Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 20.01.2002 sanasi holatiga | Hujjat 24.02.2004 sanasi holatiga | ||||||||||||||||||||||||
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI | ||||||||||||||||||||||||
UMUMIY QISM | UMUMIY QISM | ||||||||||||||||||||||||
I boʻlim. UMUMIY QOIDALAR | I boʻlim. UMUMIY QOIDALAR | ||||||||||||||||||||||||
1 bob. ASOSIY QOIDALAR | 1 bob. ASOSIY QOIDALAR | ||||||||||||||||||||||||
1-modda. Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar | 1-modda. Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu Kodeks soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib turadi. | Ushbu Kodeks soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib turadi. | ||||||||||||||||||||||||
2-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlari | 2-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlari | ||||||||||||||||||||||||
Soliq haqidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan, soliqlar hamda yigʻimlar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan iboratdir. | Soliq haqidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan, soliqlar hamda yigʻimlar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan iboratdir. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan oʻrin olgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq boʻlishi lozim. | Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan oʻrin olgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq boʻlishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Kodeksdagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Kodeksdagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | ||||||||||||||||||||||||
3-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining amal qilishi | 3-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining amal qilishi | ||||||||||||||||||||||||
Soliq solish bu harakat sodir etilgan paytda muomalada boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | Soliq solish bu harakat sodir etilgan paytda muomalada boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yengillashtiradigan yoki bartaraf etadigan qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilaydigan yoki kuchaytiradigan qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas. | Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yengillashtiradigan yoki bartaraf etadigan qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilaydigan yoki kuchaytiradigan qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ishlar huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amal qilib turgan qonun hujjatlari asosida yuritiladi. | Soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ishlar huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amal qilib turgan qonun hujjatlari asosida yuritiladi. | ||||||||||||||||||||||||
4-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari | 4-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari | ||||||||||||||||||||||||
Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi shart. | Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi shart. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq solish—yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi. | Soliq solish—yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Belgilanayotgan soliqlar va yigʻimlar tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) yoki pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada boʻlishini bevosita yoki bilvosita cheklab qoʻyishi yoxud soliq toʻlovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qoʻyishi yoki unga gʻov boʻlishi mumkin emas. | Belgilanayotgan soliqlar va yigʻimlar tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) yoki pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada boʻlishini bevosita yoki bilvosita cheklab qoʻyishi yoxud soliq toʻlovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qoʻyishi yoki unga gʻov boʻlishi mumkin emas. | ||||||||||||||||||||||||
Olingan manbalaridan qatʼi nazar, barcha daromadlarga soliq solinishi shart. | Olingan manbalaridan qatʼi nazar, barcha daromadlarga soliq solinishi shart. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq imtiyozlarini belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi kerak. | Soliq imtiyozlarini belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi kerak. | ||||||||||||||||||||||||
2 bob. SOLIQLAR TIZIMI | 2 bob. SOLIQLAR TIZIMI | ||||||||||||||||||||||||
5-modda. Soliqlar va yigʻimlar | 5-modda. Soliqlar va yigʻimlar | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi va bekor qilinadi, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi va bekor qilinadi, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi hududida: | Oʻzbekiston Respublikasi hududida: | ||||||||||||||||||||||||
umumdavlat soliqlari; | umumdavlat soliqlari; | ||||||||||||||||||||||||
mahalliy soliqlar va yigʻimlar amal qiladi. | mahalliy soliqlar va yigʻimlar amal qiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yoki u vakolat bergan davlat organi tomonidan belgilanadi. | Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yoki u vakolat bergan davlat organi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
6-modda. Umumdavlat soliqlari | 6-modda. Umumdavlat soliqlari | ||||||||||||||||||||||||
Umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi: | Umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi: | ||||||||||||||||||||||||
1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi; | 1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi; | ||||||||||||||||||||||||
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi; | 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi; | ||||||||||||||||||||||||
3) qoʻshilgan qiymat soligʻi; | 3) qoʻshilgan qiymat soligʻi; | ||||||||||||||||||||||||
4) aksiz soligʻi; | 4) aksiz soligʻi; | ||||||||||||||||||||||||
5) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; | 5) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; | ||||||||||||||||||||||||
6) ekologiya soligʻi; | 6) ekologiya soligʻi; | ||||||||||||||||||||||||
7) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. | 7) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. | ||||||||||||||||||||||||
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli budjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. | Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli budjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
7-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar | 7-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar | ||||||||||||||||||||||||
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarga quyidagilar kiradi: 1) mol-mulk soligʻi; 2) yer soligʻi; 3) infratuzilmani rivojlantirish soligʻi; 4) reklama soligʻi 5) avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq; 6) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 7) savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari; 8) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻim. | Mahalliy soliqlar va yigʻimlarga quyidagilar kiradi: 1) mol-mulk soligʻi; 2) yer soligʻi; 3) infratuzilmani rivojlantirish soligʻi; 4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; 5) savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari; 6) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻim. | ||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahalliy soliqlar va yigʻimlar ushbu Kodeks, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahalliy soliqlar va yigʻimlar ushbu Kodeks, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan mahalliy soliqlar va yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlar va yigʻimlar stavkalarining miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan mahalliy soliqlar va yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlar va yigʻimlar stavkalarining miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddaning 3—8-bandlarida nazarda tutilgan mahalliy soliqlar va yigʻimlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladi. Bu mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Ushbu moddaning 3—8-bandlarida nazarda tutilgan mahalliy soliqlar va yigʻimlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladi. Bu mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Yangi mahalliy soliqlar va yigʻimlarni joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan muvofiqlashtirilishi lozim. | Yangi mahalliy soliqlar va yigʻimlarni joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan muvofiqlashtirilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||
Mahalliy soliqlar va yigʻimlar mahalliy budjetga oʻtkaziladi. | Mahalliy soliqlar va yigʻimlar mahalliy budjetga oʻtkaziladi. | ||||||||||||||||||||||||
8-modda. Ayrim toifadagi korxonalarga soliq solish xususiyatlari | 8-modda. Ayrim toifadagi korxonalarga soliq solish xususiyatlari | ||||||||||||||||||||||||
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qoʻllanilishi mumkin. Aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda aksiz soligʻi toʻlaganlari taqdirda, yagona soliq toʻlashga oʻtishlari mumkin. | Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qoʻllanilishi mumkin. Aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda aksiz soligʻi va yer ostidan foydalanganlik uchun soliq toʻlaganlari taqdirda, yagona soliq toʻlashga oʻtishlari mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Mikrofirmalar va kichik korxonalar, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirganlari taqdirda, soliqning qatʼiy belgilangan summasini toʻlaydilar. | Mikrofirmalar va kichik korxonalar, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirganlari taqdirda, soliqning qatʼiy belgilangan summasini toʻlaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan faoliyatning turlarini amalga oshirganlari taqdirda mikrofirmalar va kichik korxonalar oʻz xohishiga koʻra yo yagona soliq, yoki mazkur toifadagi soliq toʻlovchilar uchun nazarda tutilgan barcha soliqlarni jamlagan holda toʻlaydilar. | Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan faoliyatning turlarini amalga oshirganlari taqdirda mikrofirmalar va kichik korxonalar oʻz xohishiga koʻra yo yagona soliq, yoki mazkur toifadagi soliq toʻlovchilar uchun nazarda tutilgan barcha soliqlarni jamlagan holda toʻlaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
Mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq toʻlash maqsadida ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan faoliyat turlarining alohida buxgalteriya hisobini yuritishlari shart. | Mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq toʻlash maqsadida ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan faoliyat turlarining alohida buxgalteriya hisobini yuritishlari shart. | ||||||||||||||||||||||||
Mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish tizimini tanlash huquqi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda beriladi. | Mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish tizimini tanlash huquqi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda beriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Yagona soliq toʻlash tartibi va stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Yagona soliq toʻlash tartibi va stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromad (foyda) soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi, ekologiya soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, boshqa mahalliy soliqlar va yigʻimlar (mol-mulk soligʻi, savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari bundan mustasno) oʻrniga budjetga yalpi daromad soligʻi toʻlaydilar. Yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqarish tartibi va stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (shu jumladan kichik korxonalar va mikrofirmalar) daromad (foyda) soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi (tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bundan mustasno), ekologiya soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, boshqa mahalliy soliqlar va yigʻimlar (mol-mulk soligʻi, tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya yigʻimlarini, yuridik shaxslarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻimni qoʻshgan holdagi savdo qilish huquqi uchun yigʻim bundan mustasno) oʻrniga budjetga yalpi daromad soligʻi toʻlaydilar. Yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqarish tartibi va stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, alkogolli mahsulot uchun aksiz soligʻini istisno etganda, amaldagi barcha umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yigʻimlar oʻrniga yagona yer soligʻi toʻlaydilar. Yagona yer soligʻini toʻlash tartibi va stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, aksiz soligʻini istisno etganda, amaldagi barcha umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yigʻimlar oʻrniga yagona yer soligʻi toʻlaydilar. Yagona yer soligʻini toʻlash tartibi va stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Gramplastinkalar, audio-video kassetalar, lazer diskalar ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozib olish, koʻpaytirish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar toʻlash oʻrniga ularning daromad olish darajasidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda budjetga yalpi daromad soligʻi toʻlaydilar, mol-mulk soligʻi bundan mustasno. | Gramplastinkalar, audio-video kassetalar, lazer diskalar ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozib olish, koʻpaytirish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar toʻlash oʻrniga ularning daromad olish darajasidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda budjetga yalpi daromad soligʻi toʻlaydilar, mol-mulk soligʻi bundan mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha soliq solishning oʻzi belgilagan stavkalar boʻyicha soliqning qatʼiy belgilangan summasini toʻlashni nazarda tutuvchi alohida tartibini belgilashi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha soliq solishning oʻzi belgilagan stavkalar boʻyicha soliqning qatʼiy belgilangan summasini toʻlashni nazarda tutuvchi alohida tartibini belgilashi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan investorlarga, ularning pudratchilariga va ikkilamchi pudratchilariga soliq solish “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. | |||||||||||||||||||||||||
9-modda. Soliqlar va yigʻimlar hisoblab chiqariladigan pul birligi | 9-modda. Soliqlar va yigʻimlar hisoblab chiqariladigan pul birligi | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi—soʻmda hisoblab chiqariladi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi—soʻmda hisoblab chiqariladi. | ||||||||||||||||||||||||
10-modda. Soliqni hisobga olish | 10-modda. Soliqni hisobga olish | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslarning daromadlari va soliqlarni hisoblab chiqarish uchun ular boʻyicha tegishli chegirmalar, toʻlov toʻlangan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qatʼi nazar, ular taalluqli boʻlgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi. | Yuridik shaxslarning daromadlari va soliqlarni hisoblab chiqarish uchun ular boʻyicha tegishli chegirmalar, toʻlov toʻlangan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qatʼi nazar, ular taalluqli boʻlgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
3 bob. SOLIQ TOʻLOVChILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI | 3 bob. SOLIQ TOʻLOVChILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI | ||||||||||||||||||||||||
11-modda. Soliq toʻlovchilarning huquqlari | 11-modda. Soliq toʻlovchilarning huquqlari | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchilar quyidagi huquqlarga ega: | Soliq toʻlovchilar quyidagi huquqlarga ega: | ||||||||||||||||||||||||
1) soliq organlaridan soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari boʻyicha axborot va maslahatlar olish; | 1) soliq organlaridan soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari boʻyicha axborot va maslahatlar olish; | ||||||||||||||||||||||||
2) ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va asoslarda soliq imtiyozlaridan foydalanish; | 2) ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va asoslarda soliq imtiyozlaridan foydalanish; | ||||||||||||||||||||||||
3) budjetga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va yigʻimlar summasini qaytarish toʻgʻrisida yozma ariza bilan murojaat qilish; | 3) budjetga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va yigʻimlar summasini qaytarish toʻgʻrisida yozma ariza bilan murojaat qilish; | ||||||||||||||||||||||||
4) soliqlar va yigʻimlar boʻyicha budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud maʼlumotlar bilan tanishish; | 4) soliqlar va yigʻimlar boʻyicha budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud maʼlumotlar bilan tanishish; | ||||||||||||||||||||||||
5) soliq organlari oʻtkazgan tekshiruv materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish, tekshiruvlarning natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda soliq organiga oʻzining yozma eʼtirozlarini oʻn kunlik muddat ichida taqdim etish; | 5) soliq organlari oʻtkazgan tekshiruv materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish, tekshiruvlarning natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda soliq organiga oʻzining yozma eʼtirozlarini oʻn kunlik muddat ichida taqdim etish; | ||||||||||||||||||||||||
6) soliq organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan yuqori soliq organlariga yoki sudga shikoyat qilish; | 6) soliq organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan yuqori soliq organlariga yoki sudga shikoyat qilish; | ||||||||||||||||||||||||
7) soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda oʻzlari yoʻl qoʻygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish. | 7) soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda oʻzlari yoʻl qoʻygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga huquqlarga ham egadir. | Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga huquqlarga ham egadir. | ||||||||||||||||||||||||
12-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari | 12-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchilar quyidagi majburiyatlarga ega: | Soliq toʻlovchilar quyidagi majburiyatlarga ega: | ||||||||||||||||||||||||
1) belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida roʻyxatdan oʻtish, yuridik manzili oʻzgargan yoki qayta roʻyxatdan oʻtgan taqdirda esa, bu haqda soliq organiga oʻn kunlik muddat ichida xabar berish; | 1) belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida roʻyxatdan oʻtish, yuridik manzili oʻzgargan yoki qayta roʻyxatdan oʻtgan taqdirda esa, bu haqda soliq organiga oʻn kunlik muddat ichida xabar berish; | ||||||||||||||||||||||||
2) soliqlar va yigʻimlarning tegishli summasini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlash; | 2) soliqlar va yigʻimlarning tegishli summasini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlash; | ||||||||||||||||||||||||
3) buxgalteriya hisobini va hisob hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq yuritish; | 3) buxgalteriya hisobini va hisob hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq yuritish; | ||||||||||||||||||||||||
4) moliyaviy hisobotni, soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarni yoki daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etish; | 4) moliyaviy hisobotni, soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarni yoki daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etish; | ||||||||||||||||||||||||
5) soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish, toʻlash bilan bogʻliq hujjatlar va maʼlumotlarni, shuningdek soliqlar va yigʻimlar yuzasidan imtiyozlar huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish; | 5) soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish, toʻlash bilan bogʻliq hujjatlar va maʼlumotlarni, shuningdek soliqlar va yigʻimlar yuzasidan imtiyozlar huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish; | ||||||||||||||||||||||||
6) soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish, toʻlash masalalarini tekshirish uchun soliq organlarining mansabdor shaxslarini daromad olish yoki soliq solish obyektlarining saqlanishi bilan bogʻliq binolar va joylarga kirishiga ruxsat berish; | 6) soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish, toʻlash masalalarini tekshirish uchun soliq organlarining mansabdor shaxslarini daromad olish yoki soliq solish obyektlarining saqlanishi bilan bogʻliq binolar va joylarga kirishiga ruxsat berish; | ||||||||||||||||||||||||
7) soliq organlarining soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi talablarini bajarish. | 7) soliq organlarining soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi talablarini bajarish. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida oʻz zimmalariga yuklatilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradilar. | Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida oʻz zimmalariga yuklatilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradilar. | ||||||||||||||||||||||||
MAXSUS QISM | MAXSUS QISM | ||||||||||||||||||||||||
II BOʻLIM. YuRIDIK ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI | II BOʻLIM. YuRIDIK ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI | ||||||||||||||||||||||||
4 bob. SOLIQ TOʻLOVChILAR VA SOLIQ SOLISh OBYEKTI | 4 bob. SOLIQ TOʻLOVChILAR VA SOLIQ SOLISh OBYEKTI | ||||||||||||||||||||||||
13-modda. Daromad (foyda) soligʻi toʻlovchilar | 13-modda. Daromad (foyda) soligʻi toʻlovchilar | ||||||||||||||||||||||||
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega boʻlgan yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻi toʻlovchilar hisoblanadi. | Moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega boʻlgan yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻi toʻlovchilar hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻi boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari budjet bilan hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin. | Yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻi boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari budjet bilan hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
14-modda. Rezidentlar va norezidentlarning soliq solinadigan daromadi (foydasi) | 14-modda. Rezidentlar va norezidentlarning soliq solinadigan daromadi (foydasi) | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekistonda taʼsis etilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxs, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻyxatdan oʻtgan, bosh korxonasi Oʻzbekistonda joylashgan yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi. | Oʻzbekistonda taʼsis etilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxs, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻyxatdan oʻtgan, bosh korxonasi Oʻzbekistonda joylashgan yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi faoliyat manbalaridan olgan daromadlari (foydalari) boʻyicha soliq solinadi. | Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi faoliyat manbalaridan olgan daromadlari (foydalari) boʻyicha soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlmagan yuridik shaxslarga Oʻzbekiston hududidagi faoliyatdan olgan daromadlari (foydalari) boʻyicha soliq solinadi. | Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlmagan yuridik shaxslarga Oʻzbekiston hududidagi manbalardan olgan daromadlari (foydalari) boʻyicha soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan daromad (foyda) soligʻining hisobga olinishi | 15-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan daromad (foyda) soligʻining hisobga olinishi | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan daromad (foyda) soligʻi summalari Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlash vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. | Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan daromad (foyda) soligʻi summalari Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlash vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Hisobga olinadigan summalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqarilgan daromad (foyda) soligʻi summasidan ortiq boʻlmasligi kerak. | Hisobga olinadigan summalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqarilgan daromad (foyda) soligʻi summasidan ortiq boʻlmasligi kerak. | ||||||||||||||||||||||||
16-modda. Soliq solish obyekti | 16-modda. Soliq solish obyekti | ||||||||||||||||||||||||
Jami daromad bilan ushbu Kodeksga muvofiq belgilanadigan chegirmalar oʻrtasidagi farq sifatida hisoblangan daromad (foyda) soliq solish obyektidir. | Jami daromad bilan ushbu Kodeksga muvofiq belgilanadigan chegirmalar oʻrtasidagi farq sifatida hisoblangan daromad (foyda) soliq solish obyektidir. | ||||||||||||||||||||||||
Ustav fondiga qoʻshilgan, umumiy vazifalarni hal etish uchun birlashtirilgan badallar, paylar va aniq maqsadga qaratilgan boshqa moliyaviy mablagʻlar (kapital) ana shu vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxsning daromadlari hisoblanmaydi va soliq solish obyekti boʻlmaydi. | Ustav fondiga qoʻshilgan, umumiy vazifalarni hal etish uchun birlashtirilgan badallar, paylar va aniq maqsadga qaratilgan boshqa moliyaviy mablagʻlar (kapital) ana shu vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxsning daromadlari hisoblanmaydi va soliq solish obyekti boʻlmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
5 bob. JAMI DAROMAD | 5 bob. JAMI DAROMAD | ||||||||||||||||||||||||
17-modda. Jami daromadning tarkibi | 17-modda. Jami daromadning tarkibi | ||||||||||||||||||||||||
Jami daromadga joʻnatilgan tovar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun yuridik shaxs olishi lozim boʻlgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablagʻlar kiradi. | Jami daromadga joʻnatilgan tovar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun yuridik shaxs olishi lozim boʻlgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablagʻlar kiradi. | ||||||||||||||||||||||||
Bunday daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Bunday daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi: | ||||||||||||||||||||||||
1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan keladigan tushum; | 1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan keladigan tushum; | ||||||||||||||||||||||||
2) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qogʻozlar, intellektual mulk obyektlari, materiallar va boshqa aktivlarni realizatsiya qilishdan keladigan daromad; | 2) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qogʻozlar, intellektual mulk obyektlari, materiallar va boshqa aktivlarni realizatsiya qilishdan keladigan daromad; | ||||||||||||||||||||||||
3) foizlar koʻrinishidagi daromadlar; | 3) foizlar koʻrinishidagi daromadlar; | ||||||||||||||||||||||||
4) dividendlar; | 4) dividendlar; | ||||||||||||||||||||||||
5) tekinga olingan mol-mulk; | 5) tekinga olingan mol-mulk; | ||||||||||||||||||||||||
6) mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromad; | 6) mol-mulkni ijaraga (lizingga) berishdan keladigan daromad; | ||||||||||||||||||||||||
7) royalti; | 7) royalti; | ||||||||||||||||||||||||
8) tekin moliyaviy yordam (davlat budjetidan berilgan subsidiyalar bundan mustasno); | 8) tekin moliyaviy yordam (davlat budjetidan berilgan subsidiyalar bundan mustasno); | ||||||||||||||||||||||||
9) daʼvo muddati oʻtkazib yuborilgan kreditorlik va deponent qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar; | 9) daʼvo muddati oʻtkazib yuborilgan kreditorlik va deponent qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar; | ||||||||||||||||||||||||
10) ilgari chegirib tashlangan xarajatlar, zararlar yoki shubhali qarzlarning oʻrnini qoplash tariqasida olingan daromadlar; | 10) ilgari chegirib tashlangan xarajatlar, zararlar yoki shubhali qarzlarning oʻrnini qoplash tariqasida olingan daromadlar; | ||||||||||||||||||||||||
11) valyuta hisobvaraqlaridagi kurs boʻyicha musbat farq; | 11) valyuta hisobvaraqlaridagi kurs boʻyicha musbat farq; | ||||||||||||||||||||||||
12) favqulodda daromadlar; | 12) favqulodda daromadlar; | ||||||||||||||||||||||||
13) boshqa daromadlar. | 13) boshqa daromadlar. | ||||||||||||||||||||||||
18-modda. Oʻzaro aloqador yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadiga (foydasiga) oʻzgartish kiritish Agar oʻzaro aloqador yuridik shaxslar tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil yuridik shaxslar oʻrtasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan narxlardan farq qiladigan narxlarni qoʻllasalar, soliq toʻlovchining daromadi (foydasi) soliq solish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, narxlarda vujudga kelgan farqqa teng miqdorda oʻzgartirilishi mumkin. Oʻzaro aloqador yuridik shaxslar quyidagilardir: xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari va ularning Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan shoʻba korxonalari; Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxslar hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan shoʻba korxonalari; ayni bir yuridik yoki jismoniy shaxslar muassislari boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxslar va xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari. | |||||||||||||||||||||||||
6-bob. ChEGIRMALAR VA ZARARLAR | 6-bob. ChEGIRMALAR VA ZARARLAR | ||||||||||||||||||||||||
19-modda. Jami daromaddan chegirmalar | 19-modda. Jami daromaddan chegirmalar | ||||||||||||||||||||||||
Soliq solinadigan daromadlarni (foydalarni) belgilashda jami daromaddan quyidagi chegirmalar amalga oshiriladi: | Soliq solinadigan daromadlarni (foydalarni) belgilashda jami daromaddan quyidagi chegirmalar amalga oshiriladi: | ||||||||||||||||||||||||
qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek bojxona bojlari summalari; | qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek bojxona bojlari summalari; | ||||||||||||||||||||||||
banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining qisqa muddatli kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlari summalari, toʻlov muddati oʻtgan va toʻlov muddati uzaytirilgan ssudalar boʻyicha foizlar bundan mustasno; | banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining qisqa muddatli kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlari summalari, toʻlov muddati oʻtgan va toʻlov muddati uzaytirilgan ssudalar boʻyicha foizlar bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
xodimlarga ish haqi toʻlash boʻyicha xarajatlar (banklar, sugʻurta tashkilotlari, videosalonlar, videokoʻrsatuv, video va audio yozuv punktlari, auksionlar, kazino, pul yutugʻi qoʻyilgan oʻyin avtomatlari, davlatga qarashli boʻlmagan organlar tomonidan oʻtkaziladigan lotereya oʻyinlari hamda ommaviy konsert-tomosha tadbirlarining xarajatlari bundan mustasno); | xodimlarga ish haqi toʻlash boʻyicha xarajatlar (banklar, sugʻurta tashkilotlari, videosalonlar, videokoʻrsatuv, video va audio yozuv punktlari, auksionlar, kazino, pul yutugʻi qoʻyilgan oʻyin avtomatlari, davlatga qarashli boʻlmagan organlar tomonidan oʻtkaziladigan lotereya oʻyinlari hamda ommaviy konsert-tomosha tadbirlarining xarajatlari bundan mustasno); | ||||||||||||||||||||||||
belgilangan tartibda kiritiladigan renta toʻlovlarining summasi; | belgilangan tartibda kiritiladigan renta toʻlovlarining summasi; | ||||||||||||||||||||||||
ijara haqi (lizing toʻlovi); | ijara haqi; | ||||||||||||||||||||||||
asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari; | asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari; | ||||||||||||||||||||||||
chet yuridik va jismoniy shaxslarning moddiy xarajatlari va koʻrsatgan xizmatlarining qiymati; | chet yuridik va jismoniy shaxslarning moddiy xarajatlari va koʻrsatgan xizmatlarining qiymati; | ||||||||||||||||||||||||
majburiy sugʻurta toʻlovlari boʻyicha oʻtkaziladigan, qonun hujjatlariga muvofiq ish haqiga hisoblangan summalar; | majburiy sugʻurta toʻlovlari boʻyicha oʻtkaziladigan, qonun hujjatlariga muvofiq ish haqiga hisoblangan summalar; | ||||||||||||||||||||||||
mahsulotni (xizmatlarni) sertifikatlash ishlariga haq toʻlash xarajatlari summalari; | mahsulotni (xizmatlarni) sertifikatlash ishlariga haq toʻlash xarajatlari summalari; | ||||||||||||||||||||||||
qonun hujjatlariga muvofiq normalar boʻyicha xizmat safari xarajatlari summalari; | qonun hujjatlariga muvofiq normalar boʻyicha xizmat safari xarajatlari summalari; | ||||||||||||||||||||||||
qonun hujjatlariga muvofiq normalar boʻyicha vakillik maqsadlaridagi xarajatlar summalari; | qonun hujjatlariga muvofiq normalar boʻyicha vakillik maqsadlaridagi xarajatlar summalari; | ||||||||||||||||||||||||
qonun hujjatlariga muvofiq normalar boʻyicha reklama xarajatlari summalari; | qonun hujjatlariga muvofiq normalar boʻyicha reklama xarajatlari summalari; | ||||||||||||||||||||||||
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash uchun xarajatlar summalari; | qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash uchun xarajatlar summalari; | ||||||||||||||||||||||||
