Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 26.02.2010 yildagi PF-4191-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 23.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MONOPOLIYAGA QARShI IShLARNI TARTIBGA SOLISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, raqobat muhitini izchil rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar korxonalari faoliyatini nazorat qilishni kuchaytirish va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish ishlarini faollashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi etib qayta tashkil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari hamda faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi samarali siyosatni amalga oshirish, raqobat toʻgʻrisidagi va tabiiy monopoliyalar haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 23-maydagi PF-4442-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 226-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada raqobat muhitini rivojlantirish, tovar yoki moliya bozorlarida, birinchi navbatda ichki isteʼmol bozorida va reklama sohasida noinsof raqobatga chek qoʻyish, mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik uchun huquqiy maydonni yanada takomillashtirish, jamoat tuzilmalari bilan chambarchas muvofiqlashtirilgan holda isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 23-maydagi PF-4442-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 226-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati va raqobatbardoshligini chuqur tahlil qilish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tarkibiy oʻzgartirish va ularning bankrotligi sohasidagi funksiyalarni amalga oshirish, tarkibiy oʻzgartirish, sanatsiya va bankrotlik masalalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlarini ifodalash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar haqidagi, bankrotlik toʻgʻrisidagi, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi, reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini toʻxtatish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish hamda berilgan yozma koʻrsatmalarning bajarilishini nazorat qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 23-maydagi PF-4442-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 226-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daʼvo va ariza bilan sudga murojaat qilish, shuningdek, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoʻllanishi va buzilishi bilan bogʻliq ishlarni sudda koʻrib chiqishda qatnashish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 23-maydagi PF-4442-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 226-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda jarimalar solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning oʻz huquqlari kamsitilganligi toʻgʻrisidagi ariza va shikoyatlari yuzasidan korxonalar va tashkilotlarni (ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan tashqari) Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika kengashi bilan kelishgan holda tekshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlik subyektlarining Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalar va kredit resurslarini keng jalb etishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, kichik korxonalar tomonidan ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlarning yangi turlari ishlab chiqarilishini oʻzlashtirishda hamda ularni jahon va mintaqa bozorlariga kiritishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uyushma tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari koʻrsatish, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari uchun kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari taqdim etiladigan daʼvolar yuzasidan sudlarda koʻriladigan ishlar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 26-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4191-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 66-modda; 2012-y., 21-son, 226-modda, 46-47-son, 521-modda)