Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TAʼLIM MUASSASALARINING BITIRUVChILARINI TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA JALB ETISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, yoshlarni, avvalambor kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan respublikaning akademik litseylari, professional va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, band xodimlarning oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan normativdan koʻpi bilan 50 foiz oshirilgan hollarda mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar ularda saqlanib qoladi;
(1-bandining “a” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar beriladi:
(1-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
davlat mulki obyekti uchun ijara toʻlovini ushbu obyektga nisbatan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash.
Bunda xodimlar sonining oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi, imtiyozlar va preferensiyalar esa Oʻzbekiston Respublikasining mazkur taʼlim muassasalari bitiruvchilarining oʻqishni yakunlagan kunidan boshlab uch yildan ortiq vaqt oʻtmagan taqdirdagina taqdim qilinadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-iyul,
PF-4232-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 251-modda; 2014-y., 50-son, 589-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)