soliq toʻlovchi balansidagi sogʻliqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam olish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq taʼlimi muassasalari, uy-joy fondini saqlashga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasdiqlagan normativlarga muvofiq qilinadigan xarajatlar summalari, shuningdek soliq toʻlovchilar sanab oʻtilgan muassasalarni saqlashda ulush qoʻshib qatnashib, ana shu maqsadlar uchun qiladigan xarajatlarining summalari; | soliq toʻlovchi balansidagi sogʻliqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam olish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq taʼlimi muassasalari, uy-joy fondini saqlashga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasdiqlagan normativlarga muvofiq qilinadigan xarajatlar summalari, shuningdek soliq toʻlovchilar sanab oʻtilgan muassasalarni saqlashda ulush qoʻshib qatnashib, ana shu maqsadlar uchun qiladigan xarajatlarining summalari; | ||||||||||||||||||||||||
lizing obyektini sotib olish uchun olingan kreditlar foizlari va boshqa belgilangan toʻlovlar summalari; lizing beruvchining lizing shartnomasi boʻyicha lizing toʻlovi tarkibida toʻlanadigan daromadi; qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasidagi ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha xarajatlar summalari; | |||||||||||||||||||||||||
qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan boshqa majburiy toʻlovlar. | qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan boshqa majburiy toʻlovlar. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar va majburiy toʻlovlardan tashqari quyidagi xarajatlar va ajratmalar ham jami daromaddan chegirib tashlanishi lozim: | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar va majburiy toʻlovlardan tashqari quyidagi xarajatlar va ajratmalar ham jami daromaddan chegirib tashlanishi lozim: | ||||||||||||||||||||||||
1) banklar boʻyicha: | 1) banklar boʻyicha: | ||||||||||||||||||||||||
kredit resurslari uchun toʻlovlar, operatsiya xarajatlari, pul mablagʻlari va boyliklarni tashish hamda saqlash xarajatlari; | kredit resurslari uchun toʻlovlar, operatsiya xarajatlari, pul mablagʻlari va boyliklarni tashish hamda saqlash xarajatlari; | ||||||||||||||||||||||||
mijozlarning hisobvaraqlari, shu jumladan jismoniy shaxslarning omonatlari boʻyicha hisoblangan va toʻlangan foizlar; | mijozlarning hisobvaraqlari, shu jumladan jismoniy shaxslarning omonatlari boʻyicha hisoblangan va toʻlangan foizlar; | ||||||||||||||||||||||||
tavakkalchilik operatsiyalari boʻyicha zaxira hisobidan oʻchirilgan umidsiz ssuda summalari; | tavakkalchilik operatsiyalari boʻyicha zaxira hisobidan oʻchirilgan umidsiz ssuda summalari; | ||||||||||||||||||||||||
2) sugʻurta tashkilotlari boʻyicha: | 2) sugʻurta tashkilotlari boʻyicha: | ||||||||||||||||||||||||
qayta sugʻurta shartnomalari boʻyicha berilgan toʻlov summalari; | qayta sugʻurta shartnomalari boʻyicha berilgan toʻlov summalari; | ||||||||||||||||||||||||
amal qilishi hisobot yili oxirigacha tugamagan sugʻurta va qayta sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlov summalari; | amal qilishi hisobot yili oxirigacha tugamagan sugʻurta va qayta sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlov summalari; | ||||||||||||||||||||||||
sugʻurta va qayta sugʻurta majburiyatlari boʻyicha amalga oshirilgan va hisoblangan toʻlov summalari; | sugʻurta va qayta sugʻurta majburiyatlari boʻyicha amalga oshirilgan va hisoblangan toʻlov summalari; | ||||||||||||||||||||||||
oʻtgan yillardagi sugʻurta hodisalari boʻyicha tugallanmagan toʻlov summalari, shu jumladan daʼvo muddati doirasidagi majburiyatlar summalari; | oʻtgan yillardagi sugʻurta hodisalari boʻyicha tugallanmagan toʻlov summalari, shu jumladan daʼvo muddati doirasidagi majburiyatlar summalari; | ||||||||||||||||||||||||
sugʻurta holatining roʻy berganligi haqida maʼlum qilingan, lekin zarar miqdori taqdim etilmagan shartnomalar boʻyicha sugʻurta summalari; | sugʻurta holatining roʻy berganligi haqida maʼlum qilingan, lekin zarar miqdori taqdim etilmagan shartnomalar boʻyicha sugʻurta summalari; | ||||||||||||||||||||||||
sugʻurta tashkiloti sugʻurta hodisalari roʻy berishini bartaraf etish va uning oldini olishga doir tadbirlarni (preventiv tadbirlarni) moliyalashga sarflaydigan mablagʻlar summalari; | sugʻurta tashkiloti sugʻurta hodisalari roʻy berishini bartaraf etish va uning oldini olishga doir tadbirlarni (preventiv tadbirlarni) moliyalashga sarflaydigan mablagʻlar summalari; | ||||||||||||||||||||||||
sugʻurta tashkilotlarining zaxira fondlari bu tashkilotlar ustav fondining yigirma besh foiziga yetguniga qadar sugʻurta tashkilotlari oʻz daromadlarining yigirma foizi miqdorida zaxira fondlariga qiladigan ajratmalar. | sugʻurta tashkilotlarining zaxira fondlari bu tashkilotlar ustav fondining yigirma besh foiziga yetguniga qadar sugʻurta tashkilotlari oʻz daromadlarining yigirma foizi miqdorida zaxira fondlariga qiladigan ajratmalar. | ||||||||||||||||||||||||
Jami daromaddan chegirib tashlanadigan xarajatlar, majburiy toʻlovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Jami daromaddan chegirib tashlanadigan xarajatlar, majburiy toʻlovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Agar amalga oshirilgan xarajat xarajatlarning bir necha toifasiga kiritilgan boʻlsa, u faqat bir marta jami daromaddan chegirib tashlanishi mumkin. | Agar amalga oshirilgan xarajat xarajatlarning bir necha toifasiga kiritilgan boʻlsa, u faqat bir marta jami daromaddan chegirib tashlanishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Asosiy vositalar sotib olish va ularni montaj qilishga, nomoddiy aktivlar sotib olishga qilingan xarajatlar, shuningdek boshqa kapital xarajatlar amortizatsiya tariqasida keyingi davrlarda jami daromaddan chegirib tashlanishi lozim. | Asosiy vositalar sotib olish va ularni montaj qilishga, nomoddiy aktivlar sotib olishga qilingan xarajatlar, shuningdek boshqa kapital xarajatlar amortizatsiya tariqasida keyingi davrlarda jami daromaddan chegirib tashlanishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||
20-modda. Umidsiz qarzlar boʻyicha chegirmalar | 20-modda. Umidsiz qarzlar boʻyicha chegirmalar | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchi (banklar va sugʻurta tashkilotlari bundan mustasno) daʼvo muddati oʻtganidan soʻng daromadlari tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) realizatsiya qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan, ilgari jami daromadga qoʻshilgan umidsiz qarzlar boʻyicha chegirma qilinish huquqiga ega boʻladi. | Soliq toʻlovchi (banklar va sugʻurta tashkilotlari bundan mustasno) daʼvo muddati oʻtganidan soʻng daromadlari tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) realizatsiya qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan, ilgari jami daromadga qoʻshilgan umidsiz qarzlar boʻyicha chegirma qilinish huquqiga ega boʻladi. | ||||||||||||||||||||||||
21-modda. Moliyaviy jazo choralari va penya summalari | 21-modda. Moliyaviy jazo choralari va penya summalari | ||||||||||||||||||||||||
Moliyaviy jazo choralari va hisoblangan penya summalari jami daromaddan chegirib tashlanmaydi. | Moliyaviy jazo choralari va hisoblangan penya summalari jami daromaddan chegirib tashlanmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
22-modda. Asosiy vositalar, qimmatli qogʻozlar va boshqa aktivlar realizatsiya qilinganida koʻrilgan zararlar | 22-modda. Asosiy vositalar, qimmatli qogʻozlar va boshqa aktivlar realizatsiya qilinganida koʻrilgan zararlar | ||||||||||||||||||||||||
Tadbirkorlik faoliyatida uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalar realizatsiya qilinganida vujudga kelgan zararlar jami daromaddan chegirib tashlanadi. | Tadbirkorlik faoliyatida uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalar realizatsiya qilinganida vujudga kelgan zararlar jami daromaddan chegirib tashlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Qimmatli qogʻozlar realizatsiya qilinganida vujudga kelgan zararlar jami daromaddan chegirib tashlanmaydi. | Qimmatli qogʻozlar realizatsiya qilinganida vujudga kelgan zararlar jami daromaddan chegirib tashlanmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Ish hayvonlari va koʻp yillik daraxtlardan foydalanganda vujudga kelgan zararlar faqat ana shu aktivlardan foydalanishdan olingan daromaddan chegirib tashlanadi. | Ish hayvonlari va koʻp yillik daraxtlardan foydalanganda vujudga kelgan zararlar faqat ana shu aktivlardan foydalanishdan olingan daromaddan chegirib tashlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
23-modda. Amortizatsiya boʻyicha chegirmalar | 23-modda. Amortizatsiya boʻyicha chegirmalar | ||||||||||||||||||||||||
Asosiy vositalar amortizatsiya qilinadi, yer bundan mustasno. | Asosiy vositalar amortizatsiya qilinadi, yer bundan mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
Asosiy vositalarning soliq solinadigan davr mobaynida belgilangan normalar doirasida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalari jami daromaddan chegirib tashlanadi. | Asosiy vositalarning soliq solinadigan davr mobaynida belgilangan normalar doirasida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalari jami daromaddan chegirib tashlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Amortizatsiya ajratmalarining summalari asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati va ushbu moddada belgilangan amortizatsiya normalari asosida hisoblab chiqariladi. Amortizatsiya muddati tugaganidan soʻng eskirish hisoblanmaydi. | Amortizatsiya ajratmalarining summalari asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati va ushbu moddada belgilangan amortizatsiya normalari asosida hisoblab chiqariladi. Amortizatsiya muddati tugaganidan soʻng eskirish hisoblanmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Asosiy vositalarni uzoq muddatga ijaraga olgan yuridik shaxslar ham oʻzlariga qarashli, ham ijaraga olingan asosiy vositalar yuzasidan amortizatsiya ajratmalarini hisoblaydilar. Bu holda ijaraga beruvchi ijaraga berilgan asosiy vositalar uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblamaydi. | Asosiy vositalarni uzoq muddatga ijaraga olgan yuridik shaxslar ham oʻzlariga qarashli, ham ijaraga olingan asosiy vositalar yuzasidan amortizatsiya ajratmalarini hisoblaydilar. Bu holda ijaraga beruvchi ijaraga berilgan asosiy vositalar uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblamaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Asosiy vositalarning amortizatsiya normalari: | Asosiy vositalarning amortizatsiya normalari: | ||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||
24-modda. Nomoddiy aktivlar boʻyicha chegirmalar | 24-modda. Nomoddiy aktivlar boʻyicha chegirmalar | ||||||||||||||||||||||||
Nomoddiy aktivlarga qilingan xarajatlar jami daromaddan eskirish tarzida har oyda, yuridik shaxs tomonidan ularning boshlangʻich qiymati va ulardan unumli foydalanish muddati (biroq yuridik shaxsning faoliyat muddatidan ortiq boʻlmagan muddat) asosida hisoblab chiqarilgan normalar boʻyicha chegirib tashlanadi. | Nomoddiy aktivlarga qilingan xarajatlar jami daromaddan eskirish tarzida har oyda, yuridik shaxs tomonidan ularning boshlangʻich qiymati va ulardan unumli foydalanish muddati (biroq yuridik shaxsning faoliyat muddatidan ortiq boʻlmagan muddat) asosida hisoblab chiqarilgan normalar boʻyicha chegirib tashlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Unumli foydalanish muddatini aniqlab boʻlmaydigan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya normalari besh yilga (biroq yuridik shaxsning faoliyat muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga) moʻljallab belgilanadi. | Unumli foydalanish muddatini aniqlab boʻlmaydigan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya normalari besh yilga (biroq yuridik shaxsning faoliyat muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga) moʻljallab belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
25-modda. Geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olishga tayyorgarlik koʻrish xarajatlari boʻyicha chegirmalar | 25-modda. Geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olishga tayyorgarlik koʻrish xarajatlari boʻyicha chegirmalar | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchining geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olishga tayyorgarlik ishlari uchun qilgan xarajatlari jami daromaddan amortizatsiya sifatida, amortizatsiya ajratmalari normasi boʻyicha — oʻn besh foiz miqdorida chegirib tashlanadi. | Soliq toʻlovchining geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olishga tayyorgarlik ishlari uchun qilgan xarajatlari jami daromaddan amortizatsiya sifatida, amortizatsiya ajratmalari normasi boʻyicha — oʻn besh foiz miqdorida chegirib tashlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
26-modda. Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar | 26-modda. Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli boʻlmagan tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari boʻyicha chegirmalar qilinmaydi. | Soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli boʻlmagan tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari boʻyicha chegirmalar qilinmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Agar madaniy, sport va boshqa tadbirlar uchun xarajatlar soliq toʻlovchining asosiy faoliyati doirasida oʻtkaziladigan boʻlsa, ushbu moddaning qoidalari unga nisbatan qoʻllanilmaydi. | Agar madaniy, sport va boshqa tadbirlar uchun xarajatlar soliq toʻlovchining asosiy faoliyati doirasida oʻtkaziladigan boʻlsa, ushbu moddaning qoidalari unga nisbatan qoʻllanilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
27-modda. Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar | 27-modda. Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar | ||||||||||||||||||||||||
Davlatga qarashli boʻlmagan pensiya fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sugʻurtaga va ixtiyoriy sugʻurtaning boshqa turlariga ajratmalar jami daromaddan chegirib tashlanmaydi. | Davlatga qarashli boʻlmagan pensiya fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sugʻurtaga va ixtiyoriy sugʻurtaning boshqa turlariga ajratmalar jami daromaddan chegirib tashlanmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
7-bob. DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI STAVKALARI | 7-bob. DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI STAVKALARI | ||||||||||||||||||||||||
28-modda. Yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga) solinadigan soliq stavkalari | 28-modda. Yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga) solinadigan soliq stavkalari | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadiga (foydasiga) eng yuqori—oʻttiz besh foizlik stavka boʻyicha soliq solinadi. | Yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadiga (foydasiga) eng yuqori—oʻttiz besh foizlik stavka boʻyicha soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Har yili Davlat budjeti tasdiqlanayotgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik shaxslarning daromadlariga (foydasiga) solinadigan soliq stavkasini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan eng yuqori miqdoridan koʻpaytirmay belgilagan holda uni qayta koʻrib chiqishi mumkin. | Har yili Davlat budjeti tasdiqlanayotgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik shaxslarning daromadlariga (foydasiga) solinadigan soliq stavkasini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan eng yuqori miqdoridan koʻpaytirmay belgilagan holda uni qayta koʻrib chiqishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagilar uchun daromadiga (foydasiga) solinadigan soliqning kamaytirilgan stavkalarini belgilashi mumkin: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagilar uchun daromadiga (foydasiga) solinadigan soliqning kamaytirilgan stavkalarini belgilashi mumkin: | ||||||||||||||||||||||||
qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun—asosiy faoliyati boʻyicha; | qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun—asosiy faoliyati boʻyicha; | ||||||||||||||||||||||||
chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar uchun; | chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar uchun; | ||||||||||||||||||||||||
bolalarbop tovarlar, ayollar gigiyenasi ashyolari, badiiy hunarmandchilik mahsulotlari va oʻyinchoqlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun; | bolalarbop tovarlar, ayollar gigiyenasi ashyolari, badiiy hunarmandchilik mahsulotlari va oʻyinchoqlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun; | ||||||||||||||||||||||||
oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi yuridik shaxslar uchun. | oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi yuridik shaxslar uchun. | ||||||||||||||||||||||||
29-modda. Rezidentning dividendlar va foizlar boʻyicha oladigan daromadlariga (foydasiga) solinadigan soliq stavkalari | 29-modda. Rezidentning dividendlar va foizlar boʻyicha oladigan daromadlariga (foydasiga) solinadigan soliq stavkalari | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslarga toʻlanadigan dividendlar va foizlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan stavka boʻyicha toʻlov manbaida soliq solinadi. | Yuridik shaxslarga toʻlanadigan dividendlar va foizlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan stavka boʻyicha toʻlov manbaida soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Aksiyalar boʻyicha va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav sarmoyasidagi ulushbay qatnashuvdan olinadigan daromadlar soliq solish maqsadlari uchun dividendlar hisoblanadi. Depozit qoʻyilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan daromadlar foizlar jumlasiga kiritiladi. | Aksiyalar boʻyicha va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav sarmoyasidagi ulushbay qatnashuvdan olinadigan daromadlar soliq solish maqsadlari uchun dividendlar hisoblanadi. Depozit qoʻyilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan daromadlar foizlar jumlasiga kiritiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha dividendlar va foizlar soliq solishdan ozod etiladi. | Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha dividendlar va foizlar soliq solishdan ozod etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaida ilgari soliq undirilgan dividendlar va foizlarni olgan rezident-yuridik shaxs toʻlov manbaining soliqni toʻlaganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlsa, ularni jami daromaddan chegirib tashlash huquqiga egadir. | Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaida ilgari soliq undirilgan dividendlar va foizlarni olgan rezident-yuridik shaxs toʻlov manbaining soliqni toʻlaganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlsa, ularni jami daromaddan chegirib tashlash huquqiga egadir. | ||||||||||||||||||||||||
Banklar va boshqa rezident moliya-kredit tashkilotlariga toʻlanadigan foizlarga toʻlov manbaida soliq solinmaydi, balki bank va boshqa rezident moliya-kredit tashkilotida belgilangan tartibda soliq solinadi. | Banklar va boshqa rezident moliya-kredit tashkilotlariga toʻlanadigan foizlarga toʻlov manbaida soliq solinmaydi, balki bank va boshqa rezident moliya-kredit tashkilotida belgilangan tartibda soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
30-modda. Toʻlov manbaida norezidentlarning daromadlariga (foydasiga) solinadigan soliq stavkalari | 30-modda. Toʻlov manbaida norezidentlarning daromadlariga (foydasiga) solinadigan soliq stavkalari | ||||||||||||||||||||||||
Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaidan olingan, doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadiga (foydasiga) manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar boʻyicha soliq solinadi: | Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaidan olingan, doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadiga (foydasiga) manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar boʻyicha soliq solinadi: | ||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||
8-bob. DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI BOʻYIChA IMTIYOZLAR | 8-bob. DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI BOʻYIChA IMTIYOZLAR | ||||||||||||||||||||||||
31-modda. Yuridik shaxslarni daromad (foyda) soligʻidan ozod qilish | 31-modda. Yuridik shaxslarni daromad (foyda) soligʻidan ozod qilish | ||||||||||||||||||||||||
Quyidagi yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻidan ozod qilinadi: | Quyidagi yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻidan ozod qilinadi: | ||||||||||||||||||||||||
1) xodimlari umumiy sonining kamida yetmish besh foizini oʻrta maktablar va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilari tashkil etadigan yuridik shaxslar; | |||||||||||||||||||||||||
2) protez-ortopediya buyumlari, inventari ishlab chiqarishga, shuningdek nogironlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar—asosiy faoliyat turi boʻyicha; | 2) protez-ortopediya buyumlari, inventari ishlab chiqarishga, shuningdek nogironlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar—asosiy faoliyat turi boʻyicha; | ||||||||||||||||||||||||
3) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslardan tashqari; | 3) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslardan tashqari; | ||||||||||||||||||||||||
4) davolash muassasalari qoshidagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari; | 4) davolash muassasalari qoshidagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari; | ||||||||||||||||||||||||
5) jazoni ijro etish muassasalari; | 5) jazoni ijro etish muassasalari; | ||||||||||||||||||||||||
6) tijorat bilan shugʻullanmaydigan yuridik shaxslar*, ularning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlaridan (foydalaridan) tashqari; | 6) tijorat bilan shugʻullanmaydigan yuridik shaxslar*, ularning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlaridan (foydalaridan) tashqari; | ||||||||||||||||||||||||
*ushbu Kodeksda soliq solish maqsadlarida “tijorat bilan shugʻullanmaydigan tashkilotlar” deyilganda quyidagilar tushuniladi: | *ushbu Kodeksda soliq solish maqsadlarida “tijorat bilan shugʻullanmaydigan tashkilotlar” deyilganda quyidagilar tushuniladi: | ||||||||||||||||||||||||
faqatgina davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalanadigan, xarajatlarni qoplash uchun tasdiqlangan smetalar doirasida budjetdan dotatsiya oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar; | faqatgina davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalanadigan, xarajatlarni qoplash uchun tasdiqlangan smetalar doirasida budjetdan dotatsiya oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar; | ||||||||||||||||||||||||
xayriya birlashmalari, uyushmalari va fondlari, xalqaro tashkilotlar, diniy birlashmalar va boshqa tashkilotlar: | xayriya birlashmalari, uyushmalari va fondlari, xalqaro tashkilotlar, diniy birlashmalar va boshqa tashkilotlar: | ||||||||||||||||||||||||
a) tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar olishni koʻzlamaydigan, taʼsis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan ijtimoiy-xayriya yoki boshqa maqsadlarda tuzilgan tashkilot va birlashmalar; | a) tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar olishni koʻzlamaydigan, taʼsis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan ijtimoiy-xayriya yoki boshqa maqsadlarda tuzilgan tashkilot va birlashmalar; | ||||||||||||||||||||||||
b) moliyaviy va boshqa mablagʻlarni muayyan tashkilotlar xodimlari, muassislari yoki aʼzolarining shaxsiy manfaatlari yoʻlida taqsimlamaydigan va investitsiya qilmaydigan tashkilot va birlashmalar (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnatga haq toʻlash bundan mustasno). | b) moliyaviy va boshqa mablagʻlarni muayyan tashkilotlar xodimlari, muassislari yoki aʼzolarining shaxsiy manfaatlari yoʻlida taqsimlamaydigan va investitsiya qilmaydigan tashkilot va birlashmalar (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnatga haq toʻlash bundan mustasno). | ||||||||||||||||||||||||
7) shahar yoʻlovchilar transporti (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) yoʻlovchilarni tashish bilan bogʻliq xizmatlari boʻyicha; | 7) shahar yoʻlovchilar transporti (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) yoʻlovchilarni tashish bilan bogʻliq xizmatlari boʻyicha; | ||||||||||||||||||||||||
8) yuridik shaxslar tarix va madaniyat yodgorliklarini taʼmirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar (foydalar) boʻyicha; | 8) yuridik shaxslar tarix va madaniyat yodgorliklarini taʼmirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar (foydalar) boʻyicha; | ||||||||||||||||||||||||
9) yuridik shaxslar umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash va qurish ishlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar (foydalar) boʻyicha; 10) yuridik shaxslar “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz xodimlari uchun uy-joy xarid qilishga ishlatiladigan daromadlar (foydalar) boʻyicha; 11) yangi tashkil qilingan dehqon (fermer) xoʻjaliklari va xususiy korxonalar qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashdan, xalq isteʼmoli tovarlari, binokorlik materiallari ishlab chiqarishdan olgan daromadlari (foydalari) boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan vaqtidan eʼtiboran ikki yil muddatga; 12) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar tuzilgan paytdan boshlab birinchi daromad orttirgunga qadar, lekin uzogʻi bilan roʻyxatdan oʻtgan vaqtdan eʼtiboran uch yilgacha. Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar foyda olgan birinchi yili ellik foiz, ikkinchi yili yetmish besh foiz, uchinchi yildan boshlab yuz foiz miqdorda soliq toʻlaydi; 14) chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangi tashkil etilib, eksportga yoʻnaltirilgan va importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar chiqaradigan korxonalar: agar ishlab chiqarish hajmining yigirma besh foizdan ortigʻi bolalarbop mahsulotlardan iborat boʻlsa, ishlab chiqarish boshlangan paytdan eʼtiboran besh yil muddatga. Keyingi yillarda soliq amaldagiga nisbatan ikki baravar kamaytirilgan stavka boʻyicha undiriladi; agar chet el sarmoyasining ulushi korxona ustav fondining ellik foizi va undan koʻpini tashkil etsa, ishlab chiqarish boshlangan paytdan eʼtiboran ikki yil muddatga; | |||||||||||||||||||||||||
16) Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital mablagʻlar sarflaydigan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari, roʻyxatdan oʻtgan vaqtidan eʼtiboran dastlabki yetti yil davomida; | 16) Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital mablagʻlar sarflaydigan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari, roʻyxatdan oʻtgan vaqtidan eʼtiboran dastlabki yetti yil davomida; | ||||||||||||||||||||||||
17) qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlashga (uzum va mevalardan vinolar, oʻtkir ichimliklar tayyorlashdan tashqari), xalq isteʼmoli tovarlari va binokorlik materiallari, tibbiyot asbob-uskunalari, qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar va asbob-uskunalar ishlab chiqarishga, ikkilamchi xomashyo va maishiy chiqindilarni tayyorlash hamda qayta ishlashga ixtisoslashgan, ustav fondidagi chet el kapitali oʻttiz foizdan ortiq boʻlgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar—roʻyxatdan oʻtgan vaqtidan eʼtiboran ikki yil davomida; 18) posyolkalar, qishloqlar va ovullar hududlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash va xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan korxonalar mahsulot ishlab chiqarishni boshlagan paytdan eʼtiboran uch yil muddatga. Keyingi yillarda soliq amaldagiga nisbatan ikki baravar kamaytirilgan stavka boʻyicha undiriladi. Ushbu imtiyoz posyolkalar, qishloqlar va ovullar hududida yangi tashkil etilayotgan, Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzosi boʻlgan hamda ishlab chiqarish-texnikaviy ahamiyatga molik mahsulot, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, shuningdek qurilish faoliyatini taʼmirlash, maishiy va kommunal xizmatlar koʻrsatishni amalga oshiruvchi kichik va oʻrta biznes xususiy korxonalariga nisbatan ham tatbiq etiladi. 19) yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar (savdo, vositachilik, taʼminot, sotish va tayyorlash faoliyati bilan shugʻullanuvchilaridan tashqari) tashkil etilgan (roʻyxatdan oʻtkazilgan) paytdan eʼtiboran birinchi yili belgilangan stavkaning yigirma besh foizi miqdorida va ikkinchi yili ellik foizi miqdorida soliq toʻlaydilar. Keyingi yillarda daromad (foyda) soligʻi belgilangan stavka boʻyicha toʻliq miqdorda toʻlanadi; 20) xususiy tijorat banklari tashkil etilgan paytdan eʼtiboran ikki yil muddatga, boʻshatib olingan mablagʻlarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va infrastrukturani rivojlantirishga yoʻnaltirgan holda; | 19) yangi tashkil etilayotgan korxonalar, shu jumladan shaharchalar, qishloqlar va ovullar hududida tashkil etilgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar (savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalardan tashqari) roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran birinchi yili daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi, belgilangan stavkaning ikkinchi yili yigirma besh foizi miqdorida va uchinchi yili ellik foizi miqdorida soliq toʻlaydi. Keyingi yillarda daromad (foyda) soligʻi belgilangan stavka boʻyicha toʻliq miqdorda toʻlanadi. Yangi tashkil etilayotgan boshqa korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar (savdo, vositachilik, taʼminot- sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalardan tashqari) roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran belgilangan stavkaning birinchi yili yigirma besh foizi miqdorida va ikkinchi yili ellik foizi miqdorida soliq toʻlaydi. Keyingi yillarda daromad (foyda) soligʻi belgilangan stavka boʻyicha toʻliq miqdorda toʻlanadi. Ushbu bandda nazarda tutilgan yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrning bir yili oʻtguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq summasi ularning butun faoliyati davri uchun toʻliq miqdorda undirib olinadi; | ||||||||||||||||||||||||
21) ichki ishlar organlari huzuridagi soqchilik boʻlinmalari; | 21) ichki ishlar organlari huzuridagi soqchilik boʻlinmalari; | ||||||||||||||||||||||||
22) maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari roʻyxatdan oʻtgan paytdan eʼtiboran uch yil muddatga, basharti ular boʻshatib olinayotgan mablagʻlarni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar oʻyinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa; 23) qishloq joylarda yangi tashkil etilayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish boshlangan paytdan eʼtiboran uch yil muddatga. Bu muddat oʻtganidan soʻng keyingi ikki yil mobaynida mazkur qoʻshma korxonalar uchun soliq stavkasi amaldagi stavkaning ellik foizi miqdorida belgilanadi; | |||||||||||||||||||||||||
25) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar; | 25) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
26) sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) tariqasida olingan mablagʻlar summasi boʻyicha; 27) dividendlar koʻrinishida olingan va yuridik shaxsdan olinib, uning ustav kapitaliga (fondiga) yoʻnaltirilgan daromadlar boʻyicha; | |||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddada yangi tashkil etilgan korxonalarga berilgan imtiyozlar avvaldan amal qilib turgan yuridik shaxslar, ularning filiallari va tarkibiy boʻlinmalari negizida tuzilgan yuridik shaxslarga (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari), shuningdek korxonalar huzurida tuzilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular korxonadan ijaraga olingan asbob-uskunalarda ishlayotgan boʻlsalar, qoʻllanmaydi. | Ushbu moddada yangi tashkil etilgan korxonalarga berilgan imtiyozlar avvaldan amal qilib turgan yuridik shaxslar, ularning filiallari va tarkibiy boʻlinmalari negizida tuzilgan yuridik shaxslarga (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari), shuningdek korxonalar huzurida tuzilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular korxonadan ijaraga olingan asbob-uskunalarda ishlayotgan boʻlsalar, qoʻllanmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
32-modda. Soliq solinadigan daromadning (foydaning) kamaytirilishi | 32-modda. Soliq solinadigan daromadning (foydaning) kamaytirilishi | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadi (foydasi) quyidagi summaga kamaytiriladi: | Yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadi (foydasi) quyidagi summaga kamaytiriladi: | ||||||||||||||||||||||||
ekologiya, salomatlik va xayriya fondlari, madaniyat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga badallar summasiga, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) bir foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda; | ekologiya, salomatlik va xayriya fondlari, madaniyat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga beriladigan badallar summasiga, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) bir foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda; | ||||||||||||||||||||||||
investitsiyalarga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida asosiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishga, kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha taʼlim muassasalari qurilishiga), shuningdek investitsiyalar uchun olingan kreditlarni uzishga yoʻnaltiriladigan xarajatlar summasiga, hisoblangan eskirishdan toʻliq foydalanish sharti bilan, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) oʻttiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda; | investitsiyalarga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida asosiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishga, kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha taʼlim muassasalari qurilishiga), shuningdek investitsiyalar uchun olingan kreditlarni uzishga yoʻnaltiriladigan xarajatlar summasiga, hisoblangan eskirishdan toʻliq foydalanish sharti bilan, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) oʻttiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda; | ||||||||||||||||||||||||
diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya fondlarining mulkida boʻlgan korxonalar daromadidan (foydasidan) shu birlashmalar va fondlarning ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan ajratmalari summasiga; | diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya fondlarining mulkida boʻlgan korxonalar daromadidan (foydasidan) shu birlashmalar va fondlarning ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan ajratmalari summasiga; | ||||||||||||||||||||||||
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazishga ketgan xarajatlarning oʻttiz foizi summasiga; futbolni rivojlantirishga koʻmaklashish, futbol klublari va maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadigan mablagʻlar summasiga, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) besh foizigacha miqdorda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning daromadlari boʻyicha soliq solinadigan baza zaxira fondi ustav fondining yigirma besh foiziga yetguniga qadar daromadning (foydaning) yigirma foizigacha miqdorda zaxira fondiga oʻtkaziladigan ajratmalar summasiga kamaytiriladi. | |||||||||||||||||||||||||
Ishlovchilari umumiy sonining uch foizidan koʻprogʻini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) soligʻi summasi quyidagi tarzda: belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga daromad (foyda) soligʻi bir foiz kamaytiriladi. | Ishlovchilari umumiy sonining uch foizidan koʻprogʻini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) soligʻi summasi quyidagi tarzda: belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga daromad (foyda) soligʻi bir foiz kamaytiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
9-bob. NOREZIDENTLAR HAMDA ChET ELLIK YuRIDIK ShAXSLARNING DAROMADLARIGA (FOYDASIGA) SOLIQ SOLISh | 9-bob. NOREZIDENTLAR HAMDA ChET ELLIK YuRIDIK ShAXSLARNING DAROMADLARIGA (FOYDASIGA) SOLIQ SOLISh | ||||||||||||||||||||||||
33-modda. Norezidentning doimiy muassasa orqali oladigan daromadi (foydasi) | 33-modda. Norezidentning doimiy muassasa orqali oladigan daromadi (foydasi) | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan soliq toʻlovchi-norezident Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan, doimiy muassasa bilan bogʻlangan manbalardan olingan daromadlari (foydasi)dan ushbu Kodeksda ana shunday daromadga (foydaga) nisbatan nazarda tutilgan chegirmalar summasiga kamaytirilgan soliqni toʻlovchi hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan soliq toʻlovchi-norezident Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan, doimiy muassasa bilan bogʻlangan manbalardan olingan daromadlari (foydasi)dan ushbu Kodeksda ana shunday daromadga (foydaga) nisbatan nazarda tutilgan chegirmalar summasiga kamaytirilgan soliqni toʻlovchi hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
34-modda. Daromad (foyda) soligʻining toʻlov manbaida undirilishi | 34-modda. Daromad (foyda) soligʻining toʻlov manbaida undirilishi | ||||||||||||||||||||||||
Norezidentning doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadiga, agar daromad manbai Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan boʻlsa, jami daromaddan chegirma qilmay, ushbu Kodeksning 30-moddasida nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha toʻlov manbaida soliq solinadi. | Norezidentning doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadiga, agar daromad manbai Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan boʻlsa, jami daromaddan chegirma qilmay, ushbu Kodeksning 30-moddasida nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha toʻlov manbaida soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Toʻlov manbaida soliq solish toʻlovning Oʻzbekiston Respublikasi ichida yoki uning hududidan tashqarida amalga oshirilganidan qatʼi nazar qoʻllaniladi. | Toʻlov manbaida soliq solish toʻlovning Oʻzbekiston Respublikasi ichida yoki uning hududidan tashqarida amalga oshirilganidan qatʼi nazar qoʻllaniladi. | ||||||||||||||||||||||||
35-modda. Chet ellik yuridik shaxslarga soliq solish xususiyatlari | 35-modda. Chet ellik yuridik shaxslarga soliq solish xususiyatlari | ||||||||||||||||||||||||
Chet ellik yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi. | Chet ellik yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Chet ellik yuridik shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirish oʻzaro kelishuv asosida toʻxtatilishi yoki cheklanishi mumkin, basharti tegishli chet davlatda ham Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga nisbatan xuddi shunday chora-tadbirlar koʻrilgan boʻlsa. | Chet ellik yuridik shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirish oʻzaro kelishuv asosida toʻxtatilishi yoki cheklanishi mumkin, basharti tegishli chet davlatda ham Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga nisbatan xuddi shunday chora-tadbirlar koʻrilgan boʻlsa. | ||||||||||||||||||||||||
Chet ellik yuridik shaxslar bilan bitimlar tuzish chogʻida bunday bitimlarning shartlariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik yuridik shaxslarning soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlarini oʻz zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlarning kiritilishiga ruxsat berilmaydi. | Chet ellik yuridik shaxslar bilan bitimlar tuzish chogʻida bunday bitimlarning shartlariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik yuridik shaxslarning soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlarini oʻz zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlarning kiritilishiga ruxsat berilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Norezident-yuridik shaxsning doimiy muassasasiga daromad (foyda) soligʻiga qoʻshimcha ravishda ushbu doimiy muassasaning chet elga oʻtkazadigan daromadidan oʻn foiz miqdorida soliq olinadi. | Norezident-yuridik shaxsning doimiy muassasasiga daromad (foyda) soligʻiga qoʻshimcha ravishda ushbu doimiy muassasaning chet elga oʻtkazadigan daromadidan oʻn foiz miqdorida soliq olinadi. | ||||||||||||||||||||||||
10-bob. SOLIQNI HISOBGA OLISh QOIDALARI | 10-bob. SOLIQNI HISOBGA OLISh QOIDALARI | ||||||||||||||||||||||||
36-modda. Uzoq muddatli kontraktlar boʻyicha daromadlar va chegirmalar | 36-modda. Uzoq muddatli kontraktlar boʻyicha daromadlar va chegirmalar | ||||||||||||||||||||||||
Uzoq muddatli kontraktlarga taalluqli daromadlar va chegirmalar ularning amalda bajarilgan qismi boʻyicha moliya yili davomida hisobga olinadi. | Uzoq muddatli kontraktlarga taalluqli daromadlar va chegirmalar ularning amalda bajarilgan qismi boʻyicha moliya yili davomida hisobga olinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Uzoq muddatli kontraktning amalda bajarilganligi moliya yili oxirigacha qilingan xarajatlarni ushbu kontrakt boʻyicha jami xarajatlar bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. | Uzoq muddatli kontraktning amalda bajarilganligi moliya yili oxirigacha qilingan xarajatlarni ushbu kontrakt boʻyicha jami xarajatlar bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
37-modda. Tovar moddiy zaxiralarni baholash va hisobga olish | 37-modda. Tovar moddiy zaxiralarni baholash va hisobga olish | ||||||||||||||||||||||||
Soliq solish maqsadida tovar-moddiy zaxiralarni baholash va hisobga olish buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | Soliq solish maqsadida tovar-moddiy zaxiralarni baholash va hisobga olish buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Tovar-moddiy zaxiralarni qoʻshimcha baholash summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) realizatsiya qilinishiga qarab, soliq solinadigan daromad (foyda) tarkibiga kiritiladi. | Tovar-moddiy zaxiralarni qoʻshimcha baholash summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) realizatsiya qilinishiga qarab, soliq solinadigan daromad (foyda) tarkibiga kiritiladi. | ||||||||||||||||||||||||
38-modda. Asosiy vositalar lizingi | 38-modda. Asosiy vositalar lizingi | ||||||||||||||||||||||||
Agar ijaraga beruvchi amortizatsiya qilinishi kerak boʻlgan asosiy vositalarni lizing shartnomasi boʻyicha ijaraga bersa, bunday operatsiya soliq solish maqsadida ijarachi tomonidan mol-mulkni xarid qilish deb qaralmogʻi lozim. Amortizatsiya qilinishi kerak boʻlgan asosiy vositalarning ijarasi quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelsa, lizing hisoblanadi: ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining sakson foizidan ortiq boʻlsa; ijarachi asosiy vositalarni qatʼiy belgilangan narxda yoki ijara tugaganidan soʻng belgilanadigan narxda sotib olish huquqiga ega boʻlsa; ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara tugaganidan keyingi qoldiq qiymati ularning ijara boshlanishidagi qiymatining yigirma foizidan kam boʻlsa; ijaraga olingan butun davr uchun toʻlovlarning joriy summasi ijaraga olingan vositalar qiymatining toʻqson foizidan ortiq boʻlsa. Ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari lizing shartnomasini uzaytirish huquqi amalga oshirilishi mumkin boʻlgan davrga ham tatbiq etiladi. | Amortizatsiya qilinishi kerak boʻlgan asosiy vositalarning ijarasi bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olganda hamda uni lizing shartnomasida belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga berganda lizing (moliyaviy ijara) deb hisoblanadi. Bunda ijara muddati oʻn ikki oydan ortiq boʻlishi va lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga muvofiq boʻlishi lozim: lizing shartnomasining muddati tugagach, asosiy vositalar lizing oluvchining mulki boʻlib oʻtsa; ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining sakson foizidan ortiq boʻlsa; lizing oluvchi asosiy vositalarni ularning bozor qiymatidan past narxda evazini toʻlab sotib olish huquqiga ega boʻlsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi asosiy vositalar qiymati asos boʻladi; ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara tugaganidan keyingi qoldiq qiymati ularning ijara boshlanishidagi qiymatining yigirma foizidan kam boʻlsa; lizing shartnomasining butun davri uchun lizing toʻlovlarining joriy summasi ijaraga olingan vositalar qiymatining toʻqson foizidan ortiq boʻlsa. | ||||||||||||||||||||||||
39-modda. Aktivlar realizatsiya qilinganida ular qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar va koʻriladigan zararlar | 39-modda. Aktivlar realizatsiya qilinganida ular qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar va koʻriladigan zararlar | ||||||||||||||||||||||||
Aktivlar realizatsiya qilinganida ularni realizatsiya qilishdan olingan tushum bilan bu aktivlarning qiymati oʻrtasidagi musbat farq aktivlar qiymatining oʻsishidan olingan daromad hisoblanadi. | Aktivlar realizatsiya qilinganida ularni realizatsiya qilishdan olingan tushum bilan bu aktivlarning qiymati oʻrtasidagi musbat farq aktivlar qiymatining oʻsishidan olingan daromad hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Aktivlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum bilan bu aktivlarning qiymati oʻrtasidagi manfiy farq aktivlarni realizatsiya qilishdan koʻrilgan zarar hisoblanadi. | Aktivlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum bilan bu aktivlarning qiymati oʻrtasidagi manfiy farq aktivlarni realizatsiya qilishdan koʻrilgan zarar hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Aktivlar qiymatiga ularni olish, ishlab chiqarish, qurish, montaj qilish va oʻrnatish xarajatlari, shuningdek ularning qiymatini orttiradigan boshqa xarajatlar qoʻshiladi, soliq toʻlovchi chegirish huquqiga ega boʻlgan xarajatlar bundan mustasno. | Aktivlar qiymatiga ularni olish, ishlab chiqarish, qurish, montaj qilish va oʻrnatish xarajatlari, shuningdek ularning qiymatini orttiradigan boshqa xarajatlar qoʻshiladi, soliq toʻlovchi chegirish huquqiga ega boʻlgan xarajatlar bundan mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
Agar aktivlarning faqat bir qismi realizatsiya qilinsa, unda aktivlarning realizatsiya qilish paytidagi qiymati qolgan va realizatsiya qilingan qismlari oʻrtasida taqsimlanadi. | Agar aktivlarning faqat bir qismi realizatsiya qilinsa, unda aktivlarning realizatsiya qilish paytidagi qiymati qolgan va realizatsiya qilingan qismlari oʻrtasida taqsimlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
40-modda. Aktivlarni tekinga yoki kamaytirilgan qiymat boʻyicha topshirishdan olinadigan daromadlar | 40-modda. Aktivlarni tekinga yoki kamaytirilgan qiymat boʻyicha topshirishdan olinadigan daromadlar | ||||||||||||||||||||||||
Aktivlar tekinga yoki kamaytirilgan qiymat boʻyicha topshirilganida topshiruvchi shaxsga qarashli aktivlarning qiymati vujudga kelgan xarajatlar asosida, oluvchi shaxsning daromadlari esa—kirim qilingan baholash qiymati boʻyicha, lekin topshirilayotgan aktivlarning tannarxidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. | Aktivlar tekinga yoki kamaytirilgan qiymat boʻyicha topshirilganida topshiruvchi shaxsga qarashli aktivlarning qiymati vujudga kelgan xarajatlar asosida, oluvchi shaxsning daromadlari esa—kirim qilingan baholash qiymati boʻyicha, lekin topshirilayotgan aktivlarning tannarxidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
11-bob. DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻINING HISOBLAB ChIQARILIShI, HISOBOTI VA TOʻLANIShI | 11-bob. DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻINING HISOBLAB ChIQARILIShI, HISOBOTI VA TOʻLANIShI | ||||||||||||||||||||||||
41-modda. Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha hisobotlar, hisob-kitoblar | 41-modda. Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha hisobotlar, hisob-kitoblar | ||||||||||||||||||||||||
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ortib boruvchi yakun bilan chiqarilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni, agar qonun hujjatlarida boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, soliq roʻyxatidan oʻtgan joydagi soliq organlariga yil choraklariga oid va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarida topshiradilar. | Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ortib boruvchi yakun bilan chiqarilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni, agar qonun hujjatlarida boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, soliq roʻyxatidan oʻtgan joydagi soliq organlariga yil choraklariga oid va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarida topshiradilar. | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliq organi soliq toʻlovchidan kamroq boʻlgan davr uchun hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etishni yozma xabarnoma topshirish yoʻli bilan talab qilishi mumkin boʻlib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblar qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi koʻrsatiladi. | Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliq organi soliq toʻlovchidan kamroq boʻlgan davr uchun hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etishni yozma xabarnoma topshirish yoʻli bilan talab qilishi mumkin boʻlib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblar qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi koʻrsatiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxsni tugatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) besh kunlik muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi. | Yuridik shaxsni tugatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) besh kunlik muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxsni tugatish haqida qaror qabul qilinganidan soʻng soliq toʻlovchi oʻn besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart. | Yuridik shaxsni tugatish haqida qaror qabul qilinganidan soʻng soliq toʻlovchi oʻn besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart. | ||||||||||||||||||||||||
Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl va tartibda taqdim etiladi. | Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl va tartibda taqdim etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
42-modda. Daromad (foyda) soligʻini toʻlov manbaida ushlab qolish | 42-modda. Daromad (foyda) soligʻini toʻlov manbaida ushlab qolish | ||||||||||||||||||||||||
Daromad (foyda) soligʻini toʻlov manbaida ushlab qolishni quyidagilar amalga oshirishi shart: | Daromad (foyda) soligʻini toʻlov manbaida ushlab qolishni quyidagilar amalga oshirishi shart: | ||||||||||||||||||||||||
yuridik shaxslarga dividendlar va foizlar toʻlovchi yuridik shaxslar; | yuridik shaxslarga dividendlar va foizlar toʻlovchi yuridik shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
norezident yuridik shaxslarga ushbu Kodeksning 30-moddasiga muvofiq toʻlovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. | norezident yuridik shaxslarga ushbu Kodeksning 30-moddasiga muvofiq toʻlovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. | ||||||||||||||||||||||||
Daromad (foyda) soligʻini ushlab qolish va budjetga oʻtkazish uchun daromad toʻlovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda daromad toʻlovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bogʻliq jarima va penyalarni budjetga toʻlashi shart. | Daromad (foyda) soligʻini ushlab qolish va budjetga oʻtkazish uchun daromad toʻlovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda daromad toʻlovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bogʻliq jarima va penyalarni budjetga toʻlashi shart. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxslar quyidagilarni bajarishi shart: | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxslar quyidagilarni bajarishi shart: | ||||||||||||||||||||||||
soliqni toʻlov amalga oshirilgan oy tugaganidan soʻng besh kun ichida budjetga oʻtkazishi; | soliqni toʻlov amalga oshirilgan oy tugaganidan soʻng besh kun ichida budjetga oʻtkazishi; | ||||||||||||||||||||||||
daromad oluvchi yuridik shaxslarning roʻyxat raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi va hisobot yilida ushlab qolingan soliqning umumiy summasi koʻrsatilgan maʼlumotnomani moliya yili tugaganidan soʻng oʻttiz kun ichida soliq organlariga taqdim etishi, shuningdek daromad oluvchi yuridik shaxslarga ularning talabiga koʻra yuborishi lozim. | daromad oluvchi yuridik shaxslarning roʻyxat raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi va hisobot yilida ushlab qolingan soliqning umumiy summasi koʻrsatilgan maʼlumotnomani moliya yili tugaganidan soʻng oʻttiz kun ichida soliq organlariga taqdim etishi, shuningdek daromad oluvchi yuridik shaxslarga ularning talabiga koʻra yuborishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||
43-modda. Daromad (foyda) soligʻini toʻlash | 43-modda. Daromad (foyda) soligʻini toʻlash | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻini daromad (foyda) soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan kundan boshlab besh kun ichida, ushbu Kodeksning 41-moddasiga muvofiq oʻtgan hisobot davrining moliyaviy natijalari asosida toʻlaydi. | Yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻini daromad (foyda) soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan kundan boshlab besh kun ichida, ushbu Kodeksning 41-moddasiga muvofiq oʻtgan hisobot davrining moliyaviy natijalari asosida toʻlaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Yilning hisobot choragida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻproq miqdorda daromad (foyda) olgan yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni har oyning 10 va 25-kunlarida yilning choragi boʻyicha daromad (foyda) soligʻi summasining oltidan bir qismi miqdorida toʻlaydi. | Yilning hisobot choragida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻproq miqdorda daromad (foyda) olgan yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni har oyning 15-kuniga qadar yilning choragi boʻyicha daromad (foyda) soligʻi summasining uchdan bir qismi miqdorida toʻlaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslar joriy toʻlovlar summasini hisoblab chiqarish uchun yilning joriy choragi birinchi oyining 5-kunigacha oʻzlari soliq roʻyxatidan oʻtgan joydagi soliq organiga yilning tegishli choragida olish moʻljallangan daromad (foyda) hamda belgilangan daromad (foyda) soligʻi stavkasi asosida maʼlumotnoma taqdim etadilar. | Yuridik shaxslar joriy toʻlovlar summasini hisoblab chiqarish uchun yilning joriy choragi birinchi oyining 5-kunigacha oʻzlari soliq roʻyxatidan oʻtgan joydagi soliq organiga yilning tegishli choragida olish moʻljallangan daromad (foyda) hamda belgilangan daromad (foyda) soligʻi stavkasi asosida maʼlumotnoma taqdim etadilar. | ||||||||||||||||||||||||
Yil mobaynida toʻlangan daromad (foyda) soligʻi summalari tegishli hisobot yili uchun soliq toʻlovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga oʻtkaziladi. | Yil mobaynida toʻlangan daromad (foyda) soligʻi summalari tegishli hisobot yili uchun soliq toʻlovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga oʻtkaziladi. | ||||||||||||||||||||||||
III BOʻLIM. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQ | III BOʻLIM. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQ | ||||||||||||||||||||||||
12-bob. SOLIQ TOʻLOVChILAR VA SOLIQ SOLISh OBYEKTI | 12-bob. SOLIQ TOʻLOVChILAR VA SOLIQ SOLISh OBYEKTI | ||||||||||||||||||||||||
44-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlovchilar | 44-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlovchilar | ||||||||||||||||||||||||
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlovchilardir. | Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlovchilardir. | ||||||||||||||||||||||||
45-modda. Rezident va norezident jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadi | 45-modda. Rezident va norezident jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadi | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan oʻn ikki oygacha boʻlgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan koʻproq muddatda Oʻzbekistonda turgan jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. | Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan oʻn ikki oygacha boʻlgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan koʻproq muddatda Oʻzbekistonda turgan jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmish jismoniy shaxslarga ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari boʻyicha soliq solinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmish jismoniy shaxslarga ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari boʻyicha soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmagan jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatdan olingan daromadlar boʻyicha soliq solinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmagan jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatdan olingan daromadlar boʻyicha soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan soliqning hisobga olinishi | 46-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan soliqning hisobga olinishi | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan jismoniy shaxslarning daromad soligʻi summalari Oʻzbekiston Respublikasida soliqni toʻlashda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. | Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan jismoniy shaxslarning daromad soligʻi summalari Oʻzbekiston Respublikasida soliqni toʻlashda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Hisobga olinadigan summalar miqdori jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqarilgan daromad soligʻi summasidan oshmasligi lozim. | Hisobga olinadigan summalar miqdori jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqarilgan daromad soligʻi summasidan oshmasligi lozim. | ||||||||||||||||||||||||
47-modda. Soliq solish obyekti | 47-modda. Soliq solish obyekti | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu Kodeksga muvofiq belgilanadigan jami yillik daromad soliq solish obyektidir. | Ushbu Kodeksga muvofiq belgilanadigan jami yillik daromad soliq solish obyektidir. | ||||||||||||||||||||||||
13-bob. JISMONIY ShAXSLARNING JAMI YILLIK DAROMADI | 13-bob. JISMONIY ShAXSLARNING JAMI YILLIK DAROMADI | ||||||||||||||||||||||||
48-modda. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi | 48-modda. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq toʻlovchi olishi lozim boʻlgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablagʻlar, shu jumladan: | Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq toʻlovchi olishi lozim boʻlgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablagʻlar, shu jumladan: | ||||||||||||||||||||||||
mehnatga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlar; | mehnatga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlar; | ||||||||||||||||||||||||
jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi; | jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi; | ||||||||||||||||||||||||
jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromad kiradi. | jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromad kiradi. | ||||||||||||||||||||||||
49-modda. Mehnatga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlar | 49-modda. Mehnatga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlar | ||||||||||||||||||||||||
Mehnatga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomasi boʻyicha qilingan ishlardan va fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha oladigan daromadlari kiradi. | Mehnatga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomasi boʻyicha qilingan ishlardan va fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha oladigan daromadlari kiradi. | ||||||||||||||||||||||||
Mehnatga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlarga quyidagilar ham kiradi: | Mehnatga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlarga quyidagilar ham kiradi: | ||||||||||||||||||||||||
1) xodimlarga sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati bilan bunday tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish narxi yoki ularning tannarxi oʻrtasidagi manfiy farq; | 1) xodimlarga sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati bilan bunday tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish narxi yoki ularning tannarxi oʻrtasidagi manfiy farq; | ||||||||||||||||||||||||
2) ish beruvchi tomonidan oʻz faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan, xodimlarning chiqimlarini qoplash uchun qilingan xarajatlar; | 2) ish beruvchi tomonidan oʻz faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan, xodimlarning chiqimlarini qoplash uchun qilingan xarajatlar; | ||||||||||||||||||||||||
3) xodim ish beruvchiga toʻlashi kerak boʻlgan, ammo ish beruvchining qarori bilan hisobdan chiqarilgan qarz summalari; | 3) xodim ish beruvchiga toʻlashi kerak boʻlgan, ammo ish beruvchining qarori bilan hisobdan chiqarilgan qarz summalari; | ||||||||||||||||||||||||
4) ish beruvchi oʻz xodimlarining hayoti yoki sogʻligʻini ixtiyoriy sugʻurtalash badallarini toʻlash uchun qilgan xarajatlar; | 4) ish beruvchi oʻz xodimlarining hayoti yoki sogʻligʻini ixtiyoriy sugʻurtalash badallarini toʻlash uchun qilgan xarajatlar; | ||||||||||||||||||||||||
5) ish beruvchining jismoniy shaxsdan ushlab qolinishi kerak boʻlgan toʻlovlar yuzasidan toʻlagan summasi; | 5) ish beruvchining jismoniy shaxsdan ushlab qolinishi kerak boʻlgan toʻlovlar yuzasidan toʻlagan summasi; | ||||||||||||||||||||||||
6) ish beruvchining oʻz xodimlarining bevosita yoki bilvosita daromadlarini tashkil etadigan boshqa xarajatlari. | 6) ish beruvchining oʻz xodimlarining bevosita yoki bilvosita daromadlarini tashkil etadigan boshqa xarajatlari. | ||||||||||||||||||||||||
Xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan normalar doirasida beriladigan xizmat safari toʻlovlarining summalari jami yillik daromadga kiritilmaydi. | Xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan normalar doirasida beriladigan xizmat safari toʻlovlarining summalari jami yillik daromadga kiritilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
50-modda. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi | 50-modda. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga foizlar, dividendlar boʻyicha olingan daromad, mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromad kiradi | Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga foizlar, dividendlar boʻyicha olingan daromad, mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromad kiradi | ||||||||||||||||||||||||
51-modda. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromad | 51-modda. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromad | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadga tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan, yakka tartibda amalga oshirilayotgan boshqa faoliyatdan keladigan barcha tushumlar ushbu daromadni topish bilan bogʻliq xarajatlar, majburiy toʻlovlar, chiqimlar va ajratmalar chegirib tashlangan holda kiradi. | Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadga tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan, yakka tartibda amalga oshirilayotgan boshqa faoliyatdan keladigan barcha tushumlar ushbu daromadni topish bilan bogʻliq xarajatlar, majburiy toʻlovlar, chiqimlar va ajratmalar chegirib tashlangan holda kiradi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq solish obyektini aniqlash maqsadida chegirib tashlanishi lozim boʻlgan xarajatlar, majburiy toʻlovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Soliq solish obyektini aniqlash maqsadida chegirib tashlanishi lozim boʻlgan xarajatlar, majburiy toʻlovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
15-bob. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADLARIGA SOLINADIGAN SOLIQ STAVKALARI | 15-bob. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADLARIGA SOLINADIGAN SOLIQ STAVKALARI | ||||||||||||||||||||||||
55-modda. Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq stavkalari | 55-modda. Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq stavkalari | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlari summalaridan soliq quyidagi miqdorda undiriladi: | Jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlari summalaridan soliq quyidagi miqdorda undiriladi: | ||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||
Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun tarzida hisoblanadi (yil boshidan eʼtiboran tegishli davr uchun eng kam ish haqining oylik miqdorlari summasi). | Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun tarzida hisoblanadi (yil boshidan eʼtiboran tegishli davr uchun eng kam ish haqining oylik miqdorlari summasi). | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zararli va ogʻir sharoitli ishlarda band boʻlgan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun, shuningdek tabiiy-iqlim sharoitlari yomon joylarda ishlash bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha toʻlovlar boʻyicha imtiyozli daromad soligʻi stavkalarini belgilashga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zararli va ogʻir sharoitli ishlarda band boʻlgan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun, shuningdek tabiiy-iqlim sharoitlari yomon joylarda ishlash bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha toʻlovlar boʻyicha imtiyozli daromad soligʻi stavkalarini belgilashga haqli. | ||||||||||||||||||||||||
56-modda. Rezidentning dividendlar va foizlar boʻyicha daromadlariga solinadigan soliq stavkasi | 56-modda. Rezidentning dividendlar va foizlar boʻyicha daromadlariga solinadigan soliq stavkasi | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarga toʻlanadigan dividendlar va foizlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan stavkalar boʻyicha toʻlov manbaida soliq solinadi. | Jismoniy shaxslarga toʻlanadigan dividendlar va foizlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan stavkalar boʻyicha toʻlov manbaida soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
57-modda. Norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga toʻlov manbaida solinadigan soliq stavkasi | 57-modda. Norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga toʻlov manbaida solinadigan soliq stavkasi | ||||||||||||||||||||||||
Norezident jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan holda Oʻzbekiston Respublikasidagi manbadan olgan daromadlariga ularni toʻlash manbaida chegirmalarsiz, ushbu Kodeksning 30-moddasida nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha soliq solinadi. | Norezident jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan holda Oʻzbekiston Respublikasidagi manbadan olgan daromadlariga ularni toʻlash manbaida chegirmalarsiz, ushbu Kodeksning 30-moddasida nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Toʻlov manbaida soliq solish, toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi ichida yoki uning tashqarisida amalga oshirilganidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi. | Toʻlov manbaida soliq solish, toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi ichida yoki uning tashqarisida amalga oshirilganidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
16-bob. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADLARIGA SOLINADIGAN SOLIQ BOʻYIChA IMTIYOZLAR | 16-bob. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADLARIGA SOLINADIGAN SOLIQ BOʻYIChA IMTIYOZLAR | ||||||||||||||||||||||||
58-modda. Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari | 58-modda. Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari | ||||||||||||||||||||||||
