Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari qishloq xo‘jaligi ekinlarining payhon qilinishi va nobud bo‘lishining oldini olish muammolariga yetarli e’tibor bermayotganliklari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari ushbu dolzarb masalaga to‘la jalb qilinmayotganligi va ularga nisbatan talabchanlikning pastligi oqibatida, shuningdek, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan ekinlarning payhon qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan yetarli chora-tadbirlar ko‘rilmayotganligi natijasida ayrim xo‘jaliklarga jiddiy zarar yetkazilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining payhon qilinishiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlarida sezilarli ravishda yo‘l qo‘yilayotganligi tashvishli holdir.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari avvalo risqu-ro‘zimiz bo‘lmish g‘alla maydonlarini payhon qilinishining oldini olish va nobud bo‘lishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish hamda ushbu masalada tegishli idoralar rahbarlarining mas’uliyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
ekinlarning payhon qilinishi va nobud bo‘lishiga qarshi tegishli chora-tadbirlar ko‘rmayotganliklari hamda bu borada zarur nazoratni ta’minlamayotganliklari uchun qattiq ogohlantirilsin;
qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlarining ekinlarni payhon qilinishi va nobud bo‘lishi holatlari uchun mas’uliyatini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha shoshilinch tadbirlar belgilasin;
ekinzorlarda chorva mollarini boqish, ularni qarovsiz qoldirish va ekinzorlar orqali hamma turdagi harakatlanuvchi texnika vositalari o‘tishi, shuningdek, ekinlarning payhon qilinishi va nobud bo‘lishiga olib keluvchi boshqa salbiy holatlarga qarshi kurash choralarini yanada kuchaytirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla posbonlari bilan hamkorlikda ekinlarni payhon qilinishining oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda reydlar o‘tkazilishini ta’minlasin;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
qishloq xo‘jaligi ekinlari payhon qilinishi mumkin bo‘lgan joylarda tashkil etilgan kuzatuv postlari xodimlari va dala qorovullarining faoliyati samaradorligini oshirsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oqsoqollar kengashi va “Mahalla” jamg‘armasi qishloq xo‘jaligi ekinlari payhon qilinishining oldini olish bo‘yicha mahalla faollari va keng jamoatchilikni jalb etgan holda joylarda tarbiyaviy-tushuntirish ishlarini kuchaytirsin.
3. E’tiborga olinsinki, amaldagi qonunchilikda ekinzorlarni payhon qilganlik uchun belgilangan javobgarlik asosida:
Oldingi tahrirga qarang.
chorva mollarning ekinzorlarni payhon qilishi, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ekinzorlarni texnika vositalarida bosib o‘tish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ushbu huquqbuzarlik uchun belgilangan jarima bilan bir qatorda ekinzorlarni payhon qilish oqibatida keltirilgan zarar aybdor shaxs hisobidan qoplanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov) qishloq xo‘jalik ekinlarining payhon qilinishi va nobud bo‘lishining oldini olish yuzasidan tashkiliy profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish haqida qo‘shimcha tadbirlar belgilasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (R.Qodirov) qishloq xo‘jaligi ekinlarining payhon qilinishi va nobud bo‘lishining oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
6. “O‘zteleradio” kompaniyasi (A.Ko‘chimov), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (M.Xazratqulov), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov), ommaviy axborot vositalari qishloq xo‘jaligi ekinlari payhon qilinishi va nobud bo‘lishining oldini olishga qaratilgan amaldagi qonunchilikning targ‘ib qilinishini va bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning muntazam ravishda yoritilishini ta’minlasin.