01.04.2009 yildagi 91-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.04.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OBODONLASHTIRISH XODIMLARINI MODDIY RAGʻBATLANTIRISHNI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarorining 7-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining xodimlarning ish haqini oʻrtacha 1,25 baravar oshirishni nazarda tutuvchi Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasini 2010-yil 1-yanvardan boshlab joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning 1-ilovaga muvofiq tarmoq tarif setkasi 2010-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet parametrlarini shakllantirishda Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasidan kelib chiqqan holda 2010-yildan boshlab obodonlashtirish xodimlari ish haqiga xarajatlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 1-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga
1-ILOVA

Lavozim nomi ‎

Birinchi guruh
‎Toshkent shahri, Nukus shahri, viloyat markazlari va Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari ‎

Ikkinchi guruh Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari ‎

Boshqaruv xodimlari va muhandis-texnik xodimlar ‎

Boshqarma boshligʻi ‎ 7,338‎ 6,879‎
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari ‎ 6,879‎ x‎
Bosh muhandis‎ 6,879‎ 6,434‎
Ixtisoslashtirilgan boshqarma, boʻlim (kadrlar boʻlimidan tashqari), xizmat, uchastka boshligʻi ‎ 5,996‎ 5,568‎
Bosh buxgalter‎ 6,434‎ 5,568‎
Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik ‎ 5,996‎ x‎
Kadrlar boʻlimi boshligʻi ‎ 5,140‎ 4,729‎
Yetakchi mutaxassislar: muhandis (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik ‎ 5,140‎ x‎
Mutaxassislar: muhandislar va texniklar (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, dispetcher, bezakchi rassom ‎ 4,729‎ 4,729‎

