29.01.1999 yildagi 44-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“CHINOZ TOʻQIMACHI LTD” OʻZBEKISTON—YAPONIYA—TURKIYA QOʻSHMA KORXONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]

Paxta tolasi hajmlarini koʻpaytirish va uning raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarish uchun chuqur qayta ishlanishini taʼminlash hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish asosida respublikaning eksport potensialini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tomonidan “Mitsubisi korporeyshn” (Yaponiya) va “Bursel” (Turkiya) kompaniyalari bilan Toshkent viloyatining Chinoz shahridagi qurilishi tugallanmagan ip yigiruv fabrikasi obyektlari kompleksi negizida, 5300 tonna eshilgan ip-gazlama kalavasi va 2500 tonna trikotaj mato ishlab chiqaradigan, masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Chinoz toʻqimachi LTD” Oʻzbekiston—Yaponiya—Turkiya qoʻshma korxonasi tashkil etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasining ustav jamgʻarmasi 15,557 mln AQSH dollarini tashkil qilishi, quyidagi ulushlarda — “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi — 41,5 foiz, “Yengilsanoatinvest” aksiyadorlik kompaniyasi — 7,5 foiz, “Bursel” firmasi — 47,6 foiz, “Mitsubisi” firmasi — 3,4 foiz — taqsimlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi tomonidan “Mitsubisi korporeyshn” (Yaponiya) va “Bursel” (Turkiya) firmalari bilan ip-gazlama kalavasi va trikotaj mato ishlab chiqaradigan fabrikani foydalanishga tayyor qilib topshirish shartlarida loyihalash, qurish va texnologik jihatdan taʼminlash yuzasidan 6701,9 mln Yaponiya iyeni summasida kontrakt tuzilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi buyurtmachi, “Mitsubisi korporeyshn” va “Bursel” firmalari esa qoʻshma korxona obyektlarini foydalanishga tayyor qilib topshirish yuzasidan bosh pudrat tashkilotlari hisoblanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani, shu jumladan “Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasini mablagʻ bilan taʼminlash 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy qarzni, foizlarni va loyihani amalga oshirish uchun beriladigan kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni toʻlash qoʻshma korxonaning oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Yaponiya Eksimbankining Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi krediti 2-ilovaga* muvofiq birinchi navbatda toʻlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning hammasi qoʻshma korxona kreditni toʻlaydigan davrda “Bursel” firmasi tomonidan sotib olinishi va eksportga yetkazib berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Chinoz shahridagi ip yigiruv fabrikasi obyektlari kompleksining qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarini sarflangan budjet mablagʻlari hajmida “Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasiga oʻtkazsin va qoʻshma korxona mulkidagi davlat ulushini ishonchli boshqarish huquqini “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi “Mitsubisi korporeyshn” va “Bursel” kompaniyalari bilan birgalikda “Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi obyektlarini Yaponiyaning Eksimbanki tomonidan kreditni mablagʻ bilan taʼminlash sharoitlarini hisobga olgan holda kredit qiymati doirasida foydalanishga topshirishni taʼminlagan holda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun subpudrat tashkilotlarini tanlash, shuningdek asbob-uskunalar va materiallar yetkazib berish boʻyicha uch oy muddatda tender oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiyaning Eksimbanki kredit resurslarini belgilangan tartibda jalb etsin va kreditni “Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasiga qayta moliyalashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Yaponiyaning Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha kafolatni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining Yaponiyaning Eksimbankiga kafolati yuzasidan yuridik xulosani kredit bitimiga ilovada belgilangan shakl boʻyicha belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi xorijiy muassislar bilan birgalikda “Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarish quvvatlarining 2001-yilda ishga tushirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Toshkent viloyati hokimligi “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi obyektlarini qurish, ularni foydalanishga topshirish uchun keladigan xorijiy mutaxassislar yashaydigan binolarni aniqlasin va ularni belgilangan tartibda qoʻshma korxonaga bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish davrida “Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasiga olib kelinadigan asbob-uskunalar konteynerlarini vaqtinchalik saqlash uchun, kelgusida xom ashyo va tayyor mahsulot omborlari qurish uchun foydalanish imkoniyati bilan, belgilangan tartibda 0,6 gektar yer uchastkasi ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 29-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-son

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-yanvardagi 44-sonli qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bursel” (Turkiya) va “Mitsubisi” (Yaponiya) firmalari bilan “Chinoz toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi

Izoh: 1. Hisob-kitoblarda qabul qilingan valyuta kursi: 1 AQSH dollari — 126,7 Yaponiya iyeni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Loyihaning umumiy qiymati, shuningdek, xorijiy kreditlar summasi oʻtkazilgan tender natijalari boʻyicha aniqlanadi.