Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023 27.01.2006 yildagi 142-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023
Hujjat 27.01.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QarorI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud amaliyotida vujudga kelayotgan savollar munosabati bilan va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (bundan buyon matnda “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonun, Qonun deb yuritiladi) bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga muvofiq quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonun barcha yuridik shaxslarga (budjet tashkilotlari bundan mustasno) va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, shuningdek uning hududiy organlarining (bundan buyon matnda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi deb yuritiladi) bankrotlik ishlari yuzasidan bergan arizalari va iltimosnomalari Qonunda belgilangan eng qisqa muddatlarda koʻrib chiqilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi, shuningdek davlat soliq xizmati organi va prokurorning qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizalari xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻlovisiz ish yuritishga qabul qilinadi. Xoʻjalik sudi tomonidan ariza qanoatlantirilgan taqdirda davlat boji qarzdordan undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 118-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qarzdor, agar uning Qonunning 4-moddasida belgilangan muddatda pul majburiyatlarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlsa, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyati yuzaga kelgan muddatdan qatʼi nazar, oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat soliq xizmati organi va boshqa vakolatli organ (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar, yigʻimlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarning undirilishi ustidan nazorat olib boruvchi vakolatli organ)ning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga qonun hujjatlariga muvofiq majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzni olishga doir choralar koʻrilganligi haqida dalillar ilova qilinishi kerak. Arizaga kreditorning qarzni undirish toʻgʻrisidagi sud qarori, ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan akseptlangan toʻlov talablari, notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlsa, ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob raqamga qoʻyilgan va qarzdorning pul mablagʻlari yoʻqligi uchun bank bajarmagan inkasso topshiriqnomalarining arizaga ilova qilinishi davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan qarzni olishga doir choralar koʻrilganligining dalili boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq xizmati organi qarzdorning mol-mulki mavjud boʻlganda boqimandani undirishni qarzdorning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudining qarorini arizaga ilova qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qonunning 9-moddasiga muvofiq qarzdor rahbari, tugatish komissiyasi aʼzolari yoki tugatuvchi tomonidan xoʻjalik sudiga qarzdorning arizasi taqdim etilmaganligi Qonunning 8-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi aʼzolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab boʻladi. Qayd etilgan shaxslarning subsidiar javobgarligi umumiy yurisdiksiya sudlarida koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qonunning 10-moddasiga asosan xoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritish uchun qabul qilib olgan paytdan eʼtiboran kreditorlar qarzdorga oʻz talablarini qondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgandan keyin qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza berilgunga qadar paydo boʻlgan qarzni undirish haqida kreditordan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi tushgan boʻlsa, XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq daʼvo arizasini qabul qilish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daʼvo tartibida koʻrilayotgan ishda javobgarga nisbatan bankrotlik ishining mavjudligi aniqlansa, u holda XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan xoʻjalik nizosi boʻyicha ish yuritish tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishda sudya qarzdor — yuridik shaxsning eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan, qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkorning esa eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan kam boʻlmagan miqdorda jami qarzi mavjudligini va bu majburiyatlar yuzaga kelgan kundan eʼtiboran uch oy davomida bajarilmaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishi zarur. Agar bunday hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, ariza XPK 118-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudya bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash bilan bir vaqtda kuzatuv taomilini joriy etish masalasini hal qilishi lozim (Qonunning 48 va 62-moddalari). Arizani ish yuritishga qabul qilish va bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi xoʻjalik sudining ajrimida kuzatuv taomili joriy etilganligi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulki mavjud boʻlgan qarzdor — yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilinganda, unda muvaqqat boshqaruvchining nomzodi koʻrsatiladi. Arizada