Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 05.01.1994 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI YETKAZIB BERISh VA TEMIR YOʻL ORQALI TAShISh ChOGʻIDAGI KAMOMADI VA BUZILIB QOLIShI BILAN BOGʻLIQ NIZOLARNI HAL QILISh AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
(Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 176-sonli qarori asosida kiritilgan oʻzgartirishlar bilan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Plenumi sud amaliyotining bir xilda boʻlishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushuntirish berilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kartoshka va meva-sabzavot mahsulotini (keyingi matnlarda — mahsulot) yetkazib berish va temir yoʻl orqali tashish chogʻidagi kamomadi va buzilib qolishi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda xoʻjalik sudlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi, “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavi, Yuklarni tashish qoidalarining standartlar va texnik shartlarga mos keladigan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan qismi normalariga amal qilishlari kerak boʻladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik sudlari mahsulotning kamomadi va buzilib qolishidagi aybdorni aniqlash maqsadida yukni joʻnatuvchi, tashuvchi va yukni oluvchi tomonidan yuklab joʻnatish, tashish va berish, mahsulotni miqdori hamda sifati boʻyicha qabul qilib olish yuzasidan belgilangan qoidalarga qay darajada rioya etilganligini tekshirishlari lozim. Ishning jihatlarini har tomonlama, toʻliq va xolis oʻrganib chiqishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksiga muvofiq taraflar tomonidan taqdim etilgan dalillarni baholashlari hamda ishning barcha jihatlari va materiallarini hisobga olgan holda hal qiluv qarorlari chiqarishlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavi va Yuklarni tashish qoidalariga muvofiq temir yoʻl tez buziladigan yuklarni, shu jumladan kartoshka va meva-sabzavot mahsulotini belgilangan muddatlarda, tegishli hollarda esa izotermik vagonlarni muz bilan taʼminlashning belgilangan tartibiga yoxud mashinalashgan tarzda sovutiladigan yoki elektrda isitiladigan vagonlarni ishlatish tartibotiga (harorat rejimiga) rioya etgan holda yetkazib berishi shart.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu boisdan mahsulot kamomadi va buzilib qolishi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda xoʻjalik sudlari temiryoʻl yetkazib berish muddatlari va harorat rejimiga qay darajada rioya etganligini tekshirishlari, yetkazib berish muddatini kechiktirganlikda yoki harorat rejimini buzganlikda temiryoʻlning aybi aniqlanganda esa, bu mahsulot kamomadi va buzilib qolishi sodir boʻlishiga qay darajada taʼsir qilishi mumkinligini hisobga olgan holda hal qiluv qarori chiqarishlari lozim boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti, temiryoʻl yetkazib berish muddatlarini yoki harorat rejimini buzgan boʻlsa-yu, oluvchi yukni uning vazni va holatini tekshirgan holda berishni, tegishli hollarda esa tijorat dalolatnomasi tuzishni talab qilmagan taqdirda mahsulotning kamomadi yoki buzilib qolishi tufayli keltirilgan zarar, javobgarlik temiryoʻl zimmasiga yuklatilishi mumkin boʻlgan qismida yetkazib beruvchi (joʻnatuvchi)ga yuklatilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti mahsulotning kamomadi yoki buzilib qolishida temiryoʻl ham, yukni joʻnatuvchi ham aybdorligi isbotlansa, nizo boʻyicha hal qiluv qarorini ulardan har birining aybi darajasini hisobga olgan holda chiqarish kerak boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bir qator standartlar va texnik shartlarda nazarda tutilganki, mahsulot sifatini aniqlash uchun vagondan mahsulotni tushirib olish jarayonida namunalar (probalar) tanlab olinishi lozim. Bu holda namunalar (probalar)ni tanlab olishning boshlanishi va oxiri, qoida tariqasida, mahsulotni vagondan tushirib olishning boshlanishi hamda oxiriga toʻgʻri kelishi lozim. Basharti, namunalar (probalar) tanlab olish mahsulot tushirib boʻlinishidan oldin tugallangan boʻlsa, mahsulotning vagonda qolgan qismidan namunalar (probalar) tanlab olish tartibi dalolatnomada bayon qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oluvchi mahsulot sifatini tekshirishning belgilangan muddatlarini buzgan boʻlsa, xoʻjalik sudlari bunday buzishlar mahsulot sifatiga qay darajada taʼsir etishini tekshirishlari va uni hisobga olgan holda hal qiluv qarorlari chiqarishlari kerak boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot sifatini tekshirish muddatlari vagon yukini tushirib olish uchun keltirib qoʻyilgan vaqtdan eʼtiboran hisoblana boshlanishi sababli, sotib oluvchi (oluvchi) vagonlarni yukini tushirib olishga keltirib qoʻyilgan vaqtni tasdiqlovchi dalillarni (vagonlarni keltirib qoʻyish va yigʻishtirib olish qaydnomalari, qabul qilib oluvchi-topshiruvchilarning qoʻllanmalari kabilarni) taqdim etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xoʻjalik sudlari nizolarni hal etishda mahsulotning standartlar yoki texnik shartlar bilan belgilangan sifatini tanlab tekshirish uchun uni tanlab olish tartibiga rioya etilgani yoki etilmaganini tekshirishlari lozim. Tanlab olishning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda (masalan, nazarda tutilganidan oz oʻlchamdagi namuna (proba) tanlab olinganda) tanlab tekshirish natijalari olingan butun turkumga tatbiq etish mumkin emas. Bunday holda tekshirish natijalari oʻrtacha namuna (proba)ni hosil qilish uchun faqat bevosita olingan joylarga, meva-sabzavot mahsulotini idishsiz toʻkilgan holda tashishda esa mahsulotning namuna (proba) tanlab olingan miqdoriga nisbatangina tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar turkumning bir qismi oluvchiga shikastlangan idishda kelgan boʻlsa va idishning shikastlanish xususiyati bunday shikastlanish mahsulot sifatiga taʼsir etishi mumkinligidan dalolat bersa, shuni nazarda tutish kerakki, mahsulot sifatini tekshirish uchun namunalar (probalar) shikastlangan idishda va shikastlanmagan idishda kelgan mahsulotdan alohida olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulotni sifati boʻyicha qabul qilib olishda belgilangan tartibga oluvchi qay darajada rioya etganligi masalasini hal etishda shuni nazarda tutish kerakki, mahsulotning sifati lozim darajada emasligi toʻgʻrisidagi dalolatnomada namunalar (probalar) tanlab olish tartibi, masalan, tanlab olish joyi va vaqti bayon qilinmagan, balki faqat namunalar (probalar) standartga, texnik shartlarga muvofiq tanlab olingani koʻrsatilgan hollarda, bu dalolatnomani dalil boʻluvchi kuchdan mahrum etmaydi, agarki unda olingan namuna (proba) oʻlchami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yuklarni berish Qoidalarning 12-paragrafiga muvofiq idishsiz toʻkilgan holda tashiladigan kartoshka, sabzavot va poliz ekinlarini temiryoʻl yukni oluvchining talabi boʻyicha cheklovlarsiz vaznini tekshirib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot kamomadi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda xoʻjalik sudlari shuni hisobga olishlari kerakki, yukni oluvchi shikastlanishlarsiz tashishda temiryoʻldan yuqorida zikr etilgan yuklarning vaznini tekshirib berishni talab qilmagan, mahsulotni sifati boʻyicha qabul qilib olishni unga temiryoʻl tomonidan Mahsulot va mollarni miqdori boʻyicha qabul qilib olish Yoʻriqnomasiga muvofiq berilgandan keyin amalga oshirgan, bu haqda kamomadda joʻnatuvchining (yetkazib beruvchining) aybi borligini tasdiqlovchi tegishli dalolatnoma tuzilgan hollarda, bunday dalolatnomalar oluvchi temiryoʻldan yukning vaznini tekshirgan holda berishni talab qilmaganigagina asoslanib dalil boʻlish kuchidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yukni buzilmagan holda tashish va tekshirmasdan berishda temir yoʻl yuk xatida Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavining 65-moddasiga muvofiq belgi qoʻyilishi shart. Temir yoʻl yuk xatida bunday belgining yoʻqligi kamomad tufayli koʻrilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni rad etishga asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudlar tarozilar joylashgan manzil haqidagi maʼlumotlar boʻlmagan mahsulot kamomadi toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni baholashda tarozilar mahsulotni tushirib olish joyidan qanchalik uzoqlikda boʻlganini va mahsulotni tarozida tortiladigan joyga tashish chogʻida asralishi