Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 05.08.2009 yildagi PQ-1169-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 05.08.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI TARTIBGA SOLISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi savdo faoliyatini xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan bojxona-tarif jihatdan boshqarish usullarini qoʻllash asosida ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh yuqori sifatli tayyor mahsulotni mamlakatimizda ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yanada shakllantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2009-yilning 1-sentabridan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import boji stavkalari 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan, aksiz soligʻi olinadigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, 2009-yilning 1-oktabrigacha “vaqtinchalik saqlash” bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-martdagi PQ–823-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ–1024-sonli qarori bilan tasdiqlangan stavkalar qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yilning 1-oktabridan boshlab “vaqtinchalik saqlash” rejimidan erkin muomalaga chiqariladigan barcha tovarlarga ushbu qaror bilan tasdiqlangan import boji va aksiz soligʻi stavkalari joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi takliflariga koʻra:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻzlashtirayotganligi munosabati bilan, ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanmagan holda import qilinadigan tovarlar roʻyxatini har yili tasdiqlab borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan import qilinadigan tovarlarning avval tasdiqlangan roʻyxatlarini, ularda faqat respublikada ishlab chiqarilishi hali oʻzlashtirilmagan tovarlarnigina qoldirishni nazarda tutgan holda bir oy muddatda tanqidiy qayta koʻrib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2009-yilning 1-oktabridan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-martdagi PQ–823-sonli qarori 3-bandi va qarorning 1-ilovasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ–1024-sonli qarorining 12-2-ilovasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 5-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1169-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 359-modda, 40-son, 433-modda, 52-son, 560-modda; 2010-y., 14-15-son, 103-modda; 2012-y., 38-son, 434-modda; 2013-y., 30-son, 385-modda, 52-son, 690-modda; 2014-y., 24-son, 284-modda, 28-son, 338-modda; 2015-y., 33-son, 440-modda, 52-son, 646-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)