muvaqqat boshqaruvchining nomzodi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda xoʻjalik sudi arizachidan yoki bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organidan tegishli nomzodni taqdim etishni talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv taomili qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini oʻtkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan paytdan eʼtiboran keyingi taomilga qadar qoʻllaniladi. Ushbu vazifalarning bajarilishi muvaqqat boshqaruvchi zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu qoidalar yakka tartibdagi tadbirkorni va soddalashtirilgan taomil boʻyicha qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ishlarga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qonunning 48-moddasiga muvofiq bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya XPKda nazarda tutilgan tartibda va Qonunda belgilangan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxsning arizasiga binoan kreditorlar talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni koʻradi (Qonunning 46-moddasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi masalani hal etadi (Qonunning 48-moddasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi (Qonunning 59-moddasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdorning eʼtirozlari (muvaqqat boshqaruvchining iltimosnomasi) mavjudligida arizachining qarzdorga nisbatan talablarining asosliligini tekshirish maqsadida sud majlisini oʻtkazadi (Qonunning 70-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish xoʻjalik sudining majlisida qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish alohida hollarda xoʻjalik sudining raisi tomonidan Qonunning 49-moddasiga muvofiq ikki oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq oliy maʼlumotli hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organida attestatsiyadan oʻtgan va tegishli attestatga ega boʻlgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi va uning nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud boshqaruvchisini tayinlash masalasini hal etishda xoʻjalik sudi tegishli attestatni talab qilib olishi va uning nusxasini ish hujjatlariga qoʻshishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qarzdor yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxs, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor, agar unga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilgan boʻlsa, ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotgan paytda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning oʻrnini qoplamagan shaxs, boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishiga cheklov belgilangan shaxs (bunday faoliyat bilan shugʻullanishdan mahrum etilgan yoki bunday faoliyatga noloyiq deb topilgan shaxs) sud boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik sudi koʻrsatilgan asoslarga koʻra sud boshqaruvchisi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodni bu vazifaga tayinlashni rad etishga yoki sud boshqaruvchisini oʻz vazifasini bajarishdan ozod etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik sudi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgan sanada, shu jumladan, agar bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgunga qadar bir yil muddat ichida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan qarzdor yuridik shaxs mansabdor shaxsi boʻlganning nomzodini sud boshqaruvchisi etib tayinlashni rad etishi lozim. Qarzdor yuridik shaxsning mansabdor shaxsi sifatida qarzdorning rahbari, kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter) tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qonun hujjatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganlik, shuningdek Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar sud boshqaruvchisini vazifasini bajarishdan ozod qilish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud boshqaruvchisi vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda uni vazifasidan ozod qilish masalasi sud majlisida hal etiladi. Sud boshqaruvchisi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xoʻjalik sudi tomonidan xabardor qilinadi. Shu sud majlisining oʻzidayoq yangi sud boshqaruvchisini tayinlash, shuningdek vazifasidan ozod etilgan sobiq sud boshqaruvchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish, uni maʼmuriy va (yoki) moddiy javobgarlikka tortish masalalari koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud boshqaruvchisini oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilish va yangi sud boshqaruvchisini tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi darhol ijro etiladi. Ushbu sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini toʻxtatmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sud boshqaruvchisining noqonuniy harakati (harakatsizligi) natijasida kreditorlarga yoki qarzdorning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, kreditorlar va qarzdor daʼvo bilan umumiy yurisdiksiya sudiga murojaat etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sud boshqaruvchisiga haq toʻlash miqdori va tartibi kreditorlar yigʻilishi tomonidan belgilanadi hamda xoʻjalik sudining ajrimi yoki hal qiluv qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud boshqaruvchisi haqining miqdorini belgilashda qarzdor mol-mulkining qiymati, uning amalga