05.01.1994 yildagi 22-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Hujjat 05.01.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. Kartoshka va meva-sabzavot mahsulotini (keyingi matnlarda — mahsulot) yetkazib berish va temiryo‘l orqali tashish chog‘idagi kamomadi va buzilib qolishi bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda xo‘jalik sudlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Temir yo‘llar Ustavi, Yuklarni tashish qoidalarining standartlar va texnik shartlarga mos keladigan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan qismi normalariga amal qilishlari kerak bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Temir yo‘llar Ustavi va Yuklarni tashish qoidalariga muvofiq temiryo‘l tez buziladigan yuklarni, shu jumladan kartoshka va meva-sabzavot mahsulotini belgilangan muddatlarda, tegishli hollarda esa izotermik vagonlarni muz bilan ta’minlashning belgilangan tartibiga yoxud mashinalashgan tarzda sovutiladigan yoki elektrda isitiladigan vagonlarni ishlatish tartibotiga (harorat rejimiga) rioya etgan holda yetkazib berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Yukni buzilmagan holda tashish va tekshirmasdan berishda temiryo‘l yuk xatida Temir yo‘llar Ustavining 65-moddasiga muvofiq belgi qo‘yilishi shart. Temiryo‘l yuk xatida bunday belgining yo‘qligi kamomad tufayli ko‘rilgan zararni undirish to‘g‘risidagi da’voni rad etishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.