16.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1983
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 16.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1983
Дата вступления в силу
26.07.2009
Hujjat 12.08.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PAXTA TOZALASH ISHLAB CHIQARISHI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1983]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir v.b. A. XAITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2009-yil 10-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29/B-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 10-iyundagi 29/B-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 27-iyundagi 37-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983-3, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/1983-3/0490-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi paxta tozalash ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan, davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Korxonalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi va xizmatchilar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir korxonada mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan korxonada yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan korxonada mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur korxona faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 27-iyundagi 37-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983-3, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/1983-3/0490-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati korxonaning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita korxona rahbariga boʻysunadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 27-iyundagi 37-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983-3, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/1983-3/0490-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 27-iyundagi 37-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983-3, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/1983-3/0490-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Korxona maʼmuriyati barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Bajarishi lozim boʻlgan ishi boʻyicha kasb va mutaxassisligiga ega boʻlmagan ishchilar ish joyida birlamchi yoʻl-yoʻriq olganlaridan soʻng kamida dastlabki 6 — 10 ta smena davomida sex boʻyicha farmoyish bilan tayinlangan tajribali ishchilar va muhandis-texnik xodimlarning rahbarligi ostida xavfsiz ish uslublariga oʻqitilishlari lozim. Oʻqitish korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ishga yangi qabul qilingan yoki oʻz mutaxassisligi boʻyicha bir sexdan boshqa sexga oʻtkazilgan ishchilar ishga qoʻyilishdan oldin bevosita ish joyida uchastka ustasi yoki boshligʻidan bexatar ish uslublari boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va ishlovchi xodimlar xamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash korxona rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Jamoaviy himoya vositalari (ventilyatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy soʻrgʻichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlar belgilangan normalar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davolash-profilaktika oziq-ovqati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazli shoʻr suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qoʻllanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Korxona maʼmuriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni taʼminlashi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Xodimlar Paxta tozalash va kanop-jut ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1925, 2009-yil 18-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 138-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Kasbiy tanlov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Korxona oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bogʻliq xavflar hisobga olinishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻta xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oʻta xavfli ishlarga xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Korxona mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga, mehnatni muhofaza qilish talablariga mos darajada ishlarni tashkil etish qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Korxona xodimlari ishlarni xavfsiz yuritishga oʻqitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq sinovdan oʻtkazilishi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilingan xodimlarni kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatish, zarur boʻlganda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Korxona maʼmuriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 27-iyundagi 37-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983-3, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/1983-3/0490-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga oʻtkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonaga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxonaning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Sanitariya va gigiyena talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ish hududida havodagi zararli moddalarning miqdori GOST 12.1.005-2000 SSBT “Ish zonasidagi havo. Umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga asosan ruxsat etilgan miqdorlaridan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ishlab chiqarish xonalarida ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ishlab chiqarish xonalarida shovqin va tebranma darajasi GOST 12.1.003-89 SSBT “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.1.012-90 SSBT “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablarida belgilangan miqdoridan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi lozim. Shuningdek, toza xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega va singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi lozim.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Elektr tokining odamga taʼsir etishini oldini olish boʻyicha xavfsizlik talablari GOST 12.1.019-86 SSBT “Elektr xavfsizlik. Umumiy talablar”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Statik tokdan himoya qilish tadbirlari GOST 12.1.18-93 SSBT “Statik elektr. Uchqun xavfsizligi. Umumiy talablar” talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarni, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlab chiqarishlarda, shuningdek maxsus haroratli sharoitlardagi yoki ifloslanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilangan meʼyorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvuvchi va infeksiyani yoʻqotuvchi vositalar, sut yoki unga tenglashtirilgan mahsulotlar, davolovchi profilaktik ovqat bepul berilishi kerak.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziriningg 2024-yil 24-oktabrdagi 15-2024/B -sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983-4, 31.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 10/24/1983-4/0866-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Korxonalarning ishlab chiqarish binolari va xonalariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Korxona oʻz mahsulotining sifatiga salbiy taʼsir etuvchi ishlab chiqarishlardan yetarlicha uzoq boʻlgan masofada joylashgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Korxonalarning binolarini qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlari SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi lozim.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Atmosfera yogʻinlarini chiqarib yuborish uchun moʻljallangan oqova suv tarnovlari tasdiqlangan jadvalga muvofiq muntazam ravishda tozalanishi va taʼmirlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Yoʻllar, oʻtish yoʻllari va binolar, qurilmalar hamda inshootlar orasidagi hududlardan materiallarni saqlash uchun foydalanish, ularga uskunalar yoki ishlab chiqarish chiqindilarini taxlab qoʻyish man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Korxona hududida chekishga faqat maxsus ajratilgan, “Sanoat korxonalarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha namunaviy qoidalar” SHMQ 2.01.02-04 ga muvofiq jihozlangan joylarda ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ishlab chiqarishda ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar avtomatik yongʻinni oʻchirish vositalari va avtomatik yongʻindan xabar beruvchi signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Korxona maʼmuriyati binolar va inshootlarni saqlash, ularni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash ustidan nazoratni amalga oshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Ishlab chiqarish xonalarida havo oqimini boshqaruvchi uskunalar va harorat, namlik va filtrlarda bosim oʻzgarishini oʻlchash moslamalari bilan jihozlangan samarali havo oqimini olish va havo tortish ventilyatsiya tizimi mavjud boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-§. Maishiy va qoʻshimcha xonalarga, ularning soni, holati va joylashuviga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Har bir korxonada SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablari va mazkur Qoidalarga muvofiq sanitariya-maishiy va qoʻshimcha xonalar qurilishi lozim.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Maishiy va qoʻshimcha binolarni loyihalash hamda qurish ularni ishlab chiqarish obyektlari bilan bir paytda ishga tushirish zarurligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Maishiy xonalar imkon qadar ish joylariga yaqin joylashtirilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Maxsus kiyim-kechak va badanning katta darajada ifloslanishini yuzaga keltiradigan muhitdagi uchastkalarda ishlovchi xodimlar uchun maxsus maishiy xonalar jihozlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Uy va ish kiyimlari saqlanadigan garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va choʻmilish xonalari erkaklar va ayollar uchun alohida boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabilar qurilmalarning soni, koʻpchilikni tashkil etadigan smenada ishlovchilarning soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. Hojatxonalarning pollari quruq holda saqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Har bir yuvinish jihozi issiq va sovuq suv keladigan quvurlarga ulangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Yuvinish xonalarida elektr quritgichlar, koʻzgu, kiyim ilgichlar, suyuq sovun uchun idishlar va qattiq sovun solgichlar, shuningdek, eng koʻp sonli smenada 40 kishiga bitta qurilma hisobidan kelib chiqqan holda qoʻlni xlorli eritmada yuvish moslamasi koʻzda tutilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Maxsus kiyimni yuvish uchun korxonalarda kir yuvish xonalari boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Ovqatlanish punktlari umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan sanitariya qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-§. Suv taʼminoti va oqova suvlar tizimiga qoʻyiladigan talablar
