Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 11.09.2009 yildagi PQ-1188-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 YIL HOSILI PAXTA XOM AShYoSINI OʻZ VAQTIDA VA SIFATLI YIGʻIB-TERIB OLIShNI TAʼMINLAShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil hosili paxta xomashyosini sifatli yigʻib-terib olishga oʻz vaqtida tayyorgarlik koʻrish va uni uyushqoqlik bilan oʻtkazish, shuningdek tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bajarilishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, “Oʻzpaxtasanoat” va “Oʻzagromashservis” uyushmalari rahbarlari zimmasiga 2009-yil paxta hosili yigʻim-terimini tegishli darajada tashkil etish va xomashyosini sifatli qabul qilish, shuningdek paxta yigʻim-terimi kampaniyasi davrida paxtani qayta ishlash korxonalari, tayyorlov punktlari, yigʻim-terim texnikasi, yuklash-transport vositalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” va “Oʻzagromashservis” uyushmalari, hududiy transport tashkilotlari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yilning 15-sentabrigacha tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar kompleksi hamda paxtani qayta ishlash korxonalari, tayyorlov punktlari, yigʻim-terim texnikasi va zarur yuklash-transport vositalari qabul qilib olinishi tugallanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigʻim-terim va yuklash-transport texnikasiga, shuningdek paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashda ishtirok etadigan barcha mashina-uskunalarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatish boʻyicha ehtiyot qismlar va taʼmirlash materiallarining tegishli zaxirasi tayyorlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar va tashkilotlarning paxta xomashyosini tashishga yaroqli boʻlgan transport vositalari shartnoma asosida jalb etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta teruvchilar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilishini, shuningdek yigʻim-terim kampaniyasini uyushqoqlik bilan oʻtkazishga doir boshqa zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayyorlangan obyektlar va texnikaning qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida shu yilning 15-sentabrigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” va “Oʻzagromashservis” uyushmalarining 2009-yil hosili paxta xomashyosining xarid narxlarini 2008-yilga nisbatan 16,9 foizga hamda paxtani qoʻlda va mashinada yigʻib-terib olishdagi tarif stavkalari (toʻlovlar)ni 25 foizga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda 2009-yil paxta hosili uchun xarid narxlarining yangi preyskurantini paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga maʼlumot uchun yetkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan narxlardan kelib chiqib, terimchilarga har besh kunda, zarur hollarda esa har kuni amalda topshirilgan paxta xomashyosi miqdori uchun haq toʻlanishini taʼminlash tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Agrobank” ATB va boshqa tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yigʻim-terimida, paxta xomashyosini transportda tashish va tayyorlashda band boʻlgan xodimlarning mehnatiga oʻz vaqtida haq toʻlanishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzagromashservis” uyushmasi bilan birgalikda, paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining takliflarini hisobga olgan holda, paxta terish mashinalaridan imkon qadar samarali foydalanishni taʼminlab, hosili ushbu mashinalarda teriladigan paxta dalalarini belgilasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi bilan birgalikda paxta xomashyosi uchun paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan preyskurant narxlari boʻyicha joriy yilda 90 foiz miqdorida hamda paxta tolasi sifati va chiqishini hisobga olgan holda 10 foiz miqdorida qayta ishlash tugallangandan keyin oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasi yaratilishini hamda ularning paxta xomashyosi yigʻim-terimida, uni tashish va qayta ishlashda band boʻlgan fermer xoʻjaliklariga, mashina-traktor parklariga, avtotransport korxonalariga hamda boshqa tashkilotlarga mazkur ishlarni bajarish uchun zarur hajmlarda, limit boʻyicha ajratilgan dizel yoqilgʻisi qiymatining 60 foizi, birja savdolari orqali xarid qilinadigan avtobenzin, suyultirilgan gaz va dizel yonilgʻisi qiymatining 100 foizi oldindan toʻlangandan keyin uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Paxta xomashyosini yetishtirish samaradorligini yanada oshirishni taʼminlash uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2010-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari qisqartirilishini nazarda tutuvchi gʻoʻza parvarishining yangi texnologik xaritasini ishlab chiqsin va paxtakor xoʻjaliklarga yetkazib bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agrobank” ATB Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda paxta xomashyosini ishlab chiqarishda amaldagi xarajatlar ustidan tizimli va doimiy monitoringni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 11-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1188-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 9-son, 373-modda)