oshiradigan ishlari hajmi hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud boshqaruvchisi haqining miqdori qarzdor sobiq rahbarining ish haqi miqdoridan kam boʻlmasligi kerak. Kreditorlar yigʻilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati natijalariga qarab toʻlanadigan qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin. Agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, sud boshqaruvchisining haqi va qoʻshimcha haq qarzdorning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qonunning 19-moddasi birinchi qismiga va XPK 91-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan bankrotlik taomilini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi tomonidan xoʻjalik sudiga beriladigan daʼvo arizalari va arizalar oldindan davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanmasdan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qonunning 25-moddasi birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni hamda sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda uni vazifasidan ozod qilish haqida xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunning 26-moddasi uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilariga koʻra bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining hududiy boshqarmalari ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining koʻrsatmasiga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etadi, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi, korxonalarning bankrotligi jarayonlari monitoringini yuritadi, sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisini belgilangan tartibda vazifasini bajarishdan ozod qilish zarurligi haqida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga iltimosnoma bilan murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan rasmiy nashr belgilangunga qadar Qonunning 52 va 53-moddalariga muvofiq matbuotda eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar respublika va viloyat rasmiy nashrlarida chop etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kreditorlarning birinchi yigʻilishini oʻtkazish uchun kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladigan pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlarning miqdori xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani qabul qilish sanasiga belgilanadi. Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudi tomonidan qabul qilingunga va bankrotlikning tegishli taomilini joriy etishga qadar ijro muddati kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudi tomonidan qabul qilingandan keyin vujudga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilmaydi va qarzdorning ular oldidagi majburiyatlari navbatdan tashqari bajariladi. Bunda, majburiyat deganda, bitim tuzish yoki voqeaning sodir boʻlishi natijasida qarzdorda muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatining vujudga kelishi tushuniladi (masalan, mol-mulkni berish, pul mablagʻlarini toʻlash va boshqalar).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditorlarning talablari reyestriga qarzdor va (yoki) sud boshqaruvchisi tomonidan tan olingan yoxud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari (hal qiluv qarori, qaror, hukm, ajrim, sud buyrugʻi) bilan tasdiqlangan, shuningdek davlat organlarining hujjatlari bilan aniqlangan talablar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditorlarning talablari reyestriga asosiy qarzdan tashqari, neustoyka (jarima, penya)ni undirish haqidagi talablar, shuningdek yuqoridagi hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa hisoblangan iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar (foizlar) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgunga qadar vujudga kelgan, ammo qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza xoʻjalik sudi tomonidan qabul qilingandan keyin bajarish muddati kelgan pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlarning miqdori tegishli bankrotlik taomili (sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv) joriy etilgan sanaga belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangandan soʻng pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha talablar miqdori barcha hollarda, pul majburiyatlarini bajarish va majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati yuzaga kelganidan qatʼi nazar, tugatishga doir ish yuritish boshlangan sanaga belgilanadi, Qonunning 134-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdorning chet el valyutasida qarzi mavjud boʻlsa, kreditorlarning birinchi yigʻilishini oʻtkazish uchun kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladigan kreditorlarning talablari miqdori, agar kreditor va qarzdor oʻrtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudi tomonidan qabul qilingan sanadagi rasmiy kurs, keyingi taomillarda esa bankrotlikning tegishli taomili joriy etilgan sanadagi rasmiy kurs boʻyicha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudi tomonidan qabul qilingandan keyin, shuningdek bankrotlikning tegishli taomili joriy etilgandan soʻng bajarish muddati kelgan pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar joriy toʻlovlar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turishga XPKning 82 va 83-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish toʻxtatilganda xoʻjalik sudi Qonunning 50-moddasida