(9-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Korxonani xoʻjalik-ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash uchun suv bilan taʼminlash manbalari O“ZDST 950:2000 “Ichimlik suvi” talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Korxonani ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi oqova suvlariga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Tozalangandan soʻng suvda zararli moddalarni tarkibi sanoat korxonalarini loyihalashtirish sanitar normalari oʻrnatgan, chegaralangan ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshib ketmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Agar ichimlik suvning sifati xavfsizlikni taʼminlay olmasa, maxsus xona ajratilib, unda qaynatib sovutilgan suv yoki issiq choy tarqatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Ichimlik suv saqlanadigan idishlar zanglamaydigan va yengil tozalanadigan va dezinfeksiyalanuvchi materiallardan, qopqogʻi zichlab berkitiladigan qilib yasaladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Ichishga tarqatiladigan suvning harorati 20°Sdan koʻp va 8°S dan kam boʻlmagan holda boʻlishi va qaynatilgan suv har smenada kamida bir marta yangilanib turilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Oqova suvlarini hosil qilish va suv havzalariga tushirish SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” va SHNQ 2.04.03-24 “Oqova suvlarni chiqarib yuborish. Tashqi tarmoqlar va inshootlar. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Butun tashqi oqova tizimi yopiq boʻlishi lozim. Yogʻingarchilik (yomgʻir) suvlari va yuvish uchun xizmat qiladigan suvlar uchun moʻljallangan ochiq maydonchalarda novlar (lotoklar) oʻrnatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Sexlar ichidagi ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlari uchun oqova yopiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Suyuq holdagi ishlab chiqarish chiqindilarining oqib tushish tizimlari suyuqlik orqa tomonga oqib tushishini bartaraf etish uchun moslashtirilgan boʻlishi lozim. Ushbu chiqindilar oʻtadigan joylar tegishli ventilyatsiya bilan jihozlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Oʻziga xos ifloslanishlardan tozalab boʻlmaydigan oqova suvlari maxsus ajratilgan joylarga oqizilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Korxona ishlab chiqarish va maishiy oqova suvlarining tozalanish samaradorligi yuzasidan muntazam laboratoriya nazoratini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-§. Ish joylarini va xonalarni yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Korxona maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari muvofiq boʻlishi kerak.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Yoritish uskunalarini oʻrnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos boʻlishi kerak. Montaj paytida va undan soʻng har qanday oʻzgarish va qoʻshimchalar amaldagi meʼyorlarga javob berishi va loyihaga tegishli oʻzgartirish kiritilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Bir tekis taqsimlangan umumiy yorugʻlik qandillari mashinalar guruhi orasidagi yoʻlaklarda, poldan 4,5 — 6 metr balandlikda, lokallashgan umumiy yorugʻlik qandillari esa ish kameralari tarafidan shneklarni boshqarish balandligida va operator tarafidagi maydonchadan 2 — 2,5 metr balandlikda joylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Ishlab chiqarish sexlaridagi, xom ashyo omborlari va yuk tushirish-ortish maydonlaridagi texnologik uskunalar qoʻshimcha ravishda koʻchma yoritish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86. Ishlab chiqarish laboratoriyasida yoritishning kombinatsiyalashgan (umumiy va mahalliy) sistemasini yoki lokallashgan sistemasini qoʻllash kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalardan odamlarni evakuatsiya qilishga moʻljallangan avariya yorugʻligi tegishli QMQ talablariga binoan bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. Avariya yorugʻligi qandillari, ish yorugʻligi tarmogʻidan alohida mustaqil tarmoqqa ulanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Tashqi yoritish sistemasi, ichki yoritish sistemasidan qatʼi nazar, mustaqil boshqarish pultiga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90. Korxonalar asosiy ishlab chiqarish sexlarida, laboratoriyalarida, tarozixonalarida asosan lyuminessent lampalar qoʻyilishi kerak. Bunda asosiy texnologik sexlarda oq rang beruvchi (LB) lampalar, laboratoriya va tarozixonalarda LDS-1 va LD turidagi lampalar ishlatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. Yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar omborida hamda akkumulyatorlarni zaryadlash xonalarida faqat portlashdan himoyalangan qandillar ishlatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92. Qandillarni, oynalarni, fonarlarni muntazam ravishda har oyda bir marta yuvuvchi moddalar bilan tozalab turilishi hamda kuygan lampalarni almashtirish xavfsizlikni taʼminlovchi uskuna va moslamalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93. Qandillarni oʻrnatish va tozalash, lampalarni almashtirish hamda elektr tarmoqlarini sozlash ishlari elektr toki oʻchirib qoʻyilgan holda va bu ishlarni bajarishga ruxsati bor shaxs tomonidan bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94. Yoritish uskunalarini toʻgʻri ishlatish va texnik holatini nazorat qilish korxona boʻyicha buyruq bilan tayinlangan va texnik tayyorgarligi yetarli boʻlgan shaxsga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Materiallar omborlariga va yuk ortish-tushirish maydonchalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95. Korxona hududiga keladigan materiallar va uskunalar uchun shu maqsadga ajratilgan va tayyorlangan maxsus omborlar hamda yuk ortish-tushirish maydonchalari boʻlishi va ularning tuzilishi va joylashishi SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(95-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96. Omborlarda materiallarni taxlash usullari yoritilgan mehnat muhofazasi va yongʻin profilaktikasi boʻyicha yoʻriqnoma koʻrinarli joyga osib qoʻyiladi. Bu yoʻriqnomada ushbu omborda qanday materiallar, qancha miqdorda, qanday idishda saqlanishi mumkinligi koʻrsatilishi kerak. Koʻrinarli joylarga yuklarni joylash va ortish sxemasi osib qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97. Korxonalardagi yuk ortish-tushirish estakadalari, maydonchalari, platformalarining pollari vagon poli yoki avtomobil kuzovi tekisligi bilan barobar boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98. Yuk ortish maydonchasi perimetri boʻyicha (bundan yuk tashish transporti yoʻli mustasno) balandligi 30 sm.li mustahkam himoyalovchi toʻsiq bilan toʻsilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99. Yuk ortish-tushirish maydonchalari va estakadalari tekislangan va asfaltlangan boʻlishi kerak. Uning sathi suv toʻplanmaydigan boʻlishi va qish vaqtida muntazam ravishda qor va muzdan tozalab turilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100. Bosim ostida boʻlgan ballonlar saqlanadigan omborlar “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 23-noyabrdagi 258-son buyruq talablariga mos boʻlishi kerak.
(100-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 27-iyundagi 37-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983-3, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/1983-3/0490-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Siqilgan gaz, shu jumladan kislorod maxsus shamollatiladigan, ochiq alanga manbalaridan va payvandlash joylaridan himoyalangan, birinchi qavatda joylashgan va korxona hududiga alohida chiqiladigan xonaga joylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102. Kalsiy karbidi zaxirasi quruq, yaxshi shamollatiladigan, yonmaydigan va tashqaridan yoritiladigan xonalarda saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103. Kalsiy karbidini yertoʻlalarda saqlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104. Bitta omborda kalsiy karbidi bilan birga, siqilgan gaz toʻldirilgan ballonlar, hamda kislorodli ballonlar va yonuvchi gazlar saqlanishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105. Kislota alohida xonada saqlanishi kerak. U xonada faqat distillangan suv boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Yuklarni koʻtarish va tashishda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
106. Qoʻlda koʻtarish va tashishda belgilangan meʼyorlaridan ortiq yuklarni koʻtarish va tashish ishlari mexanizatsiyalashtirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107. Barcha mexanizm va yuk koʻtarish uskunalari “Yuk koʻtarish kranlari tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish qoidalarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-iyundagi 20/YUB-26-son qarorga mos boʻlishi kerak.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 27-iyundagi 37-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983-3, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/1983-3/0490-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108. Yukni iluvchilar ishi, shu ishlarni xavfsiz bajarish yoʻriqnomasiga binoan bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
109. Paxta toylari, bogʻlam va shu kabi narsalarni elektrotelfer bilan koʻtarishda ilgakni koʻtarish chegaralagichi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110. Elektrotelfer, ilgagidan toylar tushib ketishini oldini olish uchun himoya qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111. Yuklarni koʻtarish va tashish vaqtida tugun va sirtmoqlarni toʻgʻrilash va sirpanib ketgan arqonni toʻgʻrilash taqiqlanadi. Yukni odamlar ustidan koʻtarib oʻtish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
112. Yuk koʻtarish-tashish uskunalarining texnik holati va toʻgʻri ishlatilishi ustidan nazorat buyruq bilan tayinlangan, maxsus oʻqitilgan, attestatsiyadan oʻtgan muhandis-texnik xodimga topshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
113. Yuk koʻtarish uskunasiga koʻtarishi mumkin boʻlgan yukning ogʻirlik chegarasi, oʻtkazilgan sinovning vaqti va kelgusi sinov vaqti yozib qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114. Transport vositalari oʻlchamlari va konstruksiyasi, tashiladigan yukning oʻlchamiga mos boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
115. Ishlab chiqarishda oʻrganilmagan yongʻin va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qoʻllash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
116. Texnologik obyektlarning portlash xavfliligi holati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
117. Texnologik jarayonlar joylashtirilgan binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
118. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va shu kabi) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
119. Barcha ishlab chiqarish sexlari, xom ashyo va tayyor mahsulot omborxonalari, maʼmuriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
120. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Shovqin va titrashga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
121. Shovqin darajasi ish joylarida, xonalarda va korxona hududida GOST 12.1.003-83, titrash darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
122. Ish joylarida shovqin va titrash darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shovqinli uskunalarni (ventilyator, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
titrashni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, ventilyatorlar va shunga oʻxshashlar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak. Bu agregatlarni bino konstruksiyalariga qattiq mahkamlab qoʻyish taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchilar dam olishi uchun shovqindan izolyatsiyalangan xonalar tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchilarni eshitish aʼzolarini shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
123. Asboblar, mexanizm va uskunalarda ishlayotgan ishchilarning qoʻliga berilayotgan titrash hamda ish joylaridagi umumiy texnologik titrash milliy standartlar va sanitariya meʼyorlarida belgilangan meʼyoridan yuqori boʻlmasligi kerak.