Quyidagilar jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadiga kiritilmaydi: | Quyidagilar jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadiga kiritilmaydi: | ||||||||||||||||||||||||
a) davlat ijtimoiy sugʻurtasi va davlat ijtimoiy taʼminoti boʻyicha nafaqalar, ishsizlik boʻyicha nafaqalar va mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqasi, homiladorlik va tugʻish nafaqalari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalaridan (shu jumladan oilaning bemor aʼzosini parvarishlash nafaqalaridan) tashqari, shuningdek xayriya va ekologiya jamgʻarmalari mablagʻlaridan fuqarolarga pul va natura shaklida beriladigan nafaqalar hamda boshqa yordam turlari; | a) davlat ijtimoiy sugʻurtasi va davlat ijtimoiy taʼminoti boʻyicha nafaqalar, ishsizlik boʻyicha nafaqalar va mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqasi, homiladorlik va tugʻish nafaqalari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalaridan (shu jumladan oilaning bemor aʼzosini parvarishlash nafaqalaridan) tashqari, shuningdek xayriya va ekologiya jamgʻarmalari mablagʻlaridan fuqarolarga pul va natura shaklida beriladigan nafaqalar hamda boshqa yordam turlari; | ||||||||||||||||||||||||
b) olinadigan alimentlar; | b) olinadigan alimentlar; | ||||||||||||||||||||||||
v) oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maxsus hamda hunar-texnika oʻquv yurtlari hamda ular bazasida tashkil etilgan biznes maktablari, shu jumladan oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlari tomonidan oʻz talabalariga va oʻquvchilariga tayinlanadigan stipendiyalar, shuningdek ushbu moddaning “a” kichik bandida koʻrsatilgan jamgʻarmalarning mablagʻlaridan taʼsis etiladigan stipendiyalar; | v) oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maxsus hamda hunar-texnika oʻquv yurtlari hamda ular bazasida tashkil etilgan biznes maktablari, shu jumladan oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlari tomonidan oʻz talabalariga va oʻquvchilariga tayinlanadigan stipendiyalar, shuningdek ushbu moddaning “a” kichik bandida koʻrsatilgan jamgʻarmalarning mablagʻlaridan taʼsis etiladigan stipendiyalar; | ||||||||||||||||||||||||
g) hunar-texnika bilim yurtlarining hamda ular bazasida tashkil etilgan biznes maktablarining oʻquvchilari bajargan ish uchun ularga ushbu bilim yurtlari va biznes maktablari beradigan toʻlovlar; | |||||||||||||||||||||||||
d) davlat pensiyalari, shuningdek ularga ustamalar; | d) davlat pensiyalari, shuningdek ularga ustamalar; | ||||||||||||||||||||||||
e) shaxslar qon topshirganlik uchun, donorlikning boshqa turlari uchun, ona suti topshirganlik uchun oladigan summalar, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari qon yigʻib topshirganliklari uchun oladigan summalar; | e) shaxslar qon topshirganlik uchun, donorlikning boshqa turlari uchun, ona suti topshirganlik uchun oladigan summalar, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari qon yigʻib topshirganliklari uchun oladigan summalar; | ||||||||||||||||||||||||
j) mayib boʻlish yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi bilan bogʻliq holda, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan koʻrilgan zararni qoplash yuzasidan olinadigan summalar; | j) mayib boʻlish yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi bilan bogʻliq holda, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan koʻrilgan zararni qoplash yuzasidan olinadigan summalar; | ||||||||||||||||||||||||
z) fuqarolarning xorijda ishlashga yuborilishi munosabati bilan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlaridan chet el valyutasida oladigan ish haqi summalari va boshqa summalar—qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida; | z) fuqarolarning xorijda ishlashga yuborilishi munosabati bilan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlaridan chet el valyutasida oladigan ish haqi summalari va boshqa summalar—qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida; | ||||||||||||||||||||||||
i) jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida oʻzlariga qarashli boʻlgan mol-mulkni sotish natijasida oladigan summalari, tadbirkorlik faoliyati doirasida mol-mulk sotishdan olingan daromadlar bundan mustasno; | i) jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida oʻzlariga qarashli boʻlgan mol-mulkni sotish natijasida oladigan summalari, tadbirkorlik faoliyati doirasida mol-mulk sotishdan olingan daromadlar bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
k) shaxslarning shaxsiy yordamchi xoʻjalikda yetishtirgan qoramol, quyon, nutriya, baliq, parrandalarni ham tirik holatda, ham ularni soʻyib mahsulotlarini xom va qayta ishlangan holda, shuningdek asalarichilik mahsulotlarini va bunday xoʻjalikda yetishtirilgan tabiiy yoki qayta ishlangan dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari summasi. Fuqaroda shaxsiy yordamchi xoʻjalik mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi; | k) shaxslarning shaxsiy yordamchi xoʻjalikda yetishtirgan qoramol, quyon, nutriya, baliq, parrandalarni ham tirik holatda, ham ularni soʻyib mahsulotlarini xom va qayta ishlangan holda, shuningdek asalarichilik mahsulotlarini va bunday xoʻjalikda yetishtirilgan tabiiy yoki qayta ishlangan dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari summasi. Fuqaroda shaxsiy yordamchi xoʻjalik mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi; | ||||||||||||||||||||||||
l) bir yil mobaynida yuridik shaxslardan olingan eng kam ish haqi miqdorining olti baravarigacha boʻlgan summadagi qimmatli sovgʻalar qiymati, shuningdek xalqaro hamda respublika tanlov va musobaqalarida olingan sovrin buyumlar qiymatining summasi; | l) bir yil mobaynida yuridik shaxslardan olingan eng kam ish haqi miqdorining olti baravarigacha boʻlgan summadagi qimmatli sovgʻalar qiymati, shuningdek xalqaro hamda respublika tanlov va musobaqalarida olingan sovrin buyumlar qiymatining summasi; | ||||||||||||||||||||||||
m) meros qilib qoldirish va hadya qilish natijasida olingan summalar va mol-mulk qiymati, fan, adabiyot va sanʼat asarlari mualliflarining merosxoʻrlari (huquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi summalari bundan mustasno; | m) meros qilib qoldirish va hadya qilish natijasida olingan summalar va mol-mulk qiymati, fan, adabiyot va sanʼat asarlari mualliflarining merosxoʻrlari (huquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi summalari bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
n) davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar boʻyicha yutuqlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizlar; | n) davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar boʻyicha yutuqlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizlar; | ||||||||||||||||||||||||
o) fuqarolarning sugʻurta boʻyicha oladigan summalari; | o) fuqarolarning sugʻurta boʻyicha oladigan summalari; | ||||||||||||||||||||||||
p) bir yil mobaynida berilgan moddiy yordam summalari: | p) bir yil mobaynida berilgan moddiy yordam summalari: | ||||||||||||||||||||||||
tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari—toʻlaligicha; | tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari—toʻlaligicha; | ||||||||||||||||||||||||
vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzolari vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari—eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda; | vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzolari vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari—eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda; | ||||||||||||||||||||||||
boshqa hollarda—eng kam ish haqining oʻn ikki baravarigacha miqdorda; | boshqa hollarda—eng kam ish haqining oʻn ikki baravarigacha miqdorda; | ||||||||||||||||||||||||
r) depozit sertifikatlar boʻyicha daromadlar, banklardagi omonatlar va davlat xazina majburiyatlari boʻyicha foizlar va yutuqlar; | r) depozit sertifikatlar boʻyicha daromadlar, banklardagi omonatlar va davlat xazina majburiyatlari boʻyicha foizlar va yutuqlar; | ||||||||||||||||||||||||
s) fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini sotib olish, “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning shaxsi koʻrsatilgan uy-joy obligatsiyalarini xarid qilishga va shu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga yoʻnaltirilgan summalari, shuningdek aksiyalar boʻyicha olingan hamda dividend toʻlagan aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini sotib olishga yoʻnaltiriladigan dividendlar. Mazkur mol-mulk sotilganida ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinadi; | s) fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini sotib olish, “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning shaxsi koʻrsatilgan uy-joy obligatsiyalarini xarid qilishga va shu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga yoʻnaltirilgan summalari, shuningdek aksiyalar boʻyicha olingan hamda dividend toʻlagan aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini sotib olishga yoʻnaltiriladigan dividendlar. Mazkur mol-mulk sotilganida ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinadi; | ||||||||||||||||||||||||
t) patent egasi boʻlgan jismoniy shaxsning (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan oʻz ishlab chiqarishida foydalanishdan yoki foydalanish boshlangan sanadan eʼtiboran amal qilish muddati doirasida ularga litsenziyalar sotishdan, shuningdek litsenziat sanoat mulki obyektlaridan foydalana boshlagan sanadan eʼtiboran ushbu foydalanishdan olgan daromadi summasi: ixtirolar va seleksiya yutugʻidan patent boʻyicha—besh yil davomida; ixtirolardan dastlabki patent boʻyicha foydalanishdan—uch yil davomida; seleksiya yutugʻidan guvohnoma boʻyicha—uch yil davomida; sanoat namunasidan patent boʻyicha—uch yil davomida; sanoat namunasidan dastlabki patent boʻyicha—ikki yil davomida; foydali modeldan guvohnoma boʻyicha—ikki yil davomida; | t) patent egasi boʻlgan jismoniy shaxsning (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan oʻz ishlab chiqarishida foydalanishdan yoki foydalanish boshlangan sanadan eʼtiboran amal qilish muddati doirasida ularga litsenziya sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki obyektlaridan foydalanishdan olgan daromadi summasi: ixtirolar va seleksiya yutugʻidan foydalana boshlagan sanadan eʼtiboran — besh yil davomida; sanoat namunasidan foydalana boshlagan sanadan eʼtiboran — uch yil davomida; foydali modeldan foydalana boshlagan sanadan eʼtiboran — ikki yil davomida; | ||||||||||||||||||||||||
u) bolalar lagerlari va boshqa sogʻlomlashtirish lagerlariga, ota-onalarning bolalari bilan dam olishiga maxsus moʻljallangan sanatoriy-kurort muassasalariga borish uchun bolalar va oʻsmirlarga beriladigan yoʻllanmalar qiymatini, shuningdek oʻz xodimlarining ambulatoriya yoki statsionar tibbiy xizmatdan foydalanish qiymatini toʻliq yoki qisman kompensatsiyalash tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz xodimlariga yoki ular uchun toʻlagan summalar. Koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlar jumlasiga nogironlarning sogʻlomlashtirish va sanatoriy-kurort muassasalariga berilgan yoʻllanmalari qiymatini, davolanish va tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida texnika vositalari sotib olish uchun hamda nogironlarning salomatligini tiklash uchun qilingan xarajatlarni toʻliq yoki qisman toʻlash tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar toʻlagan summalar ham kiradi; | u) bolalar lagerlari va boshqa sogʻlomlashtirish lagerlariga, ota-onalarning bolalari bilan dam olishiga maxsus moʻljallangan sanatoriy-kurort muassasalariga borish uchun bolalar va oʻsmirlarga beriladigan yoʻllanmalar qiymatini, shuningdek oʻz xodimlarining ambulatoriya yoki statsionar tibbiy xizmatdan foydalanish qiymatini toʻliq yoki qisman kompensatsiyalash tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz xodimlariga yoki ular uchun toʻlagan summalar. Koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlar jumlasiga nogironlarning sogʻlomlashtirish va sanatoriy-kurort muassasalariga berilgan yoʻllanmalari qiymatini, davolanish va tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida texnika vositalari sotib olish uchun hamda nogironlarning salomatligini tiklash uchun qilingan xarajatlarni toʻliq yoki qisman toʻlash tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar toʻlagan summalar ham kiradi; | ||||||||||||||||||||||||
f) amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasidagi tovon toʻlovlari, mehnat shartnomasini bekor qilish paytida foydalanilmagan taʼtil uchun beriladigan tovonlar bundan mustasno. | f) amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasidagi tovon toʻlovlari, mehnat shartnomasini bekor qilish paytida foydalanilmagan taʼtil uchun beriladigan tovonlar bundan mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
x) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, basharti bunday ishlar Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari koʻmagida amalga oshirilayotgan boʻlsa. | x) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, basharti bunday ishlar Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari koʻmagida amalga oshirilayotgan boʻlsa. | ||||||||||||||||||||||||
59-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqdan ozod qilish | 59-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqdan ozod qilish | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlashdan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadilar: | Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlashdan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadilar: | ||||||||||||||||||||||||
1) toʻlaligicha: | 1) toʻlaligicha: | ||||||||||||||||||||||||
a) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining boshliqlari va aʼzolari hamda konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa,—Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha; | a) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining boshliqlari va aʼzolari hamda konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa,—Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha; | ||||||||||||||||||||||||
b) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha; | b) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha; | ||||||||||||||||||||||||
v) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat koʻrsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha; | v) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat koʻrsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha; | ||||||||||||||||||||||||
g) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha; | g) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha; | ||||||||||||||||||||||||
d) hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari—agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa, ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari boʻyicha; | d) hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari—agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa, ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari boʻyicha; | ||||||||||||||||||||||||
e) Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari va bojxona organlarining oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga mansub shaxslar, shuningdek oʻquv yoki sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar—xizmatni oʻtash (xizmat vazifasini bajarish) munosabati bilan olgan pul taʼminoti, pul mukofotlari va boshqa toʻlov summalari boʻyicha; | e) Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari va bojxona organlarining oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga mansub shaxslar, shuningdek oʻquv yoki sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar—xizmatni oʻtash (xizmat vazifasini bajarish) munosabati bilan olgan pul taʼminoti, pul mukofotlari va boshqa toʻlov summalari boʻyicha; | ||||||||||||||||||||||||
j) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan shaxslar gastrol-konsert faoliyatidan olingan daromadlari boʻyicha; | j) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan shaxslar gastrol-konsert faoliyatidan olingan daromadlari boʻyicha; | ||||||||||||||||||||||||
z) prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega boʻlgan xodimlari; | |||||||||||||||||||||||||
2) qisman, har bir toʻliq oy uchun eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida: | 2) qisman, har bir toʻliq oy uchun eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida: | ||||||||||||||||||||||||
a) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan shaxslar, uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari yoxud 1941—1945-yillardagi urush davrida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanish, kontuziya boʻlish yoki shikastlanish oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar jumlasidan boʻlgan boshqa nogironlar, sobiq partizanlar jumlasidan boʻlgan nogironlar, shuningdek pensiya taʼminoti boʻyicha mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan boshqa nogironlar; | a) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan shaxslar, uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari yoxud 1941—1945-yillardagi urush davrida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanish, kontuziya boʻlish yoki shikastlanish oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar jumlasidan boʻlgan boshqa nogironlar, sobiq partizanlar jumlasidan boʻlgan nogironlar, shuningdek pensiya taʼminoti boʻyicha mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan boshqa nogironlar; | ||||||||||||||||||||||||
b) xizmatni harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda oʻtagan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan boʻlib, fuqarolar urushi va 1941—1945-yillardagi urush, sobiq SSSRni himoya qilish boʻyicha boshqa jangovar operatsiyalarning qatnashchilari, 1941—1945-yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari; | b) xizmatni harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda oʻtagan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan boʻlib, fuqarolar urushi va 1941—1945-yillardagi urush, sobiq SSSRni himoya qilish boʻyicha boshqa jangovar operatsiyalarning qatnashchilari, 1941—1945-yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari; | ||||||||||||||||||||||||
v) Leningrad qamali paytida 1941-yil 8-sentabrdan 1944-yil 27-yanvargacha boʻlgan davrda Leningrad shahrida ishlagan fuqarolar; | v) Leningrad qamali paytida 1941-yil 8-sentabrdan 1944-yil 27-yanvargacha boʻlgan davrda Leningrad shahrida ishlagan fuqarolar; | ||||||||||||||||||||||||
g) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari jumlasidan boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida yaralanish, kontuziya boʻlish va shikastlanish oqibatida nogiron boʻlib qolganlar; | g) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari jumlasidan boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida yaralanish, kontuziya boʻlish va shikastlanish oqibatida nogiron boʻlib qolganlar; | ||||||||||||||||||||||||
d) bolalikdan nogiron boʻlib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari; | d) bolalikdan nogiron boʻlib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari; | ||||||||||||||||||||||||
e) qahramon onalar, oʻn va undan ortiq bolasi boʻlgan ayollar; | e) qahramon onalar, oʻn va undan ortiq bolasi boʻlgan ayollar; | ||||||||||||||||||||||||
j) sobiq SSSRni himoya qilish yoxud harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanish, kontuziya boʻlish yoxud shikastlanish oqibatida yoki frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari; | j) sobiq SSSRni himoya qilish yoxud harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanish, kontuziya boʻlish yoxud shikastlanish oqibatida yoki frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari; | ||||||||||||||||||||||||
z) xizmatni Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha boʻlgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar; | z) xizmatni Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha boʻlgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar; | ||||||||||||||||||||||||
i) Chernobil AESdagi falokat oqibatida jabr koʻrgan shaxslar; | i) Chernobil AESdagi falokat oqibatida jabr koʻrgan shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
k) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor yolgʻiz onalar; | k) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor yolgʻiz onalar; | ||||||||||||||||||||||||
l) ikki va undan ortiq bolasi bor va boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar; | l) ikki va undan ortiq bolasi bor va boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar; | ||||||||||||||||||||||||
m) bolaligidan nogiron boʻlgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onasidan biri; | m) bolaligidan nogiron boʻlgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onasidan biri; | ||||||||||||||||||||||||
n) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlari tomonidan qishloq xoʻjalik ishlariga yuborilgan fuqarolar—ushbu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari boʻyicha. | n) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlari tomonidan qishloq xoʻjalik ishlariga yuborilgan fuqarolar—ushbu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari boʻyicha. | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarning imtiyozlarga boʻlgan huquqi ular hisobot yili uchun tegishli hujjatlarni taqdim etganida vujudga keladi. | Jismoniy shaxslarning imtiyozlarga boʻlgan huquqi ular hisobot yili uchun tegishli hujjatlarni taqdim etganida vujudga keladi. | ||||||||||||||||||||||||
17-bob. NOREZIDENTLAR HAMDA ChET ELLIK JISMONIY ShAXSLARGA SOLIQ SOLISh | 17-bob. NOREZIDENTLAR HAMDA ChET ELLIK JISMONIY ShAXSLARGA SOLIQ SOLISh | ||||||||||||||||||||||||
60-modda. Norezidentning doimiy muassasadan oladigan daromadlari | 60-modda. Norezidentning doimiy muassasadan oladigan daromadlari | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshiradigan norezident jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari boʻyicha soliq toʻlovchi hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshiradigan norezident jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari boʻyicha soliq toʻlovchi hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
61-modda. Chet ellik jismoniy shaxslarga soliq solish xususiyatlari | 61-modda. Chet ellik jismoniy shaxslarga soliq solish xususiyatlari | ||||||||||||||||||||||||
Chet ellik jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi. | Chet ellik jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirish tegishli chet davlatda Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslariga nisbatan ham xuddi shunday chora-tadbirlar koʻrilgan hollarda oʻzaro kelishuv asosida toʻxtatilishi yoki cheklanishi mumkin. | Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirish tegishli chet davlatda Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslariga nisbatan ham xuddi shunday chora-tadbirlar koʻrilgan hollarda oʻzaro kelishuv asosida toʻxtatilishi yoki cheklanishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chogʻida, bunday bitimlarning shartlariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik jismoniy shaxslarning soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlarini oʻz zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlarning kiritilishiga ruxsat berilmaydi. | Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chogʻida, bunday bitimlarning shartlariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik jismoniy shaxslarning soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlarini oʻz zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlarning kiritilishiga ruxsat berilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
18-bob. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQNING HISOBLAB ChIQARILIShI, HISOBOTI VA TOʻLANIShI | 18-bob. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQNING HISOBLAB ChIQARILIShI, HISOBOTI VA TOʻLANIShI | ||||||||||||||||||||||||
62-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq boʻyicha hisobotlar, hisob-kitoblar va daromadlar haqidagi deklaratsiyalar | 62-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq boʻyicha hisobotlar, hisob-kitoblar va daromadlar haqidagi deklaratsiyalar | ||||||||||||||||||||||||
Asosiy boʻlmagan ish joyidan (Oʻzbekiston Respublikasidagi, shuningdek uning hududidan tashqaridagi manbalardan) daromad olgan rezident-jismoniy shaxs doimiy istiqomat joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay jami yillik daromad haqida deklaratsiya taqdim etadi. Tamom boʻlgan kalendar yilida faqat asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida mehnat vazifalarini bajarishdan daromad olgan jismoniy shaxslar shu yil uchun olingan daromadlar haqida deklaratsiya taqdim etmaydilar. | Asosiy boʻlmagan ish joyidan (Oʻzbekiston Respublikasidagi, shuningdek uning hududidan tashqaridagi manbalardan) daromad olgan rezident-jismoniy shaxs doimiy istiqomat joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay jami yillik daromad haqida deklaratsiya taqdim etadi. Tamom boʻlgan kalendar yilida faqat asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida mehnat vazifalarini bajarishdan daromad olgan jismoniy shaxslar shu yil uchun olingan daromadlar haqida deklaratsiya taqdim etmaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
Chet ellik jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kunidan eʼtiboran bir oy mobaynida moʻljaldagi daromadlar haqida deklaratsiya topshiradi. Chet ellik jismoniy shaxsning faoliyati kalendar yili mobaynida toʻxtagan va u Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan boʻlsa, amalda olingan daromadlar haqida joʻnab ketishdan kamida bir oy oldin deklaratsiya taqdim etilishi kerak. | Chet ellik jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kunidan eʼtiboran bir oy mobaynida moʻljaldagi daromadlar haqida deklaratsiya topshiradi. Chet ellik jismoniy shaxsning faoliyati kalendar yili mobaynida toʻxtagan va u Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan boʻlsa, amalda olingan daromadlar haqida joʻnab ketishdan kamida bir oy oldin deklaratsiya taqdim etilishi kerak. | ||||||||||||||||||||||||
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs olingan daromadlar va qilingan xarajatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani belgilangan tartibda quyidagi muddatlarda taqdim etadi: | Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs olingan daromadlar va qilingan xarajatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani belgilangan tartibda quyidagi muddatlarda taqdim etadi: | ||||||||||||||||||||||||
shunday daromadlar paydo boʻlgan kundan eʼtiboran birinchi oy oʻtganidan keyin besh kun ichida; | shunday daromadlar paydo boʻlgan kundan eʼtiboran birinchi oy oʻtganidan keyin besh kun ichida; | ||||||||||||||||||||||||
hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvarigacha. | hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvarigacha. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasidagi jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati toʻxtatilgan taqdirda, soliq organi soliq toʻlovchidan kamroq boʻlgan davr uchun hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblar hamda daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishni yozma xabarnoma topshirish yoʻli bilan talab qilishi mumkin boʻlib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblar hamda jami yillik daromad va qilingan chegirmalar toʻgʻrisidagi deklaratsiya qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi koʻrsatiladi. | Oʻzbekiston Respublikasidagi jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati toʻxtatilgan taqdirda, soliq organi soliq toʻlovchidan kamroq boʻlgan davr uchun hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblar hamda daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishni yozma xabarnoma topshirish yoʻli bilan talab qilishi mumkin boʻlib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblar hamda jami yillik daromad va qilingan chegirmalar toʻgʻrisidagi deklaratsiya qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi koʻrsatiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda soliq toʻlovchi besh kunlik muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi. | Jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda soliq toʻlovchi besh kunlik muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatish haqida qaror qabul qilinganidan soʻng soliq toʻlovchi oʻn besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblar hamda daromadlar haqidagi deklaratsiyani taqdim etishi shart. | Jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatish haqida qaror qabul qilinganidan soʻng soliq toʻlovchi oʻn besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblar hamda daromadlar haqidagi deklaratsiyani taqdim etishi shart. | ||||||||||||||||||||||||
Hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblar hamda daromadlar haqidagi deklaratsiyalar qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va tartibda taqdim etiladi. | Hisobotlar, soliq boʻyicha hisob-kitoblar hamda daromadlar haqidagi deklaratsiyalar qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va tartibda taqdim etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibiga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibiga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega. | ||||||||||||||||||||||||
63-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlov manbaida ushlab qolish | 63-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlov manbaida ushlab qolish | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlov manbaida ushlab qolishni quyidagilar amalga oshirishi shart: | Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlov manbaida ushlab qolishni quyidagilar amalga oshirishi shart: | ||||||||||||||||||||||||
ishlaydigan jismoniy shaxslarga mehnat shartnomalari yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar; | ishlaydigan jismoniy shaxslarga mehnat shartnomalari yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
nodavlat pensiyalarini toʻlovchi yuridik shaxslar; | nodavlat pensiyalarini toʻlovchi yuridik shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
jismoniy shaxslarga dividendlar va foizlar toʻlovchi yuridik shaxslar; | jismoniy shaxslarga dividendlar va foizlar toʻlovchi yuridik shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
norezidentlarga ushbu Kodeksning 30-moddasiga muvofiq toʻlovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. | norezidentlarga ushbu Kodeksning 30-moddasiga muvofiq toʻlovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va budjetga oʻtkazish uchun daromad toʻlovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda daromad toʻlovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bogʻliq jarima va penyalarni budjetga toʻlashi shart. | Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va budjetga oʻtkazish uchun daromad toʻlovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda daromad toʻlovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bogʻliq jarima va penyalarni budjetga toʻlashi shart. | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq toʻlov manbaida ushlab qolinganda soliq quyidagi muddatlarda toʻlanadi: | Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq toʻlov manbaida ushlab qolinganda soliq quyidagi muddatlarda toʻlanadi: | ||||||||||||||||||||||||
daromad toʻlovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi shu maqsadlarda pul mablagʻlari olish uchun bankka hujjatlar taqdim etish bilan bir vaqtda budjetga oʻtkaziladi; | daromad toʻlovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi shu maqsadlarda pul mablagʻlari olish uchun bankka hujjatlar taqdim etish bilan bir vaqtda budjetga oʻtkaziladi; | ||||||||||||||||||||||||
toʻlovni natura holida yoki mahsulotni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarish yoxud xizmat koʻrsatishdan tushgan tushumdan toʻlovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi toʻlov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida budjetga oʻtkaziladi. | toʻlovni natura holida yoki mahsulotni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarish yoxud xizmat koʻrsatishdan tushgan tushumdan toʻlovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi toʻlov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida budjetga oʻtkaziladi. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddaning birinchi qismi koʻrsatilgan yuridik shaxslar: | Ushbu moddaning birinchi qismi koʻrsatilgan yuridik shaxslar: | ||||||||||||||||||||||||
ish haqini toʻlash chogʻida jismoniy shaxsning talabiga koʻra unga uning daromadi summasi va turi, shuningdek ushlab qolingan soliq summasi (agar soliq ushlab qolingan boʻlsa) koʻrsatilgan maʼlumotnomani berishi; | ish haqini toʻlash chogʻida jismoniy shaxsning talabiga koʻra unga uning daromadi summasi va turi, shuningdek ushlab qolingan soliq summasi (agar soliq ushlab qolingan boʻlsa) koʻrsatilgan maʼlumotnomani berishi; | ||||||||||||||||||||||||
asosiy boʻlmagan ish joyidan olingan daromadlar toʻgʻrisida jismoniy shaxsning roʻyxat raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, hisobot yilida qilgan daromadining umumiy summasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi koʻrsatilgan maʼlumotnomani qonun hujjatlarida belgilangan shaklda moliya yili tugaganidan soʻng oʻttiz kun ichida soliq organlariga taqdim etishi shart; | asosiy boʻlmagan ish joyidan olingan daromadlar toʻgʻrisida jismoniy shaxsning roʻyxat raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, hisobot yilida qilgan daromadining umumiy summasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi koʻrsatilgan maʼlumotnomani qonun hujjatlarida belgilangan shaklda moliya yili tugaganidan soʻng oʻttiz kun ichida soliq organlariga taqdim etishi shart; | ||||||||||||||||||||||||