koʻrsatilgan sud hujjatlarini chiqarishga haqli emas. Bunda xoʻjalik sudi tomonidan joriy etilgan bankrotlik taomili davom ettiriladi. Ushbu davr mobaynida sud boshqaruvchisida oʻz vazifasini bajarayotganligi uchun haq olish huquqi saqlanib qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari XPKda belgilangan tartibda, Qonunda nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda, qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik sudining bankrotlik toʻgʻrisidagi ish doirasida chiqargan, XPKda nazarda tutilmagan ajrimlari ustidan faqat Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin, Qonunning 50-moddasi, 91-moddasi ikkinchi qismi va 124-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan ajrimlar bundan mustasno, ushbu ajrimlar ustidan XPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi (protest keltiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, Qonunning 59-moddasiga koʻra bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan xoʻjalik sudining ajrimlari ustidan Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin. Koʻrsatilgan ajrimlar ustidan shikoyatlar (protestlar) ular chiqarilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida beriladi. Shikoyatlarni (protestlarni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudi chiqargan ajrim kassatsiya va nazorat tartibida qayta koʻrib chiqilmaydi (Qonunning 60-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditorlar yigʻilishining qarorini haqiqiy emas deb topish (Qonunning 13-moddasi beshinchi qismi) toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudining ajrimi ustidan ham shu tartibda shikoyat beriladi (protest keltiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud boshqaruvchilarini tayinlash (ozod qilish, almashtirish) toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan Qonunda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi (protest keltiriladi). Agar sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv taomili joriy etilishi bilan bir paytda sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi tayinlangan, tugatish boshqaruvchisi esa qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash bilan bir paytda tayinlangan boʻlib, ularni tayinlash toʻgʻrisida sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruvni joriy etish haqidagi xoʻjalik sudining ajrimida yoxud qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida koʻrsatilgan boʻlsa, tayinlangan sud boshqaruvchisining nomzodi bilan kelishilmagan taqdirda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar Qonunda nazarda tutilgan tartibda sud hujjatining sud boshqaruvchisini tayinlashga doir qismi ustidan shikoyat berishi, prokuror esa protest keltirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qonunning 50-moddasiga koʻra bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudining qarorlari va ajrimlari darhol ijro etiladi. Lekin, bu hol sud hujjatlari qabul qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kirishini bildirmaydi. Ularning ustidan XPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qonunning 54-moddasiga muvofiq xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi: bankrotlik alomatlari aniqlanmaganda, yaʼni qarzdorga jami talablar Qonunda belgilangan miqdordan kam tashkil etgan hollarda; xoʻjalik sudi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilgunga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qondirilganda; soxta bankrotlik aniqlanganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qonunning 56-moddasiga binoan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganda, kelishuv bitimi tuzilganda va u xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanganda, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi barcha kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda, kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday bankrotlik taomili jarayonida qondirilganda bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish xoʻjalik sudining ajrimi bilan tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonaga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishi maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilganda va kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishiga rozi boʻlgan taqdirda, xoʻjalik sudi Qonunning 61-moddasi uchinchi qismiga muvofiq bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori boʻlsa yoki qarzdor korxona tugatilgan va davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish XPK 86-moddasining 2 va 4-bandlariga koʻra tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan barcha talablar qondirilganda va qarzdorning oʻz xoʻjalik faoliyatini davom ettirishga imkoniyati mavjud boʻlganda, tugatish boshqaruvchisi taqdim etgan hisobotni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xoʻjalik sudi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi va unda qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori ijro etilmasligi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Sud boshqaruvchisining qarzdor tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish, shuningdek uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash haqidagi talablari XPK yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan umumiy tartibda bankrotlik toʻgʻrisidagi ish doirasidan tashqari koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mehnat shartnomasi asosida ishlovchi shaxslarga mehnat haqi toʻlash va ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlash boʻyicha talablarning miqdori va tarkibi xususida sud boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili oʻrtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar (mehnat shartnomasini bekor qilish bundan mustasno) Qonunning 59-moddasiga muvofiq xoʻjalik sudi tomonidan koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Qonunning 91-moddasi birinchi qismiga binoan agar qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan boʻlsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar boʻyicha esa bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi asosida xoʻjalik sudi tomonidan joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi boshqaruv oʻn ikki oydan (kam emas) yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etilishi mumkin. Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati oʻttiz olti oydan oshmasligi lozim. Agar qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi joriy etilmagan boʻlsa, u holda tashqi boshqaruvning eng koʻp muddati yigirma toʻrt oydan oshmasligi shart (shaharni tashkil etuvchi korxonalar hamda ularga tenglashtirilgan korxonalar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunning 119-moddasi ikkinchi qismida kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugatish uchun belgilangan olti oygacha boʻlgan muddat tashqi boshqaruv muddatiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddatning qisqartirilishiga yoki uzaytirilishiga Qonunning 91-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar doirasida kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasiga, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan yoʻl qoʻyiladi. Tashqi boshqaruv muddatini qisqartirish yoki uzaytirish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan holda xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Qonunning 93-moddasiga muvofiq kreditorlar talablarini qondirishga nisbatan moratoriy tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar bajarish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) majburiy toʻlovlarga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi boshqaruv joriy etilganidan keyin bajarish muddati boshlangan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha talablarga moratoriy tatbiq etilmaydi. Bunday talablar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 784-moddasida belgilangan navbatga rioya etilgan holda tashqi boshqaruv davrida qanoatlantiriladi (Qonunning 93-moddasi beshinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qonunning 124-moddasiga muvofiq tugatishga doir ish yuritish muddati bir yildan oshishi mumkin emas. Shundan kelib chiqib, xoʻjalik sudining bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida tugatish boshqaruvchisi tomonidan tugatishga doir ish yuritish natijalari haqidagi hisobotni taqdim etishning aniq muddatini belgilash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning, kreditorlar yigʻilishining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomalari, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining xulosasi yoki xoʻjalik sudining tashabbusi bilan ushbu muddat bir yildan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Qonunga muvofiq tuzilgan kelishuv bitimining shartlari faqat kelishuv bitimini tuzish haqida qaror qabul qilgan kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgan sanaga kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablarga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditorlarning talablari reyestriga talablari kiritilmagan kreditorlar, kelishuv bitimi tasdiqlangan va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatilgandan soʻng, kelishuv bitimi shartlarini hisobga olmagan holda, oʻz talablarini umumiy tartibda taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqida xoʻjalik sudi ajrim chiqaradi va unda bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatilishi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kuzatish taomilida qarzdor yuridik shaxs boshqaruv organining vakolatlari xoʻjalik sudining ajrimi bilan tugatilgan va muvaqqat boshqaruvchining zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, u holda qarzdor nomidan kelishuv bitimi muvaqqat boshqaruvchi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kelishuv bitimi tuzilganida, xoʻjalik sudining ajrimida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori ijro etilmasligi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish haqi boʻyicha qarzning mavjudligi xoʻjalik sudi tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdor tomonidan kelishuv bitimining shartlari bajarilmagan holda, kreditorlar taalluqligiga koʻra umumiy yurisdiksiya sudiga yoki xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi berishga haqli. Bunda kreditorlarning talablari miqdori kelishuv bitimi shartlari asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Qarzdorga qarzni toʻlash muddatini uzaytirish, boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berish va (yoki) kreditorlarga tegishli qarzni kamaytirish yoʻli bilan moliyaviy yordam koʻrsatilishi kelishuv bitimining predmeti sifatida qabul qilinishi lozim va qarzdorning moliyaviy ahvolini