taʼminlangan yoki taʼminlanmaganini tekshirishlari lozim boʻladi. Agar oluvchi mahsulotni tushirib olish joyidan tarozida tortish joyiga tashishda uning asralishi taʼminlanganini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmasa, kamomad uchun javobgarlikni yetkazib beruvchi (joʻnatuvchi) zimmasiga yuklash uchun asos yoʻqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yukni yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan hollarda xoʻjalik sudlari mahsulot sifatida oluvchi tomonidan aniqlangan kamchiliklarning yuzaga kelish sabablarini sinchiklab oydinlashtirishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulotning oʻlchami, ifloslanganligi va boshqa shu kabilar standartlarning talablariga nomuvofiqligi kabi kamchiliklar yetkazib berishni kechiktirish natijasi boʻla olmaydi va bunday mahsulotni yuklab joʻnatish oqibatlari uchun javobgarlik uni yetkazib berish muddati kechiktirilganda ham yetkazib beruvchi (yuk joʻnatuvchi) zimmasiga yuklanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sifati lozim darajada boʻlmagan mahsulotni yetkazib berish bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda, mahsulotni qabul qilib olish yetkazib beruvchining vakili ishtirokida amalga oshirilgan hollarda xoʻjalik sudlari bunday qabul qilib olish standartlar, texnik shartlar, mahsulot va mollarni sifati boʻyicha qabul qilib olish Yoʻriqnomalarining barcha talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi lozimligini nazarda tutishlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mahsulot sifati lozim darajada emasligi toʻgʻrisidagi dalolatnomada mahsulot nostandart yoxud ancha sorti (sifati) past deb eʼtirof etilishiga sabab boʻlgan, sifatga doir guvohnomada (sertifikatda) koʻrsatilganidan oʻzga belgilar bayon qilinmagan hollarda, yetkazib beruvchining vakili ishtirokida tuzilgan dalolatnomalarni istisno etganda, bunday dalolatnoma amaldagi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan javobgarlikni yetkazib beruvchining zimmasiga yuklash uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sifat boʻyicha qabul qilib olish dalolatnomalarida mahsulotning buzilib qolishi sabablari haqida xulosaning yoʻqligi, agar dalolatnomalarda mavjud boʻlgan maʼlumotlardan buzilib qolish sabablari xususida ishonchli xulosa chiqarish mumkin boʻlsa, oʻz holicha ularni dalil boʻlish kuchidan mahrum etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat boʻlganda xoʻjalik sudi mahsulot sifatini tekshirish natijalari va mahsulotning buzilishi sabablari haqida “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tegishli tartibda akkreditatsiya qilingan mutaxassislar, tashkilotlar (sertifikatlash, yukni ortib joʻnatishdan oldin inspeksiya qiladigan organ) qoʻshimcha maʼlumot soʻrab olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agar temiryoʻl mahsuloti tashish chogʻida belgilangan tashish shartlariga, shu jumladan yetkazib berish muddatlariga rioya etgan boʻlsa-yu, lekin sotib oluvchi (oluvchi)da qabul qilib olish chogʻida mahsulotning sifati lozim darajada emasligi toʻgʻrisidagi dalolatnomada mahsulot sifatining pasayishi tashish davrida uning tabiiy xossalari oqibatida sodir boʻlganligi xususida xulosa mavjudligi asosidagina javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mahsulot yaxlatilgan holatda yetib kelgan, uni defrostatsiyalash uchun muayyan muddat talab qilingan taqdirda, mahsulot sifatini tekshirish muddati mahsulotni defrostatsiyalash muddati tugagunga qadar uzaytiriladi. Mahsulot defrostatsiyalashtirilganidan keyin mahsulot sifatini qayta tekshirish amalga oshirilishi lozim. Bunda mahsulotning defrostatsiyadan keyingi haqiqiy sifati toʻgʻrisidagi dalolatnomada defrostatsiya amalga oshirilgan shart-sharoit albatta koʻrsatilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar defrostatsiyadan keyin mahsulot sifatini tekshirish oʻtkazilmagan boʻlsa, xoʻjalik sudlari yaxlatish tufayli qancha miqdordagi sifati lozim darajada boʻlmagan mahsulot olingani oluvchi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanmaganiga asoslanishlari lozim boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 5-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-son