14.12.2007 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UMUMIY YURISDIKSIYA SUDLARIDA KADRLAR BILAN ISHLASH HOLATI VA SUDYALAR TOMONIDAN SUDYALIK QASAMYODIGA RIOYA ETILISHI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun sudyalarning huquqiy maqomini belgilaydi va ularga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolar va tashkilotlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek davlat va jamoat manfaatlarini himoya qilish kabi davlat hokimiyati vakolatlari berilgan yuqori martaba egasi sifatida alohida talablar qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalar tomonidan o‘z professional vazifalarning halol va vijdonan bajarilishi, ularning qaror qabul qilish chog‘ida mustaqilligi buzilgan huquqlar samarali himoya qilinishini kafolatlaydi, jamiyatda adolat tamoyillariga, sudning xolis va mustaqilligiga nisbatan bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu o‘rinda umumiy yurisdiksiya sudlarida tashkiliy-kadrlar ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodiga rioya qilinishini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalik lavozimiga kirishning mavjud tizimi sudyalar tomonidan Oliy sud Plenumi majlisida Davlat bayrog‘i oldida sudyalik qasamyodini qabul qilishni nazarda tutadi
(muqaddimaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, sud hokimiyati mustaqilligini yanada kuchaytirish, kadrlar bilan ishlashda demokratik asoslarni mustahkamlash, sudyalar korpusi barqarorligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan sudyalarning malaka hay’atlari xalqaro huquqning sud hokimiyatini mustaqilligi haqidagi umume’tirof etgan norma va prinsiplarga mosdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunga binoan tashkil etilgan sudyalar malaka hay’atlari sudyalar zaxirasini shakllantirish, ular bilan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, sudyalik lavozimlariga tavsiya etish uchun eng yaxshi nomzodlarni tanlash, sudyalarni malaka va davriy attestatsiyadan o‘tkazish, sudyalarning intizomiy javobgarligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish yuzasidan muayyan faoliyatni amalga oshirmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2001-yildan 2006-yilgacha va 2007-yilning 9 oyigacha bo‘lgan davr oralig‘ida sudyalar malaka hay’atlari tomonidan sudyalikka nomzodlik zaxirasiga kiritish to‘g‘risida, jami bo‘lib, 3417 ta ariza qabul qilingan va ko‘rib chiqilgan, ulardan malaka imtihoni topshirgan. 3305 shaxs zaxiraga olingan, 112 shaxsga nisbatan zaxiraga olish rad etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu davrda sudyalar malaka hay’atlarining qaroriga muvofiq sudyalik lavozimlaridagi vakansiyalarni to‘ldirish yuzasidan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etishni xohlagan shaxslar orasidan 2828 nafari mazkur lavozimlarga loyiq deb topilgan va ularga nisbatan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga yuborilgan. Sudyalikka tavsiya etilgan shaxslardan 1000 nafar nomzod keyinchalik mazkur lavozimlarga tayinlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan bir qatorda statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, umumiy yurisdiksiya sudlarining tashkiliy-kadrlar sohasidagi ishida odil sudlov tizimi samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chunonchi, 2001—2007-yillar mobaynida 210 nafar sudya egallab turgan lavozimidan ozod etilgan bo‘lib, bu sudyalar korpusi umumiy sonining qariyb to‘rtdan birini tashkil etadi. Shu jumladan, 130 nafari o‘z arizasiga ko‘ra, 28 nafari sudyalik qasamyodini buzganligi uchun, 25 nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortilganligi uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlayotgan sudyalarning ularga qo‘yilgan shaxsiy, ma’naviy va kasbiy jihatdan talablarga muvofiqligi darajasi o‘ta pastligicha qolmoqda. Chunonchi, qayd etilgan davrda yangi sudyalik muddatiga tavsiya etilgan 521 nafar nomzoddan faqat 269 (51,6%) nafari lavozimlarga tayinlangan. 214 (41,1%) nafar nomzodlarning hujjatlari ularga berilgan tavsifnomalar salbiyligi sababli qaytarilgan, sudyalik lavozimida ishlayotgan 23 (4,4%) nafar sudya tavsiya etilgan sudyalik lavozimiga noloyiq deb topilgan yoki zaxirada qoldirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buning natijasida, hozirgi vaqtda amaldagi sudyalar korpusining 45,4 foizini (320 nafar sudya) ish staji besh yildan ortiq bo‘lmagan, ilk bor ushbu lavozimga tayinlangan shaxslardan tashkil topgan bo‘lib, bunda sudyalik lavozimida 15 yildan ortiq ishlagan shaxslar faqat 11,6 foizni (82 nafar sudya) tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001—2007-yillar davomida o‘tgan vaqt ichida xizmat faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun 554 sudyaga yoki sudyalar korpusining yarmidan ko‘prog‘iga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilgani tashvishli holdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, sudyalar hatti-harakati ustidan berilgan shikoyatlar soni yuqoriligicha qolmoqda. Tahlil etilayotgan davr ichida sudyalar malaka hay’atlariga sudyalar hatti-harakati ustidan 4802 ta shikoyat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 3122 tasi protsessual qonun talablari, 233 tasi sud etikasi buzilganligi, 274 tasi xizmat mavqeyi suiiste’mol qilinganligi to‘g‘risidadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etilgan salbiy holatlar kelib chiqishiga sudyalar tomonidan o‘z yuksak maqomi va yuklatilgan mas’uliyat yetarli darajada his etilmayotganligi, huquqiy saviyasi hamda ijtimoiy-siyosiy xabardorligi darajasini oshirish borasida olib borilayotgan ish susaytirib yuborilganligi, o‘z shaxsiy manfaatlarini odil sudlov manfaatidan yuqori qo‘yilishi sabab bo‘lmoqda. Sud