Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA SAUDIYA ARABISTONI QIROLLIGI OʻRTASIDA SAVDO, IQTISODIYOT, INVESTITSIYALAR, FAN VA TEXNIKA, MADANIYAT, SPORT VA YOSHLAR ISHLARI SOHASIDA HAMKORLIK HAQIDAGI BITIMNING BAJARILISHINI NAZORAT QILISH BOʻYICHA QOʻSHMA KOMISSIYA TUZISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi oʻrtasida faoliyatning turli sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi oʻrtasida savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, fan va texnika, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohasida hamkorlik haqidagi Bitimning bajarilishini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston — Saudiya qoʻshma komissiyasi (bundan keyin Oʻzbekiston—Saudiya qoʻshma komissiyasi deb ataladi) tuzilsin.
2 Oʻzbekiston—Saudiya qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston—Saudiya qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi aʼzolari zimmasiga respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining Saudiya Arabistoni Qirolligi bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish funksiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga — Oʻzbekiston—Saudiya qoʻshma komissiyasining kotibiyati funksiyasi yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari Oʻzbekiston—Saudiya qoʻshma komissiyasi qarorlarini amalga oshirishda qatnashuvchi Saudiya Arabistoni Qirolligi delegatsiyalari tashriflari bilan bogʻliq tashkiliy masalalarning hal etilishida koʻmaklashsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 22-yanvar,
41-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-yanvardagi 41-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Qirolligi oʻrtasida savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, fan va texnika, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohasida hamkorlik haqidagi Bitimning bajarilishini nazorat qilish boʻyicha qoʻshma komissiyaning Oʻzbekistonga oid qismi
TARKIBI
| Gʻaniyev E.M. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya hamraisi |
| Habibullayev P.Q. | — | Fan va texnika davlat qoʻmitasining raisi |
| Maqsudov F.N. | — | Xorijiy investitsiyalar boʻyicha Agentlik Bosh direktori |
| Yoʻldoshev A.Z. | — | Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining raisi |
| Ergashev I.R. | — | Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Xalilov B. | — | “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, tashki savdo aloqalarini rivojlantirish boshqarmasining boshligʻi |
| Mirsoatov M.M. | — | Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
| Abduqunduzov M.A. | — | Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari |
| Toʻlaganov Sh.T. | — | Davlat sport qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Ahrorov F.S. | — | Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining bosh mutaxassisi |
| Qirgʻizboyev M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash “Umid” jamgʻarmasi raisi oʻrinbosari — ijrochi direktori |
| Jumayev X.B. | — | “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi raisining oʻrinbosari |
| Xoʻjabergenov S.L. | — | “Oʻzsavdoinvest” korporatsiyasining bosh direktori |
| Toshpoʻlatov O.A. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Osiyo va Afrika boʻlimi boshligʻi, komissiyaning masʼul kotibi |
Keyingi tahrirga qarang.