Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 19.06.2009 yildagi PQ-1134-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 19.06.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DEVORBOP MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISHNI KOʻPAYTIRISHNI RAGʻBATLANTIRISH VA SIFATINI YAXSHILASH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda yangi korxonalar barpo etish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari kamayishini hamda tayyor mahsulot narxining arzonlashuvini taʼminlaydigan zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish hisobiga sifatli devorbop qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va shu asosda ichki bozorni shunday materiallar bilan toʻldirish, uy-joylar, ayniqsa qishloq joylarda imorat qurayotgan aholining ortib borayotgan talab-ehtiyojini yanada toʻliqroq qondirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan manfaatdor idoralar va korxonalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009—2011-yillarda pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi yangi zamonaviy quvvatlarni yaratish Dasturi ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu tasdiqlangan Dasturni amalga oshirish boʻyicha kompleks tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni tasdiqlasin, bu tadbirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar bilan jihozlangan, shu jumladan mini-texnologiyalar qoʻllaniladigan devorbop materiallar ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlar belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yilning 1-yanvariga qadar muddatda pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi amaldagi korxonalar modernizatsiya qilinib, nostandart, tejamsiz pechlarning maxsus energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarga almashtirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
devorbop materiallarning muqobil turlarini qoʻllanish, shu jumladan yigʻma, kompozitsion va kichik blokli konstruksiyalardan foydalanish asosida obyektlar qurilishining yangi zamonaviy industrial texnologiyalari keng joriy etilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yilning 1-iyulidan boshlab 2012-yilning 1-yanvariga qadar boʻlgan davrda maxsus pechlar (aylanma, tunnelsimon va boshqalar)dan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar barcha turdagi soliqlar, davlat maqsadli jamgʻarmalariga va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinadi (yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yilning 1-yanvaridan boshlab foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi va yer bagʻridan foydalanganlik uchun soliqqa tortiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga pishgan gʻisht ishlab chiqarganida yer bagʻridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash boʻyicha majburiyatlarni saqlab qolgan holda yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtish huquqi beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yilning 1-yanvaridan boshlab nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya tejaydigan texnologiyalarga almashtirmagan, shuningdek belgilangan solishtirma sarf normalaridan ortiqcha hajmda tabiiy gazdan foydalanayotgan pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalarga tabiiy gaz amaldagi ulgurji narxda beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan 2012-yilning 1-yanvariga qadar muddatda energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilgan pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalarga soddalashtirilgan tartib asosida xom ashyo bazasini yaratish va kengaytirish, gʻishtbop xom ashyoni tajriba-sanoat va sanoat koʻlamida qazib olish maqsadida geologik jihatdan oʻrganish uchun yer bagʻri uchastkalaridan foydalanish huquqini olishga litsenziya beriladi, bunda tegishli yer bagʻri uchastkalaridan foydalanishning aniq shartlari belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2009-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ushbu qarorda belgilangan soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllanish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda mashinasozlik korxonalarida devorbop materiallar va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy texnologik liniyalar va uskunalar tayyorlashni mahalliylashtirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2009-yilning 1-avgustiga qadar muddatda pishgan gʻisht ishlab chiqarishga tabiiy gaz sarfi normalarini hisob-kitob qilish metodikasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hamda loyiha institutlari bilan birgalikda energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalar qoʻllaniladigan turli quvvatdagi gʻisht zavodlarining bir xildagi namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha komissiya (Sh.M. Mirziyoyev) “Oʻzqurilishmateriallari” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya va resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish texnologiyalariga almashtirgan holda gʻisht korxonalarini modernizatsiya qilishga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishi monitoringini tashkil qilsin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga materiallarni taqdim etib tursin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tijorat banklariga pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalarga nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya tejaydigan texnologiyalarga almashtirgan holda modernizatsiyani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka boʻyicha imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 19-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1134
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 6-son, 231-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 84-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)