Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.12.1999 yildagi 521-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 07.12.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA UZOQ MUDDATLI IMTIYOZLI KREDITLARNI JALB QILISh VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaponiya va Koreya Respublikasi hukumatlari tomonidan berilayotgan uzoq muddatli imtiyozli kreditlardan samarali foydalanishni va ularning oʻz vaqtida qaytarilishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yaponiya va Koreya Respublikasi hukumatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga 40 yil muddatga berilayotgan uzoq muddatli imtiyozli kreditlarning, iqtisodiy samaradorligi yuqori darajada boʻlgan ustuvor loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilayotgan yillik stavkasi 3 foizgacha boʻlgan imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi, qarz oluvchisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Koreya Respublikasi iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hamkorlik fondi bilan oʻzaro hamkorlik qilish, shu jumladan moliyaviy muassasalarning maxsus missiyalari bilan ishlash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, vakolatli banklar va loyihalarning tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vakolatli banklar, xorijiy maslahatchilar va loyihalarning tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlarning vakillari ishtirokidagi maxsus idoralararo guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, uzoq muddatli imtiyozli kreditlar doirasida loyihalar tayyorlanishini, kelishish tartibiga rioya etilishini, ularning harakati va amalga oshirilishini tashkil etish guruhning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy shartlarga va mablagʻ bilan taʼminlashning ixtisoslashtirilgan dasturlari xususiyatlariga javob beruvchi loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishining tezkor ekspertizasi belgilangan tartibda tashkil etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlar olish va qarz bitimlarini imzolashga tayyorlash yuzasidan zarur tartibotlar oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jalb etilayotgan kredit resurslari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari kafolatlanishi bilan bogʻliq hujjatlarning tezlikda tayyorlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ekspertlari va xorijiy moliyaviy muassasalar tegishli boʻlinmalari mutaxassislari jalb qilingan holda yangi loyihalar tayyorlanishida vazirliklar va idoralarga koʻmaklashishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti bilan oʻzaro hamkorlikda, uzoq muddatli imtiyozli kredit berish hajmlarini koʻpaytirish yuzasidan Yaponiya va Koreya Respublikasi hukumatlarining vakolatli agentliklari bilan muntazam maslahatlashuvlar oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti tomonidan amalga oshirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishining davlat monitoringi doirasida qarz mablagʻlari oʻzlashtirilishining borishi, shu jumladan toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishi va kreditlar qaytarilishi ustidan qattiq monitoring oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Koʻrsatib oʻtilgan funksiyalarni bajarish va moliyaviy koʻmaklashish dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik tuzilmasida xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida uzoq muddatli imtiyozli kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari ekspertizasi va moliyaviy monitoringi boʻyicha maxsus boʻlinma tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma loyihalarni tayyorlash muddatlarini jadallashtirish va ularni roʻyobga chiqarish sifatini oshirish maqsadida, uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslari berayotgan mamlakatlardan mutaxassislarni tashkil etilayotgan boʻlinmaning maslahatchilari sifatida texnik hamkorlik grantlari asosida jalb etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 7-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
521-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-dekabrdagi 521-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi maxsus idoralararo guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guskova T.N.‎ —‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, guruh rahbari‎
Roʻziqulov U.U.‎ —‎ Moliya vazirligining valyuta-iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi‎
Islomxoʻjayev H.S.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil qilish va ularning istiqbollari bosh boshqarmasi boshligʻi‎
Ochilov M.Q.‎ —‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining investitsiya dasturlari boʻlimi boshligʻi‎
Zimin P.E.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash markazi direktori‎
(kelishuv boʻyicha)‎ —‎ Yaponiya Hukumatining uzoq muddatli imtiyozli kreditlash boʻyicha ekspe�ti, guruh maslahatchisi‎
(kelishuv boʻyicha)‎ —‎ Koreya Hukumatining uzoq muddatli imtiyozli kreditlash boʻyicha eksperti, guruh maslahatchisi‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Guruh tarkibiga loyihalarning tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlar rahbarlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlar doirasida hamkorlik dasturlari amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan oʻrinbosarlari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.