25.07.2003 yildagi 111-son
Hujjat 19.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 328-moddasining birinchi qismiga binoan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risida ariza faqat ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan berilishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy vorislari (IPK 46-moddasi), shuningdek sud jarimasi solingan shaxslar (IPK , 58 69 va 98-moddalari) ham shunday huquqqa egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. IPKning 324-moddasida ko‘rsatilganidek, sudning hujjati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyingina qayta ko‘rilishi mumkin. Bu qoida darhol ijro etiladigan sud hujjatlariga ham taalluqlidir.
Qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqida ariza bilan murojaat etilganda, arizani qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ariza bo‘yicha ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. IPK 327-moddasining 2 va 3-bandlariga binoan ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoxud uning vakilining yoki sudyaning jinoiy harakatlari, shuningdek guvohning bila turib yolg‘on guvohlik berganligi, ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berganligi va tarjimonning bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganligi, ular ishtirokida ko‘rilgan boshqa ishlarda emas, balki aynan ushbu ishni ko‘rishda sodir etilgan bo‘lsa, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish uchun asos bo‘lishi mumkin. Ushbu bandlarda ko‘rsatilgan holatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasida belgilangan asoslar bo‘yicha shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan taqdirda, iqtisodiy sudning hujjati IPK 327-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan asos bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IPK 328-moddasining birinchi — uchinchi qismlari, shuningdek 329-moddasi talablariga rioya etilgan holda berilgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi ariza ishni ko‘rish joyi va vaqti ko‘rsatilgan ajrim chiqarish yo‘li bilan ish yuritishga qabul qilinadi. IPK 328-moddasining birinchi qismida belgilangan ariza berishning bir oylik muddati protsessual muddat bo‘lib, agar ariza qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, ushbu muddat tiklanishi mumkin.
IPK 328-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran uch yil o‘tgach berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran uch yil o‘tgandan keyin berilgan arizani qabul qilish IPK 314-moddasining 2-bandiga asosan rad etiladi. Agar ko‘rsatilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda ariza bo‘yicha ish yuritish tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudlar shuni alohida e’tiborga olishi lozimki, IPK 326-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, sud hujjati yangi ochilgan holat bo‘yicha shu hujjatni qabul qilgan iqtisodiy sud tomonidan qayta ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. IPKning 332-moddasiga ko‘ra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani iqtisodiy sud ariza tushgan kundan boshlab bir oylik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqadi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida IPKning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. IPKning 333-moddasiga binoan iqtisodiy sud sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani ko‘rib chiqib, uni qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi yoki arizani qanoatlantirishni rad etadi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Shuni nazarda tutish lozimki, IPK 333-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq sud hujjati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o‘zi ishni IPKda belgilangan umumiy tartibda ko‘radi. Bunday holatda ishni ko‘rishda IPKning tegishlicha birinchi, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudida ish yuritishni tartibga soladigan qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.