Asosiy ishlab chiqarish xodimlari‎

Uchastka ustasi‎ 5,140‎ 4,729-5,140‎
Brigadirlar‎ 4,729‎ 4,729‎
6- razryadli ishchilar: elektr-gaz payvandlovchi, elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyorlari, sozlovchi- mexanik, taʼmirlovchi chilangar, tokar‎ 4,729‎ x‎
5-razryadli ishchilar: elektrchi, elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha nomdagi chilangarlar (shu jumladan avtochilangarlar), nasos qurilmasi mashinisti, tokar, 1-klass yuk avtomobili va maxsus avtomobil haydovchisi, sozlovchi-mexanik, traktorchi, buldozerchi, asfaltlovchi-betonlovchi ‎ 4,334‎ 4,334‎
4-razryadli ishchilar: elektrchi, elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha nomdagi chilangarlar (shu jumladan avtochilangarlar), tokar, oʻzi yurar mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar va transport-yigʻish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropchi, nasos qurilmasi mashinisti, sozlovchi mexanik, traktorchi, buldozerchi, asfaltlovchi-betonlovchi, duradgorlar, 1-klass yengil avtomobil haydovchisi, 2-klass yuk avtomobili va maxsus avtomobil haydovchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchisi), irrigator‎ 3,956‎ 3,956‎
3 razryadli ishchilar: elektrchi, elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha nomdagi chilangarlar (shu jumladan avtochilangarlar), tokar, oʻzi yurar mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar va transport-yigʻish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropchi, nasos qurilmasi mashinisti, elektr motorlar motorchisi, sozlovchi mexanik, tokar, traktorchi, buldozerchi, asfaltlovchi-betonlovchi, duradgorlar, 2-klass yengil avtomobil haydovchisi, 3-klass yuk avtomobili va maxsus avtomobil haydovchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchisi), bogʻbon, irrigator (ariq-drenaj tizimini yotqizish va taʼmirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), tashqi bezatish ishchisi, qabriston nazoratchisi, dafn marosimi xizmatlari ishchisi, hududlarni qoʻlda tozalaydigan tozalovchi, istirohat bogʻlari va bogʻlarda hojatxonalarni tozalovchi‎ 3,598‎ 3,598‎
2-razryadli ishchilar: elektrchi, elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyori, akkumulyatorchi, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvondlovchi, barcha nomdagi chilangarlar (shu jumladan avtochilangarlar), tokar, oʻzi yurar mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar va transport-yigʻish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropachi, nasos qurilmasi mashinisti, sozlovchi mexanik, elektr motorlar motorchisi, tokar, traktorchi, buldozerchi, asfaltlovchi-betonlovchi, duradgorlar, 3-klass yengil avtomobil haydovchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchisi), bogʻbon, irrigator (ariq-drenaj tizimini yotqizish va taʼmirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), tashqi bezatish ishchisi, qabriston nazoratchisi, dafn marosimi xizmatlari ishchisi, hududlarni qoʻlda tozalaydigan tozalovchi, istirohat bogʻlari va bogʻlarda hojatxonalarni tozalovchi‎ 3,270‎ 3,270‎
1-razryadli ishchilar: avtochilangar, akkumulyatorchi, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, elektr motorlar motorchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchisi), irrigator (ariq-drenaj tizimini yotqizish va taʼmirlash ishchisi), hududlarni qoʻlda tozalaydigan tozalovchi, qabriston qoravuli‎ 2,971‎ 2,971‎
Yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar‎
Kassir‎ 3,165‎ 2,878‎
Rahbarning kotibasi‎ 3,467‎ x‎
Yengil avtomobil haydovchisi‎ 2,377-2,878‎ x‎
Qorovul‎ 2,377-2,616‎ 2,377-2,616‎
Binoni yigʻishtiruvchi‎ 2,377-2,616‎ 2,377-2,616‎
Har xil ishlarni bajaruvchi ishchi‎ 1-2,377‎ 1-2,377‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Lavozimlar va kasblar (mutaxassisliklar) roʻyxati, shuningdek ishchilarning talab qilinadigan malaka razryadlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari bilan kelishgan holda boshqarma faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib shtat jadvalida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qaroriga muvofiq shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda boshqarmalar deb ataladi) xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqarmalar xodimlarining lavozim maoshlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lavozim maoshlariga qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalarni;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqarmalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmalaridan toʻlanadigan mukofotlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boshqarma rahbari tomonidan tasdiqlangan va moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan shtatlar jadvaliga muvofiq belgilangan tarif stavkalari (lavozim maoshlari) boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Boshqarmalar xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Boshqarmalar xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari) Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasi (keyingi oʻrinlarda tarmoq tarif setkasi deb ataladi) asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari mehnatga haq toʻlash guruhlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi guruhga Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat markazlari va Toshkent shahar tumanlari boshqarmalari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi guruhga Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari va tumanlari boshqarmalari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari xodimning lavozimi va malakasiga qarab tabaqalangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shtat jadvalini shakllantirishda ishchi kasblari (mutaxassisliklar) boʻyicha malaka razryadlari va tarif koeffitsiyentlari ishlarni sifatli bajarish uchun talab qilinadigan malakadan (kasblar boʻyicha ishlarning oʻrtacha razryadidan) kelib chiqib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishning talab qilinadigan malakasini belgilashda xizmat koʻrsatiladigan doiraning xususiyatlari va obodonlashtirish obyektining ahamiyati hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xodimning tarif stavkasi (lavozim maoshi) xodimning tegishli lavozimi, kasbi va malakasi uchun belgilangan tarif koeffitsiyentini, shuningdek ushbu boshqarma tegishli boʻlgan guruhni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xodimlarning tarif stavkalarini (lavozim maoshlarini) oʻzgartirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodim ushbu boshqarmada boshqa lavozimga oʻtganda yoki ishchiga yuqoriroq malaka razryadi berilganda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqarmalarning xodimlariga tarif stavkasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish vaqtidan tashqari ishlaganlik hamda dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun – soatbay tarif stavkasidan kelib chiqib ikki baravar miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tungi