Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023 15.06.2007 yildagi 161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy sudlar tomonidan hal qiluv qarorlari (bundan buyon matnda qaror deb yuritiladi) qabul qilishda iqtisodiy protsessual qonunchiligini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llashni, ularning qonuniyligi va asoslantirilganligini ta’minlash, ularni rasmiylashtirishda shakliy, ketma-ketlik va kasbiy madaniyatga oid kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Iqtisodiy sudlarning (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) e’tibori qarorning odil sudlovning konstitutsiyaviy asoslarini amalga oshiradigan va O‘zbekiston Respublikasi nomidan qabul qilinadigan hujjat sifatida qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 18-bobi talablariga so‘zsiz va qat’iy rioya etilishi shart ekanligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual huquq normalari bilan to‘liq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik IPKning 279 va 302-moddalariga muvofiq qarorning bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan IPKning 177-moddasida nazarda tutilgan barcha masalalarni hal etmaydigan, yuzaki, asoslantirilmagan qarorlarning qabul qilinishi mumkin emas.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qaror protsessual huquq normalariga aniq rioya etilgan va nizoli huquqiy munosabatga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan moddiy huquq normalariga to‘liq mos holda qabul qilingan taqdirda qonuniy hisoblanadi. Agar qonunosti normativ hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan ayrim qoidalarning qonunga zidligi aniqlansa, sud qaror chiqarishda qonunga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari bo‘lmagan taqdirda, sud IPKning 13-moddasi uchinchi qismiga muvofiq shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini tatbiq etadi, bordi-yu, bunday normalar ham bo‘lmasa, nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib hal etadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qaror qachonki, unda ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan bo‘lsa, asoslantirilgan hisoblanadi. Qaror ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan bo‘lishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror dalillarga uning daxldorligi va yo‘l qo‘yilishliligi, ishonchliligi va yetarlilik haqidagi IPKning 69 — 75-moddalari talablarini inobatga olgan holda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahati (tushuntirishi), guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari dalillar bo‘lishi mumkin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning asosi uchun sud tomonidan muhokama qilingan va baho berilgan dalillargina olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunni buzgan holda olingan dalillar yuridik kuchga ega emas va qarorga asos qilib olinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ish uchun ahamiyatli bo‘lgan u yoki bu holatni tasdiqlovchi dalillarni qayd etish bilan chegaralanmasdan, balki, ushbu dalillarning mazmunini ham bayon etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sud dalillarning har birini alohida va ularni birgalikda baholab, taqdim etilgan u yoki bu hujjatlar, taraflar vakillarining ko‘rsatmalari, boshqa aniq ma’lumotlar taraflar o‘zlarining talab yoki e’tirozlarini asoslagan holatlarni tasdiqlamasligini aniqlasa, u o‘zining bu haqdagi xulosasini qarorda ishonchli asoslashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertning xulosasi boshqa dalillarga nisbatan imtiyozga ega bo‘lmaydi va sud uchun majburiy hisoblanmaydi. U boshqa dalillar bilan birgalikda baholanishi lozim. Ekspert xulosasiga baho qarorning asoslantiruvchi qismida berilishi kerak. Ekspert xulosasi bilan kelishmaganlikni sud asoslantirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ekspertiza o‘tkazish bir necha ekspertlarga topshirilgan bo‘lib, ekspert tekshiruvi masalalari bo‘yicha alohida xulosalar berilsa, sud har bir ekspert xulosasi bilan kelishish yoki kelishmaslik asoslarini keltirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertning sud majlisida bergan og‘zaki izohi uning muqaddam taqdim etgan xulosasini tushuntirishga oid qismi bo‘yichagina dalil bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorda ekspert xulosasiga havola qilinganda ushbu xulosa bilan ish uchun ahamiyatli hisoblangan qaysi faktlar tasdiqlanganligi ko‘rsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas. Javobgar tomonidan da’vo tan olingan bo‘lsa, qarorda bunga sud majlisida aniqlangan ishning haqiqiy holatlari inobatga olinib, baho berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qaror qabul qilishda sud quyidagilarni aniqlashi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishda ishtirok etuvchi shaxslar ko‘rsatayotgan holatlar mavjud bo‘lganmi va ular qanday dalillar bilan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudda ishni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa aniq holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar aniqlanganmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud tomonidan aniqlangan holatlardan kelib chiquvchi nizoli huquqiy munosabatlarning xarakteri, shuningdek qaror qabul qilishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqiy normalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud qaysi qonun qo‘llanilishi lozimligi masalasini hal etishda ushbu nizo bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari bilan bog‘liq emas va ular havola etmagan qonunlarni qo‘llashga haqli. Taraflarning munosabatini to‘g‘ri malakalash qonuniy qaror qabul qilishning majburiy shartidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sud qarorni bayon etishda IPKning 179-moddasida ko‘rsatilgan ketma-ketlikka (kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlarining mavjudligiga, ularning mazmuniga) rioya qilishi kerak.