28.02.2003 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK KODEKSINING TALABDAN BOSHQA SHAXS FOYDASIGA VOZ KECHISH HUQUQI BILAN BOG‘LIQ NORMALARINI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud amaliyotida kelib chiqayotgan masalalarning yechimini va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyingi matnlarda — FK) talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan bog‘liq normalarining nizolarning hal etilishida bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudlar shunga e’tiborlarini qaratishlari lozimki, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitim hisoblanadi, ushbu majburiyatda shaxs (kreditor) so‘zsiz almashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasiga asosan dastlabki kreditor asosiy majburiyat bo‘yicha talab qilish huquqini topshirish, yangi kreditor esa bu huquqlarni qabul qilish majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi, agarda qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi (FKning 355-moddasi uchinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FKning 319-moddasi birinchi qismiga asosan kreditorning o‘z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga, basharti u qonun hujjatlariga yoki shartnomaga zid bo‘lmasa, yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganda dastlabki kreditor asosiy majburiyat bo‘yicha shaxs almashtirilishi munosabati bilan majburiyatdan chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kreditorning majburiyat bo‘yicha huquqlari belgilangan tartibda nafaqat talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish asosida, balki qonunda nazarda tutilgan hollarda ham boshqa shaxslarga o‘tishi mumkin (FKning 295, 318, 957-moddalari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sudlar kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda bunday ishlar bo‘yicha yangi kreditorning huquqni o‘tkazilishi natijasida dastlabki kreditordan oladigan majburiyatlar hajmini aniqlash muhim masala ekanligini inobatga olishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, dastlabki kreditorning huquqi yangi kreditorga huquq o‘tish paytida mavjud bo‘lgan hajmda va shartlar asosida o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi kreditorga, xususan, pul majburiyatining bajarilishini ta’minlaydigan huquqlar (masalan: boqimanda undirish va h.k), shuningdek talab bilan bog‘liq boshqa huquqlar, shu jumladan to‘lanmagan foizlarga bo‘lgan huquq ham o‘tadi. Vaholanki, pul majburiyatida kreditor o‘zgargan har qanday holda ham dastlabki kreditordan yangi kreditorga barcha huquq va majburiyatlar o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasida qanday talablar qaysi majburiyatlarga asosan o‘tayotganligi aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘tkazilayotgan talablar hajmini belgilashda u qanday majburiyatdan kelib chiqqanligi ko‘rsatilib, har qanday shartnomaning muhim sharti hisoblangan shartnoma predmeti ham bitim ishtirokchilari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasining predmeti uning muhim shartlaridan biri hisoblanib, taraflar (dastlabki va yangi kreditor) shartnomada o‘tkaziladigan huquq predmetini aniq, ravshan tarzda asosiy majburiyatga bog‘lagan holda ko‘rsatishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasida voz kechilayotgan huquqni keltirib chiqaruvchi majburiyat aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi tuzilmagan deb hisoblanishi lozim (FKning 364-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan dastlabki kreditor yangi kreditor oldida unga o‘tkazilgan talabning haqiqiy emasligi uchun javob beradi, biroq qarzdor tomonidan bu talabning bajarilmaganligi uchun javob bermaydi, dastlabki kreditor yangi kreditor oldida qarzdor uchun o‘z zimmasiga kafolatni olgan hollar bundan mustasno (FKning 321-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi o‘z mohiyatiga ko‘ra talab qilish huquqini o‘tkazish bo‘lmay, balki bunda taraflarning xohish-irodasi aslida haq evaziga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lsa, bunday shartnoma FK 124-moddaning ikkinchi qismiga binoan boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan hisoblanadi (topshiriq shartnomasi yoki haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi) va sud taraflar aslida nazarda tutgan bitimga doir qoidalarni qo‘llaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar asosiy bitim sud tomonidan tuzilmagan (yoki haqiqiy emas) deb topilsa, asosiy bitimga asoslangan talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ham haqiqiy hisoblanmaydi (FKning 313-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasining xususiyati shundaki, bunda qonun yoki asosiy shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyatdagi boshqa tarafning (qarzdorning) roziligi talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudlarga tushuntirilsinki, talab qilish huquqi o‘tgan yangi kreditor qarzdorni bu haqda yozma ravishda xabardor qilishi shart. Aks holda u bunday xabar bermaslik tufayli kelib chiqqan o‘zi uchun noqulay oqibatlar xavfini o‘z zimmasiga oladi (FKning 313-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditorga ham ma’lum majburiyatlar yuklatiladi. U yangi kreditorga talab qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni berishi va talabni amalga oshirish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni bildirishi kerak. Qarzdor talablar yangi kreditorga o‘tganligini isbotlovchi hujjatlar o‘ziga taqdim etilmagunicha