vaqtlarda ishlaganlik uchun – soatbay tarif stavkasidan kelib chiqib 1,5 baravar miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat koʻrsatish doirasini kengaytirganlik va oʻzining asosiy ishi bilan birgalikda vaqtincha boʻlmagan xodimning vazifalarini bajarganlik uchun – asosiy kasb (lavozim) boʻyicha xodim uchun belgilangan mehnat normasidan ortiqcha amalda bajarilgan ish uchun soatbay tarif stavkasi miqdorida qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soatbay tarif stavkasi miqdori xodimning tarif stavkasini ish vaqti normal davom etgan taqdirda ish soatlarining oʻrtacha oylik soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning dam olish kunlari ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soat 22.00 dan soat 6.00 gacha ishlangan vaqt tungi vaqt hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha toʻlovlarga xarajatlar boshqarma xarajatlarining yillik smetasida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan noqulay tabiiy-iqlim sharoitli joylarda rayon koeffitsiyentlari boʻyicha tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalar toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlari bilan belgilangan tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning foizlarida hisoblab chiqiladigan boshqa qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar miqdori ushbu Nizom kuchga kirgan paytdan boshlab tarmoq tarif setkasi boʻyicha belgilangan tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning foizlarida hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Mukofotlash va moddiy yordam
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Har bir boshqarmada tashkil etiladigan boshqarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mukofotlash va moddiy yordamning manbai hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi ushbu boshqarma tomonidan har yili nazarda tutiladigan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining 15 foizi miqdorida budjet mablagʻlari hisobiga hosil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xodimlarni mukofotlash umuman boshqarma boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlar bajarilishi sharti bilan yil choragidagi ish yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzining funksional vazifalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish hamda boshqarma faoliyati natijalariga shaxsiy ulush qoʻshish xodimlarga mukofot yozishning asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning har bir toifasi boʻyicha mukofotlashning aniq koʻrsatkichlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir xodim hisobiga choraklik mukofot miqdori tarmoq tarif setkasi boʻyicha uning tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 50 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagilar xodimlar mehnatini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan xizmat koʻrsatish doirasiga va boshqarmaning yuritishidagi obodonlashtirish obyektlariga xizmat koʻrsatishning belgilangan normalari va qoidalariga qatʼiy rioya qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat koʻrsatish doirasini zarur tarzda saqlash masalalari boʻyicha aholining asoslangan tanbeh va shikoyati yoʻqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Asoslash hamda moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha buxgalteriya va tezkor hisobga olish maʼlumotlari ilova qilingan holda boshqarmaning tegishli boʻlinmasi rahbarining bildirgisi xodimga mukofot yozish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mukofotlash toʻgʻrisidagi qaror boshqarma rahbarining buyrugʻi bilan kamida 5 kishidan (toq son boʻlishi shart), shu jumladan komissiya raisi – boshqarma rahbari, rahbarning oʻrinbosari, bosh buxgalter, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi va boshqarma boʻlinmasi rahbarlaridan iborat tarkibda tashkil etilgan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Komissiyaning ish tartibi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning majlislari, qoidaga koʻra, har chorakda, ayrim hollarda esa – zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mukofotlash toʻgʻrisidagi qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya aʼzolarining kamida uchdan biri ovoz bergan taqdirda qaror qabul qilingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mukofot amalda ishlangan vaqt uchun beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat shartnomasi toʻxtatilishi (xodim tomonidan oʻz mehnat majburiyatlari buzilishi sababli mehnat shartnomasi toʻxtatilishi bundan mustasno) yoki ishga qabul qilish, harbiy xizmatga chaqirish yoki boshqa uzrli holatlar munosabati bilan mukofot yoziladigan toʻliq ishlanmagan davrda mukofot amalda ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ishlab chiqarish va texnologik yoʻriqnomalar, ichki mehnat tartibi qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar mukofotdan toʻliq yoki qisman mahrum qilinadi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan buzishlarga yoʻl qoʻygan xodimlarni mukofotdan mahrum qilish (mukofotni kamaytirish), ushbu buzishlarga yoʻl qoʻyilgan yoki buzishlar aniqlangan davr uchun amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo berishda xodim ushbu jazo berilgan davr uchun mukofotdan toʻliq mahrum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl qoʻyilgan buzishlar va kamchiliklar uchun xodimlarga mukofot kamaytirilishi yoki toʻlanmasligi mumkin. Pasaytiruvchi koʻrsatkichlar roʻyxati kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Boshqarmada kamida oʻn yil ishlagan xodimlarga pensiyaga chiqish munosabati bilan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilganda boshqarmada ishlangan har bir yil uchun bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida, biroq xodimning 5 tarif stavkasi (lavozim maoshi)dan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla nafaqa toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xodimlarga mukofot toʻlash komissiyaning bayonnomasi asosida boshqarma rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Mehnatga haq toʻlashning belgilangan tartibiga rioya qilish uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Boshqarma rahbari xodimlar mehnatini normalashtirish va hisobga olish tashkil etilishi, xodimlarga tarif stavkalari (lavozim maoshlari) belgilanishining toʻgʻriligi, ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar hisoblab chiqilganligi, mukofotlar yozilganligi uchun shaxsan javob beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 160-modda; 2010-y., 46-son, 414-modda; 2011-y., 28-son, 290-modda; 2012-y., 2-son, 17-modda; 2013-y., 33-son, 440-modda; 2014-y., 45-son, 549-modda; 2017-y., 19-son, 343-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2021-y., 09/21/658/0998-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.11.2025-y., 09/25/695/1019-son; 27.12.2025-y., 07/25/387/1225-son; 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)