(123-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 14-iyundagi 45-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983-2, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1983-2/0405-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
124. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaxsiy himoyalanish vositalaridan foydalanish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Ishlab chiqarish uskunalari avtomatik oʻchishini taʼminlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
125. Portlash jihatidan xavfli texnologik jarayonlar uchun texnologik uskunalarda avariyaga qarshi himoya tizimlari nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
126. Avariyaga qarshi himoya tizimlari texnologik jarayonni boshqarishning umumiy tizimiga ulangan holda boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
127. Avariyalarni oldini olish maqsadida texnologik tizimlarda avariyaga qarshi qurilmalarni, jumladan, qulflash, klapanlar, ajratuvchi va boshqa oʻchiruvchi hamda bosim qiymati oshib ketishiga qarshi saqlovchi qurilmalarini qoʻllash tavsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
128. Texnologik jarayonni olib borish xavfsizligi aniq bir parametrlar (harorat, bosim va boshqalar) bilan belgilanadigan barcha apparatlarda signal beruvchi, rostlovchi, oʻziyozar, koʻrsatuvchi va boshqa asboblar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
129. Mehnat sharoitlari xavfsizligini taʼminlash va texnologik jarayonning parametrlarini nazorat qilish uchun ishlab chiqarishlar nazorat-oʻlchov asboblari, avariya, ogohlantiruv va texnologik signalizatsiyalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
130. Korxona va sex rahbariyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq zararli ish sharoitlarini bartaraf etish, baxtsiz hodisalarni oldini olish va ish joylarini tegishli sanitariya-gigiyena talablariga mos holda saqlanishini taʼminlash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrishi shart.
(130-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Paxtani tashishda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
131. Avtomashina yoki traktorlarda hamda mexanizmlar yordamida bajariladigan ortish-tushirish ishlarida ishlashga quyidagi shaxslarga ruxsat beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18 yoshga toʻlganlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu kasbda ishlashga huquqi borligi haqida guvohnomasi bor shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma olgan va imtihon topshirgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy koʻrikdan oʻtganlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
132. Avtomobillar va traktorlarning gaz chiqarish quvurlari sozlangan uchqun oʻchirgich bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
133. Paxta xom ashyosini tashishda traktorga toʻrttadan ortiq tirkama ulash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
134. Paxta tayyorlash punktlarida traktor va avtomobillarning tezligi 10 km/s dan, burilishlarda esa — 5 km/s dan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
135. Tirkama aravani orqaga yurgazishda uning burilib ketmasligi chorasini koʻrish kerak. Orqaga yurgazish uchun yaqinida turgan odamlarni ogohlantirish va tovush signali berish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
136. Paxtani avtomashina, traktor va tirkamalarda tashilganda, ular bortlaridan paxta oshib ketmasligi va brezent yoki qalin mato bilan yopilishi va bortning hamma tomonidan 10 — 15 sm pastga tushib turishi kerak. Ustiga toʻshalgan brezent yoki mato arqon bilan bogʻlab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
137. Avtomobil, traktor va tirkamalar bortlarida odamlarni tashish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
138. Avtotransport vositalarining bortlari ustiga brezentlarni tortish yoki tushirish uchun chiqqanda yuqori uchiga ilgak ilingan tirkama narvonlardan yoki kuzovlarda mavjud boʻlgan vertikal narvonlardan foydalaniladi. Avtomobil kuzovi ustida paxtani zichlovchilar himoya kamarlari va uzunligi 2,6 m boʻlgan, qarama-qarshi bortlarga bogʻlangan arqonlar bilan taʼminlanishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
139. Avtotransport bortida paxta bor vaqtda uchqun chiqaruvchi asbob-anjomlardan foydalangan holda sozlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Paxtani gʻaramlarga va omborlarga joylashda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
140. Mexanizmlar yordamida paxtani gʻaramlarga joylashda ularning balandligi 8 m dan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141. Paxtani gʻaram maydoniga qabul qiluvchi-uzatuvchi va tasmali transportyor yordamida uzatib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
142. Mexanizatsiya vositalarini ishga tushirishdan oldin mashina yonidagi va gʻaram ustidagi odamlarni ovoz bilan ogohlantirish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
143. Gʻaram maydoniga birvarakayiga ikkita transportyor oʻrnatiladi, ularning har biri gʻaramning uzunligi boʻyicha yarmiga paxta uzatishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
144. Sutkaning qorongʻi vaqtlarida gʻaram maydonlari maxsus machtalarga oʻrnatilgan projektorlardan yoritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
145. Balandligi 5 m dan ortiq boʻlgan gʻaramlarga koʻtarilishda suriluvchi narvonlardan foydalanish kerak. Bu narvonlarda ishlashga maxsus oʻqitilgan, uning tuzilishini yaxshi biladigan, unda xavfsiz ishlash usullarini biladigan shaxslarga ruxsat beriladi. Balandligi 5 m gacha boʻlgan gʻaramlardan tushish va chiqish tirkama narvonlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
146. Paxta gʻaramlarida tunnel qazishni gʻaram oʻrnasha boshlagandan soʻng 10 — 12 kun oʻtkazib bajariladi va bunga albatta naryad-ruxsat olishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
147. Tunnel qazish ishini qoʻlda bajarishda, bu ishni kamida ikki kishi bajaradi, ulardan bittasi gʻaramning tashqarisida turishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-§. Gʻaramlardan paxtani titib olishda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
148. Gʻaramdan paxtani titib oluvchi mashina ishini tashqaridan turib boshqarish pulti orqali amalga oshiriladi. U mashina oʻqidan chapga yoki oʻngga kamida 5 m va gʻaramdan kamida 10 m masofada boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
149. Paxtani gʻaramdan titib oluvchi mashina tishlarining uchi (freza qoziqlari) rangli metalldan yoki plastmassa boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
150. Paxtasi titib olinayotgan gʻaram atrofi 2 m masofada arqon bilan oʻrab qoʻyiladi va “Xavfli maydon” deb yozilgan ogohlantiruvchi belgi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
151. Mashina harakatlanayotgan vaqtda kabelni surishga ishchida albatta dielektrik qoʻlqop boʻlgan taqdirdagina ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
152. Paxtani gʻaramdan birinchi marta olishda 15 — 20° nishablikda olish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
153. Mashinada ish vaqtida paydo boʻlgan nosozlikni bartaraf qilish uchun uni gʻaramdan kamida 5 m uzoqlikka olib borish, strelkasini pastki holatiga tushirib, elektr manbaidan uzib qoʻyish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-§. Paxtani gʻaramdan va yopiq omborlardan qoʻlda olishda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
154. Paxtani gʻaramlardan va yopiq omborlardan qoʻlda olishga favqulodda hollarda, mashinalar buzilib qolganda ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
155. Paxtani gʻaramning ustida turib pastga tashlayotgan ishchilar himoyalovchi moslamalardan foydalanishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
156. Gʻaramdan paxtani olish unda tik devorlar hosil qilish va katta paxta boʻlaklarini yerga yoki transportyor tasmasiga tashlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
157. Gʻaramning pastki qismi ikki metr masofada arqon yoki sim bilan oʻrab qoʻyiladi va “Xavfli maydon” deb yozilgan ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
158. Barcha qoʻzgʻalmas uskunalar, agregat va dastgohlar ishlab chiqargan zavod koʻrsatmasiga binoan mustahkam asoslarga va poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
159. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar va boshqalar) toʻsilgan boʻlishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160. Toʻsiqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan boʻlishi va qisib qoluvchi tirqishlari, kesib oluvchi va oʻtkir burchaklari boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
161. Ogʻirligi 5 kg dan ortiq boʻlgan toʻsiqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
162. Oʻzidan changli havo chiqaruvchi ishlab chiqarish uskunalari zichlab berkitilishi va chang havoni soʻrish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
163. Yangi oʻrnatilgan yoki kapital sozlashdan chiqqan uskunalarni xavfsizlik texnikasi muhandisi ishtirokida dalolatnoma tuzilgandan keyin ishlatishga ruxsat berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
164. Mashinani sozlash, tozalash, moylash va kamchiliklarini bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni bajarish elektr taʼminotidan uzib qoʻyilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan va ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyilgan holatda bajarilishi lozim. Mashinani yurgazish belgini osib qoʻygan shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
165. Toʻsiqlarning va himoyalovchi moslamalarning hamda asboblarning sozligi sex (boʻlinma) rahbariyati tomonidan muntazam tekshirib turilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
166. Montaj va demontaj vaqtida qoʻllanadigan tagliklar va koʻtarish mexanizmlari ish boshlashdan avval sinab koʻrilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
167. Ishlab turgan korxonalarda montaj va demontaj ishlarini olib borishda ochiq alanga hamda uchqun chiqaruvchi turli mexanizm va moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
168. Moylangan artish materiallarini (lattalar) faqat metall yashiklarda saqlash va ishlatilganlarini yoqib yuborish yoki zavod yongʻin xavfsizligi belgilagan joyga tashlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Elektr uskunalarni ishlatish vaqtida elektr xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
169. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori talablariga rioya qilish kerak.
