Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 09.04.1998 yildagi 72-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Hujjat 09.04.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998-YIL 4-MARTDAGI “XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING IQTISODIY NOCHORLIGI VA SHARTNOMA MAJBURIYATLARINING BAJARILISHI UCHUN MANSABDOR SHAXSLARNING JAVOBGARLIGINI KUCHAYTIRISH TOʻGʻRISIDA”GI FARMONINI TATBIQ ETISH BILAN BOGʻLIQ MASALALAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmonida qator xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining boqimandalik kayfiyati, masʼuliyatsizligi, tashabbussizligi, shartnoma majburiyatlarining buzilishi korxonalarni iqtisodiy nochorlik, bankrotlikka olib kelayotganligi qayd etilgan. Shunga qaramasdan xoʻjalik nizolarini koʻrib chiqish jarayonida xoʻjasizlik, pul mablagʻlarini behuda sarflash va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlariga yetarlicha baho berilmay kelinmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarlikning oldini olishda xoʻjalik sudlarining rolini oshirish maqsadida xoʻjalik sudlariga nizolarni koʻrish jarayonida jinoyat alomatlari aniqlangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ishlar qoʻzgʻatish, maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash, aybdor shaxslar hisobidan keltirilgan zararni qoplash, rahbar va boshqa xodimlarni egallab turgan lavozimlaridan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy choralar koʻrish haqida taqdimnomalar kiritish huquqlari berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik sudlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmonini tatbiq etish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi :
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori ularning iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarlikning oldini olishdagi rolini oshirish zarurligiga qaratilsin. Pul mablagʻlari va boshqa mulkdan oqilona foydalanmaslik, toʻlov intizomini buzganlik, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va korxonalarni bankrotlik darajasiga olib kelganlik holatlari aniqlangan hollarda sudlar rahbar va boshqa shaxslarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar xoʻjalik nizolarini koʻrib chiqish jarayonida korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlarining buzilishi, ularni iqtisodiy nochorlik va bankrotlikka olib kelgan hamma holatlarni aniqlashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudlarga Prezidentning 1998-yil 4-martdagi Farmonida nazarda tutilgan sudlarining maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi vakolati xoʻjalik nizolarini koʻrish jarayonida huquqbuzarlik aniqlangan hollarida qoʻllanilishi mumkin.ekanligi tushuntirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.1. Maʼmuriy jazo huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab ikki oydan kechiktirilmay qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davomli huquqbuzarliklar boʻyicha ikki oylik muddat dastlabki qonunbuzarlik sodir etilgan paytdan emas, balki ushbu qonunbuzarlikning aniqlanishi va oshkor boʻlishi paytidan boshlab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davomli huquqbuzarlik tugatilmagan taqdirda yoki sudda nizo koʻrilishidan ikki oyga yetmasdan tugatilgan boʻlsa, u holda ushbu holat aniqlangan kun huquqbuzarlikning oshkor boʻlgan kuni deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.4. Maʼmuriy jazo qoʻllash haqidagi xoʻjalik sudining qaroriga shikoyat (protest) apellyatsiya (kassatsiya) tartibida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.5. Maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ishlarni koʻrishda davlat boji undirilmaydi.