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyinchalik qarorni ijro etishda noaniqliklar va nizolar bo‘lmasligi uchun sud qarorida uning kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlarini aniq ifodalashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning kirish qismida qarorni qabul qilgan sudning nomi, sud tarkibi, ishning tartib raqami, sud muhokamasi sanasi va joyi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, nizo predmeti, sud majlisida qatnashayotgan shaxslarning vakolatlari ko‘rsatilgan holda familiyalari, shuningdek ishning yopiq yoki ochiq, sayyor sud majlisida ko‘rib chiqilganligi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizo yuridik shaxslar ishtirokida ko‘rilganda, ularning nomlanishi qisqartirilmasdan, to‘liq ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning bayon qilish qismi da’vo arizaning (arizaning) qisqa bayonini, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning da’vo arizasi (arizasi) yoki unga e’tirozlarga nisbatan o‘z talablarini o‘zgartirganliklari, sud tomonidan o‘tkazilgan harakatlar tavsifini o‘z ichiga olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sud xulosalari asoslanilgan dalillar, sud tomonidan u yoki bu dalilni rad etishga sabab bo‘lgan vajlar, mazkur nizoni hal etishda sud tomonidan qo‘llanilgan moddiy va protsessual huquq normalari ko‘rsatiladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ishda uchinchi shaxslar ishtirok etganda sudning qarorlarida IPKning 47 va 48-moddalariga muvofiq nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilgan yoxud arz qilmagan uchinchi shaxsning protsessual maqomi aniq belgilanishi lozim. Shunga bog‘liq holda sud tomonidan qarorning asoslantiruvchi va xulosa qismi shakllantiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Da’vogar tomonidan da’voning predmeti yoki asosi o‘zgartirilishining qarorda yoritilishi kerakligi inobatga olinishi lozim. Da’vogarning da’vo predmetini, asosini o‘zgartirishga bo‘lgan xohishi yozma ravishda ifodalangan bo‘lishi va sud majlisining bayonnomasida qayd etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Da’vogar tomonidan da’voning predmeti yoki asosi o‘zgartirilgan holda sudlar qarorning xulosa qismida da’vogarning da’vo predmeti yoki asosini o‘zgartirish haqidagi arizasi qabul qilinganligini ko‘rsatishlari kerak. Agar da’vogar da’voning predmeti yoki asosini o‘zgartirish haqida ariza bergan sud majlisida nizo mazmunan ko‘rilmasdan, ishni ko‘rish qoldirilgan bo‘lsa, u holda bunday arizani ko‘rish natijasi ish ko‘rishni qoldirish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudlarning e’tibori qarorning xulosa qismi sud muhokamasi predmeti hisoblangan barcha talablar bo‘yicha tugallangan va yakuniy javobni o‘z ichiga olgan bo‘lishi zarurligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil, shuningdek shart bilan qaror qabul qilishga, qarorni taraflar tomonidan kelgusida qandaydir harakatlarni bajarish, qandaydir holatning yuz berishi yoki yuz bermasligiga bog‘liq holda qabul qilishga IPKda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, yo‘l qo‘yilmaydi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir necha javobgarlarga nisbatan qaror qabul qilishda qarorning xulosa qismida ularning har birining javobgarlik darajasi ko‘rsatilgan yoxud ularning solidar javobgarligiga ko‘rsatma aks ettirilgan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki da’voni va qarshi da’voni to‘liq yoki qisman qanoatlantirgan qarorning xulosa qismida da’volarni o‘zaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim bo‘lgan summa ko‘rsatiladi. Shu bilan birgalikda sud ishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari haqidagi masalani hal etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablag‘larini undirish haqidagi qarorning xulosa qismi va uning asosida berilgan ijro varaqasi asosiy qarz, zararlar va neustoyka (jarima, penya) ajratilib aniqlangan holda undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ning umumiy miqdori va valyuta turini o‘z ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkni talab etish, mulkka nisbatan mulkiy huquqni tan olish to‘g‘risidagi qarorlarning xulosa qismida sud mulkning nomini, uning bahosini, joylashgan joyini, zarur hollarda esa nizoning xarakteridan kelib chiqqan holda boshqa ajratuvchi belgilarini ko‘rsatishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro hujjatini yoki undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi qarorning xulosa qismida IPKning 182-moddasida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari, ushbu hujjatni bergan organ ham ko‘rsatilishi kerak.