O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda ma’qullangan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 1-son, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5-6-son, 153-modda; 2001-yil, 1-2-son, 23-modda, 9-10-son, 165-modda; 2002-yil, 9-son, 165-modda; 2003-yil, 1-son, 8-modda, 9-10-son, 149-modda; 2004-yil, 1-2-son, 18-modda, 9-son, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, 9-son, 314-modda, 12-son, 417, 418-moddalar; 2006-yil, 6-son, 261-modda, 12-son, 656-modda; 2007-yil, 4-son, 158, 166-moddalar, 6-son, 248-modda, 9-son, 416, 422-moddalar, 12-son, 607-modda; 2008-yil, 4-son, 187, 188, 189-moddalar, 7-son, 352-modda, 9-son, 485, 487, 488-moddalar, 12-son, 640, 641-moddalar; 2009-yil, 1-son, 1-modda, 4-son, 128-modda, 9-son, 329, 334, 335, 337-moddalar, 12-son, 470-modda) quyidagi mazmundagi 571-modda bilan to‘ldirilsin:
“571-modda. Aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganida jazo tayinlash
Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-may,
O‘RQ-245-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 20-son, 147-modda)