadigan neftning 80 foizigacha qismini MDH mamlakatlaridan olib kelishga majburdir. Bu mamlakatlarda neft mahsulotlari hamda boshqa energiya manbalarining narxi muttasil keskin oshib bormoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shunday sharoitda neftni qayta ishlash mahsulotlarini sotiщda respublika Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat komiteti tizimida ildiz otgan suiiste’molchilik, talon-taroj va sabotaj hollariga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Toshkent shahridagi, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi avtomobillarga yonilg‘i quyish tarmoqlarini bir vaqtning o‘zida tekshirish neft mahsulotlarini saqlash va ajratib berish borasida belgilangan qoidalar qo‘pol ravishda buzilayotganligini, davlatni va fuqarolarni aldash hollari aniqlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat komiteti viloyat bo‘linmalari rahbarlarining yo‘l qo‘yib berishlari natijasida ko‘pgina yonilg‘i qo‘yish tarmoqlarida neft mahsulotlarining narxlari to‘g‘risida axborot xizmati durust yo‘lga qo‘yilmagan, o‘lchov asboblari yo‘q, texnikaviy ishlatish xavfsizlik qoidalari qo‘pol suratda buzilmoqda. Bularning hammasi to‘g‘ridan to‘g‘ri shunga imkoniyat yaratmoqdaki, yonilg‘i qo‘yish tarmoqlarining ayrim xodimlarini qonunni poymol qilib shaxsiy boylik orttirish va mo‘may foyda olish maqsadida davlat mulkidan foydalanmoqdalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida ko‘rsatilgan hamda boshqa kamchiliklar asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu sohaning ishi ta’sirchan va qattiq nazorat qilinmayotganligi, shuningdek respublika Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat komiteti (o‘rtoq Y.T. Mo‘minov) va uning joylardagi bo‘linmalari rahbariyatining shaxsan mas’uliyatsizligi oqibatida yuzaga kelgan. Energiya manbalari nihoyatda taqchil bo‘lib turgan sharoitda viloyat, shahar va rayon hokimliklari bu muhim ishdan o‘zlarini batamom chetga oldilar. Bu hokimliklar neft mahsulotlarining davlat zaxiralari talon-taroj qilinishidan iborat ko‘pdan ko‘phollarning oldini olish va ularga chek qo‘yish uchun o‘z vaqtida chora ko‘rmayaptilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika xalq xo‘jaligi va aholisini neft mahsulotlari bilan ta’minlashdagi salbiy holatlarni tag-tomiri bilan tugatish, shuningdek bozor munosabatlari sharoitida mazkur tizimni boshqarishni tubdan qayta qurish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasining Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat komiteti tugatilsin. Uning hududiy bo‘linmalari, korxonalari va tashkilotlari negizida O‘zbekiston neft mahsulotlari davlat aksionerlik (hissadorlik) birlashmasi tashkil etilib, u “O‘zbekneftegaz” konserni tarkibiga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan respublika davlat hissadorlik birlashmasi hisoblanib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan amaldagi Ustavga hamda qonunlarga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish va to‘la xo‘jalik hisobi qoidalari asosida amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— birlashma tarkibiga kirgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar davlat mulkini boshqaradi hamda egalik qilish va foydalanish huquqini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston davlat hissadorlik birlashmasi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika xalq xo‘jaligi va aholisini neft mahsulotlari bilan ta’minlashning bozor munosabatlarini hamda iqtisodiy boshqarish usullarini rivojlantirishga asoslangan tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zshartnomasavdo” va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash statistika davlat komiteti bilan birgalikda ehtiyojlarni o‘rganish barcha turdagi neft mahsulotlarining balanslarini ishlab chiqish va davlat ehtiyojlari uchun ularni ishlab chiqarish hamda yetkazib berish topshiriqlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoq korxonalarini muvofiqlashtirish va mutanosib tarzda joylashtirish, neft quvurlari, neft 6azalari va yonilg‘i-quyish stansiyalari samarali shoxobchasini vujudga keltirish, respublika va hududiy boshqa idoralari bilan mustahkam hamkorlik asosida tarmoqlararo vazifalarini hal etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimni rivojlantirishning ustuvor muammolarini hal etishga, neft mahsulotlarini tashish, saqlash va jo‘natish jarayonlarida yangi texnika texnologiyalarni qo‘llanishga, jumladan idoralarga qarashli korxonalar va tashkilotlarda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini barpo etishga qaratilgan ilg‘or ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
neft mahsulotlarining qo‘shimcha zaxiralarini qidirib topish, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi mamlakatlar bilan neft va uni qayta ishlash mahsulotlarini yetkazib berish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar tayyorlash va tuzishga doir ishlarni yo‘lga qo‘yish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirish, xorijiy firmalar ishtirokida qo‘shimcha korxonalar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash hamda uning kompleks dasturlarini amalga oshirish, idoralarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat idoralari va boshqa idoralarda ularning manfaatlarini ifodalash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi respublika xalq xo‘jaligi va aholisi neft hamda neftni qayta ishlash mahsulotlari bilan o‘z vaqtida va uzluksiz ta’minlanishi uchun javobgar bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlashmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar bo‘linmalari rahbarlari “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi nomenklaturasida bo‘ladilar hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning tavsiyasiga ko‘ra uning hay’at organi tomonidan tasdiqlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida ushbu Farmon ro‘yobga chiqarilishini ta’minlovchi qaror qabul qilsin, “O‘zdavneftmahsulot” tuzilmasini va Ustavini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 7-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-470-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 423-modda)