(169-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 27-iyundagi 37-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983-3, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/1983-3/0490-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
170. Har bir korxonada maʼmuriyat buyrugʻi bilan tegishli muhandis-texnik xodimlardan korxona elektr xoʻjaligining umumiy holati uchun javobgar shaxs tayinlanishi va undan IEQEQ XTQ va mazkur Qoidalarni bajarilishini taʼminlash talab etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
171. Shaxsning bilimi tekshirilib, elektr xavfsizligi boʻyicha kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga IV guruh, elektr xavfsizligi boʻyicha kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan uskunalar boʻyicha V guruh berilgandan keyin javobgar shaxsni tayinlash haqidagi buyruq chiqariladi. Korxonada bosh energetik lavozimi boʻlsa, elektr xoʻjaligi boʻyicha javobgarlik unga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Vintli konveyerlar (shneklar) va elevatorlarga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
172. Konveyerlar joylashtirilgan yer osti kanallari olinadigan metall qopqoqlar bilan yopilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
173. Vintli konveyerlarning qopqogʻi tarnoviga sharnirlar bilan biriktirilishi, ichiga botib turadigan ochish uchun dastagi boʻlishi va konveyerning zichligini yaxshi taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
174. Qopqoqlar konveyer elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan boʻlishi va ochilgan paytida 100 — 110° da yaxshi oʻrnashishi va qayta yopilib qolish ehtimoli boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
175. Vintli konveyer yer ustidan oʻtgan hollarda uning ustidan oʻtish uchun koʻprikcha yasalishi va oʻtish maydonchasi yuzasi sirpanib ketmaslik uchun gʻadir-budur boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
176. Agar vintli konveyer 2 metr va undan balanddan oʻtsa, uning butun uzunligi boʻyicha eni 0,7 metrli ish maydonchasi qilinishi va balandligi 0,9 metrli toʻsiq bilan taʼminlanishi, polining atrofi balandligi 0,1 metr toʻsiq bilan va unga chiqish uchun toʻsiqli narvon bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
177. Konveyer har bir jin va linter qarshisidagi lotok ostidan chigitlarni ajratib olish uchun yaxshi mahkamlangan panjara bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
178. Shnekni sozlash yoki uning tarnovini tozalash ishlari, konveyer toʻla toʻxtatilgan va tasodifiy yurib ketishining oldini oluvchi blokirovka soz boʻlgandagina amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
179. Harakatlanuvchi qismlari toʻsilmagan, oʻchirgich moslamalari sozlanmagan yoki qopqoqlarning blokirovkasi oʻrnatilmagan hollarda ularni ishlatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
180. Elevatorlarni narvonlar bilan taʼminlangan qoʻzgʻalmas maydonchalari boʻlishi kerak. Maydonchalarning atrofi 0,9 metr balandlikda toʻsilgan va pastida 0,1 metr toʻsigʻi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
181. Elevator qobigʻi pastki taranglashtiruvchi barabandan 2-2,5 metr balandlikda joylashgan nazorat darchalariga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
182. Elevatorning pastki qismida balandligi 1 metr boʻlgan toʻsiq yopqichi bor eshigi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
183. Elevatorning pastki qismida chang soʻrish sistemasi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Paxtani quritish uskunalariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
184. 2SB-10 markali quritish uskunasi harakat uzatish qismining toʻsigʻi zichlab berkitilishi va elektr dvigateli bilan blokirovka qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
185. Qurigan paxta yigʻiladigan chuqurcha atrofida 1 metrli toʻsiq va yopqich bilan taʼminlangan eshik boʻlishi kerak. Yonma-yon ikki va undan ortiq quritgich oʻrnatilgan taqdirda, qurigan paxta uchun bitta umumiy chuqurcha qilinishi va oʻtish koʻprikchasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
186. Baraban ichida bajariladigan barcha sozlash ishlariga issiq havo toʻxtatilib, baraban ichidagi hamma paxta chiqarib olingach, sovuq havo yuborilib, elektr toki tarmogʻidan oʻchirilgandan soʻng, ogohlantiruvchi belgi osilgan holda ruxsat etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
187. 2SBS va 2SB-10 quritgichlari yurgazish haqida ogohlantiruvchi signal berish moslamasi bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
188. Barabanning ichki qismini sozlash vaqtida yoritish uchun 12 V kuchlanishga ega boʻlgan koʻchma lampalardan, dielektrik qoʻlqoplar, dielektrik kalish va rezina gilamchalar kabi shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
189. Ish paytida konstruksiyasida koʻzda tutilgan barcha blokirovkalar soz holatda boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
190. Quritgich toʻxtatilganda smena ustasining ruxsatisiz baraban ichiga odam kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
191. Quritgichni ishga tushirishdan avval uning ichida odam yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
192. Harakat uzatuvchi tasmalar va biriktiruvchi muftalar mustahkam toʻsqichlar bilan toʻsilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
193. Issiqlik generatorining shiberlari, tutun soʻrgich apparati yoʻnaltiruvchisi va forsunkalari nosoz boʻlsa hamda yetarlicha yoritilmagan boʻlsa, ishga tushirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
194. Issiqlik generatorlarini ishga tushirishdan oldin oʻtxonani shamollatish va unda gaz hidi yoʻqligiga hamda gaz quvurining butunligiga ishonch hosil qilish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
195. Issiqlik generatorlarining elementlari va uzellari va qiziydigan yordamchi elementlari harorati 45°dan oshmaydigan issiqlik izolyatsiyasiga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
196. Oʻtxonalarda ishlashga 18 yoshga toʻlgan, tasdiqlangan dastur boʻyicha oʻqitilgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan, oʻtxonalarda ishlash huquqini beradigan belgilangan namunadagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
197. Oʻtxonalarda koʻrinarli joyga isitish kommunikatsiyalari sxemasi, oʻtxonani isitish vaqtida yongʻin xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi va ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar osib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
198. Gaz bilan quritishda, gaz magistralida plombalangan saqlovchi klapanlar mavjud boʻlgandagina gaz ishlatishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
199. Suyuq yoqilgʻi ishlatilganda uni saqlash rezervuarlari yongʻin xavfsizligi hamda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash omborlariga qoʻyiladigan texnik shartlari va talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200. Amaldagi har bir rezervuar loyihada va tegishli milliy standartlarda koʻrsatilgan uskunalar komplekti bilan taʼminlanishi kerak.