yollanib ishlaydiganlarga mehnat haqi tarzida hisoblab chiqarilgan va amalda toʻlangan summalar hamda boshqa daromadlar, shuningdek bu daromadlarning soliq summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan shaklda yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar soliq organlariga taqdim etishi. | |||||||||||||||||||||||||
64-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlash | 64-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlash | ||||||||||||||||||||||||
Rezident jismoniy shaxslar jami yillik daromad haqidagi deklaratsiya maʼlumotlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan daromad soligʻini hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyunidan kechikmay, daromad soligʻi yil mobaynida qayta hisoblanganda esa, deklaratsiya soliq organiga taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida toʻlaydilar. | Rezident jismoniy shaxslar jami yillik daromad haqidagi deklaratsiya maʼlumotlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan daromad soligʻini hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyunidan kechikmay, daromad soligʻi yil mobaynida qayta hisoblanganda esa, deklaratsiya soliq organiga taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida toʻlaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar daromad soligʻini quyidagi tartibda toʻlaydilar: | Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar daromad soligʻini quyidagi tartibda toʻlaydilar: | ||||||||||||||||||||||||
toʻlovchi yilning har choragida oʻtgan yilgi daromadlar boʻyicha hisoblab chiqarilgan yillik soliq summasining yigirma besh foizini, soliqni birinchi marta toʻlaydigan toʻlovchi esa,—joriy yilda olish moʻljallangan daromad boʻyicha soliq organi unga hisoblab bergan summaning yigirma besh foizini toʻlaydi. Yil mobaynida toʻlovchining daromadi anchagina koʻpaygan yoki kamaygan taqdirda soliq toʻlovchi soliq toʻlashning boshlanmagan muddatlari boʻyicha daromad soligʻi summalarini qayta hisoblab chiqarishi mumkin; | toʻlovchi yilning har choragida oʻtgan yilgi daromadlar boʻyicha hisoblab chiqarilgan yillik soliq summasining yigirma besh foizini, soliqni birinchi marta toʻlaydigan toʻlovchi esa,—joriy yilda olish moʻljallangan daromad boʻyicha soliq organi unga hisoblab bergan summaning yigirma besh foizini toʻlaydi. Yil mobaynida toʻlovchining daromadi anchagina koʻpaygan yoki kamaygan taqdirda soliq toʻlovchi soliq toʻlashning boshlanmagan muddatlari boʻyicha daromad soligʻi summalarini qayta hisoblab chiqarishi mumkin; | ||||||||||||||||||||||||
yil oʻtishi bilan yillik soliq summasi amalda olingan daromad boʻyicha hisoblab chiqariladi. Ana shu summa bilan yil mobaynida toʻlangan summa oʻrtasidagi farq keyingi yilning 15-martidan kechikmay, tugagan daromad manbai boʻyicha esa, oʻn besh kunlik muddatda toʻlovchidan undirib olinishi yoki unga qaytarib berilishi kerak. | yil oʻtishi bilan yillik soliq summasi amalda olingan daromad boʻyicha hisoblab chiqariladi. Ana shu summa bilan yil mobaynida toʻlangan summa oʻrtasidagi farq keyingi yilning 15-martidan kechikmay, tugagan daromad manbai boʻyicha esa, oʻn besh kunlik muddatda toʻlovchidan undirib olinishi yoki unga qaytarib berilishi kerak. | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqning yil mobaynida toʻlab borilgan summalari tegishli hisobot yili uchun soliq toʻlovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga oʻtkaziladi. | Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqning yil mobaynida toʻlab borilgan summalari tegishli hisobot yili uchun soliq toʻlovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga oʻtkaziladi. | ||||||||||||||||||||||||
641-modda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga soliq solishning alohida tartibi | 641-modda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga soliq solishning alohida tartibi | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar uchun soliqning qatʼiy summasini belgilagan holda soliq solishning alohida tartibini tayinlashi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar uchun soliqning qatʼiy summasini belgilagan holda soliq solishning alohida tartibini tayinlashi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
IV-BOʻLIM. QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻI | IV-BOʻLIM. QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻI | ||||||||||||||||||||||||
19-bob. UMUMIY QOIDALAR | 19-bob. UMUMIY QOIDALAR | ||||||||||||||||||||||||
65-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻi | 65-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻi | ||||||||||||||||||||||||
Qoʻshilgan qiymat soligʻi tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish), ularni realizatsiya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilish jarayonida qoʻshilgan qiymatning bir qismini budjetga ajratishdir. | Qoʻshilgan qiymat soligʻi tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish), ularni realizatsiya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilish jarayonida qoʻshilgan qiymatning bir qismini budjetga ajratishdir. | ||||||||||||||||||||||||
66-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar | 66-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar | ||||||||||||||||||||||||
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilaridir. | Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilaridir. | ||||||||||||||||||||||||
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qiluvchi yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar import qilinayotgan ana shu tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar hisoblanadi | Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qiluvchi yuridik shaxslar, shuningdek oʻz ehtiyojlari uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan ortiqcha olib keluvchi jismoniy shaxslar import qilinayotgan ana shu tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
67-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan obyekt | 67-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan obyekt | ||||||||||||||||||||||||
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya va import qilish oboroti qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan obyekt hisoblanadi. | Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya va import qilish oboroti qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan obyekt hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti soliq solinadigan oborotdir, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilingan va oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno. | Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti soliq solinadigan oborotdir, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilingan va oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
20-bob. SOLIQ SOLINADIGAN OBOROTNI BELGILASh | 20-bob. SOLIQ SOLINADIGAN OBOROTNI BELGILASh | ||||||||||||||||||||||||
68-modda. Realizatsiya boʻyicha soliq solinadigan oborot miqdori | 68-modda. Realizatsiya boʻyicha soliq solinadigan oborot miqdori | ||||||||||||||||||||||||
Realizatsiya boʻyicha soliq solinadigan oborot miqdori realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, qoʻllaniladigan narxlar va tariflardan kelib chiqib, aksiz soligʻini hisobga olgan holda ularga qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmasdan belgilanadi. | Realizatsiya boʻyicha soliq solinadigan oborot miqdori realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, qoʻllaniladigan narxlar va tariflardan kelib chiqib, aksiz soligʻini hisobga olgan holda ularga qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmasdan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ayirboshlangan yoki tekin berilgan taqdirda, soliq solinadigan oborot miqdori soliq toʻlovchida ayirboshlash yoki berish paytida tarkib topgan narxlar darajasidan kelib chiqib, ularga qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmasdan, biroq amalda tarkib topgan xarajatlardan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. | Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ayirboshlangan yoki tekin berilgan taqdirda, soliq solinadigan oborot miqdori soliq toʻlovchida ayirboshlash yoki berish paytida tarkib topgan narxlar darajasidan kelib chiqib, ularga qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmasdan, biroq amalda tarkib topgan xarajatlardan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
69-modda. Realizatsiya boʻyicha soliq solinadigan oborotga tuzatish kiritish | 69-modda. Realizatsiya boʻyicha soliq solinadigan oborotga tuzatish kiritish | ||||||||||||||||||||||||
Xaridorlar hisob-kitob va yoʻl hujjatlari boʻyicha haq toʻlanganidan soʻng tovarlarni qaytargan, shuningdek buyurtmachilar ilgari haqi toʻlab qoʻyilgan ishlar yoki xizmatlardan voz kechgan hollarda, daʼvo qoʻzgʻatishning bir yillik muddatiga rioya qilingan taqdirda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlariga bunday operatsiyalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi miqdorida tuzatish kiritiladi. | Xaridorlar hisob-kitob va yoʻl hujjatlari boʻyicha haq toʻlanganidan soʻng tovarlarni qaytargan, shuningdek buyurtmachilar ilgari haqi toʻlab qoʻyilgan ishlar yoki xizmatlardan voz kechgan hollarda, daʼvo qoʻzgʻatishning bir yillik muddatiga rioya qilingan taqdirda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlariga bunday operatsiyalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi miqdorida tuzatish kiritiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Agar kafolatli xizmat muddati belgilangan tovarlar ana shu muddat ichida ularni tayyorlagan korxonaga qaytarilsa, bunday tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish yoki qaytarish xaridorlar hisob-kitob hujjatlari boʻyicha dastlabki haqni qachon toʻlaganliklaridan va soliq qachon budjetga tushganligidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi. | Agar kafolatli xizmat muddati belgilangan tovarlar ana shu muddat ichida ularni tayyorlagan korxonaga qaytarilsa, bunday tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish yoki qaytarish xaridorlar hisob-kitob hujjatlari boʻyicha dastlabki haqni qachon toʻlaganliklaridan va soliq qachon budjetga tushganligidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
70-modda. Importga solinadigan soliq miqdori | 70-modda. Importga solinadigan soliq miqdori | ||||||||||||||||||||||||
Import qilinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) solinadigan soliq miqdoriga tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan boj qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilishda toʻlanadigan aksiz soligʻi, bojxona bojlari summalari kiritiladi. | Import qilinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) solinadigan soliq miqdoriga tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan boj qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilishda toʻlanadigan aksiz soligʻi, bojxona bojlari summalari kiritiladi. | ||||||||||||||||||||||||
21-bob. QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻI BOʻYIChA IMTIYOZLAR | 21-bob. QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻI BOʻYIChA IMTIYOZLAR | ||||||||||||||||||||||||
71-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish Qoʻshilgan qiymat soligʻidan quyidagilar ozod qilinadi: 1) sugʻurta boʻyicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari, shu jumladan bunday operatsiyalar bilan bogʻliq xizmatlar; 2) ssudalar berish va oʻtkazish; 3) pul omonatlari, joriy hisobvaraqlar, toʻlovlar, oʻtkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qogʻozlarga daxldor operatsiyalar; 4) qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan chet el valyutasi va pullar muomalasiga daxldor operatsiyalar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno; 5) qimmatli qogʻozlar muomalasiga daxldor operatsiyalar, ularni tayyorlash va saqlash operatsiyalari bundan mustasno; 6) maxsus vakil qilingan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yigʻimlar undiriladigan harakatlar; 7) bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalarida boqishga, bemorlar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar; 8) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari; 9) intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni olganlik uchun patent bojlari, roʻyxatga olish yigʻimlari va litsenziya toʻlovlari; 10) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va nogironlarga ortopedik protezlash xizmati koʻrsatishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari, davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlari; 11) bojxona haqidagi qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan tovarlarni bojsiz olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilinayotgan tovarlar. Ushbu imtiyoz jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarga tatbiq etilmaydi. 12) oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini realizatsiya qilishi; 13) pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar va konvertlar sotish; 14) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar toʻlash boʻyicha xizmatlari; 15) Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining ilmiy-texnika dasturlari doirasida davlat kontraktlari boʻyicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari; 16) shahar yoʻlovchilar transportining xizmatlari (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari), shuningdek umumiy foydalanishdagi temir yoʻl va avtomobil transportida (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish xizmatlari; 17) aholiga koʻrsatiladigan uy-joy-kommunal va uy-joydan foydalanish xizmatlari; 18) xalq taʼlimi sohasidagi oʻquv-ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq xizmatlar, shuningdek oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlaridagi taʼlim uchun haq; 19) saqlab turish boʻyicha vakolatli davlat organiga qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish oborotlari; 20) diniy tashkilotlar va birlashmalarning udumlar va marosimlar oʻtkazishga doir xizmatlari; 21) tibbiy sanatoriy-kurort, sogʻlomlashtirish va turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalarining asosiy (soha) faoliyati boʻyicha koʻrsatadigan xizmatlari, bolalar dam olish lagerlarining xizmatlari; 22) xususiylashtirilayotgan davlat mulkining qiymati; 23) gidrometeorologiya va aerologiya ishlari; 24) geologiya va topografiya ishlari; 25) umumiy foydalanishdagi yoʻllarni ishlatish va taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlar hajmidan keladigan tushum; 26) nashriyotlarning, gazeta va jurnallar tahririyatlarining, matbaa korxonalarining, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatga doir mahsulotlari va xizmatlari; 27) stenografiya xizmatlari; 28) vakolatli davlat tashkilotlari oʻtkazadigan ekologiya ekspertizasi xizmatlari; 29) arxiv hujjatlarini ilmiy-texnikaviy jihatdan qayta ishlash, taʼmirlash, muqovalash va ulardan foydalanishga, ish yuritishni takomillashtirishga doir xizmatlar; 30) davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni oʻrgatish xizmatlari; 31) respublikada ishlab chiqariladigan hamda yakka tartibda imorat quruvchilarga sotiladigan binokorlik materiallari; 32) qurilish va maxsus montaj ishlarini amalga oshiruvchi pudrat, taʼmirlash-qurilish, maxsus montaj tashkilotlari xususiy uy-joy qurilishida bajargan ish hajmlari; 33) jismoniy va yuridik shaxslar uchun uy-joy qurish boʻyicha “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” bilan tuzilgan shartnomalarga koʻra uy-joy qurilishida bajarilgan ishlar hajmi; 34) eksport qilinayotgan tovarlarni, shuningdek chet mamlakatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtiladigan yuklarini (tranzit yuklarni) tashish, ortish, tushirish, qayta ortish boʻyicha xizmatlar; 35) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar ishlab chiqarayotgan va realizatsiya qilayotgan tovarlar (olib kiriladigan va aksiz toʻlanadigan tovarlar bundan mustasno) hamda bajarayotgan ishlar va koʻrsatayotgan xizmatlar (savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar bundan mustasno); 36) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisa yoki falokatlar yuz berganida yordam koʻrsatish uchun olib kelinadigan mol-mulk, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida olib kelinadigan tovarlar. 38) Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan shartnomalar (bitimlar) boʻyicha xalqaro va hukumatga qarashli boʻlmagan chet el moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlari bergan qarzlar va grantlar hisobiga yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan qurilmalar, materiallar (ishlar va xizmatlar). 39) ichki ishlar organlari huzuridagi soqchilik boʻlinmalarining xizmatlari. 40) maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari roʻyxatdan oʻtgan paytdan eʼtiboran uch yil muddatga, basharti ular boʻshatib olinayotgan mablagʻlarni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar oʻyinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa; 41) budjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan budjetdagi tashkilotlar buyurtmalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan uskunalar, tovarlar (ishlar va xizmatlar); 42) import boʻyicha olib kelinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar. 43) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar. | 71-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish Faoliyatning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir qismi boʻyicha quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi: 1) sugʻurta boʻyicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari, shu jumladan bunday operatsiyalar bilan bogʻliq xizmatlar; 2) ssudalar berish va oʻtkazish operatsiyalari; 3) pul omonatlari, joriy hisobvaraqlar, toʻlovlar, oʻtkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qogʻozlarga daxldor operatsiyalar; 4) qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan chet el valyutasi va pullar muomalasiga daxldor operatsiyalar, numizmatika maqsadida foydalaniladiganlari bundan mustasno; 5) qimmatli qogʻozlar muomalasiga daxldor operatsiyalar, ularni tayyorlash va saqlash operatsiyalari bundan mustasno; 6) maxsus vakil qilingan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yigʻimlar undiriladigan harakatlar; 7) bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalarida boqishga, bemorlar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar; 8) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari; 9) intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni olganlik uchun patent bojlari, roʻyxatga olish yigʻimlari va litsenziya toʻlovlari; 10) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va nogironlarga ortopedik protezlash xizmati koʻrsatishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari, davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlari; 11) oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini realizatsiya qilish; 12) pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar va konvertlar sotish; 13) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar toʻlash boʻyicha xizmatlari; 14) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish kengashi qoshidagi Fan va texnologiyalar markazining ilmiy-texnika dasturlari doirasida davlat kontraktlari asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari; 15) shahar yoʻlovchilar transportining xizmatlari (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari), shuningdek umumiy foydalanishdagi temir yoʻl va avtomobil transportida (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish xizmatlari; 16) aholiga koʻrsatiladigan uy-joy-kommunal va uy-joydan foydalanish xizmatlari; 17) xalq taʼlimi sohasidagi, oʻquv-ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq xizmatlar, shuningdek oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlaridagi taʼlim uchun haq; 18) saqlab turish boʻyicha vakolatli davlat organiga qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish oborotlari; 19) diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar oʻtkazishga doir xizmatlari; 20) tibbiy, sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalarining asosiy (soha) faoliyati boʻyicha koʻrsatadigan xizmatlari, bolalar dam olish lagerlarining xizmatlari; 21) xususiylashtirilayotgan davlat mulkining qiymati; 22) gidrometeorologiya va aerologiya ishlari; 23) geologiya va topografiya ishlari; 24) nashriyotlarning, gazeta va jurnallar tahririyatlarining, matbaa va kitob savdosi korxonalarining, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulotlari va xizmatlari; 25) vakolatli davlat tashkilotlari oʻtkazadigan ekologiya ekspertizasi xizmatlari; 26) davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni oʻrgatish xizmatlari; 27) respublikada ishlab chiqarilayotgan hamda yakka tartibdagi imorat quruvchilarga realizatsiya qilinayotgan binokorlik materiallari; 28) eksport qilinayotgan tovarlarni, shuningdek chet mamlakatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtiladigan yuklarini (tranzit yuklarni) tashish, ortish, tushirish, qayta ortish boʻyicha xizmatlar; 29) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxslar ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va koʻrsatayotgan xizmatlar (savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar bundan mustasno); 30) ichki ishlar organlari huzuridagi soqchilik boʻlinmalarining xizmatlari; 31) faoliyatning gastrol-konsert turi bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning gastrol-konsert faoliyati; 32) kitob mahsulotlarini, maktab oʻquv ashyolari va koʻrgazmali qurollarini, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish; 33) mol-mulkni lizingga berganlik uchun lizing toʻlovlari; Faoliyatning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilishga doir qismi boʻyicha quyidagilar qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilinadi: 1) tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilinayotgan tovarlar; 2) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganda yordam koʻrsatish uchun insonparvarlik yordami va begʻaraz texnik koʻmak sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadida olib kirilayotgan tovarlar; 3) Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan shartnomalar (bitimlar) boʻyicha xalqaro va hukumatga qarashli boʻlgan chet el moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlari bergan qarzlar va grantlar hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, shu jumladan norezidentlari tomonidan olib kirilayotgan asbob-uskunalar, materiallar (ishlar va xizmatlar); 4) budjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan budjetdagi tashkilotlar buyurtmalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan asbob-uskunalar, tovarlar (ishlar va xizmatlar); 5) import boʻyicha keltirilayotgan dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar; 6) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga: chet el kreditlari hisobidan hukumat kafolati ostida moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar; xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan yangi qurilayotgan va qayta qurilayotgan korxonalar uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar; chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida olib kirilayotgan texnologik jihozlar; vakolatli bankning tegishli tasdigʻi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, shuningdek ishlab turgan ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar; vakolatli bankning tegishli tasdigʻi boʻlgan taqdirda, lizingga topshirish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar; xususiylashtirilayotgan korxonalar uchun chet ellik investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan olib kirilayotgan texnologik jihozlar; 7) chet el investitsiyalari ishtirokidagi, bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarishlarida foydalanish uchun olib kirilayotgan xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan isteʼmol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, ushbu modda ikkinchi qismining 2, 3, 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan tovarlar bundan mustasno. Tovarlarni isteʼmol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
72-modda. Nol darajali stavka boʻyicha soliq solish | 72-modda. Nol darajali stavka boʻyicha soliq solish | ||||||||||||||||||||||||
Quyidagilarga nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadi: | Quyidagilarga nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadi: | ||||||||||||||||||||||||
agar hukumatlararo tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi eksportiga, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlariga yetkazib berilishiga; | agar hukumatlararo tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi eksportiga, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlariga yetkazib berilishiga; | ||||||||||||||||||||||||
qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjalik korxonalariga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar va yonilgʻi-moylash materiallariga; | qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjalik korxonalariga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar va yonilgʻi-moylash materiallariga; | ||||||||||||||||||||||||
chet el tarafi tomonidan oʻzaro doʻstlik prinsipi qoʻllangan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birgalikda yashayotgan oila aʼzolarining, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasalar hamda respublikada doimiy yashayotgan boʻlmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga). | chet el tarafi tomonidan oʻzaro doʻstlik prinsipi qoʻllangan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birgalikda yashayotgan oila aʼzolarining, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasalar hamda respublikada doimiy yashayotgan boʻlmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga). | ||||||||||||||||||||||||
22 bob. QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINING STAVKALARI, UNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI | 22 bob. QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINING STAVKALARI, UNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI | ||||||||||||||||||||||||
73-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻining stavkalari | 73-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻining stavkalari | ||||||||||||||||||||||||
Qoʻshilgan qiymat soligʻi yigirma foiz stavka boʻyicha toʻlanadi. | Qoʻshilgan qiymat soligʻi yigirma foiz stavka boʻyicha toʻlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Ijtimoiy ahamiyatga molik ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi kamaytirilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Ijtimoiy ahamiyatga molik ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi kamaytirilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
74-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻining budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan summasini belgilash tartibi | 74-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻining budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan summasini belgilash tartibi | ||||||||||||||||||||||||
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq solinadigan oborot boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan ushbu Kodeksning 75-moddasiga muvofiq hisobga oʻtkaziladigan soliq summasi oʻrtasidagi farq sifatida belgilanadi. | Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq solinadigan oborot boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan ushbu Kodeksning 75-moddasiga muvofiq hisobga oʻtkaziladigan soliq summasi oʻrtasidagi farq sifatida belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Tovarlar importi boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi ularning soliq solinadigan oborotidan hamda ushbu Kodeksning 70 va 73-moddalarida nazarda tutilgan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. | Tovarlar importi boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi ularning soliq solinadigan oborotidan hamda ushbu Kodeksning 70 va 73-moddalarida nazarda tutilgan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
75-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻining budjetga beriladigan badallarni belgilashda hisobga oʻtkaziladigan summasi | 75-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻining budjetga beriladigan badallarni belgilashda hisobga oʻtkaziladigan summasi | ||||||||||||||||||||||||
Hisobga oʻtkaziladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisobot davrida amalda kelib tushgan, shuningdek import qilingan, soliq solinadigan oborot, shu jumladan nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborot uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidir. Olingan, oʻz ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha soliq summasi hisobga oʻtkazilmasligi kerak. | Hisobga oʻtkaziladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisobot davrida amalda kelib tushgan, shuningdek import qilingan, soliq solinadigan oborot, shu jumladan nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborot uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidir. Olingan, oʻz ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha soliq summasi hisobga oʻtkazilmasligi kerak. | ||||||||||||||||||||||||
76-modda. Hisobvaraq fakturalar | 76-modda. Hisobvaraq fakturalar | ||||||||||||||||||||||||
Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlarni yuklab joʻnatayotgan, ishlar bajarayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan soliq toʻlovchi ushbu tovarlarni olayotgan (ishlardan, xizmatlardan foydalanayotgan) shaxsga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda tayyorlangan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart. | Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlarni yuklab joʻnatayotgan, ishlar bajarayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan soliq toʻlovchi ushbu tovarlarni olayotgan (ishlardan, xizmatlardan foydalanayotgan) shaxsga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda tayyorlangan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart. | ||||||||||||||||||||||||
Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi boʻlmagan xaridorlar tovarlarni chakana savdodan sotib olgan taqdirda, hisobvaraq-fakturaning qonun hujjatlarida belgilangan soddalashtirilgan shaklidan foydalanish mumkin. | Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi boʻlmagan xaridorlar tovarlarni chakana savdodan sotib olgan taqdirda, hisobvaraq-fakturaning qonun hujjatlarida belgilangan soddalashtirilgan shaklidan foydalanish mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi boʻlmagan shaxs “qoʻshilgan qiymat soligʻisiz” degan belgi qoʻyilgan hisobvaraq-fakturani yozishi shart. Ushbu Kodeksning 21 bobiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha yozilgan hisobvaraq-fakturalarga nisbatan ham shunday talab qoʻyiladi. | Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi boʻlmagan shaxs “qoʻshilgan qiymat soligʻisiz” degan belgi qoʻyilgan hisobvaraq-fakturani yozishi shart. Ushbu Kodeksning 21 bobiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha yozilgan hisobvaraq-fakturalarga nisbatan ham shunday talab qoʻyiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Hisobvaraq-faktura tovarlar yuklab joʻnatilgan, ishlar bajarilgan va xizmatlar koʻrsatilgan sanadan kechiktirmay yoziladi. | Hisobvaraq-faktura tovarlar yuklab joʻnatilgan, ishlar bajarilgan va xizmatlar koʻrsatilgan sanadan kechiktirmay yoziladi. | ||||||||||||||||||||||||
23-bob. QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINI TOʻLASh VA HISOB-KITOBLARNI TAQDIM ETISh MUDDATLARI | 23-bob. QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINI TOʻLASh VA HISOB-KITOBLARNI TAQDIM ETISh MUDDATLARI | ||||||||||||||||||||||||
77-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari | 77-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchi qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan roʻyxatdan oʻtgan joyidagi soliq organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay va yil yakunlari boʻyicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida taqdim etadi. | Soliq toʻlovchi qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan roʻyxatdan oʻtgan joyidagi soliq organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay va yil yakunlari boʻyicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida taqdim etadi. | ||||||||||||||||||||||||
