Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2021 27.03.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1927
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2021
Hujjat 12.08.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BOLALIKDAN NOGIRONLARGA NAFAQALAR TOʻLASh BOʻYIChA XARAJATLARNI MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 19-noyabrdagi 74-sonli ““Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1927-4, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi 02/1-1187-son topshirigʻini bajarish maqsadida buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ilova qilinayotgan Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 24-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirining 2009-yil 24-fevraldagi 27-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-sonli “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) 22-bandiga muvofiq bolalikdan nogironlarga nafaqalar (bundan keyingi oʻrinlarda nafaqalar deb yuritiladi) toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-yanvardagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-1, 08.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 55-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlar 2009-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) orqali respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nafaqalar toʻlash uchun ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini taʼminlash maqsadida Jamgʻarmaning tuman (shahar) boʻlimlari har bir tuman (shahar)lar boʻyicha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda nafaqalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasini tuzadilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-yanvardagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-1, 08.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 55-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Respublika budjetidan Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib berish toʻlov oyining 15-kunidan kechiktirmagan holda Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan tayinlash sertifikati asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nafaqalarni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar nafaqalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nafaqalarni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlarni cheklangan miqdori “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tomonidan taqdim qilingan koʻrsatilgan xizmatlar uchun xarajatlar kalkulatsiyasini koʻrib chiqish asosida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Nafaqalarni tayinlash va toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 14-son, 142-modda) bilan tasdiqlangan Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 28-iyuldagi 45-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-2, 02.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 333-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Nafaqalarni moliyalashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarmaning hududiy boʻlinmalari har oyda toʻlov oyining 10-sanasidan kechikmagan holda Jamgʻarmaga nafaqalarni toʻlash uchun talab qilinadigan mablagʻlarni har bir hudud (tuman, shahar) boʻyicha nogironlarning miqdorini koʻrsatgan holda taqdim qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-yanvardagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-1, 08.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 55-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha har toʻlov oyining boshida nafaqalarni olish uchun tayinlash sertifikatini tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasiga kelishish uchun taqdim qiladi. Bunda, tayinlash sertifikatining summasiga oldingi oylarning qarzdorligi ham kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayinlash sertifikatiga Gʻaznachilik boʻlinmalarida ochilgan har bir shaxsiy hisobvaraqlar boʻyicha nafaqa toʻlash uchun xarajatlarning yoyilmasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi tayinlash sertifikatini koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijasi boʻyicha kelishiladi. Tayinlash sertifikatini kelishish nafaqa xarajatlarini moliyalashtirish uchun rejali budjet ajratmalarining mavjudligi boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan tayinlash sertifikati moliyalashtirishni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti Bosh boshqarmasiga taqdim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazib berilgandan keyin gʻaznachilik boʻlinmalarida ochilgan har bir shaxsiy hisobvaraqlar boʻyicha nafaqa toʻlash uchun xarajatlarning yoyilmasi Gʻaznachilikka taqdim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Jamgʻarmaning tuman (shahar) boʻlimlari har oyda nafaqalarni toʻlash uchun toʻlov vedomostlarini “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ ning boʻlinmalari va Davlat-tijorat Xalq banki filiallari (bundan keyingi oʻrinlarda Xalq banki deb yuritiladi) boʻyicha tayyorlaydi va ushbu toʻlov vedomostlar asosida gʻaznachilik boʻlinmalariga mablagʻlarni Gʻazna hisobvaragʻidan 22610 “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalari orqali toʻlanadigan pensiya va ijtimoiy nafaqalar” maxsus depozit hisobvaragʻiga va Xalq bankining hisobvaragʻiga oʻtkazishga toʻlov topshiriqnomalarini tayyorlaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-yanvardagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-1, 08.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 55-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Nafaqalarni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va Jamgʻarma oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ boʻlinmalarining hisobvaragʻlariga toʻgʻridan toʻgʻri mablagʻlarni toʻlash Jamgʻarmaning tuman (shahar) boʻlimlarining gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridan Jamgʻarmaning tuman (shahar) boʻlimlari va “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ boʻlinmalari oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-yanvardagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-1, 08.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 55-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agar yil mobaynida nogironlar miqdorining oʻzgarishi nafaqa toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan xarajatlarning oshishiga (kamayishiga) olib kelsa, Jamgʻarma oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga nafaqalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish uchun nafaqa oluvchilarning oʻzgargan miqdoriga zarur boʻlgan mablagʻlarni asoslangan hisob-kitoblarini taqdim qiladi. Xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritish avvalo, respublika budjetida nafaqalarni toʻlash uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma xarajatlar smetasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar, oʻrnatilgan tartibda gʻaznachilik boʻlinmalari bilan kelishilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Nafaqalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasi nafaqa oluvchilarning miqdori boʻyicha maʼlumotlarni ilova qilgan holda, Jamgʻarmaning tegishli tuman (shahar) boʻlimlari bosh hisobchilari va rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan har bir tuman (shahar) boʻyicha nafaqalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasi Jamgʻarmaning hududiy boshqarmalari orqali Jamgʻarmaga umumlashtirish va respublika boʻyicha jamlangan xarajatlar smetasini tuzish uchun taqdim qilinadi. Jamgʻarma tegishli tekshirishlar va umumlashtirishlardan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha tuman va shaharlarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari nusxalarini ilova qilgan holda jamlangan xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlaydi hamda oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarmoqlarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmasiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha tuman va shaharlarining tasdiqlangan xarajatlar smetalari nusxalarini ilova qilgan holda jamlangan xarajatlar smetasini taqdim qiladi.
(13 va 14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-yanvardagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-1, 08.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 55-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Hisob va hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Nafaqalarni toʻlash uchun respublika budjetidan moliyalashtirilib berilgan mablagʻlar respublika budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlar tasnifining tegishli boʻlim, bob, paragraf va xarajat moddasi boʻyicha kassa va haqiqiy xarajat sifatida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning tegishli hisobvaraqlariga tushgan mablagʻlar Jamgʻarma budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda Jamgʻarma daromadi sifatida aks ettiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-yanvardagi 5-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1927-1, 08.02.2010-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 55-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vedomostlar boʻyicha Xalq banki va “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ boʻlinmalarining hisob raqamlariga hisobot davrida oʻtkazib berilgan mablagʻlar nafaqalarni toʻlash boʻyicha Jamgʻarmaning kassa xarajatlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Xalq banki va “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ boʻlinmalarining hisob raqamlariga oʻtkazib berilgan mablagʻlar nafaqa oluvchilarning boshqa yashash joyiga koʻchib ketishi, notoʻgʻri va ortiqcha oʻtkazib berilgan nafaqa summalari yoki nafaqa oluvchining vafoti tufayli olinmagan qoldiq mablagʻlar mavjud boʻlsa, ushbu mablagʻlar qoldigʻi toʻlov oyining oxiriga qadar Gʻaznachilikning hisobvaragʻiga kassa xarajatlarini tiklash uchun qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Jamgʻarma har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Gʻaznachiligi bilan kelishilgan nafaqalarning hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha hisobotni tuman (shahar) va oylar boʻyicha tuzib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-yanvardagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-1, 08.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 55-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Nazorat va javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Nafaqalarni toʻlash uchun ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-yanvardagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927-1, 08.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 55-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b A. XAITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 24-fevral
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

