Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019 13.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2095
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 13.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2095
Дата вступления в силу
23.04.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019
Hujjat 23.04.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

YAGONA IJTIMOIY TOʻLOVNING BAZAVIY MIQDORI KIRITILIShI MUNOSABATI BILAN YAGONA IJTIMOIY TOʻLOVNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 26-fevraldagi 20 va 2019-10-sonli “Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2095-6, 02.03.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52(II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2010-yil 22-mart,

22-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 22-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-13-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 22-martdagi 22, 2010-13-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52(II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq yagona ijtimoiy toʻlovning (keyingi oʻrinlarda YIT deb ataladi) bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan YITni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom qonun hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy toʻlovning pasaytirilgan stavkasi belgilangan yuridik shaxslarga, notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2009-yilning 1-yanvaridan boshlab YIT toʻlovchilari YITni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda tegishli yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka boʻyicha, biroq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda, fermer xoʻjaliklari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda YIT hisoblashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblab chiqarilgan YIT summasi foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan foydani aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi, bundan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan holat mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomni qoʻllash maqsadida xodimlarga mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish predmeti boʻlgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. YIT hisoblab chiqarish va toʻlash uchun YITning bazaviy miqdorini aniqlash
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. YIT toʻlovchilari hisobot oyida xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlaridan va ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda jami korxona boʻyicha YITning bazaviy miqdorini aniqlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. YITning bazaviy miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BRyait =K/n * N, bu yerda:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BRyait — YITning bir oy uchun bazaviy miqdori;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
K — bir oyda barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari (bir kunda ishlagan soatlaridan qatʼi nazar) soni, biroq korxonada oʻrnatilgan ish kunlari sonidan ortmagan holda. Xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlariga, shuningdek yillik mehnat taʼtillariga va ish haqi saqlangan holda beriladigan taʼtillarga toʻgʻri keladigan kunlar ham taalluqlidir. Bir oyda xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarini hisoblab chiqarishda quyidagilarning ishlagan kunlari kiritilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasaytirilgan stavkalar boʻyicha YIT hisoblab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlarning ish kunlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilarning ish kunlari (YIT boʻyicha imtiyoz muddati tugagunga qadar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlar bajarayotgan (xizmatlar koʻrsatayotgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarning ish kunlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n — korxonada belgilangan bir oydagi ish kunlari soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N — bir xodim uchun bir oyda YIT normativi (bir minimal ish haqi, fermer xoʻjaliklari uchun esa belgilangan minimal ish haqining 50 foizi). Agar minimal ish haqining miqdori oyning 1-kunidan oʻzgarmasa, u holda oy uchun minimal ish haqining oʻrtacha oylik miqdori qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. YITning bazaviy miqdori har oy hisoblab chiqariladi. Hisobot davri uchun YITning bazaviy miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisobot davrining har bir oyi uchun YITning bazaviy miqdorlari qoʻshib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasi YITning bazaviy miqdoridan kam boʻlsa, u holda toʻlanishi lozim boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov YITning bazaviy miqdori summasiga teng.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT haqiqiy summasi YITning bazaviy miqdoridan koʻp yoki unga teng boʻlsa, u holda YIT haqiqatda hisoblangan summa miqdorida toʻlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. YITning bazaviy miqdorini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Toʻlovchilar, fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, YIT hisob-kitobiga Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori hisob-kitobini ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shaklda taqdim etishadi. Fermer xoʻjaliklari, ular mikrofirma, kichik korxona boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, chorak uchun YITning hisob-kitobiga Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori hisob-kitobini ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda taqdim etishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalari boʻyicha soliq hisoboti shaklida, taqdim etiladigan Maʼlumotnoma-Hisob-kitobdan kelib chiqib, YIT hisob-kitobi shakliga quyidagi satrlar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“051” — hisobot davri uchun YITning bazaviy miqdori. Ushbu satr faqat 3-ustuni boʻyicha toʻldiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“052” — hisobot davrida toʻlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar YIT hisob-kitobi 3-ustunining “050”-satri 3-ustunining “051”-satridan katta yoki teng boʻlsa, u holda 3-ustunning “052”-satrida “050”-satridagi YIT summasi koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar 3-ustunning “050”-satridagi summa 3-ustunning “051”-satridagi summadan kichik boʻlsa, u holda 3-ustunning “052”-satrida 3-ustunning “051”-satridagi summa koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-ustunning “052”-satriga 4-ustunning “050”-satridagi summa koʻchirib oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“060”-satrga YITning avvalgi hisob-kitobining “052”-satridagi summasi koʻchirib oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Toʻlovchilar ushbu Nizomning talablarini hisobga olgan holda YITni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligiga va qonun-hujjatlariga muvofiq uni oʻz vaqtida toʻlashga javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat soliq xizmati organlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq YITning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan YITni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan hollar aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YITning bazaviy miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda, YITni qoʻshimcha hisoblaydilar. Bunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan qoʻshimcha hisoblangan YIT summasi toʻlovchi ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan undiriladi va foyda soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan foydadan chegirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori

‎‎HISOB-KITOBI

‎‎(xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun YIT hisob-kitobiga ilova qilinadi, mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari)

Koʻrsatkichlar‎

Satr kodi‎

Summa‎

1‎

2‎

3‎

YITning bazaviy miqdorini hisob-kitob qilishda hisobga olinadigan xodimlar soni‎

010‎

Hisobot oyida barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari‎

020‎

Hisobot oyida ish kunlari soni‎

030‎

Hisobot oyida bir xodim uchun YIT normativi‎

040‎

Hisobot oyida YITning bazaviy miqdori (020-satr/030-satr x 040-satr)

050‎

Avvalgi hisobot davri oxiridagi YITning bazaviy miqdori (avvalgi hisobot davri uchun Maʼlumotnoma-Hisob-kitobning 070-satri)‎

060‎

Hisobot davri oxirida YITning bazaviy miqdori (050-satr + 060-satr)‎

070*‎

‎Rahbar‎

‎_____________________‎

(imzo)

Bosh buxgalter‎ _____________________‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Mazkur satrdagi summa YIT hisob-kitobi 3-ustunining “051”-satriga koʻchirib oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori

‎‎HISOB-KITOBI

(mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun YIT hisob-kitobiga ilova qilinadi)

Koʻrsatkichlar‎

Satr kodi‎

Summa‎

1‎

2‎

3‎

YITning bazaviy miqdorini hisob-kitob qilishda hisobga olinadigan xodimlar soni:‎ 010‎

x‎

chorakning birinchi oyi uchun‎ 0101‎
chorakning ikkinchi oyi uchun‎ 0102‎
chorakning uchinchi oyi uchun‎ 0103‎
Barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari‎ 020‎

x‎

chorakning birinchi oyi uchun‎ 0201‎
chorakning ikkinchi oyi uchun‎ 0202‎
chorakning uchinchi oyi uchun‎ 0203‎
Hisobot davrida ish kunlari soni‎ 030‎

x‎

chorakning birinchi oyi uchun‎ 0301‎
chorakning ikkinchi oyi uchun‎ 0302‎
chorakning uchinchi oyi uchun‎ 0303‎
YIT normativi:‎ 040‎

x‎

chorakning birinchi oyi uchun‎ 0401‎
chorakning ikkinchi oyi uchun‎ 0402‎
chorakning uchinchi oyi uchun‎ 0403‎
YITning bazaviy miqdori (0501-satr+0502-satr+0503-satr): 050‎
chorakning birinchi oyi uchun (0201-satr/0301-satr x 0401-satr) 0501‎
chorakning ikkinchi oyi uchun (0202-satr /0302-satr x 0402-satr) 0502‎
chorakning uchinchi oyi uchun (0203-satr /0303-satr x 0403-satr) 0503‎
Avvalgi hisobot davri oxiridagi YITning bazaviy miqdori (avvalgi hisobot davri uchun Maʼlumotnoma-Hisob-kitobning 070-satri)‎ 060‎
Soliq davri boshidan YITning bazaviy miqdori: (050-satr + 060-satr) 070*‎
I oy oxirigacha ( 0501-satr + 060-satr)‎ 0701‎
II oy oxirigacha ( 0502-satr + 0701-satr)‎ 0702‎
III oy oxirigacha ( 0503-satr + 0702-satr)‎ 0703‎