78-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatlari | 78-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatlari | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchi soliqni ushbu Kodeks 77-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisob-kitoblar taqdim etiladigan kundan kechiktirmay tegishli davr (oy) uchun realizatsiya boʻyicha amaldagi oborot asosida toʻlaydi. | Soliq toʻlovchi soliqni ushbu Kodeks 77-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisob-kitoblar taqdim etiladigan kundan kechiktirmay tegishli davr (oy) uchun realizatsiya boʻyicha amaldagi oborot asosida toʻlaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Tamom boʻlgan oyda soliq boʻyicha toʻlov summasi eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan oshib ketgan soliq toʻlovchi oxirgi oylik hisob-kitob boʻyicha budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining uchdan bir qismi miqdorida oʻn kunlik toʻlovlar (oyning 15, 25-kunlari va navbatdagi oyning 5-kuni) toʻlaydilar, realizatsiya boʻyicha amaldagi oborotlardan kelib chiqib hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha qayta hisob-kitob qiladilar. | |||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashning boshqa muddatlarini belgilashi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashning boshqa muddatlarini belgilashi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi. | Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
79-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga oʻtkazishni tartibga solish | 79-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga oʻtkazishni tartibga solish | ||||||||||||||||||||||||
Agar bundan oldingi hisobot davrida hisobga oʻtkaziladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisoblangan soliq summasidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, koʻrsatilgan ortiqcha summa hisobot davridan keyingi davrda hisobga oʻtkaziladi. | Agar bundan oldingi hisobot davrida hisobga oʻtkaziladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisoblangan soliq summasidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, koʻrsatilgan ortiqcha summa hisobot davridan keyingi davrda hisobga oʻtkaziladi. | ||||||||||||||||||||||||
Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan oborotlar boʻyicha sotib olish paytida toʻlangan soliq summasi hisobga oʻtkazilmaydi, balki xarajatlar tarkibiga kiritiladi. | Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan oborotlar boʻyicha sotib olish paytida toʻlangan soliq summasi hisobga oʻtkazilmaydi, balki xarajatlar tarkibiga kiritiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda olinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga oʻtkazilmaydi va uning sof daromadi hisobidan qoplanadi. | Soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda olinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga oʻtkazilmaydi va uning sof daromadi hisobidan qoplanadi. | ||||||||||||||||||||||||
V BOʻLIM. AKSIZ SOLIGʻI | V BOʻLIM. AKSIZ SOLIGʻI | ||||||||||||||||||||||||
24-bob. UMUMIY QOIDALAR | 24-bob. UMUMIY QOIDALAR | ||||||||||||||||||||||||
80-modda. Aksiz soligʻi solish | 80-modda. Aksiz soligʻi solish | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlarga va import qilingan, aksiz toʻlanadigan tovarlarga aksiz soligʻi solinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlarga va import qilingan, aksiz toʻlanadigan tovarlarga aksiz soligʻi solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Quyidagilarga aksiz soligʻi solinmaydi: | Quyidagilarga aksiz soligʻi solinmaydi: | ||||||||||||||||||||||||
eksportga chiqariladigan tovarlarga, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim tovarlar bundan mustasno; | eksportga chiqariladigan tovarlarga, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim tovarlar bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
budjet tashkilotlari tomonidan (yoki ularning buyurtmalari boʻyicha) budjet mablagʻlari hisobiga faqat oʻz ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilayotgan tovarlarga; | budjet tashkilotlari tomonidan (yoki ularning buyurtmalari boʻyicha) budjet mablagʻlari hisobiga faqat oʻz ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilayotgan tovarlarga; | ||||||||||||||||||||||||
tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganida yordam koʻrsatish uchun insonparvarlik yordami va begʻaraz texnik koʻmak sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarga, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kirilayotgan tovarlarga. Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan isteʼmol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tovarlarni isteʼmol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | |||||||||||||||||||||||||
81-modda. Aksiz soligʻi toʻlovchilar | 81-modda. Aksiz soligʻi toʻlovchilar | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasida aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki bunday tovarlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar budjetga aksiz soligʻi toʻlaydilar. | Oʻzbekiston Respublikasida aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki bunday tovarlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar budjetga aksiz soligʻi toʻlaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
82-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar roʻyxati va aksiz soligʻi stavkalari | 82-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar roʻyxati va aksiz soligʻi stavkalari | ||||||||||||||||||||||||
Aksiz toʻlanadigan tovarlar roʻyxati va aksiz soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. | Aksiz toʻlanadigan tovarlar roʻyxati va aksiz soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
25-bob. AKSIZ TOʻLANADIGAN TOVARLAR | 25-bob. AKSIZ TOʻLANADIGAN TOVARLAR | ||||||||||||||||||||||||
83-modda. Soliq solish obyekti | 83-modda. Soliq solish obyekti | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun ularning qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinmagan holdagi (aksiz soligʻi summasini oʻz ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun ularning qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinmagan holdagi (aksiz soligʻi summasini oʻz ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Agar tovar ishlab chiqaruvchi aksiz toʻlanadigan tovarni natural haq yoki sovgʻa sifatida bersa, soliq toʻlovchida tovarni topshirish paytida tarkib topgan, lekin amalda qilingan xarajatlardan kam boʻlmagan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish obyekti hisoblanadi. | Agar tovar ishlab chiqaruvchi aksiz toʻlanadigan tovarni natural haq yoki sovgʻa sifatida bersa, soliq toʻlovchida tovarni topshirish paytida tarkib topgan, lekin amalda qilingan xarajatlardan kam boʻlmagan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish obyekti hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
84-modda. Aksiz soligʻini toʻlash muddatlari | 84-modda. Aksiz soligʻini toʻlash muddatlari | ||||||||||||||||||||||||
Aksiz soligʻi budjetga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, oyning aksiz toʻlanadigan tovar realizatsiya qilingan oʻn kunligi tugaganidan keyin uch kundan kechiktirmay oʻtkazilishi lozim. | Aksiz soligʻi budjetga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, oyning aksiz toʻlanadigan tovar realizatsiya qilingan oʻn kunligi tugaganidan keyin uch kundan kechiktirmay oʻtkazilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchi aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni soliq yuzasidan roʻyxatdan oʻtgan joyidagi tegishli soliq organiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha taqdim etadi. | Soliq toʻlovchi aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni soliq yuzasidan roʻyxatdan oʻtgan joyidagi tegishli soliq organiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha taqdim etadi. | ||||||||||||||||||||||||
85-modda. Aksiz soligʻini hisobga oʻtkazish | 85-modda. Aksiz soligʻini hisobga oʻtkazish | ||||||||||||||||||||||||
Aksiz toʻlanadigan tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi toʻlangan xomashyodan ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xomashyo boʻyicha toʻlangan aksiz soligʻi summasi tovarga solinadigan aksiz soligʻi summasini hisoblab chiqarishda hisobga oʻtkazilishi lozim. | Aksiz toʻlanadigan tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi toʻlangan xomashyodan ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xomashyo boʻyicha toʻlangan aksiz soligʻi summasi tovarga solinadigan aksiz soligʻi summasini hisoblab chiqarishda hisobga oʻtkazilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||
26-bob. AKSIZ TOʻLANADIGAN IMPORT TOVARLAR | 26-bob. AKSIZ TOʻLANADIGAN IMPORT TOVARLAR | ||||||||||||||||||||||||
86-modda. Soliq solish obyekti | 86-modda. Soliq solish obyekti | ||||||||||||||||||||||||
Aksiz toʻlanadigan import tovarlar uchun bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan boj qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi. | Aksiz toʻlanadigan import tovarlar uchun bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan boj qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
87-modda. Aksiz toʻlanadigan import tovarlar uchun aksiz soligʻi toʻlash muddati | 87-modda. Aksiz toʻlanadigan import tovarlar uchun aksiz soligʻi toʻlash muddati | ||||||||||||||||||||||||
Aksiz toʻlanadigan import tovarlar uchun aksiz soligʻi bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi. | Aksiz toʻlanadigan import tovarlar uchun aksiz soligʻi bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
88-modda. Aksiz toʻlanadigan import tovarlarni aksiz soligʻidan ozod qilish | 88-modda. Aksiz toʻlanadigan import tovarlarni aksiz soligʻidan ozod qilish | ||||||||||||||||||||||||
Aksiz toʻlanadigan import tovarlarni aksiz soligʻidan ozod qilish bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | Aksiz toʻlanadigan import tovarlarni aksiz soligʻidan ozod qilish bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
VI BOʻLIM. MOL-MULK SOLIGʻI | VI BOʻLIM. MOL-MULK SOLIGʻI | ||||||||||||||||||||||||
27-bob. UMUMIY QOIDALAR | 27-bob. UMUMIY QOIDALAR | ||||||||||||||||||||||||
89-modda. Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar | 89-modda. Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar | ||||||||||||||||||||||||
Soliq solinadigan mol-mulkka ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulk soligʻi toʻlovchilardir. | Soliq solinadigan mol-mulkka ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulk soligʻi toʻlovchilardir. | ||||||||||||||||||||||||
90-modda. Soliq solish obyektlari | 90-modda. Soliq solish obyektlari | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslar uchun asosiy vositalarning va nomoddiy aktivlarning oʻrtacha yillik qoldiq balans qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi, qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan erning qiymati bundan mustasno. | Yuridik shaxslar uchun asosiy vositalarning (qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan erning qiymati bundan mustasno) va nomoddiy aktivlarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati, shuningdek belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektlarining qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslar uchun ularning mulki boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, chorbogʻ va bogʻ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi. | Jismoniy shaxslar uchun ularning mulki boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, chorbogʻ va bogʻ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
28-bob. MOL-MULK SOLIGʻI STAVKALARI VA IMTIYOZLAR | 28-bob. MOL-MULK SOLIGʻI STAVKALARI VA IMTIYOZLAR | ||||||||||||||||||||||||
91-modda. Mol-mulk soligʻi stavkalari | 91-modda. Mol-mulk soligʻi stavkalari | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga coliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga coliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
92-modda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar | 92-modda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganida soliq solinadigan baza quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi: | Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganida soliq solinadigan baza quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi: | ||||||||||||||||||||||||
soliq toʻlovchining balansida boʻlgan uy-joy-kommunal va ijtimoiy-madaniy soha obyektlarining; | soliq toʻlovchining balansida boʻlgan uy-joy-kommunal va ijtimoiy-madaniy soha obyektlarining; | ||||||||||||||||||||||||
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadida va yongʻinga qarshi xavfsizlik uchun foydalaniladigan obyektlarning; | tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadida va yongʻinga qarshi xavfsizlik uchun foydalaniladigan obyektlarning; | ||||||||||||||||||||||||
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularning seleksiyasi, baliq yetishtirish, ovlash va uni qayta ishlash uchun foydalaniladigan obyektlarning; | |||||||||||||||||||||||||
mahsulot oʻtkazgichlar, aloqa yoʻllari (shu jumladan avtomobil yoʻllari), aloqa va energiya uzatish liniyalarining, shuningdek ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadida qurilgan inshootlarning; | mahsulot oʻtkazgichlar, aloqa yoʻllari (shu jumladan avtomobil yoʻllari), aloqa va energiya uzatish liniyalarining, shuningdek ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadida qurilgan inshootlarning; | ||||||||||||||||||||||||
aloqa yoʻldoshlarining; | aloqa yoʻldoshlarining; | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra toʻxtatib qoʻyilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining; | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra toʻxtatib qoʻyilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining; | ||||||||||||||||||||||||
shahar yoʻlovchilar transportining (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari), shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashiydigan umumiy foydalanishdagi avtomobil transportining (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari); | shahar yoʻlovchilar transportining (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari), shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashiydigan umumiy foydalanishdagi avtomobil transportining (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari); | ||||||||||||||||||||||||
yoʻl xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarining yoʻllarni taʼmirlash va saqlash ishlarida band boʻlgan transport vositalarining; | yoʻl xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarining yoʻllarni taʼmirlash va saqlash ishlarida band boʻlgan transport vositalarining; | ||||||||||||||||||||||||
davlat dasturlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun kadrlar tayyorlashda foydalaniladigan transport vositalarining; | davlat dasturlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun kadrlar tayyorlashda foydalaniladigan transport vositalarining; | ||||||||||||||||||||||||
soliq toʻlovchining balansida boʻlgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlarning; | soliq toʻlovchining balansida boʻlgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlarning; | ||||||||||||||||||||||||
chet el krediti hisobiga olingan uskunalarning, shu kreditni qoplash muddatiga, lekin besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga; | chet el krediti hisobiga olingan uskunalarning, shu kreditni qoplash muddatiga, lekin besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga; | ||||||||||||||||||||||||
lizingga olingan mol-mulkning, lizing shartnomasi amal qilish muddatiga; | |||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslarning quyidagi mol-mulkiga soliq solinmaydi: | Yuridik shaxslarning quyidagi mol-mulkiga soliq solinmaydi: | ||||||||||||||||||||||||
notijorat tashkilotlarning mol-mulkiga, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan mol-mulk bundan mustasno; | notijorat tashkilotlarning mol-mulkiga, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan mol-mulk bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
xalq taʼlimi va madaniyat muassasalari ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mol-mulkka; | xalq taʼlimi va madaniyat muassasalari ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mol-mulkka; | ||||||||||||||||||||||||
uy-joy-kommunal xoʻjaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligining mol-mulkiga; | uy-joy-kommunal xoʻjaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligining mol-mulkiga; | ||||||||||||||||||||||||
qishloq xoʻjalik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish, ularning seleksiyasi va ularni saqlash, baliq yetishtirish, ovlash va uni qayta ishlash sohasidagi faoliyatning asosiy turiga; Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, tashkil etilgan vaqtidan eʼtiboran dastlabki foyda olguniga qadar, lekin ular roʻyxatdan oʻtgan vaqtdan eʼtiboran uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga. Ana shu yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrdan keyin bir yil oʻtguniga qadar tugatilgan taqdirda soliq summasi ularning butun faoliyati davri uchun toʻliq miqdorda undirib olinadi; | |||||||||||||||||||||||||
nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno; | nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, roʻyxatdan oʻtgan paytidan eʼtiboran ikki yil mobaynida. Soliq boʻyicha mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy boʻlinmalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlari negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar huzurida tashkil etilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarda ishlayotgan boʻlsalar, qoʻllanilmaydi. | yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, roʻyxatdan oʻtgan paytidan eʼtiboran ikki yil mobaynida. Soliq boʻyicha mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy boʻlinmalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlari negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar huzurida tashkil etilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarda ishlayotgan boʻlsalar, qoʻllanilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarining mol-mulkiga — basharti ular boʻshatib olinayotgan mablagʻlarni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar oʻyinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa. Mahalliy hokimiyat organlari mol-mulki oʻz hududida joylashgan soliq toʻlovchilarga qoʻshimcha imtiyozlar berishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy hokimiyat organlari (oʻz hududida mol-mulki joylashgan soliq toʻlovchilarga nisbatan) tomonidan qoʻshimcha imtiyozlar berilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
93-modda. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar | 93-modda. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar | ||||||||||||||||||||||||
Quyidagilarning mulkida boʻlgan imoratlari, binolari va inshootlariga soliq solinmaydi: | Quyidagilarning mulkida boʻlgan imoratlari, binolari va inshootlariga soliq solinmaydi: | ||||||||||||||||||||||||
“Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning; | “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning; | ||||||||||||||||||||||||
1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlari tarkibida xizmat qilgan shaxslarning, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlarni egallagan shaxslar, Leningrad shahri qamalida boʻlganlarning va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari, xizmatni Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha boʻlgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning; | 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlari tarkibida xizmat qilgan shaxslarning, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlarni egallagan shaxslar, Leningrad shahri qamalida boʻlganlarning va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari, xizmatni Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha boʻlgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning; | ||||||||||||||||||||||||
qahramon-onalar, shuningdek oʻn nafar va undan ortiq farzandi bor ayollarning; | qahramon-onalar, shuningdek oʻn nafar va undan ortiq farzandi bor ayollarning; | ||||||||||||||||||||||||
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar olayotgan fuqarolarning (shu jumladan, u erda vaqtincha yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolarning); | Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar olayotgan fuqarolarning (shu jumladan, u erda vaqtincha yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolarning); | ||||||||||||||||||||||||
pensionerlarning, shuningdek I va II guruh nogironlarining; | pensionerlarning, shuningdek I va II guruh nogironlarining; | ||||||||||||||||||||||||
muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolarining—xizmatni oʻtash davrida; | muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolarining—xizmatni oʻtash davrida; | ||||||||||||||||||||||||
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya boʻlganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoki frontda boʻlish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining); | harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya boʻlganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoki frontda boʻlish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining); | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari jumlasidan boʻlgan nogironlarning, ichki ishlar organlarining xizmat vazifalarini ado etayotganda yarador, kontuziya boʻlganlik yoki shikastlanganlik oqibatida nogiron boʻlib qolgan boshliqlar va oddiy xizmatchilar jumlasidan boʻlgan shaxslarning. | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari jumlasidan boʻlgan nogironlarning, ichki ishlar organlarining xizmat vazifalarini ado etayotganda yarador, kontuziya boʻlganlik yoki shikastlanganlik oqibatida nogiron boʻlib qolgan boshliqlar va oddiy xizmatchilar jumlasidan boʻlgan shaxslarning. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar mol-mulk egasining tanlashiga binoan mol-mulkning faqat bir obyektiga taalluqli boʻladi. | Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar mol-mulk egasining tanlashiga binoan mol-mulkning faqat bir obyektiga taalluqli boʻladi. | ||||||||||||||||||||||||
29-bob. MOL-MULK SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI | 29-bob. MOL-MULK SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI | ||||||||||||||||||||||||
94-modda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi | 94-modda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlar budjetga har oyning 20-kunidan kechiktirmay, yillik toʻlov summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida toʻlanadi. | Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlar budjetga har oyning 20-kunidan kechiktirmay, yillik toʻlov summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida toʻlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni soliq organlariga mol-mulkning hisobot davri uchun amaldagi oʻrtacha qiymatidan kelib chiqib, yilning choraklari boʻyicha va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatida topshiradilar. | Soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni soliq organlariga mol-mulkning hisobot davri uchun amaldagi oʻrtacha qiymatidan kelib chiqib, yilning choraklari boʻyicha va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatida topshiradilar. | ||||||||||||||||||||||||
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. | Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
95-modda. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi | 95-modda. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi. | Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi. | ||||||||||||||||||||||||
Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar huquqiga ega boʻlgan shaxslar zarur hujjatlarni soliq organlariga taqdim etadilar. | Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar huquqiga ega boʻlgan shaxslar zarur hujjatlarni soliq organlariga taqdim etadilar. | ||||||||||||||||||||||||
Imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk soligʻi ularning har yil 1-yanvardagi holati yuzasidan kommunal xizmat koʻrsatish idoralari beradigan inventarizatsiya qiymatiga doir maʼlumotlar asosida, bunday maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda esa — mazkur obyektlarning majburiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun qoʻllaniladigan baho asosida hisoblab chiqariladi. | Imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk soligʻi ularning har yil 1-yanvardagi holati yuzasidan kommunal xizmat koʻrsatish idoralari beradigan inventarizatsiya qiymatiga doir maʼlumotlar asosida, bunday maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda esa — mazkur obyektlarning majburiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun qoʻllaniladigan baho asosida hisoblab chiqariladi. | ||||||||||||||||||||||||
Transport vositalariga solinadigan mol-mulk soligʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi tegishli organlarning maʼlumotlari asosida hisoblab chiqariladi. Yangi olingan transport vositalari uchun mol-mulk soligʻi ular olingan oydan keyingi oydan eʼtiboran toʻlanadi. | |||||||||||||||||||||||||
Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy mulki boʻlgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk soligʻi har bir mulkdor tomonidan ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda toʻlanadi. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar boʻyicha soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan keyingi yilning boshidan eʼtiboran toʻlanadi. | Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy mulki boʻlgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk soligʻi har bir mulkdor tomonidan ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda toʻlanadi. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar boʻyicha soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan keyingi yilning boshidan eʼtiboran toʻlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Meros boʻyicha oʻtgan mol-mulkdan soliq merosxoʻrlardan meros ochilgan paytdan boshlab undiriladi. Mol-mulk yoʻq qilingan, butunlay vayron boʻlgan hollarda mol-mulk soligʻi undirish ular yoʻq qilingan yoki butunlay vayron boʻlgan oydan eʼtiboran toʻxtatiladi. | Meros boʻyicha oʻtgan mol-mulkdan soliq merosxoʻrlardan meros ochilgan paytdan boshlab undiriladi. Mol-mulk yoʻq qilingan, butunlay vayron boʻlgan hollarda mol-mulk soligʻi undirish ular yoʻq qilingan yoki butunlay vayron boʻlgan oydan eʼtiboran toʻxtatiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Mol-mulkka mulk huquqi kalendar yil davomida bir mulkdordan boshqasiga oʻtganda soliqni birinchi mulkdor oʻsha yilning 1-yanvaridan bu mol-mulkka mulk huquqini yoʻqotgan oyning boshigacha toʻlaydi, yangi mulkdor esa — mulk huquqini qoʻlga kiritgan oydan eʼtiboran toʻlaydi. Kalendar yil davomida imtiyozga ega boʻlish huquqi paydo boʻlgan taqdirda mol-mulk soligʻi ana shunday huquq vujudga kelgan oydan eʼtiboran qayta hisoblab chiqiladi. | Mol-mulkka mulk huquqi kalendar yil davomida bir mulkdordan boshqasiga oʻtganda soliqni birinchi mulkdor oʻsha yilning 1-yanvaridan bu mol-mulkka mulk huquqini yoʻqotgan oyning boshigacha toʻlaydi, yangi mulkdor esa — mulk huquqini qoʻlga kiritgan oydan eʼtiboran toʻlaydi. Kalendar yil davomida imtiyozga ega boʻlish huquqi paydo boʻlgan taqdirda mol-mulk soligʻi ana shunday huquq vujudga kelgan oydan eʼtiboran qayta hisoblab chiqiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Mol-mulk soligʻini toʻlash haqidagi toʻlov xabarnomalari toʻlovchilarga soliq organlari tomonidan har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi. Soliq teng ulushlarda ikki muddatda —15-iyun va 15-dekabrdan kechiktirmay toʻlanadi. | Mol-mulk soligʻini toʻlash haqidagi toʻlov xabarnomalari toʻlovchilarga soliq organlari tomonidan har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi. Soliq teng ulushlarda ikki muddatda —15-iyun va 15-dekabrdan kechiktirmay toʻlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
VII BOʻLIM. YER SOLIGʻI | VII BOʻLIM. YER SOLIGʻI | ||||||||||||||||||||||||
30-bob. UMUMIY QOIDALAR | 30-bob. UMUMIY QOIDALAR | ||||||||||||||||||||||||
96-modda. Yer soligʻi toʻlovchilar | 96-modda. Yer soligʻi toʻlovchilar | ||||||||||||||||||||||||
Oʻz mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yer soligʻi toʻlovchilardir. | Oʻz mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yer soligʻi toʻlovchilardir. | ||||||||||||||||||||||||
97-modda. Yuridik shaxslar uchun yer soligʻi solish obyekti | 97-modda. Yuridik shaxslar uchun yer soligʻi solish obyekti | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan obyekt hisoblanadi: | Yuridik shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan obyekt hisoblanadi: | ||||||||||||||||||||||||
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari; | 1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari; | ||||||||||||||||||||||||
2) qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; | 2) qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; | ||||||||||||||||||||||||
3) korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yoki qishloq xoʻjaligiga taalluqli boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan yer uchastkalari; | 3) korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yoki qishloq xoʻjaligiga taalluqli boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan yer uchastkalari; | ||||||||||||||||||||||||
4) korxonalar, binolar yoki inshootlarga boʻlgan mulk huquqi oʻtishi bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham oʻtgan yer uchastkalari. | 4) korxonalar, binolar yoki inshootlarga boʻlgan mulk huquqi oʻtishi bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham oʻtgan yer uchastkalari. | ||||||||||||||||||||||||
98-modda. Jismoniy shaxslar uchun yer soligʻi solish obyekti | 98-modda. Jismoniy shaxslar uchun yer soligʻi solish obyekti | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan obyekt hisoblanadi: | Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan obyekt hisoblanadi: | ||||||||||||||||||||||||
1) turar joylar etagida va jamoat yerlarida shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; | 1) turar joylar etagida va jamoat yerlarida shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; | ||||||||||||||||||||||||
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; | 2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; | ||||||||||||||||||||||||
3) jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari; | 3) jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari; | ||||||||||||||||||||||||
4) xizmat yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq berilgan chek yerlar; | 4) xizmat yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq berilgan chek yerlar; | ||||||||||||||||||||||||
5) meros boʻyicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy, dala hovli bilan birgalikda egalik qilish huquqi ham oʻtgan yer uchastkalari; | 5) meros boʻyicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy, dala hovli bilan birgalikda egalik qilish huquqi ham oʻtgan yer uchastkalari; | ||||||||||||||||||||||||
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari; | 6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari; | ||||||||||||||||||||||||
7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari. | 7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari. | ||||||||||||||||||||||||
31-bob. YER SOLIGʻI STAVKALARI VA IMTIYOZLAR | 31-bob. YER SOLIGʻI STAVKALARI VA IMTIYOZLAR | ||||||||||||||||||||||||
99-modda. Yer soligʻi stavkalari | 99-modda. Yer soligʻi stavkalari | ||||||||||||||||||||||||
Yer soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Yer soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Qishloq xoʻjalik yerlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer soligʻi erning sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi. | Qishloq xoʻjalik yerlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer soligʻi erning sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Shaharlar va shahar posyolkalarining maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjalik ahamiyatiga molik yerlar uchun yer soligʻi qishloq xoʻjalik yerlariga belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida undiriladi. | Shaharlar va shahar posyolkalarining maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjalik ahamiyatiga molik yerlar uchun yer soligʻi qishloq xoʻjalik yerlariga belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida undiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy shaxslardan yer soligʻi uch baravar miqdorida undiriladi. | Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy shaxslardan yer soligʻi uch baravar miqdorida undiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
100-modda. Ijaraga berilgan yer uchastkalariga soliq solishning xususiyatlari | 100-modda. Ijaraga berilgan yer uchastkalariga soliq solishning xususiyatlari | ||||||||||||||||||||||||
Qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer soligʻi oʻrniga budjetga ijara haqi toʻlaydilar. | Qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer soligʻi oʻrniga budjetga ijara haqi toʻlaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
Ijara haqi taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu haq qonun hujjatlarida belgilangan yer soligʻining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan koʻp boʻlmasligi, yerlardan qishloq xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda esa—bir stavkasi miqdorida boʻlishi lozim. | Ijara haqi taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu haq qonun hujjatlarida belgilangan yer soligʻining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan koʻp boʻlmasligi, yerlardan qishloq xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda esa—bir stavkasi miqdorida boʻlishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||
101-modda. Soliq solinmaydigan yer uchastkalari | 101-modda. Soliq solinmaydigan yer uchastkalari | ||||||||||||||||||||||||
Soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi: | Soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi: | ||||||||||||||||||||||||
1) shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, ariq tarmoqlari, qabristonlar va boshqalar); | 1) shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, ariq tarmoqlari, qabristonlar va boshqalar); | ||||||||||||||||||||||||
2) jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligining, jamoa garajlarining umumiy foydalanishdagi yerlari; | 2) jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligining, jamoa garajlarining umumiy foydalanishdagi yerlari; | ||||||||||||||||||||||||
3) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar (davlat qoʻriqxonalari, milliy va dendrologiya bogʻlari, botanika bogʻlari, zakazniklar, ov qilishga moʻljallanganlari bundan mustasno, tabiat yodgorliklari), ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; | 3) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar (davlat qoʻriqxonalari, milliy va dendrologiya bogʻlari, botanika bogʻlari, zakazniklar, ov qilishga moʻljallanganlari bundan mustasno, tabiat yodgorliklari), ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; | ||||||||||||||||||||||||
4) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qoʻriqxonalar, xotira bogʻlari, sagʻanalar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar); | 4) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qoʻriqxonalar, xotira bogʻlari, sagʻanalar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar); | ||||||||||||||||||||||||
5) suv fondi yerlari (daryolar, koʻllar, suv omborlari, kanallar, dengizlar, muzliklar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv havzalari sohilidagi suv xoʻjaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar); | 5) suv fondi yerlari (daryolar, koʻllar, suv omborlari, kanallar, dengizlar, muzliklar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv havzalari sohilidagi suv xoʻjaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar); | ||||||||||||||||||||||||
6) elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar, umumdavlat aloqa liniyalari va ularning inshootlari egallagan yerlar; | 6) elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar, umumdavlat aloqa liniyalari va ularning inshootlari egallagan yerlar; | ||||||||||||||||||||||||
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, temir yoʻllarning umumiy tarmogʻi, umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti (shu jumladan metropoliten) va ularning inshootlari egallagan yerlar; | 7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, temir yoʻllarning umumiy tarmogʻi, umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti (shu jumladan metropoliten) va ularning inshootlari egallagan yerlar; | ||||||||||||||||||||||||
8) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, sportning texnik turlari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sogʻlomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, oʻquv-mashq bazalari egallagan yerlar; | 8) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, sportning texnik turlari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sogʻlomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, oʻquv-mashq bazalari egallagan yerlar; | ||||||||||||||||||||||||
9) magistral suv quvurlari, neft va gaz quvurlari, issiqlik trassalari, magistral kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, suv olish va tozalash inshootlari, shuningdek suv taʼminoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa obyektlar egallagan yerlar; | 9) magistral suv quvurlari, neft va gaz quvurlari, issiqlik trassalari, magistral kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, suv olish va tozalash inshootlari, shuningdek suv taʼminoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa obyektlar egallagan yerlar; | ||||||||||||||||||||||||
10) samolyotlarning uchish-qoʻnish maydonlari, shu jumladan ularni erda boshqarish yoʻlkalari va toʻxtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan yerlar; | 10) samolyotlarning uchish-qoʻnish maydonlari, shu jumladan ularni erda boshqarish yoʻlkalari va toʻxtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan yerlar; | ||||||||||||||||||||||||
11) Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar—qurilishning normativ muddati davriga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qurilish ishlari toʻxtatib qoʻyilgan obyektlar egallagan yerlar; | 11) Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar—qurilishning normativ muddati davriga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qurilish ishlari toʻxtatib qoʻyilgan obyektlar egallagan yerlar; | ||||||||||||||||||||||||
12) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar; | 12) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar; | ||||||||||||||||||||||||
13) ilmiy tashkilotlarning qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga molik va oʻrmon fondidagi yerlari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda oʻquv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining bevosita ilmiy va oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari; | 13) ilmiy tashkilotlarning qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga molik va oʻrmon fondidagi yerlari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda oʻquv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining bevosita ilmiy va oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari; | ||||||||||||||||||||||||
14) yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sugʻoriladigan yerlar—loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan eʼtiboran koʻpi bilan besh yilga; | 14) yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sugʻoriladigan yerlar—loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan eʼtiboran koʻpi bilan besh yilga; | ||||||||||||||||||||||||
15) zaxiradagi yerlar; | 15) zaxiradagi yerlar; | ||||||||||||||||||||||||
16) rekreatsion ahamiyatga molik yerlar (aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar: oʻrmon bogʻlari, bogʻlar, xiyobonlar, plyajlar va boshqalar); | 16) rekreatsion ahamiyatga molik yerlar (aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar: oʻrmon bogʻlari, bogʻlar, xiyobonlar, plyajlar va boshqalar); | ||||||||||||||||||||||||
17) sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (kasalliklarning oldini olish va odamlarni davolash ishini tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga ega boʻlgan yerlar); | 17) sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (kasalliklarning oldini olish va odamlarni davolash ishini tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga ega boʻlgan yerlar); | ||||||||||||||||||||||||
18) yakka tartibda uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yerlar—yer uchastkalari berilgan paytdan eʼtiboran ikki yil muddatga; | 18) yakka tartibda uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yerlar—yer uchastkalari berilgan paytdan eʼtiboran ikki yil muddatga; | ||||||||||||||||||||||||
19) soliq toʻlovchining balansida boʻlgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar egallagan yerlar. | 19) soliq toʻlovchining balansida boʻlgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar egallagan yerlar. | ||||||||||||||||||||||||
Yerlardan oʻz oʻrnida foydalanilmagan taqdirda ushbu moddada belgilangan imtiyozlar qoʻllanilmaydi. | Yerlardan oʻz oʻrnida foydalanilmagan taqdirda ushbu moddada belgilangan imtiyozlar qoʻllanilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
102-modda. Yer soligʻi toʻlashdan ozod qilingan soliq toʻlovchilar | 102-modda. Yer soligʻi toʻlashdan ozod qilingan soliq toʻlovchilar | ||||||||||||||||||||||||
Quyidagi yuridik shaxslar yer soligʻidan ozod qilinadilar: | Quyidagi yuridik shaxslar yer soligʻidan ozod qilinadilar: | ||||||||||||||||||||||||
1) tijorat bilan shugʻullanmaydigan yuridik shaxslar, yer uchastkalaridan tadbirkorlik faoliyati yoʻlida foydalanayotganlaridan tashqari; | 1) tijorat bilan shugʻullanmaydigan yuridik shaxslar, yer uchastkalaridan tadbirkorlik faoliyati yoʻlida foydalanayotganlaridan tashqari; | ||||||||||||||||||||||||
2) madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, boʻysunuvidan qatʼi nazar, oʻz zimmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ularga ajratilgan yer uchastkalari uchun; | 2) madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, boʻysunuvidan qatʼi nazar, oʻz zimmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ularga ajratilgan yer uchastkalari uchun; | ||||||||||||||||||||||||
3) dehqon (fermer) xoʻjaliklari—davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil muddatga; | 3) dehqon (fermer) xoʻjaliklari—davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil muddatga; | ||||||||||||||||||||||||
4) chet el investitsiyalari ishtirokidagi, ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar—roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida; | 4) chet el investitsiyalari ishtirokidagi, ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar—roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida; | ||||||||||||||||||||||||
5) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno; | 5) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
7) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar — tashkil etilgan paytdan eʼtiboran birinchi foyda olguniga qadar, biroq bu muddat ular roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yildan oshmasligi lozim; 8) maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari roʻyxatdan oʻtgan paytdan eʼtiboran uch yil muddatga, basharti ular boʻshatib olinayotgan mablagʻlarni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar oʻyinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa; 9) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar. | |||||||||||||||||||||||||
Quyidagi jismoniy shaxslar yer soligʻidan ozod qilinadilar: | Quyidagi jismoniy shaxslar yer soligʻidan ozod qilinadilar: | ||||||||||||||||||||||||
1) yaylov chorvachiligining choʻponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinar vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari; | 1) yaylov chorvachiligining choʻponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinar vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari; | ||||||||||||||||||||||||
2) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlganlar, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlar, 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari; | 2) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlganlar, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlar, 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari; | ||||||||||||||||||||||||
3) xizmatni Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha boʻlgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar; | 3) xizmatni Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha boʻlgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar; | ||||||||||||||||||||||||
4) haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarning oilalari—xizmat muddatiga; | 4) haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarning oilalari—xizmat muddatiga; | ||||||||||||||||||||||||
5) I va II guruh nogironlari; | 5) I va II guruh nogironlari; | ||||||||||||||||||||||||
6) yolgʻiz pensionerlar; | 6) yolgʻiz pensionerlar; | ||||||||||||||||||||||||
7) boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar; | 7) boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar; | ||||||||||||||||||||||||
8) konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari, Chernobil AESdagi falokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar; | 8) konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari, Chernobil AESdagi falokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
9) koʻchirib keltirilgan fuqarolar kelib joylashgan yer uchastkalari boʻyicha — yer uchastkalari berilgan vaqtdan eʼtiboran besh yilgacha. | 9) koʻchirib keltirilgan fuqarolar kelib joylashgan yer uchastkalari boʻyicha — yer uchastkalari berilgan vaqtdan eʼtiboran besh yilgacha. | ||||||||||||||||||||||||
10) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan jismoniy shaxslar | |||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan imtiyozlar yakka tartibda uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida yer uchastkalari berilgan jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. | Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan imtiyozlar yakka tartibda uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida yer uchastkalari berilgan jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
32-bob. YER SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI | 32-bob. YER SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI | ||||||||||||||||||||||||
103-modda. Yuridik shaxslardan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi | 103-modda. Yuridik shaxslardan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi | ||||||||||||||||||||||||
Yer soligʻi yuridik shaxslar tomonidan har yili 1-yanvargacha boʻlgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq boʻyicha hisob-kitoblar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga joriy yilning 1-fevraligacha taqdim etiladi. | Yer soligʻi yuridik shaxslar tomonidan har yili 1-yanvargacha boʻlgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq boʻyicha hisob-kitoblar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga joriy yilning 1-fevraligacha taqdim etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Yil davomida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga mulk huquqi, yerga egalik qilish huquqi, yerdan foydalanish huquqi vujudga kelgan taqdirda, shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni kengaygan yoki yer soligʻi boʻyicha imtiyoz huquqlari toʻxtatib qoʻyilgan hollarda ular yer uchastkasi ajratilgan yoki imtiyozlar toʻxtatilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay soliq organlariga yer soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart. | Yil davomida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga mulk huquqi, yerga egalik qilish huquqi, yerdan foydalanish huquqi vujudga kelgan taqdirda, shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni kengaygan yoki yer soligʻi boʻyicha imtiyoz huquqlari toʻxtatib qoʻyilgan hollarda ular yer uchastkasi ajratilgan yoki imtiyozlar toʻxtatilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay soliq organlariga yer soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart. | ||||||||||||||||||||||||
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan eʼtiboran toʻlanadi. Yer uchastkasi olib qoʻyilgan (kamaytirilgan), haqi toʻlab qaytarib olingan, sotilgan taqdirda soliq undirish yer uchastkasi olib qoʻyilgan (kamaytirilgan), haqi toʻlab qaytarib olingan, sotilgan oydan eʼtiboran toʻxtatiladi (kamaytiriladi). | Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan eʼtiboran toʻlanadi. Yer uchastkasi olib qoʻyilgan (kamaytirilgan), haqi toʻlab qaytarib olingan, sotilgan taqdirda soliq undirish yer uchastkasi olib qoʻyilgan (kamaytirilgan), haqi toʻlab qaytarib olingan, sotilgan oydan eʼtiboran toʻxtatiladi (kamaytiriladi). | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslarga yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar belgilanganda ular bunday huquq paydo boʻlgan oydan eʼtiboran soliq toʻlamaydilar. Yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarga ega boʻlish huquqi toʻxtatilgan taqdirda ular bunday huquq toʻxtatilganidan keyingi oydan eʼtiboran yer soligʻi toʻlay boshlaydilar. | Yuridik shaxslarga yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar belgilanganda ular bunday huquq paydo boʻlgan oydan eʼtiboran soliq toʻlamaydilar. Yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarga ega boʻlish huquqi toʻxtatilgan taqdirda ular bunday huquq toʻxtatilganidan keyingi oydan eʼtiboran yer soligʻi toʻlay boshlaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xoʻjalik korxonalaridan tashqari) soliq yilning har choragida, teng ulushlarda chorakdagi ikkinchi oyning 15-kunigacha toʻlanadi. | Yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xoʻjalik korxonalaridan tashqari) soliq yilning har choragida, teng ulushlarda chorakdagi ikkinchi oyning 15-kunigacha toʻlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Qishloq xoʻjalik korxonalari yer soligʻini bir yilda bir marta—hisobot yilining 15-dekabrigacha toʻlaydilar. | Qishloq xoʻjalik korxonalari yer soligʻini bir yilda bir marta—hisobot yilining 15-dekabrigacha toʻlaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
104-modda. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi | 104-modda. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi. | Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi. | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslarga yer soligʻini toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasi soliq organlari tomonidan har yili joriy yilning 1-mayidan kechikmay topshiriladi. | Jismoniy shaxslarga yer soligʻini toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasi soliq organlari tomonidan har yili joriy yilning 1-mayidan kechikmay topshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslar yer soligʻini joriy yilning 1-noyabrigacha toʻlaydilar. | Jismoniy shaxslar yer soligʻini teng ulushlarda ikki muddatda—15-iyun va 15-dekabrdan kechiktirmay toʻlaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
VIII BOʻLIM. YER OSTIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ | VIII BOʻLIM. YER OSTIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ | ||||||||||||||||||||||||
33-bob. UMUMIY QOIDALAR | 33-bob. UMUMIY QOIDALAR | ||||||||||||||||||||||||
105-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar | 105-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar | ||||||||||||||||||||||||
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar toʻlaydilar. | Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar toʻlaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
106-modda. Soliq solish obyektlari | 106-modda. Soliq solish obyektlari | ||||||||||||||||||||||||
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq solish obyektlari quyidagilardan iboratdir: | Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq solish obyektlari quyidagilardan iboratdir: | ||||||||||||||||||||||||
foydali qazilmalar (shu jumladan qoʻshilib chiqadigan foydali qazilmalar va qimmatli komponentlar) qazib olish hajmi; | foydali qazilmalar (shu jumladan qoʻshilib chiqadigan foydali qazilmalar va qimmatli komponentlar) qazib olish hajmi; | ||||||||||||||||||||||||
texnogen hosilalarning (mineral xomashyo qazib olish va ularni qayta ishlash chiqindilarining) hajmi; | texnogen hosilalarning (mineral xomashyo qazib olish va ularni qayta ishlash chiqindilarining) hajmi; | ||||||||||||||||||||||||
toʻplangan rangli toshlar xomashyosi, paleontologiya qoldiqlari va boshqa geologik kolleksiya materiallari namunalarining hisobga olingan qiymati. | toʻplangan rangli toshlar xomashyosi, paleontologiya qoldiqlari va boshqa geologik kolleksiya materiallari namunalarining hisobga olingan qiymati. | ||||||||||||||||||||||||
34-bob. YER OSTIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ STAVKALARI, BUNDAY SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI HAMDA IMTIYOZLAR | 34-bob. YER OSTIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ STAVKALARI, BUNDAY SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI HAMDA IMTIYOZLAR | ||||||||||||||||||||||||
107-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalari | 107-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalari | ||||||||||||||||||||||||
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
108-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlar | 108-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlar | ||||||||||||||||||||||||
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi: | Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi: | ||||||||||||||||||||||||
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganuvchi shaxslar; | yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganuvchi shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
geologiya, mineralogiya va boshqa alohida qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarda ilmiy ishlar olib boruvchi shaxslar; | geologiya, mineralogiya va boshqa alohida qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarda ilmiy ishlar olib boruvchi shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
keng tarqalgan foydali qazilmalar qazib olishni oʻzlariga berilgan yer uchastkalari doirasida xoʻjalik va maishiy ehtiyojlar uchun belgilangan tartibda amalga oshirayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar; | keng tarqalgan foydali qazilmalar qazib olishni oʻzlariga berilgan yer uchastkalari doirasida xoʻjalik va maishiy ehtiyojlar uchun belgilangan tartibda amalga oshirayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar; | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslar balansida boʻlgan va ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlarga yer ostidan foydalanganlik uchun soliq solinmaydi. | |||||||||||||||||||||||||
109-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi | 109-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchilar yer ostidan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisob-kitoblarni soliq organlariga quyidagi tartibda taqdim etadilar: | Soliq toʻlovchilar yer ostidan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisob-kitoblarni soliq organlariga quyidagi tartibda taqdim etadilar: | ||||||||||||||||||||||||
foydali qazilmalar qazib olganlik va texnogen hosilalardan foydalanganlik uchun—yilning har choragida, yil choragi boʻyicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay. | foydali qazilmalar qazib olganlik va texnogen hosilalardan foydalanganlik uchun—yilning har choragida, yil choragi boʻyicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay. | ||||||||||||||||||||||||
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq: | Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq: | ||||||||||||||||||||||||
foydali qazilmalar qazib olganlik va texnogen hosilalardan foydalanganlik uchun—har oyda hisobot oyidan keyingi oyning yigirmanchi kunigacha; | foydali qazilmalar qazib olganlik va texnogen hosilalardan foydalanganlik uchun—har oyda hisobot oyidan keyingi oyning yigirmanchi kunigacha; | ||||||||||||||||||||||||
qolgan hollarda—yilning har choragida, yil choraklari boʻyicha va yillik hisobotlarni topshirish muddatida toʻlanadi. | qolgan hollarda—yilning har choragida, yil choraklari boʻyicha va yillik hisobotlarni topshirish muddatida toʻlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
IX BOʻLIM. EKOLOGIYA SOLIGʻI | IX BOʻLIM. EKOLOGIYA SOLIGʻI | ||||||||||||||||||||||||
35-bob. UMUMIY QOIDALAR | 35-bob. UMUMIY QOIDALAR | ||||||||||||||||||||||||
110-modda. Ekologiya soligʻi toʻlovchilar | 110-modda. Ekologiya soligʻi toʻlovchilar | ||||||||||||||||||||||||
Tovarlar ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar ekologiya soligʻi toʻlovchilardir. | Tovarlar ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar ekologiya soligʻi toʻlovchilardir. | ||||||||||||||||||||||||
111-modda. Soliq solish obyekti | 111-modda. Soliq solish obyekti | ||||||||||||||||||||||||
Tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) tannarxi (muomala xarajatlari) soliq solish obyektidir. | Mavsumning ishlab chiqarish chiqimlari va xarajatlari soliq solish obyekti hisoblanadi, budjetga majburiy toʻlovlar, soliqlar, yigʻimlar va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar bundan mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
112-modda. Ekologiya soligʻi stavkasi | 112-modda. Ekologiya soligʻi stavkasi | ||||||||||||||||||||||||
Ekologiya soligʻi bir foizli stavka boʻyicha toʻlanadi. | Ekologiya soligʻi bir foizli stavka boʻyicha toʻlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
113-modda. Ekologiya soligʻi boʻyicha imtiyozlar | 113-modda. Ekologiya soligʻi boʻyicha imtiyozlar | ||||||||||||||||||||||||
Quyidagilar ekologiya soligʻidan ozod qilinadi: | Quyidagilar ekologiya soligʻidan ozod qilinadi: | ||||||||||||||||||||||||
nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno; | nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari roʻyxatdan oʻtgan paytdan eʼtiboran uch yil muddatga, basharti ular boʻshatib olinayotgan mablagʻlarni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar oʻyinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa; | |||||||||||||||||||||||||
gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar. | gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar. | ||||||||||||||||||||||||
36-bob. EKOLOGIYA SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI | 36-bob. EKOLOGIYA SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI | ||||||||||||||||||||||||
114-modda. Ekologiya soligʻini hisoblab chiqarish tartibi va bu soliq boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari | 114-modda. Ekologiya soligʻini hisoblab chiqarish tartibi va bu soliq boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari | ||||||||||||||||||||||||
Ekologiya soligʻi soliq toʻlovchi tomonidan hisoblab chiqariladi va bu soliq yuzasidan hisob-kitoblar yil choraklari boʻyicha va yillik moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda soliq organlariga taqdim etiladi. | Ekologiya soligʻi soliq toʻlovchi tomonidan hisoblab chiqariladi va bu soliq yuzasidan hisob-kitoblar yil choraklari boʻyicha va yillik moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda soliq organlariga taqdim etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
115-modda. Ekologiya soligʻini toʻlash muddatlari | 115-modda. Ekologiya soligʻini toʻlash muddatlari | ||||||||||||||||||||||||
Ekologiya soligʻi yilning har choragida, bu soliq boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlanadi. | Ekologiya soligʻi yilning har choragida, bu soliq boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
X BOʻLIM. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ | X BOʻLIM. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ | ||||||||||||||||||||||||
37-bob. UMUMIY QOIDALAR | 37-bob. UMUMIY QOIDALAR | ||||||||||||||||||||||||
116-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar | 116-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar | ||||||||||||||||||||||||
Oʻz faoliyatida bevosita suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilardir. | Oʻz faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilardir. | ||||||||||||||||||||||||
117-modda. Soliq solish obyekti | 117-modda. Soliq solish obyekti | ||||||||||||||||||||||||
Ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun yer usti va yer osti manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti hisoblanadi. | Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslarining jami hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
38-bob. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ STAVKALARI VA IMTIYOZLAR | 38-bob. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ STAVKALARI VA IMTIYOZLAR | ||||||||||||||||||||||||
118-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari | 118-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari | ||||||||||||||||||||||||
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
119-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlar | 119-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlar | ||||||||||||||||||||||||
Quyidagi yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilinadilar: | Quyidagi yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilinadilar: | ||||||||||||||||||||||||
tijorat bilan shugʻullanmaydigan yuridik shaxslar, tadbirkorlik faoliyati uchun suv resurslaridan foydalanuvchilar bundan mustasno; | tijorat bilan shugʻullanmaydigan yuridik shaxslar, tadbirkorlik faoliyati uchun suv resurslaridan foydalanuvchilar bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
yer osti maʼdanli suvlaridan davolash maqsadida foydalanuvchi sogʻliqni saqlash muassasalari, ular maʼdanli suvdan savdo tarmogʻida realizatsiya qilish uchun foydalangan hollar bundan mustasno; | yer osti maʼdanli suvlaridan davolash maqsadida foydalanuvchi sogʻliqni saqlash muassasalari, ular maʼdanli suvdan savdo tarmogʻida realizatsiya qilish uchun foydalangan hollar bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi va suvdan dori vositalari tayyorlash uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar; | farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi va suvdan dori vositalari tayyorlash uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olish maqsadida yer osti suvlarini chiqazib olayotgan yuridik shaxslar—ana shu yer osti suvlari uchun, ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv hajmlari bundan mustasno; | atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olish maqsadida yer osti suvlarini chiqazib olayotgan yuridik shaxslar—ana shu yer osti suvlari uchun, ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv hajmlari bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
suv uchun budjetga haq oʻtkazgan yuridik shaxslardan suv olgan isteʼmolchilar; | suv uchun budjetga haq oʻtkazgan yuridik shaxslardan suv olgan isteʼmolchilar; | ||||||||||||||||||||||||
foydali qazilmalar qazib olish va shaxtadan suvlarni qochirish vaqtida yer osti suvlarini chiqazib olgan yuridik shaxslar—ana shu yer osti suvlari uchun, ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv hajmlari bundan mustasno; | foydali qazilmalar qazib olish va shaxtadan suvlarni qochirish vaqtida yer osti suvlarini chiqazib olgan yuridik shaxslar—ana shu yer osti suvlari uchun, ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv hajmlari bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
gidroelektrostansiyalar — agregatlarni ishlatishda suvdan foydalanganlik uchun; | gidroelektrostansiyalar — agregatlarni ishlatishda suvdan foydalanganlik uchun; | ||||||||||||||||||||||||
birlamchi tarzda foydalanganlik uchun haqi toʻlangan suvdan ikkilamchi tarzda foydalanuvchi yuridik shaxslar; | birlamchi tarzda foydalanganlik uchun haqi toʻlangan suvdan ikkilamchi tarzda foydalanuvchi yuridik shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
asosiy faoliyat turi boʻyicha qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchi yuridik shaxslar—shoʻrlangan yerlarni yuvish maqsadida suvdan foydalanganlik uchun; | asosiy faoliyat turi boʻyicha qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchi yuridik shaxslar—shoʻrlangan yerlarni yuvish maqsadida suvdan foydalanganlik uchun; | ||||||||||||||||||||||||
nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno; | nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari roʻyxatdan oʻtgan paytdan eʼtiboran uch yil muddatga, basharti ular boʻshatib olinayotgan mablagʻlarni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar oʻyinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa. | |||||||||||||||||||||||||
39-bob. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh TARTIBI VA TOʻLASh MUDDATLARI | 39-bob. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh TARTIBI VA TOʻLASh MUDDATLARI | ||||||||||||||||||||||||
120-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish tartibi | 120-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish tartibi | ||||||||||||||||||||||||
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yuridik shaxs tomonidan hisoblab chiqariladi va bu soliq boʻyicha hisob-kitoblar yil choraklari boʻyicha va yillik moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda soliq organlariga taqdim etiladi. | Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yuridik shaxs tomonidan hisoblab chiqariladi va bu soliq boʻyicha hisob-kitoblar yil choraklari boʻyicha va yillik moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda soliq organlariga taqdim etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblab chiqaradilar va soliq toʻlash uchun belgilangan muddatda soliq organlariga soliq summasi boʻyicha hisob-kitob taqdim etadilar. | |||||||||||||||||||||||||
121-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash muddatlari | 121-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash muddatlari | ||||||||||||||||||||||||
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq amalda olingan suvning hajmidan kelib chiqib, har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar toʻlanadi. | Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq amalda olingan suvning hajmidan kelib chiqib, har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar toʻlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Yilning choragi davomida suv resurslaridan foydalanganlik uchun toʻlaydigan soligʻining umumiy summasi eng kam ish haqining ellik baravaridan kam boʻlgan korxonalar soliqni yilning har choragida bir marta, yil choraklari boʻyicha moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda toʻlaydilar. | Yilning choragi davomida suv resurslaridan foydalanganlik uchun toʻlaydigan soligʻining umumiy summasi eng kam ish haqining ellik baravaridan kam boʻlgan korxonalar soliqni yilning har choragida bir marta, yil choraklari boʻyicha moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda toʻlaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