(200-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 14-iyundagi 45-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983-2, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1983-2/0405-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
201. Rezervuarlar dastlabki oʻt oʻchirish vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
202. Har bir yer usti rezervuari, quvurlar tizimi va suyuq yonilgʻini soʻruvchi apparatlar ishonchli ravishda yerga ulanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
203. Rezervuarlardagi yoqilgʻi sathini poʻlat tasma yordamida oʻlchashda, tasma taqaladigan teshikning ichki devorlari uchqun chiqarmaydigan maxsus moslama bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
204. Suyuq va gazsimon yoqilgʻidan foydalanilganda oʻtxonadagi avtomatik uskunalarning barchasi soz holatda boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
205. Rezervuar va sisternalarning ichki qismini tashqi havo bilan aloqada boʻlishi uchun ular nafas naychalari yoki klapanlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
206. Suyuq yoqilgʻi saqlanadigan rezervuarlar parki kechasi yongʻin xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beruvchi yorugʻlikka ega boʻlishi va yashin qaytargichlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Paxta tozalovchi uskunalarga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
207. CHX-3MI tozalagich qobigʻida oʻrta choʻtkali val qarshisida mashinaning butun eni boʻyicha nazorat oynasi, mashina yurgazgichi bilan blokirovka qilingan ochiluvchi qopqogʻi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
208. Qoziqli barabanning harakatni uzatuvchi qismini toʻsigʻi va tozalovchi CHX-3MIning variatorida ochiluvchi qopqoq boʻlishi va u baraban elektrodvigateli bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
209. Tozalovchi CHX-3MI arrali barabanlari qobiqlarini berkituvchi uskunalari boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
210. Tozalovchi CHX-3MIning ochiluvchi qopqoqlaridan (ikkitasi yon tomonidan, uchtasi orqa tomondan) faqat blokirovka qilingan toʻsiqlari ochilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
211. Tozalovchi CHX-3MIning paxta tushiruvchi lotogi namuna olishga moʻljallangan ochilib yopiladigan qopqoq bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
212. Tozalovchilarning qopqoqlari yaxshi yopilishi va mashina ishini nazorat qilish uchun darchalari boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
213. Tozalovchilar chang havoni soʻruvchi uskunalarga ega boʻlishi va ular sexning umumiy ventilyatsiya sistemasiga ulangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
214. Tozalovchi CHX-3MIning yuqorida joylashgan qismlarini boshqarish uchun maxsus maydonchali koʻchma narvondan, CHX-3M2 tozalovchida esa ushlagichi va maydonchasi bor boʻlgan koʻchma narvonlardan foydalaniladi. Narvon mashinaga ilgaklar yordamida ilib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
215. Kolosnik panjaralarini, arrali va qoziqli barabanlarni tozalash, oʻralib qolgan paxtalarni olish ishlari blokirovka qilingan qopqoq va yon toʻsiqlar ochilib, ogohlantiruvchi plakatlar osib qoʻyilgandan soʻng bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
216. Tozalovchi 6A12M1ning ochiluvchi qopqoqlari va eshiklarining zichlovchilari va ilgaklari soz holatda boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
217. 6A12M1 tozalovchisining yuqoridagi qopqogʻi qoziqli baraban harakat uzatuvchisi bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
218. 6A12M1 tozalovchisidagi qoziqli shneklarning ochiq joylari mashinadan paxta tushadigan qismlarida maxsus qobiq bilan yopilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
219. 6A12M1 tozalovchisidagi qoziqli barabanlarning yuqoridagi qismlarini boshqarish va mashinani tozalash uchun ish maydonchalari va ushlagichlar bilan taʼminlangan narvonlari boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
220. Tozalagichlar chang tortish tizimiga ega boʻlishi va sexni changsizlantirish ventilyatsiyasiga ulangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
221. Toʻrning yuzasini yopib turuvchi, ochiluvchi qopqoq ochiq holatda turishi hamda qulf-dastagi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Jinlarga va tola tozalagichlarga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
222. Jinlarning arrali silindri butun uzunligi boʻyicha pastki va orqa tomonidan (kolosniklar orqasidan) himoyalovchi panjara bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
223. Jin kamerasi ajraluvchi fartugining yopiq holatda ishonchli ravishda ushlab turuvchi elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan maxsus yopqichi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
224. Jinning ish kamerasi koʻtarilgan holatda qattiq sharnirli tirsak bilan tutib turilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
225. Jindagi kolosnikli panjaraning pastki qismi chigitlarning oʻtishini nazorat qilish imkonini beradigan darchali qopqoq bilan berkitilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
226. Jinning kolosnikli panjarasi koʻtarish, yechib olish va koʻtarilgan holatida mustahkam ushlab qolish imkonini beradigan moslamaga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
227. Jindagi chiqindi chiqaruvchi shnekning mashinadan chiqib turgan qismining ustida qopqoq boʻlishi, agar chiqindilar havo bilan soʻrib olinsa, bu qopqoqning ustida teshikchalar boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
228. Jindagi kolosnikli panjara shunday oʻrnatilishi kerakki, arralar koʻtarilgan holatida kolosniklar yuzasidan chiqib turmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
229. Jindagi kolosnikli panjarani faqat ish kamerasi koʻtarilgan holatda tozalash kerak. Bunda kolosniklarning pastki qismini (fartuk osti) yogʻoch belkuraklar, yuqori qismini esa maxsus moslamalar bilan tozalash (ilgak, uch shoxli pichoq va shunga oʻxshash) kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
230. Jindagi havo kamerasi chetlarini ish kamerasi koʻtarilgan holatda va arrali silindrni yogʻoch tayoqcha bilan toʻxtatib tozalash kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
231. Valikli jinlarning asosiy barabanlarini yopib turuvchi qopqoq (fartuk) jinning elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
232. Valikli jinlarning taʼminlovchi lotogi nazorat darchasi boʻlgan ochiluvchi qopqoq bilan yopib qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
233. Valikli jinlardagi qoziqli baraban oldidagi havo teshikchalarini berkitib turuvchi ochiladigan qopqoq zichlovchi tiqinlarga va qulay qulf-dastaklarga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
234. Arrali va valikli jinlarning, yerdan 2 metrdan balandda joylashgan qismlarini boshqarish uchun, kengligi 0,8 metrdan kam boʻlmagan, toʻsiq va narvon bilan taʼminlangan maxsus maydonchasi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
235. Tezlashtiruvchi valikni harakatga keltiruvchi yassi qayishni harakatlanib turganda kiydirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
236. Mashina ishlab turgan paytda harakatlanib turgan qismlari va vallaridan ilinib qolgan paxta tolalarini olib tashlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
237. Bolgʻachalarni sozlash paytida valik yuzasidagi qayishni olib qoʻyish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
238. Ish valigidagi oʻlik tolalar tushadigan ariqchani tozalash uchun maxsus arrachadan yoki maxsus ariqchani tozalash asbobidan foydalanish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
239. Tola tozalagichning tasmali transportyorining yuqori qismi ochiladigan va qulflanadigan qopqoq bilan taʼminlangan metall qobiq ichiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
240. Tola tozalagichining arrali silindrlari ustidagi ochiluvchi qopqogʻi mashinaning va jinning elektr dvigatellari bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
241. Qopqoqlari ochilganda mustahkam turishi va dastak-qulf bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
242. ZOVPM tola tozalagichining chiqindilar kamerasini toʻsuvchi panjara oʻz holatida mustahkam turishi va mashinaga harakat uzatuvchi qism bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
243. Havo beruvchi va uzatuvchi qismlarning mashina qobigʻidagi teshiklari arrali silindr yuzasidan kamida 0,8 metr masofada boʻlishi kerak. Agar bu masofa 0,8 metrdan kam boʻlsa, bu teshiklarni berkituvchi qopqoqlar elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
244. Tolani soʻrib ketuvchi quvurga tola tiqilib qolsa, uni tozalash uchun maydonchasi va toʻsiqlari boʻlgan narvondan foydalaniladi. Bunda ish boshlashdan avval ventilyator oʻchirib qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Arrali linterlarga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
245. Ish kamerasining fartugi linterni yurgizish va toʻxtatish qismi bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
246. Arrali silindr pastdan butun uzunligi boʻyicha ogohlantiruvchi panjara bilan toʻsilgan boʻlishi, u esa oʻz navbatida kolosnikli panjaraning pastki qismi bilan va ogohlantiruvchi taroq bilan sharnirli birikishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
247. Arralar valining uchi silindr qobiq bilan toʻsilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
248. Linterlar chang havoni va chiqindilarni havo yordamida soʻruvchi ventilyatorlar bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
