Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.01.2019 14.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2065
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 14.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2065
Дата вступления в силу
24.01.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.01.2019
Hujjat 24.01.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2065]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 11-yanvardagi 4, 2018-83 va 315-V-5-sonli “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2065-5, 21.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 7-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 7-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-1-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 7-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39/4-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2010-yil 7-yanvardagi 2, 2010-1, 39/4-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq 2010-yil 1-yanvardan ulgurji savdo korxonalari uchun har bir oʻtkazilgan savdo operatsiyasidan tushadigan tushum summasining 5 foizi miqdorida yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlarni toʻlash kiritilmoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini oʻtkazish tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizom ulgurji dorixona tashkilotlari, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ulgurji savdo korxonalari — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab besh kun ichida asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan tijorat banklariga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda 2009-yil 31-dekabr holati boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan ulgurji savdo korxonalari — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini koʻrsatgan holda xabarnomani yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2010-yilning 1-yanvaridan keyin ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olgan faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar — yagona soliq toʻlovchilar boʻyicha va yangi tashkil etilgan korxonalar boʻyicha davlat soliq xizmati organlari mazkur korxonalarga litsenziya berilganligi toʻgʻrisidagi axborot litsenziyalovchi organdan olingan kundan boshlab uch kun muddatda asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan tijorat banklariga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizom talablari tatbiq etiladigan soliq toʻlovchilarni ham ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan muddatlarda ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya amal qilishi toʻxtatilganda yoki bekor qilinganda, davlat soliq xizmati organlari litsenziyalovchi organdan litsenziya amal qilishi toʻxtatilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi axborotni olgan kundan boshlab bir kunlik muddatda mazkur korxonalar boʻyicha tijorat banklariga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar davlat roʻyxatidan savdo korxonasi sifatida oʻtmagan, biroq ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan va yagona soliq toʻlovini toʻlash toʻgʻrisida xabarnoma bermagan yangi tashkil etilgan korxonalar ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan keyingi birinchi hisobot davrida umumbelgilangan soliqlar boʻyicha soliqlar va majburiy toʻlovlarning hisob-kitoblarini taqdim etsalar, u holda davlat soliq xizmati organlari soliq hisoboti taqdim etilgan kundan boshlab uch kun muddatda tijorat banklariga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Har yili, soliq davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddati tugagandan keyin uch kun muddatda, davlat soliq xizmati organlari tijorat banklariga mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq avval taqdim qilingan roʻyxatga qoʻshimcha korxonalarning kiritilganligi yoki ulgurji savdo korxonalariga taalluqli boʻlmagan korxonalarni roʻyxatdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan axborotni yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tijorat banklari davlat soliq xizmati organining xabarnomasini olgan sanadan boshlab uch kun muddatda soliq toʻlovchilar uchun majburiy tarzda qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi bank hisobvaraqlarini ochadi yoki yopadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22624 — “Ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotadigan yuridik shaxslarning maqsadli mablagʻlari”, Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga (roʻyxat raqami 1390, 2004-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 347-modda) muvofiq ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotuvchi ulgurji savdo korxonalari uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22626 — “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari”, boshqa turdagi tovarlarni sotuvchi ulgurji savdo korxonalari uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan bank hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5% — davlat soliq xizmati organlari tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi xabarnomada koʻrsatilgan 23407 — “Yagona soliq toʻlovi boʻyicha Respublika budjetining daromadlari” hisobvaragʻiga yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlari sifatida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95% — asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga oʻtkaziladi, Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga (roʻyxat raqami 1390, 2004-yil 26-iyul) muvofiq ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotishdan kelib tushgan mablagʻlar bundan mustasno va ulgurji savdo korxonasining ixtiyoriga binoan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Barcha mablagʻlar ushbu Nizom tatbiq qilinadigan korxonalarga faqat ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan bank hisobvaraqlari orqali kelib tushadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Boʻnak toʻlovlarni aks ettirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Boʻnak toʻlovlarining toʻlangan summalari taqdim qilingan hisob-kitob boʻyicha yagona soliq toʻlovining toʻlanishi lozim boʻlgan summalari hisobiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlari soliq toʻlovchida budjetga toʻlanadigan boʻnak toʻlovlarni hisobga olish hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Agar ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olgan yangi tashkil etilgan korxona yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlmasa, u holda yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son) 10-bobida nazarda tutilgan tartibda boshqa soliq turlari va majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni qoplash hisobiga oʻtadi yoki soliq toʻlovchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlarining toʻlangan summalari Davlat budjeti, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi oʻrtasida oʻrnatilgan normativlardan kelib chiqib qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha ortiqcha toʻlangan summa soliq toʻlovchining yozma arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10-bobida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summalarining toʻliq tushishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tijorat banki yoki bank filialining toʻliq nomi

XABARNOMA

__________________________________ davlat soliq inspeksiyasi

(tuman / shahar nomi)
Sizni shu haqda xabardor qiladiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan quyidagi ulgurji savdo korxonalari yagona soliq toʻlovi boʻnak toʻlovlarini toʻlashlari shart.


‎Ulgurji savdo korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari

ROʻYXATI

T/r

Korxonalar nomi

STIR

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

‎Yagona soliq toʻlovini toʻlash uchun bank hisobvaragʻini qoʻshimcha maʼlum qilamiz
Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi

H/r

‎MFO

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

STIR

Davlat soliq

‎‎__________ ‎‎_____________________________

inspeksiyasi boshligʻi

(imzo)

‎(F.I.O.)

‎‎‎M.P.

‎‎

Joʻnatish sanasi:

(kk/oo/yy)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning nomi ________________________________________
Yuridik manzili ‎‎__________________________________


XABARNOMA

____________________________________ davlat soliq inspeksiyasi

(tuman / shahar nomi)

Sizni shu haqda xabardor qiladiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Sizga Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2065, 2010-yil 14-yanvar) talablari tatbiq etiladi.

Davlat soliq

‎‎_____________ ‎_____________________________

inspeksiyasi boshligʻi

(imzo)

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.

‎‎‎‎

‎‎

Joʻnatish sanasi:

‎‎

(kk/oo/yy)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tijorat banki yoki bank filialining toʻliq nomi


XABARNOMA

______________________________________ davlat soliq inspeksiyasi
‎‎(tuman / shahar nomi)
Sizni shu haqda xabardor qiladiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan quyidagi ulgurji savdo korxonalariga Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2065, 2010-yil 14-yanvar) talablari tatbiq etilmaydi.


Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari tatbiq etilmaydigan korxonalar

ROʻYXATI

T/r

Korxonalar nomi

STIR

‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎


Davlat soliq


‎‎‎_________‎____

‎_____________________________

inspeksiyasi boshligʻi

(imzo)

‎(F.I.O.)

M.Oʻ.

‎№

‎‎

Joʻnatish sanasi:

(kk/oo/yy)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 15-modda; 2011-y., 30-son, 321-modda; 2013-y., 40-son, 539-modda; 2014-y., 16-son, 185-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)