O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
SUD XODIMLARINING MANSAB DARAJALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda ma’qullangan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan 927-XII-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sud xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 164-II-sonli Qarori tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 12-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risida nizom”;
2) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) xodimlariga maxsus unvonlar — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi”;
3) 2-moddaning birinchi xatboshisidagi “Sud” degan so‘z “Sud va Markaz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 3-moddadagi “Sud xodimlariga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
5) 4-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “Oliy xo‘jalik sudi boshqarmalari boshliqlariga” degan so‘zlar “Oliy xo‘jalik sudi boshqarmalari boshliqlariga, Markaz direktoriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Oliy xo‘jalik sudi raisining yordamchilariga” degan so‘zlar “Oliy xo‘jalik sudi raisining yordamchilariga, Markaz direktorining o‘rinbosariga, Markazning bo‘lim boshliqlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oliy xo‘jalik sudining bosh (katta) konsultantlariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oliy xo‘jalik sudining bosh (katta) konsultantlariga, Markazning bosh va yetakchi konsultantlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta konsultantlariga, qabulxona boshliqlariga, bosh mutaxassislariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta konsultantlariga, qabulxona boshliqlariga, bosh mutaxassislariga, Markazning katta konsultantlariga, kadrlar bo‘yicha katta inspektoriga va devonxona mudiriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 5-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “umumiy yurisdiksiya sudlari apparati” degan so‘zlar “umumiy yurisdiksiya sudlari apparati va Markaz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 7-moddadagi “Sudlarga” degan so‘z “Sudlarga va Markazga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 10-moddadagi “sud” degan so‘z “sud va Markaz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 11-moddadagi “sudlarda” degan so‘z “sudlarda hamda Markazda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 13-moddadagi “Sud” degan so‘z “Sud va Markaz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 14-moddadagi “sud” degan so‘z “sud va Markaz” degan so‘zlar bilan almashtiril sin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 7-aprel,
O‘RQ-207-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 177-modda)