23.12.2005 yildagi 136-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
2. XPKning 173-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori yoki qaror qabul qilgan shaxslar xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda apellatsiya instansiyasining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqlidir.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining kassatsiya instansiyasi, XPKning 174-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining birinchi va apellatsiya instansiyalarida qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlarning qonuniyligini tekshiradi.
4. XPKning 175-moddasiga muvofiq kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xo‘jalik sudi orqali beriladi.
Hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xo‘jalik sudi, agarda XPKning 180-moddasida nazarda tutilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari mavjud bo‘lmasa, besh kunlik muddatda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga yuboradi. Bunday asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instansiya sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) XPK 180-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga asosan qaytaradi.
5. XPKning 176-moddasiga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori, qaror qonuniy kuchga kirgandan so‘ng bir oy mobaynida berilishi mumkin. Hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati u qabul qilingan sananing ertasidan boshlab hisoblanadi.
XPKning 149 va 150-moddalariga muvofiq qabul qilingan qo‘shimcha hal qiluv qarorlari, qarorlar va ajrimlar ham kassatsiya tartibida alohida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
7. Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, XPK 180-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ro‘yxati qat’iy hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.
Bir vaqtning o‘zida bir necha ishlar bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, qarorlar, shuningdek qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)ni qabul qilish XPKning 117-moddasi birinchi qismi 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar ko‘rsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) bo‘yicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudiga o‘tkazib yuborilgan apellatsiya shikoyati (protesti)ni berish muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan apellatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin kelib tushgan va bu iltimosnoma qanoatlantirilgan hollarda kassatsiya shikoyati (protesti)ni qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda rad etiladi. Kassatsiya shikoyati (protesti)ning qabul qilishni rad etilishi shikoyat (protest) beruvchiga apellatsiya instansiyasida qaror (ajrim) qabul qilingandan so‘ng kassatsiya shikoyati (protesti) bilan xo‘jalik sudiga qayta murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi, agar shikoyat (protest)ni berish asoslari yo‘qolmagan bo‘lsa.
XPKning 99-moddasiga muvofiq o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinishi mumkin emas.
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) XPK 180-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asos bilan, ya’ni kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa, ushbu shaxs tomonidan takroran kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat etilsa, kassatsiya shikoyati (protesti) XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilinishi rad etiladi.
7.2. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan so‘ng, shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxs, XPK 180-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, xo‘jalik sudiga kassatsiya shikoyati (protesti) bilan umumiy tartibda hal qiluv qarori, qaror qonuniy kuchga kirgandan so‘ng bir oy ichida murojaat qilishga haqli.
8. Kassatsiya shikoyati hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilishga huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan berilganda yoki kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida shikoyat berilmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilganda birinchi instansiyasi sudining sudyasi XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etadi. Agar ko‘rsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) bo‘yicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
10. XPKning 182-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek XPK 188-moddasi uchinchi qismining 5-bandiga muvofiq kassatsiya shikoyatini bergan shaxslarning iltimosiga ko‘ra, agar ariza beruvchi shunday choralarni ko‘rmaslik hal qiluv qarori, qarorning qaytarma ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishi mumkinligini isbotlasa, kassatsiya instansiyasida ish yuritish tugagunga qadar birinchi va apellatsiya instansiyalarida qabul qilingan hal qiluv qarori, qarorning ijrosini to‘xtatib qo‘yishga haqli.
11. XPKning 183-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasida ish XPKning 22-bobida nazarda tutilgan xususiyatlar bilan xo‘jalik sudining birinchi instansiyasida ish ko‘rish qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. Bunda faqat birinchi instansiya uchun belgilangan qoidalar qo‘llanilmaydi.