boshqa bir bankrotlik taomilida tiklash boʻyicha chora sifatida koʻrilishi mumkin emas (qarzni kamaytirish yoʻli bilan moliyaviy yordam koʻrsatish bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar hamda ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi belgilangunga qadar xoʻjalik sudlari qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizalarni koʻrishda Qonunning IX bobi 1-paragrafiga muvofiq quyidagi hujjatlardan birining mavjudligini tekshirishlari lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan taqdim etilgan korxona xodimlarining yillik oʻrtacha soni uch ming kishidan kam emasligini tasdiqlovchi maʼlumotnomani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan taqdim etilgan korxona xodimlarining soni ularning oila aʼzolarini hisobga olgan holda tegishli aholi punktida yashaydigan aholining yarmidan kam emasligini tasdiqlovchi maʼlumotnomani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining korxona davlatning mudofaa qobiliyatini saqlashi va xavfsizligini taʼminlashi toʻgʻrisidagi xulosasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organining yuridik shaxs asosiy faoliyat turi boʻyicha tovar bozorlarida tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestrida turganligi haqidagi xulosasini.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Qarzdorni bankrotlikning soddalashtirilgan taomili boʻyicha bankrot deb topish (tugatilayotgan yoki hozir boʻlmagan qarzdor) haqidagi arizani qabul qilishda kreditorlik qarzlarining miqdori ahamiyatga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunning 185-moddasi ikkinchi qismiga binoan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etilganda, arizaga qarzdorni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ilova qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida ariza berilganda, qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxs rahbarining hozir boʻlmaganligini, shuningdek ularning turar joyini aniqlashning imkoniyati yoʻqligini tasdiqlovchi dalillar xoʻjalik sudiga taqdim etilishi kerak. Bunday dalillar manzil maʼlumot byurosi tomonidan shaxsning roʻyxatdan chiqib, boshqa hududga ketganligi haqida berilgan maʼlumotnoma, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, uy-joy mulkdorlarining shirkati vakillari ishtirokida shaxsning roʻyxatga olingan manzilda yashamasligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnoma, shaxsning vafot etganligi yoki ozodlikdan mahrum etish joylarida ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdorning hozir boʻlmaganligi sifatida nafaqat uning rahbari yoʻqligi, balki xoʻjalik yurituvchi subyekt mol-mulkining yoʻqligini ham tushunish lozim. Bu hol qarzdor — yuridik shaxs turgan joyi (pochta manzili) boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, uy-joy mulkdorlarining shirkati, turarjoy yoki odam yashamaydigan joyning mulkdori vakillari va (yoki) sud boshqaruvchisi ishtirokida tuzilgan dalolatnoma yoxud qarzdorning mol-mulki mavjud emasligi sababli ijro hujjatini ijrosiz qaytarish toʻgʻrisidagi sud ijrochisining qarori bilan tasdiqlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish haqidagi arizada tugatish boshqaruvchisining nomzodi arizachi tomonidan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Qonunning 185-moddasiga binoan agar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotganligi va (yoki) oʻzining ustav jamgʻarmasini shakllantirmaganligi munosabati bilan tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, bunday yuridik shaxs Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi. Ushbu hollar aniqlanganda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni koʻrish uchun davlat soliq xizmati organiga murojaat etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi 327-sonli Qarorining 2-bandiga asosan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablagʻlari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, ularning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining taqdimnomasiga koʻra hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha hukumat komissiyasining qarori bilan hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli Qaroriga binoan xoʻjalik sudining hal qiluv qarori bilan tugatilgan korxonani tugatish jarayonida faqat budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlari aniqlanib, davlat soliq xizmati organi yoki tugatish komissiyasi ushbu korxonani bankrot deb topish uchun xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilganda, XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan bunday arizani qabul qilish rad etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarining barcha talablari toʻliq qanoatlantirilgandan va hisob-kitoblar tugagandan keyin xoʻjalik sudi tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkorning barcha kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun mol-mulki yetarli boʻlmasa, u holda sud ijrochisi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37 va 39-moddalarida belgilangan qoidalarga binoan undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi ijro varaqasini xoʻjalik sudiga qaytaradi. Xoʻjalik sudi ijro varaqasini qaytarish haqidagi hujjatlarni koʻrib chiqqandan keyin tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Qonunning 181-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq tugatish boshqaruvchisi tayinlangan boʻlsa, u holda tugatishga doir ish yuritish Qonunning 142 va 144-moddalarida belgilangan qoidalar boʻyicha tamomlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 188-sonli Qarorining 4-bandiga muvofiq qarzdor korxona bankrot deb eʼlon qilinganda va tugatish ishlari boshlanganda, agar qarzdor kreditori kreditorlar talabnomalari reyestriga kiritilgan, kreditor qarzi boʻyicha qarzdor kreditor qarzining umumiy summasidan yetmish va undan koʻp foizi talabiga ega tijorat banki hisoblangan taqdirda, ushbu kreditor, garov predmeti hisoblangan mol-mulkdan tashqari, qarzdor korxonasi (mol-mulki)ni oʻz mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, agar kreditorlik qarzi boʻyicha bank talabi Qonunning 131-moddasiga muvofiq aniqlangan korxonani baholash qiymatidan koʻp yoki teng boʻlsa, bank tomonidan Qonunning 134-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan tartibda navbatdan tashqari xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlar qarzdorning yagona hisob raqamiga oʻtkazilganda hamda korxona xodimlarining ish haqlari boʻyicha qarzdorlik qoplanganda korxona bank mulkiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning kreditorlik qarzi boʻyicha, shuningdek korxona xodimlariga ish haqi toʻlashdagi qarzlarni hamda Qonunning 134-moddasi birinchi qismida belgilangan navbatdan tashqari xarajatlarni toʻlash boʻyicha talablari summasi korxonaning baholash qiymatidan kam boʻlgan taqdirda korxonani bank mulkiga oʻtkazish koʻrsatilgan tafovut hamda navbatdan tashqari xarajatlarni qoplash va korxona xodimlarining ish haqi boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun mablagʻlarni bank tomonidan qarzdorning yagona hisob raqamiga oʻtkazish sharti bilan amalga oshiriladi. Ushbu mablagʻlar tugatish boshqaruvchisi tomonidan birinchi navbatda navbatdan tashqari toʻlovlarga va korxona xodimlarining ish haqi boʻyicha qarzlarni toʻlashga, shuningdek Qonunning 134-moddasida koʻrsatilgan tartibda yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilgan shartlar bank tomonidan bajarilganda, qarzdorning mol-mulki sud boshqaruvchisi tomonidan xoʻjalik sudining ajrimi asosida tijorat banki mulkiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Yuridik shaxslarning ayrim toifalari, yakka tartibdagi tadbirkor, tugatilayotgan yuridik shaxs va hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotlik toʻgʻrisidagi ishi koʻrilayotganda, qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, Qonunning umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran Qonunning 125-moddasiga binoan ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi, ijro hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan tugatish boshqaruvchisiga oʻtkaziladi. Sud xarajatlarini undirish haqidagi ijro hujjatlari xoʻjalik sudi tomonidan tugatish boshqaruvchisiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Tugatishga doir ish yuritish taomilini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida tugatish boshqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan hisobot Qonunning 144-moddasiga asosan xoʻjalik sudi tomonidan, zarur hollarda, sud majlisida XPK 128-moddasining birinchi qismi talablariga rioya qilgan holda koʻriladi. Tugatish boshqaruvchisining hisoboti asosli deb topilsa, tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqariladi, hisobot asosli deb topilmaganda esa u qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Xoʻjalik sudining qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori bekor qilingan va ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan taqdirda, qarzdor boshqaruv organining vakolatlari tiklanadi. Bu holda tugatish boshqaruvchisi qarzdor boshqaruv organining vakolatlari tiklangan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida buxgalteriya va boshqa hujjatlar, muhr va shtamplar, moddiy va boshqa qimmatliklarning topshirilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Xoʻjalik sudlari, muayyan ish holatlaridan kelib chiqib, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni sayyor sud majlislarida koʻrib hal etishlari lozim. Bunda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi, davlat soliq xizmati, prokuratura, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan birgalikda korxonalarni iqtisodiy nochor ahvolga olib keluvchi debitorlik-kreditorlik qarzlarining yuqoriligi hamda zarar koʻrib faoliyat koʻrsatish sabablarini aniqlash, xoʻjasizlik, pul mablagʻlarini behuda sarflash, ulardan maqsadsiz foydalanish holatlariga yoʻl qoʻygan aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalalariga alohida eʼtibor berish kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 1-martdagi “Respublika xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilgan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish natijalari haqida”gi 55-sonli, 1999-yil 16-iyuldagi “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunini (yangi tahrirda) qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 78-sonli, 2004-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunini (2003-yil tahririda) amalga kiritish bilan bogʻliq ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 112-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 27-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
142-son