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda sud o‘z tashabbusi bilan uning haqiqiy emasligi oqibatlarini, bu haqda qarorda ko‘rsatgan holda, qo‘llashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qaror u qonuniy kuchga kirgandan keyin ijro qilinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. IPKning 342-moddasida nazarda tutilgan qaror ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, shuningdek uning ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish imkoniyati, bunga zaruriyat tug‘ilganda, qaror qabul qilinishida ham amalga oshirilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sud tomonidan qabul qilingan qaror sudya tomonidan yozma ravishda bayon qilinishi hamda qo‘lda yozilishi yoki mashinkada, kompyuterda yoxud boshqa elektron uskunada terilgan bo‘lishi mumkinligi inobatga olinishi lozim. Qaror sudya tomonidan imzolanadi va shundan keyin ish muhokamasi tugagan mazkur majlisda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga e’lon qilinadi. Ushbu tartibga rioya qilish qarorning faqat xulosa qismi e’lon qilingan holatda ham majburiydir. Ayni vaqtda raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan qaror bilan qachon tanishishlari mumkinligini e’lon qiladi. Qonun hujjatlarida yozma shaklda tuzilishi belgilangan bo‘lib, og‘zaki e’lon qilingan xulosa yoki yozma shaklda tuzilgan bo‘lib, sudyaning imzosi mavjud bo‘lmagan xulosa qaror hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sudlov ish yurituvi boshqa ishtirokchilarining tushuntirishlari qarorda uchinchi shaxs nomidan keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning qabul qilingan sanasi u sud majlisida e’lon qilingan kun hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qaror sud tarkibi o‘zgarmagan holda, iqtisodiy sud ish yurituvi va sud muhokamasi tamoyillariga qat’iy rioya etilgan shartlarda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror faqat sud muhokamasida qatnashgan sudya tomonidan qabul qilinishi mumkin. Ishni ko‘rish jarayonida sudyani almashtirish zarurati tug‘ilganda sud muhokamasi boshidan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni ko‘rishda qatnashgan sudya tomonidan imzolanmagan yoki ishni ko‘rishda qatnashmagan sudya tomonidan imzolangan qaror bekor qilinishi lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sudlarga qo‘shimcha qaror chiqarishga IPK 189-moddasining birinchi qismida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yilishi mumkinligi tushuntirilsin.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu asoslarning ro‘yxati tugallangan hisoblanadi va kengaytirilib sharhlanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘shimcha qaror sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlari ta’minlangan holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘shimcha qarorda sud uni qabul qilish asoslarini, xulosa qismida esa qo‘yilgan masalaning mohiyati bo‘yicha o‘z xulosasini bayon etishi hamda talab etilgan va ko‘rib chiqilgan, ammo sud tomonidan hal etilmagan talab yuzasidan qaror qabul qilishi yoki undirilgan pul mablag‘lari miqdori haqida ko‘rsatishi yoxud sud xarajatlarini qoplash, undirish haqida qaror qabul qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning xatosi da’voning mazmuni bo‘yicha sudning xulosasiga muvofiq kelmagan holda sud qo‘shimcha qaror chiqarishga haqli emas. Bunday holda sudning xatosini tuzatish qarorni IPKda belgilangan tartibda qayta ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qaror yuzasidan apellatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgan va ayni paytda qo‘shimcha qaror qabul qilish masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, sud avval qo‘shimcha qaror qabul qilish masalasini hal etadi, keyin esa ishni apellatsiya instansiyasiga qo‘rish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qarorni IPKning 190-moddasiga muvofiq tushuntirish yoki tuzatish uning noaniqligini yoxud undagi harfiy va hisob-kitobga oid xatoliklarni tuzatishga zarurat bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorni tushuntirish yoki yozuvdagi xatolik, harfiy xatolik va hisob-kitobdagi xatolikni tuzatish haqidagi ajrim ishni ko‘rgan sud tomonidan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorni tushuntirishda sud uning mazmunini o‘zgartirishga va sud muhokamasi predmeti bo‘lmagan masalalarga tegishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorni tushuntirishga faqat nizoni hal etgan sud haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qaror ijro etilgan yoki uni majburiy ijroga qaratishga taqdim etish uchun qonunda nazarda tutilgan muddat o‘tgan va bu muddat tiklanmagan bo‘lsa, qarorni tushuntirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozuvdagi xatolik, harfiy xatolik va hisob-kitobdagi xatolikni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi bo‘yicha ham, sudning tashabbusi bilan ham tuzatish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undirilishi ko‘rsatilgan pul mablag‘i miqdori, sana, mulkni undirish choralariga tuzatish kiritishga faqat, agar bu noaniqlik hisoblashdagi tasodifiy xatolik yoki harfiy xatolik, yozuvdagi xatolik natijasi bo‘lgan holda yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qarorda taraflar o‘rtasida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala albatta hal etilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Plenum qarorining tushuntirishlari nafaqat birinchi instansiya sudi tomonidan qaror qabul qilishda, balki IPKning 34 va 35-boblarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilishda ham majburiy hisoblanadi. Bunda faqat muayyan sud instansiyasi uchun belgilangan talab aynan shu instansiyada qo‘llaniladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 1-martdagi “Sud qarorlari haqida”gi 54-sonli qarori kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
161-son