249. Lintni soʻrib ketuvchi kamerada va havo quvurining uchidagi tiqilib qolgan tolani maxsus metall ilgaklar bilan tozalash kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-§. Gidropress qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
250. Zichlashtirgich porsheni plitasining harakat zonasi toʻrt tomondan qobiq bilan oʻralgan boʻlishi kerak. Uning old tarafida esa ilgakli nazorat eshikchasi boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
251. Presslovchi yashiklarning aylanish doiralari presslovchi sex poli sathi bilan baravar boʻlishi kerak. Aylanish doirasining pol bilan oraligʻi 10 mm dan katta boʻlmasligi va elastik material bilan yopib qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
252. Yon ustunlar va pol orasidagi tirqish hamda fiksatorning oʻtish joyi zichlashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
253. Gidravlik press silindrlarining quduqchalari mustahkam biriktirilgan metall toʻsiqlar bilan yopilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
254. Yuqori bosimli suyuqlik quvurlari mustahkam umumiy qobiqli toʻsiq bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
255. Pressning toyni itarib yuboruvchi mexanizmi boʻlishi, uning zanjiri yon tomonlaridan 10 — 15 mm balandlikda chiqib turgan toʻsiqlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
256. Toylarni press ichidan itarib chiqarish uchun nishablik boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
257. Presslovchi yashiklarni aylanish vaqtida fiksator oʻchishi bilan birinchi va ikkinchi qavatda avtomatik ravishda tovush signali va birinchi qavatda qoʻshimcha ravishda yorugʻlik signali berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
258. Yuqori travers bilan press eshiklari orasida kamida 40 mm li tirqish boʻlishi va dastaklar eshik qirrasidan 100 mm masofada oʻrnatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
259. Har bir press silindridagi suyuqlikning bosimini nazorat qilib turish uchun sozlangan va belgilangan tartibda tekshirilgan manometr bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
260. Gidronasoslarning ishini nazorat qilib turish uchun ular manometr va ogohlantiruvchi klapanlarga ega boʻlishi kerak. Ogohlantiruvchi klapanlar press silindridagi suyuqlikning ish bosimiga moʻljallangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
261. Presslash sexida kamarlari uzilgan paxta mahsulotlari toylarining yigʻilishiga yoki presslanmagan paxta mahsulotlari massasini bir toy hajmidan ortiq toʻplanishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
262. Toylarni oʻrash materiallari va boylash simlari yoki tasmalari ish joyini toʻsmaydigan masofada saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
263. Toylarni presslash sexidan olib chiqib ketish uchun transportyorlar ishlatilishi, ular boʻlmaganda qisqichli va himoyalovchi toʻsiqli maxsus aravachalar qoʻllanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
264. Tolani va momiqni presslash sexi jin, linter, tozalovchi, quritish va paxtani uzatish sexlari va uchastkalari bilan signalizatsiya orqali bogʻlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-§. Kondensor va separatorlarga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
265. Kondensorning oldida “Toʻxtatish” avariya tugmasi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
266. Kondensorning toʻrli barabani yoki mashina uzellarining lyuklari mustahkam, blokirovka va zichlagichlar bilan taʼminlangan qopqoqlari boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
267. Kondensorning ochiluvchi qopqoqlarida nazorat darchalari boʻlishi va ular blokirovka qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
268. Kondensor lotogining qopqogʻi suriluvchan boʻlishi va yuqori qismi ilgak bilan ilingan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
269. Separatsiyalash kamerasining yon tomonida joylashgan teshik, separatorga harakat uzatish qismi bilan blokirovka qilingan qopqoq bilan berkitilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-§. Tolali chiqindilarni qayta ishlash mashinalariga (ROV, OVM-A) qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
270. Taʼminlovchi stolcha va riflangan taʼminlovchi silindr yuqori tarafidan qulfli ochiluvchi qopqoq bilan yopilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
271. Mashinaning aerodinamik holatini meʼyorlashtirib va teshiklarni berkitib turuvchi tayoqlar orasidagi tirqish 25 — 30 mm dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
272. Tozalangan tolani soʻrib ketuvchi quvurdagi teshik arrali silindr yuzasidan kamida 0,8 metr masofada boʻlishi va qopqoq bilan yopilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
273. ROV mashinasining toʻrli barabani tepasidan blokirovka qilingan va mustahkam ochiluvchi qopqoq bilan yopilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
274. Chiqindilarni chiqarib tashlovchi shnekning chiqarish korobkasidagi teshiklar tepasidan toʻsiqlar bilan berkitilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
275. OVM-A turidagi tolali materiallarni tozalovchi uskunaning harakat uzatish qismlari ikki tabaqali, elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan qoʻzgʻalmas qobiq bilan berkitilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
276. OVM-A mashinasining yuqori qopqogʻi elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan va ochiq holatida mustahkam turuvchi fiksator bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
277. Tolali chiqindilarni qayta ishlash mashinalari chang havoni soʻruvchi mahalliy ventilyatsiya bilan taʼminlanishi va u sexni changsizlantirish tizimiga ulangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-§. Pnevmotransport va ventilyatsiya uskunalariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
278. Ventilyatorlarning biriktiruvchi muftalari elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan ochiluvchi qobiqlar bilan taʼminlanishi kerak. Qobiq chetlari va ventilyator podshipnigi va elektr dvigateli oralaridagi tirqish 10 mm dan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
279. Ventilyator soʻruvchi havo quvuriga oʻrnatilgan va yoʻnaltiruvchi apparat parrakchalarini xohlagan holatda toʻxtatish imkonini beruvchi fiksator bilan taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
280. Siklon va havo tozalovchi siklon qurilmalarining shnek va vakuum-klapanga harakat uzatuvchi qismlari umumiy, qoʻzgʻalmas qobiqqa ega boʻlishi va uning orqa qismida olinuvchi qopqogʻi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
281. SP-3 (SL-3) va havo tozalovchi siklon qurilmalari qoʻzgʻalmas maydonchalar bilan va ularga chiqiladigan, ushlagichli narvonlar bilan taʼminlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
282. Ogʻir jismlarni ushlab qolgichlarning tituvchi-taʼminlovchi barabanining yopqichi blokirovka qilingan qopqoqqa ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-§. Urugʻlik chigitlarni tayyorlash mashinalari va sexlariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
283. Urugʻlik chigitlarni tayyorlash mashinalari zararli chiqindilarni bevosita paydo boʻlayotgan joyidan soʻrib oluvchi ventilyatsiya uskunasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
284. Chang, chiqindilar hamda ximikatlardan boʻshagan qogʻoz qoplar (idishlar) maxsus ajratilgan joylarda yoqib yuborilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
285. Zaharli ximikatlar qopini ochish va uni dozatorga solish ishlari germetik yopiq kameralarda ishchining oʻzi tashqarida turgan holda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
286. Chigitlarga ishlov beriladigan preparat maxsus omborda, idishlarda saqlanishi va ombordan bir sutkalik sarfi hajmida chiqarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
287. Zararsizlantirilgan chigitlar mashinadan toʻrt qavatli qogʻoz qoplarga solinishi va ustiga “Zaharli” deb yozib qoʻyilgan tamgʻa bosilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
288. Xodimlar faqat tarmoq meʼyorlarida koʻrsatilgan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanilgan holda ishlashlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
289. Chigitlarga ishlov berish sexida ovqatlanish, suv ichish, chekish hamda oʻzi bilan oziq-ovqat mahsulotlari olib kirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
290. Dorilovchi mashinalarning aralashtiruvchi barabanida blokirovka qilingan qopqoq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
291. Mashinaning taʼminlovchisini va dozatorini boshqarish uchun narvon bilan taʼminlangan maydoncha boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
292. Maydonchaning sathi dozator bunkeri yuqori qirgʻogʻidan 0,8 — 1 metr pastroq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
293. Vintli konveyer qobigʻida boltlar bilan mahkamlanib, ochiladigan qopqogʻi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
294. Taʼminlovchi transportyor blokirovka qilingan qopqoqqa ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
295. Ventilyatorning soʻruvchi quvuri ostidagi toʻsiqda chiqindilarni olish uchun moʻljallangan lyukning blokirovkalangan qopqogʻi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Taʼmirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Yuk ortuvchi mashinalarga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
296. Akkumulyatorli yuk ortgichlar va pnevmatik shinali elektrokaralar tekislangan, suv toʻplanmaydigan va qattiq yuzali maydonchalarda harakatlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