_________________ da _____ yilga roʻyxatdan
‎oʻtkazilgan “__” _________ yildagi ____-son
‎‎roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi _____________
‎____________________
‎‎(imzo)
‎‎
__________________
‎‎‎(imzo)

__________________________ ming soʻm.
‎‎_____________________________‎______
‎(summasi yozuv bilan va sonlarda)
‎‎miqdorida tasdiqlangan
Budjet mablagʻlari bosh taqsimlovchisi ___________________________________

‎‎(imzo)

“‎___________________ _____yil

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎_________ yilga XARAJATLAR SMETASI


‎Tashkilot ______________________________________________
‎Toʻliq manzil __________________________________________
‎Individu�l (umumiy) ___________________________________
‎Budjet _______________________________________________
‎Boʻlim ________________________________________________
‎Bob __________________________________________________
‎Paragraf _____________________________________________

‎Oʻlchov birligi ming soʻm. ‎

Moddalar nomi Xarajat turi Obyekt Kichik obyekt ______ yil‎ ______ yil
kiritilgan oʻzgartirishlarning hisobi bilan tasdiqlangan ____ga bajarilgan (haqiqatda sarflangan tashkilot tomonidan hisoblangan tasdiqlangan
hammasi shu jumladan oylar boʻyicha
Jami:‎
‎‎
‎Tashkilot rahbari
______________

‎‎‎(imzo)

‎‎Hisobchi ____________________

‎(imzo)

‎“____” ____________ _____ y.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Yoyilma

�� ‎‎ming soʻm
Hududlar nomi ____ yil Yilga tasdiqlangan
kiritilgan oʻzgartirishlarning hisobi bilan tasdiqlangan ___ga bajarilgan (haqiqatda sarflangan) hammasi shu jumladan oylar boʻyicha

‎Tashkilot rahbari
____________

‎‎‎(imzo)

Hisobchi __________________

‎‎(imzo)

‎‎“___” ____________ _____ y.