Qishloq xoʻjalik korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni bir yilda bir marta—joriy yilning 15-dekabriga qadar toʻlaydilar. | Qishloq xoʻjalik korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni bir yilda bir marta—joriy yilning 15-dekabriga qadar toʻlaydilar. | ||||||||||||||||||||||||
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar toʻlaydilar. | |||||||||||||||||||||||||
XI BOʻLIM. SOLIQ IShINI YURITISh | XI BOʻLIM. SOLIQ IShINI YURITISh | ||||||||||||||||||||||||
40-bob. UMUMIY QOIDALAR | 40-bob. UMUMIY QOIDALAR | ||||||||||||||||||||||||
122-modda. Soliq sohasidagi muddatni belgilash | 122-modda. Soliq sohasidagi muddatni belgilash | ||||||||||||||||||||||||
Soliq haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar kalendar sana yoki yillar, yil choraklari, oylar, oʻn kunliklar va kunlar bilan hisoblanadigan davr oʻtishi bilan belgilanadi. | Soliq haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar kalendar sana yoki yillar, yil choraklari, oylar, oʻn kunliklar va kunlar bilan hisoblanadigan davr oʻtishi bilan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq sohasidagi muddat kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qoʻyilgan voqea yuz berganidan keyin keladigan kundan oʻta boshlaydi. | Soliq sohasidagi muddat kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qoʻyilgan voqea yuz berganidan keyin keladigan kundan oʻta boshlaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliqqa doir harakat muddatning soʻnggi kuni soat yigirma toʻrtgacha amalga oshirilishi mumkin. Biroq, agar bu harakat tashkilotda amalga oshirilishi lozim boʻlsa, muddat ushbu tashkilotda belgilangan qoidalarga koʻra tegishli operatsiyalar toʻxtatiladigan soatda tugaydi. | Soliqqa doir harakat muddatning soʻnggi kuni soat yigirma toʻrtgacha amalga oshirilishi mumkin. Biroq, agar bu harakat tashkilotda amalga oshirilishi lozim boʻlsa, muddat ushbu tashkilotda belgilangan qoidalarga koʻra tegishli operatsiyalar toʻxtatiladigan soatda tugaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Moliyaviy hisobotlar, soliqlar boʻyicha hisob-kitoblar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar, yozma arizalar va xabarnomalar aloqa tashkilotlariga muddatning soʻnggi kuni soat yigirma toʻrtgacha topshirilgan boʻlsa, oʻz vaqtida topshirilgan hisoblanadi. Bunday holda aloqa korxonasi shtempelida aks etgan sana soliq toʻlash bilan bogʻliq harakat bajarilgan vaqt deb hisoblanadi. | Moliyaviy hisobotlar, soliqlar boʻyicha hisob-kitoblar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar, yozma arizalar va xabarnomalar aloqa tashkilotlariga muddatning soʻnggi kuni soat yigirma toʻrtgacha topshirilgan boʻlsa, oʻz vaqtida topshirilgan hisoblanadi. Bunday holda aloqa korxonasi shtempelida aks etgan sana soliq toʻlash bilan bogʻliq harakat bajarilgan vaqt deb hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Agar muddatning soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. | Agar muddatning soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
123-modda. Moliya yili | 123-modda. Moliya yili | ||||||||||||||||||||||||
Kalendar yil moliya yilidir. | Kalendar yil moliya yilidir. | ||||||||||||||||||||||||
124-modda. Daʼvo qilish muddati | 124-modda. Daʼvo qilish muddati | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchining huquqlarini himoya qilish, ortiqcha toʻlangan soliqlar, yigʻimlar va jarimalar summasini budjetdan qaytarib olish uchun daʼvo qilish muddati fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. | Soliq toʻlovchining huquqlarini himoya qilish, ortiqcha toʻlangan soliqlar, yigʻimlar va jarimalar summasini budjetdan qaytarib olish uchun daʼvo qilish muddati fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliqlar, yigʻimlar va jarimalarni budjetga toʻlash va undirishga doir eʼtirozlarni taqdim etish uchun daʼvo qilish muddati quyidagicha belgilanadi: | Soliqlar, yigʻimlar va jarimalarni budjetga toʻlash va undirishga doir eʼtirozlarni taqdim etish uchun daʼvo qilish muddati quyidagicha belgilanadi: | ||||||||||||||||||||||||
daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiyalar toʻldirgan, moliyaviy hisobotlarni taqdim etgan soliq toʻlovchilarga nisbatan—uch yil; | daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiyalar toʻldirgan, moliyaviy hisobotlarni taqdim etgan soliq toʻlovchilarga nisbatan—uch yil; | ||||||||||||||||||||||||
soliq summasi 20 foizdan koʻproq kamaytirib koʻrsatilganligi (yashirilganligi) aniqlanganda—besh yil. | soliq summasi 20 foizdan koʻproq kamaytirib koʻrsatilganligi (yashirilganligi) aniqlanganda—besh yil. | ||||||||||||||||||||||||
Daʼvo qilish muddatining oʻtishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatib turiladi, tugatiladi va tiklanadi. | Daʼvo qilish muddatining oʻtishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatib turiladi, tugatiladi va tiklanadi. | ||||||||||||||||||||||||
125-modda. Maʼlumotlarning maxfiyligi | 125-modda. Maʼlumotlarning maxfiyligi | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchi haqidagi maʼlumotlar faqat soliq toʻlovchining oʻziga yoki uning vakillariga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi. | Soliq toʻlovchi haqidagi maʼlumotlar faqat soliq toʻlovchining oʻziga yoki uning vakillariga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchi haqidagi maʼlumotlar sudning, prokuraturaning, tergov va surishtiruv organlarining yuritishida boʻlgan ishlar munosabati bilan ularning talablariga muvofiq ham taqdim etiladi. | Soliq toʻlovchi haqidagi maʼlumotlar sudning, prokuraturaning, tergov va surishtiruv organlarining yuritishida boʻlgan ishlar munosabati bilan ularning talablariga muvofiq ham taqdim etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq organining mansabdor shaxsi, shuningdek boshqa shaxslar oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan soliq toʻlovchi haqida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etishlari, shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan yoki ular xizmatdan boʻshatilganidan keyin ham oshkor etishlari taqiqlanadi. | Soliq organining mansabdor shaxsi, shuningdek boshqa shaxslar oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan soliq toʻlovchi haqida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etishlari, shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan yoki ular xizmatdan boʻshatilganidan keyin ham oshkor etishlari taqiqlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Xizmat burchiga koʻra soliq toʻlovchilar haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan mansabdor shaxslar maʼlumotlarning maxfiyligini oshkor etganliklari uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. | Xizmat burchiga koʻra soliq toʻlovchilar haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan mansabdor shaxslar maʼlumotlarning maxfiyligini oshkor etganliklari uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. | ||||||||||||||||||||||||
126-modda. Identifikatsiya raqami | 126-modda. Identifikatsiya raqami | ||||||||||||||||||||||||
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik va jismoniy shaxslar roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran oʻn kun mobaynida identifikatsiya raqami olish uchun soliq organiga murojaat qiladi. Norezidentlar (shu jumladan tegishli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan norezidentlar) Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat boshlaganidan eʼtiboran oʻn kun mobaynida hisobga turish va identifikatsiya raqami olish uchun soliq organlariga murojaat qiladi. | Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik va jismoniy shaxslar roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran oʻn kun mobaynida identifikatsiya raqami olish uchun soliq organiga murojaat qiladi. Norezidentlar (shu jumladan tegishli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan norezidentlar) Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat boshlaganidan eʼtiboran oʻn kun mobaynida hisobga turish va identifikatsiya raqami olish uchun soliq organlariga murojaat qiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Boshqa soliq toʻlovchilar—jismoniy shaxslar boʻyicha identifikatsiya raqamlarini rasmiylashtirish soliq organlari tomonidan xonadonlarni aylanib chiqish paytida amalga oshiriladi. | Boshqa soliq toʻlovchilar—jismoniy shaxslar boʻyicha identifikatsiya raqamlarini rasmiylashtirish soliq organlari tomonidan xonadonlarni aylanib chiqish paytida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq organi har bir soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqami beradi. | Soliq organi har bir soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqami beradi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladigan barcha hujjatlarda oʻzining soliq toʻlovchi tariqasidagi identifikatsiya raqamini koʻrsatishi shart. Soliq organi soliq toʻlovchiga yuboradigan uning soliq majburiyatlariga taalluqli barcha xabarnomalarida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini koʻrsatadi. | Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladigan barcha hujjatlarda oʻzining soliq toʻlovchi tariqasidagi identifikatsiya raqamini koʻrsatishi shart. Soliq organi soliq toʻlovchiga yuboradigan uning soliq majburiyatlariga taalluqli barcha xabarnomalarida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini koʻrsatadi. | ||||||||||||||||||||||||
127-modda. Soliqlar va yigʻimlar summasini hisoblab chiqarish | 127-modda. Soliqlar va yigʻimlar summasini hisoblab chiqarish | ||||||||||||||||||||||||
Soliq organi soliqlar va yigʻimlar summasini soliq toʻlovchining hisob-kitoblari va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyasida koʻrsatilgan miqdorda, shuningdek tegishli davlat organlari taqdim etadigan maʼlumotlar asosida hisoblab chiqaradi. Agar soliq organi bu summa notoʻgʻri belgilangan deb topsa, u hisoblab chiqarilgan summani qayta koʻrib chiqishga va soliq toʻlovchiga tegishli xabarnoma topshirishga haqlidir. | Soliq organi soliqlar va yigʻimlar summasini soliq toʻlovchining hisob-kitoblari va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyasida koʻrsatilgan miqdorda, shuningdek tegishli davlat organlari taqdim etadigan maʼlumotlar asosida hisoblab chiqaradi. Agar soliq organi bu summa notoʻgʻri belgilangan deb topsa, u hisoblab chiqarilgan summani qayta koʻrib chiqishga va soliq toʻlovchiga tegishli xabarnoma topshirishga haqlidir. | ||||||||||||||||||||||||
Agar soliq toʻlovchi daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etmagan yoki ularning summasini koʻrsatmagan boʻlsa, soliq organi oʻzidagi mavjud maʼlumotlar asosida soliqlar va yigʻimlar summasini hisoblab chiqarishga va soliq toʻlovchiga xabarnoma topshirishga haqlidir. | Agar soliq toʻlovchi daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etmagan yoki ularning summasini koʻrsatmagan boʻlsa, soliq organi oʻzidagi mavjud maʼlumotlar asosida soliqlar va yigʻimlar summasini hisoblab chiqarishga va soliq toʻlovchiga xabarnoma topshirishga haqlidir. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq organi daʼvo qilish muddati ichida soliqlar va yigʻimlar summasini hisoblab chiqarishga hamda ilgari hisoblab chiqarilgan summani qayta koʻrib chiqishga haqlidir. | Soliq organi daʼvo qilish muddati ichida soliqlar va yigʻimlar summasini hisoblab chiqarishga hamda ilgari hisoblab chiqarilgan summani qayta koʻrib chiqishga haqlidir. | ||||||||||||||||||||||||
1271-modda. Oʻzaro aloqador yuridik shaxslarga soliq solish maqsadida narxlarga oʻzgartish kiritish Agar oʻzaro aloqador yuridik shaxslar oʻzlarining tijorat va moliyaviy munosabatlarida oʻzaro aloqador boʻlmagan yuridik shaxslar oʻrtasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan narxlardan farq qiladigan narxlarni qoʻllasalar, oʻzaro aloqador boʻlmagan yuridik shaxslar oʻrtasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan narxlardan soliq organlari soliq solish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishlari mumkin. Oʻzaro aloqador yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar quyidagilardan iborat: unitar (shoʻba) korxonalar va ularni taʼsis etgan yuridik shaxslar; birgina yuridik shaxs tomonidan taʼsis etilgan yuridik shaxslar; birgina jismoniy shaxs tomonidan yoki oʻzaro qarindosh yoxud qayin-boʻyin va quda-anda jismoniy shaxslar tomonidan taʼsis etilgan yuridik shaxslar. Er (xotin), uning toʻgʻri va yon shajara boʻyicha qarindoshlari, opa-singillari, aka-ukalari va ularning bolalari, nevaralari, chevaralari hamda evaralari, xotinning (erning) ota-onasi, opa-singillari va aka-ukalari ushbu modda maqsadiga koʻra oʻzaro qarindosh yoki qayin-boʻyin va quda-anda jismoniy shaxslar hisoblanadi. | |||||||||||||||||||||||||
128-modda. Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash | 128-modda. Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash | ||||||||||||||||||||||||
Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash yuridik shaxslar tomonidan naqd pulsiz tartibda tegishli summani budjet tasnifining tegishli boʻlimi va paragrafiga oʻtkazish yoʻli bilan, jismoniy shaxslar tomonidan esa, naqd pul bilan va pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash yuridik shaxslar tomonidan naqd pulsiz tartibda tegishli summani budjet tasnifining tegishli boʻlimi va paragrafiga oʻtkazish yoʻli bilan, jismoniy shaxslar tomonidan esa, naqd pul bilan va pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Naqd pulsiz tartibda mablagʻ toʻlovchining hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan kun, naqd pul toʻlashda esa—amalda toʻlangan kun soliqlar va yigʻimlar toʻlangan sana hisoblanadi. | Naqd pulsiz tartibda mablagʻ toʻlovchining hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan kun, naqd pul toʻlashda esa—amalda toʻlangan kun soliqlar va yigʻimlar toʻlangan sana hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
129-modda. Soliqlar va yigʻimlar summalarini qaytarish | 129-modda. Soliqlar va yigʻimlar summalarini qaytarish | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchi soliqlar va yigʻimlarni ortiqcha summada toʻlagan taqdirda, agar uning soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi boʻlmasa, bu summalar soliq toʻlovchiga uning yozma arizasiga koʻra oʻttiz kun ichida qaytarib beriladi yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi. | Soliq toʻlovchi soliqlar va yigʻimlarni ortiqcha summada toʻlagan taqdirda, agar uning soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi boʻlmasa, bu summalar soliq toʻlovchiga uning yozma arizasiga koʻra oʻttiz kun ichida qaytarib beriladi yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda toʻlangan soliqlar va yigʻimlar summalari mazkur tovarlarni respublikadan olib chiqib ketishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq qaytariladi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda toʻlangan soliqlar va yigʻimlar summalari mazkur tovarlarni respublikadan olib chiqib ketishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq qaytariladi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliqlar va yigʻimlar budjetga quyidagi tartibda oʻtkaziladi: | Soliqlar va yigʻimlar budjetga quyidagi tartibda oʻtkaziladi: | ||||||||||||||||||||||||
asosiy summa; | asosiy summa; | ||||||||||||||||||||||||
hisoblab chiqarilgan penya; | hisoblab chiqarilgan penya; | ||||||||||||||||||||||||
jarimalar. | jarimalar. | ||||||||||||||||||||||||
130-modda. Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish | 130-modda. Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish | ||||||||||||||||||||||||
Soliq organi qonun hujjatlariga muvofiq sud qarori bilan undiruvni, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, soliqlar va yigʻimlar toʻlamagan soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi. | Soliq organi qonun hujjatlariga muvofiq sud qarori bilan undiruvni, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, soliqlar va yigʻimlar toʻlamagan soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi. | ||||||||||||||||||||||||
Bojxona organi soliq organining qarori asosida budjet oldida qarzi boʻlgan soliq toʻlovchining eksport va import qilayotgan tovarlarini soliq organining daʼvosini taʼminlash tartibida sud qarori chiqarilgunga qadar toʻxtatib turadi. | Bojxona organi soliq organining qarori asosida budjet oldida qarzi boʻlgan soliq toʻlovchining eksport va import qilayotgan tovarlarini soliq organining daʼvosini taʼminlash tartibida sud qarori chiqarilgunga qadar toʻxtatib turadi. | ||||||||||||||||||||||||
41-bob. YAKUNLOVChI QOIDALAR | 41-bob. YAKUNLOVChI QOIDALAR | ||||||||||||||||||||||||
131-modda. Soliq munosabatlarida nizolarni qarab chiqish | 131-modda. Soliq munosabatlarida nizolarni qarab chiqish | ||||||||||||||||||||||||
Soliq munosabatlaridagi nizolar tegishli yuqori turuvchi organlar yoki sud tomonidan koʻriladi. | Soliq munosabatlaridagi nizolar tegishli yuqori turuvchi organlar yoki sud tomonidan koʻriladi. | ||||||||||||||||||||||||
132-modda. Soliq munosabatlari subyektlarining javobgarligi | 132-modda. Soliq munosabatlari subyektlarining javobgarligi | ||||||||||||||||||||||||
Soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun soliq toʻlovchilarga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan moliyaviy jazo choralari qoʻllaniladi, jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari esa, shuningdek maʼmuriy, fuqarolik-huquqiy va jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar. | Soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun soliq toʻlovchilarga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan moliyaviy jazo choralari qoʻllaniladi, jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari esa, shuningdek maʼmuriy, fuqarolik-huquqiy va jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchini javobgarlikka tortish uni soliqlar va yigʻimlarni toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi. | Soliq toʻlovchini javobgarlikka tortish uni soliqlar va yigʻimlarni toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
133-modda. Soliq toʻlovchini javobgarlikdan ozod qilish | 133-modda. Soliq toʻlovchini javobgarlikdan ozod qilish | ||||||||||||||||||||||||
Agar soliqlar va yigʻimlarning biron turi boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalar boshqa tur boʻyicha boqimandaning oʻrnini qoplasa, soliq toʻlovchi soliqlar va yigʻimlarni toʻlamaganlik yoxud toʻliq toʻlamaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. | Agar soliqlar va yigʻimlarning biron turi boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalar boshqa tur boʻyicha boqimandaning oʻrnini qoplasa, soliq toʻlovchi soliqlar va yigʻimlarni toʻlamaganlik yoxud toʻliq toʻlamaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchi soliq organi hujjatlar (hisobvaraqlar) asosida tekshiruv oʻtkazguniga qadar mustaqil ravishda oʻz xatolarini tuzatsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi, penya toʻlash bundan mustasno. | Soliq toʻlovchi soliq organi hujjatlar (hisobvaraqlar) asosida tekshiruv oʻtkazguniga qadar mustaqil ravishda oʻz xatolarini tuzatsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi, penya toʻlash bundan mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
134-modda. Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boqimandalarni undirish | 134-modda. Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boqimandalarni undirish | ||||||||||||||||||||||||
Jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boqimandalarni hamda toʻlanmagan jarimalarni undirish sudning qarori asosida amalga oshiriladi. | Jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boqimandalarni hamda toʻlanmagan jarimalarni undirish sudning qarori asosida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Yuridik shaxslardan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boqimandalarni, shuningdek moliyaviy jazo choralarining summalari va penya summalarini undirish soliq organlari tomonidan bahssiz ravishda amalga oshiriladi. | Yuridik shaxslardan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boqimandalarni, shuningdek moliyaviy jazo choralarining summalari va penya summalarini undirish soliq organlari tomonidan bahssiz ravishda amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
135-modda. Moliyaviy jazo choralari | 135-modda. Moliyaviy jazo choralari | ||||||||||||||||||||||||
Soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun soliq toʻlovchiga nisbatan quyidagi miqdorda moliyaviy jazo choralari qoʻllaniladi: | Soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun soliq toʻlovchiga nisbatan quyidagi miqdorda moliyaviy jazo choralari qoʻllaniladi: | ||||||||||||||||||||||||
1) yuridik shaxslarning (shu jumladan norezidentlarning) soliq organida roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solishga olib keladi: | 1) yuridik shaxslarning (shu jumladan norezidentlarning) soliq organida roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solishga olib keladi: | ||||||||||||||||||||||||
agar faoliyat oʻttiz kungacha amalga oshirilgan boʻlsa—eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida, lekin bunday faoliyat natijasida olingan daromadning (foydaning) oʻn foizidan kam boʻlmagan miqdorda; | agar faoliyat oʻttiz kungacha amalga oshirilgan boʻlsa—eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida, lekin bunday faoliyat natijasida olingan daromadning (foydaning) oʻn foizidan kam boʻlmagan miqdorda; | ||||||||||||||||||||||||
agar faoliyat oʻttiz kundan ortiq muddatda amalga oshirilgan boʻlsa—eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, lekin bunday faoliyat natijasida olingan daromadning (foydaning) ellik foizidan kam boʻlmagan miqdorda; | agar faoliyat oʻttiz kundan ortiq muddatda amalga oshirilgan boʻlsa—eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, lekin bunday faoliyat natijasida olingan daromadning (foydaning) ellik foizidan kam boʻlmagan miqdorda; | ||||||||||||||||||||||||
2) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning soliq organida roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlashi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga olib keladi; | 2) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning soliq organida roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlashi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga olib keladi; | ||||||||||||||||||||||||
3) daromad (foyda) yashirilgan taqdirda soliq toʻlovchidan yashirilgan daromadning (foydaning) butun summasi va yana shuncha summa miqdorida jarima undiriladi. Soliq solinadigan boshqa obyektlar yashirilgan taqdirda soliq toʻlovchidan yashirilgan soliq solish obyekti uchun olinadigan soliq summasi va yana shuncha summa miqdorida jarima undiriladi. Soliq toʻlovchi yuqoridagi xatti-harakatlarni moliyaviy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil ichida takroran sodir etgan taqdirda undan tegishli summa va yana shu summaning ikki baravari miqdorida jarima undiriladi; | 3) daromad (foyda) yashirilgan taqdirda soliq toʻlovchidan yashirilgan daromadning (foydaning) butun summasi va yana shuncha summa miqdorida jarima undiriladi. Soliq solinadigan boshqa obyektlar yashirilgan taqdirda soliq toʻlovchidan yashirilgan soliq solish obyekti uchun olinadigan soliq summasi va yana shuncha summa miqdorida jarima undiriladi. Soliq toʻlovchi yuqoridagi xatti-harakatlarni moliyaviy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil ichida takroran sodir etgan taqdirda undan tegishli summa va yana shu summaning ikki baravari miqdorida jarima undiriladi; | ||||||||||||||||||||||||
4) soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun zarur boʻlgan deklaratsiyalar, hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmaganlik, oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etganlik uchun soliq toʻlovchidan toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun tegishli summaning bir foizi miqdorida, biroq tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblab chiqarilgan toʻlovlar chegirib tashlangan holda belgilangan toʻlov muddatiga tegishli toʻlov summasining oʻn foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima undiriladi; | 4) soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun zarur boʻlgan deklaratsiyalar, hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmaganlik, oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etganlik uchun soliq toʻlovchidan toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun tegishli summaning bir foizi miqdorida, biroq tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblab chiqarilgan toʻlovlar chegirib tashlangan holda belgilangan toʻlov muddatiga tegishli toʻlov summasining oʻn foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima undiriladi; | ||||||||||||||||||||||||
5) buxgalteriya hisobining yoʻqligi yoki uni belgilangan tartibni soliqlar va yigʻimlar boʻyicha hisob-kitoblarning buzilishiga olib keladigan tarzda buzgan holda yuritganlik uchun soliq toʻlovchidan qoʻshimcha hisoblab chiqarilgan summaning oʻn foizi miqdorida jarima undiriladi; | 5) buxgalteriya hisobining yoʻqligi yoki uni belgilangan tartibni soliqlar va yigʻimlar boʻyicha hisob-kitoblarning buzilishiga olib keladigan tarzda buzgan holda yuritganlik uchun soliq toʻlovchidan qoʻshimcha hisoblab chiqarilgan summaning oʻn foizi miqdorida jarima undiriladi; | ||||||||||||||||||||||||
6) faoliyat turlari bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun shu faoliyatdan olingan butun daromad (foyda) va yana shuncha miqdorda jarima undiriladi; | 6) faoliyat turlari bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun shu faoliyatdan olingan butun daromad (foyda) va yana shuncha miqdorda jarima undiriladi; | ||||||||||||||||||||||||
7) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar hisob-kitobda aks ettirmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish operatsiyalarini oʻtkazganligi uchun ulardan ana shu tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati miqdorida jarima undiriladi; | 7) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar hisob-kitobda aks ettirmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish operatsiyalarini oʻtkazganligi uchun ulardan ana shu tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati miqdorida jarima undiriladi; | ||||||||||||||||||||||||
8) soliqlar va yigʻimlar boʻyicha toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,07 foiz miqdorida penya undiriladi, toʻlov kuni ham shunga kiradi. Penya undirish soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi; | 8) soliqlar va yigʻimlar boʻyicha toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,07 foiz miqdorida penya undiriladi, toʻlov kuni ham shunga kiradi. Penya undirish soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi; | ||||||||||||||||||||||||
9) hisobvaraq-fakturalarni: | 9) hisobvaraq-fakturalarni: | ||||||||||||||||||||||||
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinayotganda belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirganlik uchun, agar bu qonunbuzarlik qoʻshilgan qiymat soligʻi tushmasligiga olib kelgan boʻlsa, mahsulot yetkazib beruvchidan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatining oʻn foizi miqdorida jarima undiriladi, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; | tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinayotganda belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirganlik uchun, agar bu qonunbuzarlik qoʻshilgan qiymat soligʻi tushmasligiga olib kelgan boʻlsa, mahsulot yetkazib beruvchidan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatining oʻn foizi miqdorida jarima undiriladi, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi boʻlmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinayotganda hisobvaraq-fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻini aks ettirgan tarzda rasmiylashtirganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilardan hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan soliq summasi hamda xuddi shu summaga teng miqdorda jarima undiriladi. Bunda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xaridorlari qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha budjet bilan qayta hisob-kitob qiladilar va ularga nisbatan jarima jazosi qoʻllanmaydi. | qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi boʻlmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinayotganda hisobvaraq-fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻini aks ettirgan tarzda rasmiylashtirganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilardan hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan soliq summasi hamda xuddi shu summaga teng miqdorda jarima undiriladi. Bunda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xaridorlari qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha budjet bilan qayta hisob-kitob qiladilar va ularga nisbatan jarima jazosi qoʻllanmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
10) hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmaganlik yoki hisobvaraq-fakturalarni belgilanmagan shaklda rasmiylashtirganlik uchun (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va qonun hujjatlariga muvofiq nazarda tutilishi shart boʻlgan hollarda boshqa rekvizitlari koʻrsatilmaganligi yoki notoʻgʻri koʻrsatilganligi) har bir notoʻgʻri tuzilgan hujjat uchun eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima undiriladi; | 10) hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmaganlik yoki hisobvaraq-fakturalarni belgilanmagan shaklda rasmiylashtirganlik uchun (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va qonun hujjatlariga muvofiq nazarda tutilishi shart boʻlgan hollarda boshqa rekvizitlari koʻrsatilmaganligi yoki notoʻgʻri koʻrsatilganligi) har bir notoʻgʻri tuzilgan hujjat uchun eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima undiriladi; | ||||||||||||||||||||||||
11) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq oʻlchamdagi yer maydonlaridan foydalanganlik uchun quyidagi miqdorda jarima undiriladi: yuridik shaxslar uchun yer soligʻiga teng summaning ikki baravari miqdorida, jismoniy shaxslar uchun bir yarim baravari miqdorida. | 11) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq oʻlchamdagi yer maydonlaridan foydalanganlik uchun quyidagi miqdorda jarima undiriladi: yuridik shaxslar uchun yer soligʻiga teng summaning ikki baravari miqdorida, jismoniy shaxslar uchun bir yarim baravari miqdorida. | ||||||||||||||||||||||||
12) nazorat-kassa mashinalarini ishlatish majburiy boʻlgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, shuningdek xaridorga kvitansiya yozib berish, talonlar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklarni berish majburiy boʻlgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʻrsatganlik uchun: yuridik shaxslardan eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, oʻsha qilmishlar moliyaviy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan taqdirda esa eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida; yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima undiriladi; 13) texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, fiskal xotirasining xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida, oʻsha qilmishlar takroran sodir etilganda esa eng kam ish haqining besh yuz baravari miqdorida jarima undiriladi; 14) dehqon (oziq-ovqat) bozorlaridagi statsionar savdo shoxobchalaridan tashqarida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini realizatsiya qilganlik uchun yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima undiriladi; 15) realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) uchun olingan pul tushumi summasini daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish roʻyxatlariga kirim qilmagan holda savdoni amalga oshirganlik va pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida, oʻsha qilmishlar takroran sodir etilganda esa eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida jarima undiriladi; 16) statsionar savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari orqali aholi bilan pul hisob-kitoblari amalga oshirilayotganda naqd pul tushumini yashirgan taqdirda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan yashirilgan naqd pul tushumi miqdorida jarima undiriladi; 17) isteʼmol tovarlarini ulgurji realizatsiya qilishning belgilangan tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslardan (ishlab chiqaruvchi korxonalardan va ulgurji yetkazib beruvchilardan) mazkur faoliyatdan olingan butun daromad (foyda) va yana shuncha miqdorda jarima undiriladi. | |||||||||||||||||||||||||
Soliq toʻlovchi soliq haqidagi qonun hujjatlarini bir necha marta buzgan taqdirda har bir qonunbuzarlikka nisbatan alohida moliyaviy jazo choralari qoʻllaniladi. | Soliq toʻlovchi soliq haqidagi qonun hujjatlarini bir necha marta buzgan taqdirda har bir qonunbuzarlikka nisbatan alohida moliyaviy jazo choralari qoʻllaniladi. | ||||||||||||||||||||||||
Agar soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun moliyaviy jazoga tortilgan shaxs jazoni ijro etish tugagan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida soliq boʻyicha takroran qoidabuzarlik sodir etmagan boʻlsa, u jazoga tortilmagan hisoblanadi. | Agar soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun moliyaviy jazoga tortilgan shaxs jazoni ijro etish tugagan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida soliq boʻyicha takroran qoidabuzarlik sodir etmagan boʻlsa, u jazoga tortilmagan hisoblanadi. |