Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“ELEKTRON TIJORAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-792-sonli “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) oʻz qarorlarini “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 29-aprel,
614-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 233-modda)