Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2017 17.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1573-1
ONLINE TRANSLATE
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori, 17.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1573-1
Дата вступления в силу
27.03.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAZORAT QILUVChI ORGANLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRUVChI RESPUBLIKA KENGAShINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAZORAT QILUVChI ORGANLAR TOMONIDAN TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI — YuRIDIK ShAXSLAR FAOLIYATIDA OʻTKAZILADIGAN TEKShIRIShLARNI MUVOFIQLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 17-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1573-1]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 14-martdagi 1-sonli “Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2880, 06.05.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 4-modda) asosan Kengash qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2006-yil 11-martdagi 06-01-01-son qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 1573, 2006-yil 6-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 19-son, 168-modda) 4-ilovasi quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari boshliqlarining buyruqlari asosida bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash avtomobil toʻxtash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida bir martalik yigʻimlar topshirilishi, ijara toʻlovi tushumi va hisobi toʻliq yuritilishi, nazorat-kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanilishi, savdo va xizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan oʻtkaziladigan har kunlik tekshirishlar. Bunda, Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari tomonidan tegishli ravishda Kengash yoki uning viloyat hududiy komissiyalariga har kuni oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha tekshirilgan subyektlar, aniqlangan holatlar va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida kunlik maʼlumot taqdim etib boriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika kengashi raisi Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 24-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 10-11-son, 81-modda)