03.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1745-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining buyrugʻi, 03.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1745-2
Дата вступления в силу
13.03.2010
Hujjat 13.03.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI MUTAXASSISLARINING MALAKASINI OShIRISh, ULARNI QAYTA TAYYORLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 3-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1745-2]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1745, 2007-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh direktor K. TOLIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 22-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-01-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish qimmatli qogʻozlar bozorining barcha mutaxassislari uchun majburiydir va yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining professional bilimi yetarli darajada emasligi aniqlangan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu mutaxassis koʻrsatilgan muddat oʻtgungacha malakasini oshirish kurslarini oʻtish majburiyatini yuklovchi qaror qabul qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlashi shart.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 6-bandning birinchi xatboshisidagi “ixtiyoriylik asosida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. III bob nomidagi “qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taʼlim muassasalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 10-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻquv rejalari va dasturlari taʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“11. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirish va ularni qayta tayyorlash oʻquv dasturlari quyidagi nazorat chora-tadbirlarini nazarda tutishi lozim xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tinglovchilarni test sinovlaridan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hajmi 25 sahifadan kam boʻlmagan (shrifti — 14, interval — 1,5 boʻlgan) malaka ishini (referatni) tayyorlash va himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihonni topshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi vakili imtihon komissiyasi tarkibiga kiritiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “72 soat” degan soʻzlar “72 dars soatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash boʻyicha dars yuklamasini rejalashtirishda asosiy eʼtibor qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining bajargan mustaqil ishlariga qaratiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 20-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 73-modda)