unga nisbatan majburiyatni bajarmaslikka haqli (FKning 316-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, qarzdor majburiyat bo‘yicha huquqlar yangi kreditorga o‘tganligi haqida ogohlantirish olgan paytida dastlabki kreditorga qarshi e’tirozlarini yangi kreditorning talabiga qarshi qo‘yishga haqli ekanligi inobatga olinishi lozim (FKning 317-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o‘tganligi haqida qarzdorning xabardor qilinmaganligi yoki o‘z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditor talab qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni unga bermaganligi uning huquqlarini boshqa shaxsga haqiqatan o‘tkazilganligiga ta’sir qilmaydi va o‘z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasini tuzilmaganligiga (haqiqiy emasligiga) olib kelmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki kreditordan yangi kreditorga huquqlarning o‘tkazilishi qarzdorni bitim tuzilganligi to‘g‘risida xabardor qilish payti bilan bog‘liq emas. Qarzdorni xabardor qilish huquqlar boshqa shaxsga o‘tkazilganligiga binoan amalga oshirilib, bu majburiyat bo‘yicha talab qilish huquqini o‘tkazishning zarur sharti sifatida qaralmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sudlarning e’tibori oddiy yozma yoki notarial shaklda tuzilgan bitimdan kelib chiqadigan talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish faqat o‘sha shaklda (oddiy yozma yoki notarial) amalga oshirilishi mumkinligiga qaratilsin (FKning 320-moddasi birinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar asosiy bitim davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab qilinadigan bitim bo‘lsa, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitimi ham asosiy bitim bo‘yicha belgilab qo‘yilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart (FKning 320-moddasi ikkinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasini tuzish vaqtida asosiy bitimni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shartligini nazarda tutuvchi qonun hujjatlarining talablari o‘zgargan va bunday toifadagi bitimlarni ro‘yxatga olish shartligi bekor qilingan hollarda talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasini ro‘yxatga olish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sudlar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga qonun hujjatlari bilan cheklanganlik mavjudligini nazarda tutishlari lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy renta shartnomasi bo‘yicha renta oluvchining huquqlari faqat fuqarolar va notijorat tashkilotlariga o‘tkazilishi mumkin (FKning 518-moddasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokat shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi o‘zining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi (FKning 563-moddasi ikkinchi qismi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonani ijaraga beruvchining tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun maxsus ruxsatnoma asosida olgan huquqlari ijaraga oluvchiga berilishi mumkin emas (FKning 579-moddasi beshinchi qismi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafolat bo‘yicha benefitsiarga tegishli bo‘lgan kafilga talab qo‘yish huquqi, agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas (FKning 303-moddasi) va boshqalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sudlarga tushuntirilsinki, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash va har qanday cheklashlar yoxud talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishning qo‘shimcha shartlari taraflarning kelishuvlariga binoan shartnomada nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga sudlar shartnomada bunday taqiq yoxud cheklashlar mavjud bo‘lsada, lekin qonun talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yadigan ba’zi bir alohida holatlarga e’tiborlarini qaratishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, FKning 753-moddasiga muvofiq, mijoz bilan uning qarzdori o‘rtasida talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash yoki cheklash haqida kelishuv bo‘lgan taqdirda ham, pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechish haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FKning 834-moddasi oltinchi qismiga binoan bitim bo‘yicha huquqlarni komitentga topshirishga, vositachining uchinchi shaxs bilan huquqlarni bunday berishni taqiqlaydigan yoki cheklaydigan kelishuvidan qat’i nazar, yo‘l qo‘yiladi. Bu har ikki holatda ham yangi kreditor (jumladan, mijoz yoki vositachi) huquqni topshirishni taqiqlash yoki cheklash haqidagi kelishuvni buzib huquqni topshirganligi munosabati bilan uni uchinchi shaxs oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq ishlarni sud muhokamasiga tayyorlashda sudlar ishda ishtirok etuvchi barcha manfaatdor shaxslarni jalb qilish to‘g‘risidagi masalani hal etishlari zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qabul qilinadigan sud hujjati dastlabki kreditorning manfaatlariga ta’sir ko‘rsatishi ishni ko‘rib chiqish vaqtida aniqlansa, sud uni nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb qilish masalasini hal etishi lozim.
(12-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabragi 307-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki kreditorni qo‘shimcha dalillar (hujjatlarning asli, dastlabki kreditorning ko‘rsatmalari)ni olish uchun ham sud majlisiga jalb qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 28-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110-son