01.06.2010 yildagi O‘RQ-250-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“SUD EKSPERTIZASI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 18-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda ma’qullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7--8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 67-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 68-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; tergov harakatlari o‘tkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir bo‘lish hamda shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va so‘roq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyatlar qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert: ushbu Kodeksning 76 va 78-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertizani o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgar bo‘ladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 174-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot, sud-psixiatriya, sud-psixologiya, sud-avtotexnika, sud-iqtisodiy, kriminalistika ekspertizalarini faqat davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, alohida hollarda esa, boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarning mutaxassislari o‘tkazadi. Alohida hol ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda asoslantirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, sudning ekspert etib tayinlangan shaxsni chaqirish va uning ekspertiza o‘tkazishi to‘g‘risidagi talabi ushbu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari uchun majburiydir”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 175 va 176-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“175-modda. Tekshirish obyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoviy dalillar, ekspert tekshiruvi uchun namunalar, boshqa moddiy obyektlar, murdalar va ularning qismlari, hujjatlar, shuningdek ekspertiza o‘tkazilayotgan ish materiallari tekshirish obyektlari bo‘lishi mumkin. Ekspert tekshiruvlari tirik odamga nisbatan ham o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertizani o‘tkazishda tekshirish obyektlari (tirik odamdan tashqari) ekspert tekshiruvini o‘tkazish uchun qay darajada zarur bo‘lsa, shu darajada shikastlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan ekspertizaning o‘ziga xos xususiyatlari obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish obyektlarining ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati bilan yoxud tayinlangan ekspertizaning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq holda shikastlanganligi yoki ishlatilganligi davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa korxona, muassasa, tashkilot yoki ekspert tomonidan mazkur obyektlarning mulkdoriga zararning o‘rni qoplab berilishiga sabab bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish obyektlari, agar ularning o‘lchamlari va xossalari imkon bersa, o‘ralgan va muhrlangan holda ekspertga topshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish obyektini ekspertning ish joyiga yetkazib berishning iloji bo‘lmaganda, ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) unga mazkur obyektni moneliksiz kirib ko‘rishni va uni tekshirish imkoniyatini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish obyektlari davlat sud-ekspertiza muassasalarida, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarida va sudlarda ashyoviy dalillarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza tugallanganidan keyin tekshirish obyektlari, agar ular to‘la ishlatilgan bo‘lmasa, ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
176-modda. Qo‘shimcha va qayta ekspertizalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan ekspert tekshiruvi usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga qo‘shilmaganligi sabablari ko‘rsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta ekspertizani o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvini o‘tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) quyidagi mazmundagi 1761-modda bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1761-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning o‘tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, o‘tkaziladigan ekspert tekshiruvlarining maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert ekspert tekshiruvlarini mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan o‘zi va komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo‘yilgan savollar yuzasidan o‘z maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tekshiruvlarining ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan to‘liq yoki qisman o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 177 va 178-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“177-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaviy ekspertiza o‘tkazilayotganda ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini to‘liq hajmda o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
178-modda. Kompleks ekspertiza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi ekspert tekshiruvlarini va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu ekspert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli bo‘lgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kompleks ekspertizani o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan bo‘lsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) 182-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“182-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda ekspertiza o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza tayinlash to‘g‘risida o‘zi chiqargan qarorni yoki ajrimni, tekshirish obyektlarini, zarur hollarda esa jinoyat ishini ham davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbariga yuboradi. Agar qaror yoki ajrimda ekspert ko‘rsatilmagan bo‘lsa, tashkilotning rahbari mazkur tashkilot xodimlaridan qaysi biri ekspertiza o‘tkazishi to‘g‘risida farmoyish berishi kerak. Bu haqda u ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertiza o‘tkazishni tashkil qiladi, tekshirish obyektlarining saqlanishini ta’minlaydi, ekspertizani o‘tkazish muddatlarini aniqlaydi, ekspert tekshiruvi tugaganidan so‘ng xulosani, tekshirish obyektlari va ish materiallarini ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari, agar mazkur tashkilotda ekspert tekshiruvlarini o‘tkazish uchun tegishli mutaxassislar yoxud zarur moddiy-texnik baza yoki maxsus sharoitlar bo‘lmasa, ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda ekspertizani o‘tkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish; ekspertizani tayinlagan organdan (shaxsdan) ekspertlar komissiyasi tarkibiga ushbu tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar ekspertizani o‘tkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur bo‘lsa, kiritish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) roziligisiz ekspertizani o‘tkazish uchun ushbu tashkilotda ishlamaydigan mutaxassislarni jalb etishga; ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha tekshirish obyektlarini ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga haqli emas”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) 183-moddaning ikkinchi qismidagi “xulosa berishdan bo‘yin tovlaganlik, shuningdek bila turib yolg‘on xulosa berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida” degan so‘zlar “bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) 184 va 185-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“184-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi ekspert tekshiruvlarini o‘tkazib bo‘lganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosada: ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy; ekspertizani o‘tkazish asosi; ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) to‘g‘risida ma’lumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqida ma’lumotlar; ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qo‘yilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotlar; qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari, shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo‘lsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi; ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va ekspertning tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar ko‘rsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Ekspert tekshiruvining olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) talabiga binoan ishga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi ekspert tekshiruvi davomida ma’lum bo‘lib qolsa, xulosa ayrim qo‘yilgan savollarga javob berishni rad etish asosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tekshiruvi tugaganidan so‘ng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
185-modda. Xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ekspert qo‘yilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin bo‘lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) 186-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ekspert faqat o‘zi tomonidan berilgan xulosa va shaxsan o‘tkazgan ekspert tekshiruvlari yuzasidan so‘roq qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertni u xulosa berguniga qadar so‘roq qilish taqiqlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) 188-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tirik odamning, murdaning, hayvonning, o‘simlikning, buyumning, materialning yoki moddaning xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi namunalar olishga, basharti ularning ekspert tekshiruvi ekspert oldiga qo‘yilgan savollarni hal qilish uchun zarur bo‘lsa, haqlidir”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 299-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan maxsus bilimlarga zarurat tug‘ilgan hollarda tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishning ekspertiza predmetiga oid materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) ruxsati bilan ishni ko‘rib chiqishda hozir bo‘lish, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga, jabrlanuvchiga, guvohlarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert: o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertizani o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda tartibga rioya qilishi shart”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) quyidagi mazmundagi 2991-modda bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2991-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi ekspert tekshiruvlarini o‘tkazib bo‘lganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosada: ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy; ekspertizani o‘tkazish asosi; ekspertizani tayinlagan organ (mansabdor shaxs) to‘g‘risida ma’lumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqida ma’lumotlar; ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qo‘yilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotlar; qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari, shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo‘lsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi; ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va ekspertning tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar ko‘rsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Ekspert tekshiruvining olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan organning (mansabdor shaxsning) talabiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi ekspert tekshiruvi davomida ma’lum bo‘lib qolsa, xulosa ayrim qo‘yilgan savollarga javob berishni rad etish asosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tekshiruvi tugaganidan so‘ng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan organga (mansabdor shaxsga) yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosa ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) uchun majburiy emas, biroq uning xulosaga qo‘shilmasligi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ekspert qo‘yilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin bo‘lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 1-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘RQ-250-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 22-son, 174-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)