Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.03.2010 yildagi 47-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 16.03.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FERMER XOʻJALIKLARI TASARRUFIDAGI YER UChASTKALARI MAYDONLARINI MAQBULLAShTIRISh YAKUNLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil etishning asosiy shakli sifatida fermer xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek yer, suv va boshqa moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanilishini taʼminlash, xoʻjaliklarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-oktabrdagi F-3287-son Farmoyishini bajarish yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika viloyatlari va tumanlari boʻyicha fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalari maydonlarini ilgari oʻtkazilgan maqbullashtirish va ular faoliyatining iqtisodiy samaradorligi natijalarini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini xatlovdan oʻtkazish, ulardan foydalanishning samaradorligini, shuningdek fermyerlarga yer uchastkalari berishning asoslanganligini, xolisligini va oshkoraligini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklarining moliyaviy ahvolini, moddiy-texnikaviy bazasi, mehnat resurslari va aylanma mablagʻlarining mavjudligini, shuningdek ulardan oqilona va samarali foydalanilishini oʻrganish ishlari amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish masalalari boʻyicha Maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha fermer xoʻjaliklari yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirishning yigʻma yakunlari 1 — 1d-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar boʻyicha fermer xoʻjaliklari yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish yakunlariga koʻra yer uchastkalarining soni va oʻrtacha maydonlari 2 — 15-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda — 2010-yil 25-martgacha boʻlgan muddatda yiriklashtirilgan fermer xoʻjaliklari bilan yer uchastkalarini ijaraga olish, davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni sotish, shuningdek moddiy-texnika resurslari sotib olish hamda xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar korxonalari bilan xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalarni qaytadan tuzish ishlarini tugallash chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda tugatilgan fermer xoʻjaliklarini yuridik shaxslarning davlat reyestridan belgilangan tartibda chiqarish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash materiallari va boshqa moddiy resurslari sarflanishini toʻlaqonli hisobga olish joriy etilishi tashkil qilinishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda fermyerlar malakasini oshirishning mamlakatimiz mintaqalaridagi tegishli oliy taʼlim muassasalarida ularning biznesni boshqarish va yuritish asoslariga tizimli oʻqitishni nazarda tutuvchi dasturini bir oy muddatda tayyorlasin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 1-noyabrgacha 2011 — 2015-yillarda qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻstirishning namunaviy istiqbolli texnologik xaritalarini mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqsin va fermer xoʻjaliklariga yetkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda fermer xoʻjaliklariga tegishli ravishda mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash materiallari yetkazib berish hamda servis xizmatlari koʻrsatish hajmlarini aniqlashda texnologik xaritalar boʻyicha moddiy-texnika resurslari sarflashning belgilangan normativlariga qatʼiy amal qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi oʻzlariga qarashli tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalarga qatʼiy muvofiq ravishda fermer xoʻjaliklari bilan paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi yuzasidan nazoratni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi fermer xoʻjaliklari qonuniy manfaatlarining huquqiy jihatdan samarali himoya qilinishini taʼminlasinlar, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ularning xoʻjalik faoliyatiga noqonuniy aralashishga urinishlarga qatʼiy barham bersinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi televideniyeda hamda ommaviy axborot vositalarida fermer xoʻjaliklarining rivojlanishi va faoliyati, qishloqda ishlab chiqarish infratuzilmasi takomillashtirilishi jarayonlarini yoritish boʻyicha maxsus koʻrsatuvlar va ruknlar tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 16-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 10-11-son, 77-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)