Kassatsiya instansiyasida, xususan, nizolarni hal etish uchun hakamlik sudlariga topshirish (XPKning 25-moddasi), ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish (XPKning 38-moddasi), da’voning asoslari va predmetini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini o‘zgartirish, da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechish (XPKning 40-moddasi), ishga nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning kirishishi (XPKning 41-moddasi), ishga nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarning kirishishi (ularni ishda ishtirok etishga jalb qilish) (XPKning 42-moddasi), bir nechta da’vo talablarini birlashtirish va ajratish (XPKning 115-moddasi), qarshi da’vo taqdim etish (XPKning 120-moddasi) haqidagi qoidalar qo‘llanilmaydi. Shuningdek, ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rib chiqishga rozilik bermagan da’vogarning ishtirokisiz nizoning hal etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi (XPK 130-moddasining uchinchi qismi) haqidagi qoida ham qo‘llanilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar kassatsiya instansiyasining sud majlisida ishtirok etmagan hollarda, agar ular tegishli tartibda ishni muhokama etish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan bo‘lsalar, ish ularning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudi XPKning 186-moddasiga mos holda birinchi instansiya sudida arz qilinmagan yangi talablarni qabul qilishga yoki ko‘rib chiqishga haqli emas. Bunda yangi talablar deganda, birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmagan moddiy-huquqiy talablar, shuningdek birinchi instansiya sudida ishni ko‘rishda ishtirok etmagan shaxsga nisbatan bildirilgan talablar tushuniladi.
12. Kassatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilingan bo‘lib, kassatsiya shikoyatini bergan shaxs qaror qabul qilingunga qadar undan voz kechsa, protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanishidan oldin protestni chaqirib olsa va XPKning 184-moddasiga ko‘ra sud tomonidan kassatsiya shikoyatidan voz kechish qabul qilinsa, agar hal qiluv qaroriga, qarorga nisbatan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilmagan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
15. Shuni e’tiborga olish kerakki, XPKning 187-moddasida sanab o‘tilgan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari qat’iy bo‘lib, ularni kengaytirilgan tarzda talqin qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
15.1. Kassatsiya instansiyasi sudi XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan hollardagina hal qiluv qarori (qaror)ni bekor qilish hamda ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga haqli.
Sudlar e’tiborga olishlari kerakki, mazkur modda uchinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan arz qilingan talab bo‘yicha qarorning qabul qilinmaganligiga da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish to‘g‘risidagi arizalarda, qarshi da’vo arizada ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha hal qiluv qarori va (yoki) qarorning qabul qilinmaganligi ham kiradi.
XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslarning ro‘yxati tugal hisoblanadi va uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish haqidagi apellatsiya instansiyasi sudining qarori bekor qilingan taqdirda, ish apellatsiya instansiyasiga XPK 188-moddasi uchinchi qismining 9-bandiga mos holda o‘tkaziladi. Agar kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining bunday qarori bilan birga birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan ham berilgan bo‘lsa, ushbu qoida qo‘llanilmaydi.
16. XPK 188-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, protsessual huquq normalari buzilgan yoki noto‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda, agar bu qonun buzilishi noto‘g‘ri hal qiluv qarorining, qarorning qabul qilinishiga olib kelgan yoxud olib kelishi mumkin bo‘lsa, hal qiluv qarori, qaror bekor qilinadi yoki o‘zgartiriladi. Bunday oqibatlarning mavjudligi har bir aniq holatda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan baholanadi.
16.1. Moddiy hamda protsessual huquq normalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi (XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bundan mustasno) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini yoki apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilish, ish yuritishni tugatish yoki da’voni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘ladi.
18. Ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rgan xo‘jalik sudining qarorida bayon qilingan ko‘rsatmalari, XPKning 190-moddasi talablariga muvofiq, shu ishni yangidan ko‘rayotgan sud uchun majburiydir. Ushbu ko‘rsatmalarni bajarmaslik ish holatlarining to‘liq aniqlanmaganligiga olib kelgan bo‘lsa, ishni yangidan ko‘rishda qabul qilingan hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga asos bo‘lishi mumkin.
XPK 191-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, xo‘jalik sudining ajrimlariga nisbatan berilgan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) xo‘jalik sudining hal qiluv qarori va qarori ustidan beriladigan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartib asosida qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
22. Kassatsiya instansiyasi sudi XPKning 150-moddasiga muvofiq o‘zi qabul qilgan qarorni tushuntirib berishga, yo‘l qo‘yilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatishga haqli.