297. Ishga tormozlari soz, tovush signali yaxshi ishlaydigan va texnik jihatdan soz boʻlgan yuk ortgichlar qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
298. Yuk ortgichlar harakati paytida yukni koʻtarish, tushirish, qiyshaytirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
299. Yuk ortuvchi mashinalarida odamlarni olib yurish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
300. Yuk ortuvchi mashinalarda va avtoyuklagichlarda ishlashga 18 yoshga toʻlgan, haydash huquqi berilgan guvohnomasi bor, tibbiy koʻrikdan oʻtgan, bilimi sinovdan oʻtkazilgan shaxslar qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
301. Ish tugagach, dam olish vaqtlarida yoki haydovchining vaqtinchalik yoʻqligida mashina toʻla oʻchirilgan, korobka qulflangan boʻlishi va panshaxalar yerga tushirib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
302. Yuk ortgichlarni va elektrokaralarni sozlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari maxsus jihozlangan xonalarda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Zavod hududidagi temir yoʻllarga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
303. Zavod hududidagi temir yoʻllarni boshqarish va tuzilishi temir yoʻl transporti xavfsizlik texnikasi qoidalariga mos boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
304. Paxta toylarini temir yoʻl vagonlariga ortish-tushirish ishlari temir yoʻl transporti xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
305. Temir yoʻllarni kesib oʻtadigan yoʻlaklar qulay va xavfsiz joylarga qurilishi, ularga relslar yuzasi bilan baravar qilib toʻshamalar toʻshalishi kerak. Oʻtish joylarida “Oʻtish joyi” deb yozilgan belgi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
306. Yoʻllar doimo soz holatda boʻlishi va maxsus malakali mutaxassislar tomonidan muntazam tekshirib turilishi kerak. Nazorat davriyligi zavod hududida yoʻllarni saqlash yoʻriqnomasida belgilangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
307. Yoʻlning oxirida vagon izdan chiqib ketmasligi uchun toʻsqich bilan taʼminlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
308. Temir yoʻlning mashina yoʻli bilan kesishgan joyida, yoʻlning butun kengligi boʻyicha oʻtish qulay boʻlishi uchun toʻshama toʻshaladi. Yoʻlovchilar va haydovchilar uchun tovush signali va “Poyezddan saqlaning” ogohlantiruvchi belgisi oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
309. Temir yoʻlning ikki chetida eni kamida 1 metrli yoʻlaklar boʻlishi kerak. Bu yoʻlaklar har xil narsalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi, muntazam ravishda tozalab turilishi, tekis va qattiq yuzali boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
310. Strelkalar va oʻtish joylari yoritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Metallarga sovuq holatda ishlov berishga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
311. Stanokning qisib turuvchi qismlariga detalni mustahkam oʻrnatish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
312. Ishlov berish vaqtida, uzluksiz qirindi chiqaradigan metallarni qirqayotganda maxsus qirquvchi yoki qirindilarni maydalovchi moslamalar qoʻllanishi kerak. Sinuvchi qirindi chiqadigan metallarga ishlov berishda, qirindilarni chiqarib turuvchi moslama ishlatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
313. Dastgohlarda mahsulotni sayqallash, tozalash va yaltiratish ishlarini bajarish vaqtida xavfsizlikni taʼminlovchi maxsus moslamalar qoʻllanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
314. Stanok yurib turganda qoʻlda sayqallash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
315. Kavsharlangan keskichlarni kavsharlash sifati tekshirilganidan soʻng ishlatish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
316. Gorizontal va vertikal parmalash dastgohlarining uzatish vallari toʻsiqlar bilan toʻsilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
317. Dastgohlar ishlayotganda, ishlov berilayotgan materialga tegib turmayotgan frezalarning kesuvchi qismlari ishlatishga qulay boʻlgan toʻsqichlar bilan toʻsilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
318. Aylanmayotgan parma yaqinidagi qirindilar yogʻoch tayoqcha yoki uzunligi kamida 250 mm boʻlgan choʻtka bilan olib turilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
319. Dastgoh ishlab turgan paytda detalni almashtirish yoki qotirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
320. Parmalashdan chiqqan qirindini faqat dastgoh toʻxtagandan va asbob uzoqlashtirilgandan soʻng yigʻishtirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
321. Parmalash dastgohida asbobni yechib olish uchun urganda sinmaydigan, boʻlaklari uchmaydigan metalldan yasalgan maxsus bolgʻalar va asboblar ishlatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
322. Dastgohning stoli va stoykasi orasidagi masofa toʻsiq bilan toʻsilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
323. Metallarni qirqishga moʻljallangan qaychi-dastgohlarda pichoq ostiga ishchining qoʻli borib qolishidan ogohlantiruvchi stol va qoʻzgʻalmas lineyka boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
324. Presslarda mahsulotni uzatish va olishda ishlovchining qoʻlini shikastlamaslik uchun himoyalovchi moslama qoʻllanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
325. Har bir charx doirasini dastgohga oʻrnatishdan oldin uni butunlay berkituvchi maxsus qobiqli dastgohda sinovdan oʻtkazish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
326. Doiralar dastgoh valiga maxsus disklar bilan va ular orasiga karton qoʻyib gaykalar bilan qotirilib oʻrnatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
327. Qisuvchi disklarning diametri charx doirasi yoki toshi diametrining uchdan biridan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
328. Charxlash dastgohi toʻsiq bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
329. Bu dastgohlar shaffof himoya toʻsiqlari bilan taʼminlanishi va bu ekranlar dastgoh bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
330. Sayqallovchi dastgohlar, odamlarni jarohatlamasligi va sovutuvchi suyuqlik sachratmasligi uchun yon tomonidan toʻsiq bilan toʻsilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
331. Sovutgichlarsiz ishlaydigan charxlash asbobli dastgohlar chang soʻrish uskunasi bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
332. Metallarga ishlov beruvchi dastgohlar atrofidagi pol tekis va sirpanmaydigan boʻlishi kerak. Pol sementlangan boʻlsa ustiga yogʻochdan yasalgan panjara tashlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
333. Dastgohlarga ogʻir va qoʻpol (20 kg dan ortiq) detallarni oʻrnatish va olish ishlari mexanik moslamalar yordamida bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
334. Dastgohlar kuchlanishi 36 V boʻlgan yoritgichlar bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Chilangarlik ishlariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
335. Chilangarlik ishlarining barcha asboblari faqat soz holda ishlatilishi kerak. Sexda chilangarlik asboblarini saqlash, topshirish va qabul qilib olishning tartibi va nazorati oʻrnatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
336. Sex maʼmuriyati chilangarlarga berilayotgan asboblarning sifatini har kuni, ish joylaridagi va omborlardagi barcha asboblarning sifatini esa kamida bir oyda bir marta tekshirishi kerak. Tekshirish vaqtida aniqlangan nosoz asboblar yigʻishtirib olinishi va belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi yoki taʼmirlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
337. Chilangarlik bolgʻa va toʻqmoqlarining ish yuzalari biroz qabariq, parchinlanib ketmagan va yorilmagan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
338. Zubila va shunga oʻxshash qirquvchi asboblar bilan ishlaganda maʼmuriyat tomonidan ishchilarga himoya koʻzoynaklari berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
339. Barcha kavsharlash lampalari har oyda koʻrikdan oʻtkazilishi va kamida bir yilda bir marta ish bosimi ikki marta oshirilgan holda gidravlik sinovdan oʻtkazilishi kerak. Sinov va koʻrik natijalari hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
340. Kerosinli kavsharlash lampalari uchun yoqilgʻi sifatida faqat kerosindan foydalanish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Elektr payvandlash ishlariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
341. Elektr payvandlash uskunalarining tok ostida boʻlmagan metall qismlari (transformatorlar, generatorlar qobiqlari) hamda payvandlanayotgan konstruksiyalar va buyumlar yerga ulanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
342. Elektr payvandlash ishlarini boshlashdan oldin simlarning va elektr dvigatellarining izolyatsiyalarini hamda barcha kontaktlarning qattiq biriktirilganligini tekshirish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
343. Simlarni bir joydan ikkinchi joyga oʻtkazishda ularning izolyatsiya qobiqlari shikastlanishiga, poʻlat simlarga, atsetilen apparatlari ichaklariga, gaz apparatlariga va issiq quvurlarga tegib ketishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
344. Elektr payvandlash agregat va apparatlarini tokka ulash yopiq rubilniklar orqali amalga oshiriladi. Koʻchma payvandlash agregatlarida rubilnik qopqoqlari blokirovka qilingan boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
345. Payvandlash agregatlarini tokka ulash, uzib qoʻyish hamda ularni sozlash ishlarini faqat elektr montyorlari bajarishlari kerak. Bu ishlarni payvandlovchilarning bajarishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
