Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.10.2009 yildagi 277-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 03.07.2018 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009—2014-yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-apreldagi PQ-1103-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab harakatlanish qatnashchilari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, yangi ish oʻrinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral yonidagi yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali yonidagi mavjud yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari ularning shaharsozlik norma va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan yalpi xatlovdan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining joylashtirilishini koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha Komissiya 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishda yagona shaharsozlik siyosati oʻtkazilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining joylashtirilishini kelishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektni joylashtirish uchun tanlanayotgan yer uchastkasining aholi punktlari va umuman mintaqa hududlarini qurishni rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlariga, shuningdek shaharsozlik, ekologiya, sanitariya, yongʻinga qarshi kurash va boshqa majburiy norma va qoidalarga muvofiqligini har tomonlama tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturga muvofiq Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishni kelishish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Yoʻl-loyiha byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyihalash instituti Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda har yili 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Komissiyaga, Dasturning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda, kelgusi yilda yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli roʻyxatlari tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin va har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining hisobotlarini eshitib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Yoʻl-loyiha byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi, “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi va “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyihalash tashkilotlari buyurtmachilarning buyurtmanomalariga binoan yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari loyihalarini tayyorlash boʻyicha asosiy bajaruvchilar hisoblanadilar, shuningdek ushbu obyektlar qurilishida arxitektura-rejalashtirish talablariga va belgilangan qurilish normalariga rioya etilishi yuzasidan zarur nazoratni taʼminlaydilar;
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalash tashkilotlari tomonidan berilgan yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining tasdiqlangan loyihalaridan har qanday chetga chiqish yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Komissiya tomonidan ushbu obyektlarning xarajatlarini toʻlamasdan buzib tashlanishi yuzasidan qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, xususiy tadbirkor-quruvchilar yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish boʻyicha loyihalarning buyurtmachilari boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratish qatʼiyan ushbu qaror bilan tashkil etilgan Komissiyaning qarorlari asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2010-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda qoʻriqlanadigan zonada hamda Oʻzbekiston milliy avtomagistralining yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishga moʻljallangan qoʻriqlanadigan zonasiga tutash hududda joylashgan, shaharsozlik norma va qoidalariga javob bermaydigan bino va inshootlarning buzib tashlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlariga, shuningdek koʻchiriladigan obyektlar qayta joylashtiriladigan joylarga zarur muhandislik kommunikatsiyalarini obyektlar qurilishidan oldin oʻtkazish chora-tadbirlari koʻrilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda — Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha Nizom talablariga qatʼiy va soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda tizimli nazorat amalga oshirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 22-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
277-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirilishini koʻrib chiqish va kelishish komissiyasi tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjayev B.A. —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi
Toxtayev A.R. —‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari
Salixov F.M. —‎ Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, Komissiyaning masʼul kotibi
Abdullayev M.A. —‎ “Oʻzavtoyoʻl” DAK boshqaruvi raisi
Arabov S.A. —‎ “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi
Musayev D.O. —‎ Davlat mulki qoʻmitasi raisi
Axmedboyev A.A. —‎ Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Niyozmatov B.I. —‎ Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh sanitariya vrachi
Shukurov J.M. —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi direktori
Esanov M.T. —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
Hakimov Z.L. —‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi
Alimov B.D. —‎ “Oʻzneftgazqurilishinvest” AK bosh direktori
Shonazarov Sh.T. —‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining arxitektura va shaharsozlik boshqarmasi boshligʻi
Lenneshmidt E.F. —‎ “Oʻzshaharsozlik LITI” OAJ loyiha-qidiruv tashkiloti direktori v.b.
Akopjanyan V.A. —‎ “Toshkentboshplan LITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti direktori
Solixoʻjayev I.I. —‎ “Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyiha-qidiruv instituti direktori
Karimov A.A. —‎ “Yoʻl-loyiha byurosi” MChJ loyihalash instituti bosh direktori
lavozimiga koʻra —‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 458-modda; 2010-y., 18-19-son, 141-modda, 52-son, 512-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2016-y., 21-son, 233-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)