protsessi ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikka, qonunda belgilangan muddatlar buzilishiga, ishlarni ko‘rish va shikoyatlarni hal qilishda sansalorlikka yo‘l qo‘yilayotganligi hollari ko‘plab uchrab turibdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni ta’kidlash lozimki, bunday hol, birinchi o‘rinda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari tomonidan sudlarda ishlar yetarli tashkil etilmaganligi, sudyalar malaka hay’atlari ishining qoniqarsiz ekanligi, sud qasamyodiga va ijro intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat susaytirilganligi natijasida yuzaga kelgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalarning kasbiy darajasini oshirish bo‘yicha ishlar yetarli olib borilmayapti, davriy malaka attestatsiyalari rasmiyatchilik uchun o‘tkazilmoqda, fuqarolar shikoyatlarini tekshirish masalasiga yengil-yelpi va yuzaki yondashilmoqda, yuqori sud instansiyalari sudyalar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunsizliklarga tegishli darajada ta’sir choralari qo‘llashmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida qayd etilgan holatlar shunisi bilan xavfliki, ular sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlarga salbiy ta’sir etib, mamlakatning butun sud tizimini obro‘sizlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘rsatib o‘tilgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati tomonidan 2001—2007-yillar mobaynida 25 nafar viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislariga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq, ko‘rilgan choralarga qaramay, bu sohada olib borilayotgan ishlarda jiddiy yaxshilanishiga erishilmagan. Sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodini buzish hollari, fuqarolarning sudlar harakatlari va qarorlari ustidan asosli shikoyatlar berilishi, shuningdek amaldagi sudyalar ichida o‘z shaxsiy, ma’naviy va kasbiy sifatlari bo‘yicha salbiy xususiyatga ega bo‘lganlari soni barqarorligicha qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilardan kelib chiqib, umumiy yurisdiksiya sudlarida kadrlar bilan ishlashni yanada yaxshilash va sudyalik qasamyodiga rioya etilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning umumiy yurisdiksiya sudlarida kadrlar bilan ishlash sohasida olib borgan ishlari qanoatlantirarli emas deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislaridan quyidagilar ustidan samarali nazorat o‘rnatish talab etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodi, sud etikasi va jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, kasbiy vazifalarini vijdonan bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalar tomonidan odil sudlov obro‘yi, sudyalik sha’ni va qadr-qimmatini tushiruvchi yoki uning xolisligiga shubha tug‘diruvchi harakatlar sodir etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro intizomiga, jumladan ishlarni va fuqarolar shikoyatlarini ko‘rib chiqish muddatlariga qat’iy rioya etilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari amaldagi sudya kadrlarning huquqiy bilim darajasi, kasbiy tayyorgarligi va ijtimoiy-siyosiy xabardorligi yuzasidan ishlarni kuchaytirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ta’kidlansinki, fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha ishlarning to‘g‘ri tashkil etilishi aholining sud tizimiga nisbatan ishonchini mustahkamlaydi, uning obro‘sini oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shundan kelib chiqqan holda, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislaridan fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha ishlarni yaxshilash, ular ariza va shikoyatlarni belgilangan muddatlarda qonuniy hal etish talab etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarni qabul qilish grafiklariga qat’iy amal qilinsin. Fuqarolar sudlarning texnik xodimlari tomonidan qabul qilinishi va ularga tushuntirishlar berilishi hollariga yo‘l qo‘yilmasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sudyalar malaka hay’atlari majlislarida ishlarni ko‘rish va fuqarolar shikoyatlarini hal etish muddatlarini qo‘pol tarzda buzish, sansalorlikka yo‘l qo‘yish, sud protsessi ishtirokchilarini asossiz ravishda sudga chaqirish, shuningdek sudning obro‘siga putur yetkazuvchi boshqa harakatlar sodir etish faktlarini aybdor shaxslarning intizomiy javobgarligi masalasi bilan bog‘lagan holda albatta muhokama etish amaliyotga joriy qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudyalar malaka hay’atlari sudyalarning kasbiy, ma’naviy va shaxsiy sifatlariga baho berishda prinsipial yondashsinlar, xizmat yuzasidan noto‘g‘ri hatti-harakat sodir etganligi to‘g‘risida kelib tushgan va o‘z tasdig‘ini topgan shikoyatlar bo‘yicha sudyalarga nisbatan murosasizlik bilan qattiq choralar qo‘llasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko‘ruvchi yuqori sud instansiyalariga quyi sud instansiyalari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va qonunbuzarliklarga nisbatan jiddiy munosabat bildirish.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislariga mazkur qaror talablari bajarilmasligi yoki yetarli bajarilmasligi uchun ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod etilishi masalasi qo‘yilishiga qadar qattiq intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi ko‘rsatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sudyalar malaka hay’atlari tegishli sudlarda kadrlar bilan ishlash holatini tubdan yaxshilashga va sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodiga rioya etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks choralar qabul qilsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 14-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-son