346. Elektr payvandlash apparat va agregatlarining sozligini ish boshlashdan avval tekshirish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
347. Yerga ulovchi sifatida binolarning metall konstruksiyalari, kommunikatsiyalarning quvurlari va texnologik uskunalardan foydalanish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
348. Tasodifan tegib ketishi mumkin boʻlgan tok yuruvchi qismlar (elektr simlari, rubilniklar, kontaktlar) payvandlovchini tokdan himoyalash maqsadida toʻsib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
349. Ochiq elektr yoyi bilan ishlaganda elektr payvandlovchining yuzi va koʻzini himoyalash uchun shlem-maska yoki himoyalovchi oynasi boʻlgan toʻsiq bilan ishlash kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
350. Yomgʻir yogʻib turganda va momaqaldiroq boʻlayotganda elektr payvandlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
351. Payvandlash ishlari maxsus ajratilgan xonalarda, boshqa hollarda esa elektr payvandlash ish joyi boshqa ish joylaridan yonmaydigan materialdan qilingan koʻchma toʻsiq bilan toʻsilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
352. Bosim ostida turgan apparat va idishlarni payvandlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Gaz bilan payvandlash va qirqish ishlariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
353. Gaz bilan payvandlash ishlarini bajarishda metallarni kislorod, atsetilen va gaz bilan ishlov berish sanoat sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
354. Koʻchma atsetilen generatorlari (keyingi oʻrinlarda generatorlar deb yuritiladi) ochiq havoda yoki bostirmalar tagida ishlatilishi kerak. Generatorlarni, zarur paytlarda, har bir generator uchun hajmi 300 m3 toʻgʻri kelgan xonalarda yoki generator bir xonada, payvandlash boshqa xonada boʻlsa 100 m3 hajmli xonalar ichida ham payvandlashga ruxsat etiladi lekin ikkala holda ham xona yaxshi shamollatib turilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
355. Generatorlarni kompressorlarning va ventilyatorlarning havo soʻruvchi joylari yaqiniga yengil alangalanuvchan moddalar yoki atsetilen bilan birikib oʻz-oʻzidan portlovchi modda ajralib chiqadigan xonalarga kiritish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
356. Generatorni qiya holatda oʻrnatish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
357. Metallarga gaz alangasi bilan ishlov beriladigan xonalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir ish joyi uchun, uskunalardan va yoʻlaklardan tashqari kamida 4 x 2 metr maydon ajratilishi, yoʻlaklarning eni esa 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metallarga gaz alangasi bilan ishlov berish ishlarini yertoʻlalarda, ikkinchi va undan yuqori qavatlarda bajarish taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz bilan payvandlash sexlarining pollari yonmaydigan, issiqlik oʻtkazmaydigan va yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
358. Payvandlash va gaz bilan qirqish ishlari sexlarni ichida maxsus ajratilgan va maxsus jihozlangan joylarda va xonalarda amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
359. Gaz alangasi bilan ishlov berish joylaridan 5 metrdan yaqinda joylashgan yogʻoch devorlar, pardevorlar va eshiklar asbest bilan yoki namatni loysuvoq qilib, ustidan tunuka bilan qoplanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
360. Metallarga gaz alangasi bilan ishlov berish sexlari xonalari havo soʻruvchi ventilyatsiya bilan taʼminlanishi kerak. Ventilyatsiya ishlamagan hollarda gaz bilan payvandlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
361. Gaz bilan payvandlovchining doimiy ish joyi, ishlov berilayotgan mahsulotni oʻrnashtirish va joyini almashtirish uchun maxsus stol yoki moslama bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
362. Doimiy ish joylarida oʻchirilgan gorelkalarni ilib qoʻyish uchun maxsus ilgak boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
363. Doimiy ish joyining poli beton yoki asfalt boʻlsa yogʻoch panjaralar bilan toʻsilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
364. Gaz alangasi bilan ishlashda ish joyi yaxshilab koʻrib chiqilishi, ortiqcha, ishga xalaqit beruvchi buyumlar yengil alangalanuvchi suyuqliklar olib tashlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
365. Kalsiy karbidini qopqogʻi yaxshi berkitiladigan, quruq idishlarda, oʻtga chidamli, yengil konstruksiyali, yaxshi shamollatiladigan, tashqi elektr yoritgichli xonalarda saqlanadi. Ularni yertoʻlalarda saqlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
366. Ballonlarni, maxsus jihozlangan alohida xonalarda, vertikal holatda maxsus uyalari bor moslamalarda saqlanadi. Boʻsh ballonlar alohida saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
367. Karbid kalsiy solingan barabanlarni uchqun chiqarmaydigan maxsus asboblar bilan ochish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
368. Koʻchma atsetilen apparatlarini ishlatish vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kalsiy karbidini hoʻl yashik va korzinkalarga solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir generatordan bir necha gorelka orqali qirqish ishlarini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
karbidni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomada koʻrsatilganidan ortiqcha solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kislorod va atsetilen ballonlaridan 10 metrgacha boʻlgan masofada chekish, gugurt yoqish va ochiq alanga ishlatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni belgilangan miqdoridan ortiqcha chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ortiqcha gazni chiqarib yuborish maqsadida generator qopqogʻini ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atsetilen generatorlarini yoʻllarda, yoʻlaklarda, zinapoya maydonchalarida, yertoʻlalarda, qorongʻu joylarda va odamlar koʻp toʻplanadigan joylarga oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manometrsiz, buzuq manometrli yoki ishlatish muddati tugagan manometrli reduktorlarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish tugagach, dam olish paytida yoki ish orasidagi qisqa tanaffus paytlarida kislorodli ballonlarni yoki atsetilen generatorlarini nazoratsiz qoldirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
369. Muzlagan atsetilen generatorlarini faqat moy aralashmagan bugʻ yoki issiq suv bilan eritishga ruxsat beriladi. Koʻchma generatorlarni xonalarda isitishni ochiq alanga manbaidan va havo soʻruvchi ventilyatsiya mavjud boʻlgan taqdirda kamida 10 metr masofada bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
370. Generatorlardan chiqadigan ishlatib boʻlingan kalsiy karbidi balchiqsimon qoldigʻi yaxshilab metall yashiklarga yigʻib olinishi va maxsus joylarga olib borib tashlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Arralarni sozlash sexidagi ishlarga talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
371. Qum vannasi ochiluvchi blokirovka qilingan qopqoq, ushlab turuvchi fiksator va qulay dastak bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
372. Dastgohning valigi oʻrnatilgan charx toshi GOST SSBT “Abraziv asboblari. Xavfsiz ishlashning meʼyor va Qoidalari” talablariga muvofiq himoya vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
373. Qum vannasi va arralarning tishlaridagi qirovlarni tushiruvchi dastgoh chang soʻruvchi agregat bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
374. Charxlangan, tekislangan va sozlashni talab qiladigan arralar uchun alohida javonlar boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-§. Sim qirqish dastgohidagi ishlarga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
375. Toyni oʻrash simlarini yoki tasmasini kesish dastgohi, alohida xonada, tashqariga chiqadigan bevosita eshik bilan bogʻlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
376. Material ombori va toy simlarini qirqish xonasi ventilyatsiya sistemasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
377. Javonlar pishiq va ustuvor boʻlishi, balandligi 3 metrdan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
378. Toʻgʻrilovchi kallakka harakat uzatuvchi qismlar toʻsiq ichkarisida boʻlishi, qayish va shkivlarni oson va xavfsiz almashtirish imkonini berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
379. Korxonalarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
380. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(380-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
381. Mazkur Qoidalar “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi F. OMONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 20-aprel

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi N. XANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 18-may

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 18-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 20-aprel
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 18-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 18-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 18-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 341-modda; 2010-y., 44-45-son, 406-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 21.06.2023-y., 10/23/1983-2/0405-son; 18.07.2023-y., 10/23/1983-3/0490-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 31.10.2024-y., 10/24/1983-4/0866-son; 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)