Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.12.1999 yildagi 534-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SANALAR OʻZGARGANDA (2000-YIL MUAMMOSI) HAVODAGI PARVOZLARNI KOMPYuTER BILAN BOShQARIShDA YuZ BERIShI MUMKIN BOʻLGAN UZILIShLAR OQIBATLARINING OLDINI OLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanalar oʻzgarganda (2000-yil muammosi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning havo boʻshligʻida parvozlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzaeronavigatsiya” markazi va fuqaro aviatsiyasidan foydalanuvchilar bilan birgalikda sanalar oʻzgarganda (2000-yil muammosi) parvozlarni taʼminlash yuzasidan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar kompleksi amalga oshirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiyasi tuzilmalarining sanalar oʻzgarishi davrida ishlashga tayyorligi tekshirib chiqilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida havodagi parvozlarni kompyuter tizimidan foydalanmasdan gorizontal, vertikal va boʻylamasiga eshelonlashtirishni qoʻllagan holda boshqarishning zaxira variantlari ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanalar oʻzgarishi davrida Oʻzbekistonning roʻyxatdan oʻtkazish belgilariga ega boʻlgan havo kemalarining parvozini vaqtincha taqiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 31-dekabr soat 22.00 dan 2000-yil 1-yanvar soat 12.00 gacha (mahalliy vaqt bilan) fuqaro aviatsiyasi aeroportlaridan foydalanishni taqiqlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov), “Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati (Kucherov), “Avializing”, (Smirnov), “Semurgʻ” (Tuxvatulin), “Inter Kargo Servis” (Poʻlatov) aviakompaniyalari, vaqtinchalik cheklash davrida tasarruflaridagi tuzilmalar harakatini qoʻshimcha nazorat qilishni va muvofiqlashtirib borishni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tyan), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov), “Oʻzaeronavigatsiya” markazi (Ashurov) tranzit boʻyicha uchuvchi va Oʻzbekiston aeroportlarida koʻrsatib oʻtilgan sanalarda hamda vaqt oraliqlarida qoʻnishni nazarda tutmaydigan xorijiy havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi havo boʻshligʻidan foydalanishini belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (V.N.Tyan) Oʻzbekiston Respublikasi havo boʻshligʻidan barcha foydalanuvchilarni fuqaro aviatsiyasi aeroportlaridan foydalanishni vaqtinchalik cheklash joriy etilishi toʻgʻrisida xabardor qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 21-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
534-son