14.03.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1920
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.03.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR PALATASI HUZURIDAGI OLIY MALAKA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1920]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1997-y., 2-son, 48-modda) muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) hamda Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2009-yil 14-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68-mh-son

Adliya vazirining 2009-yil 14-martdagi 68-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 48-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan keyingi oʻrinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) vakolatlarini va uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oliy malaka komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni (bundan keyingi oʻrinlarda shikoyatlar deb yuritiladi) koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining (bundan keyingi oʻrinlarda malaka komissiyalari deb yuritiladi) ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oliy malaka komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi (bundan keyingi oʻrinlarda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (bundan keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb yuritiladi) qoʻshma qarorlari bilan advokatlar hamda Adliya vazirligi xodimlaridan teng miqdorda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oliy malaka komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oliy malaka komissiyasi masalalarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha qarorlar qabul qilishda Advokatlar palatasi va Adliya vazirligi, boshqa tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar hamda fuqarolardan mustaqildir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oliy malaka komissiyasining moddiy-texnika va moliyaviy taʼminoti Advokatlar palatasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oliy malaka komissiyasining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oliy malaka komissiyasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlar, advokatlar va boshqa manfaatdor shaxslarning shikoyatlarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur boʻlganda, manfaatdor shaxslar va tegishli tashkilotlardan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatlarni koʻrib chiqish vaqtida tegishli malaka komissiyalaridan zarur hujjatlarni talab qilib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda, talabgorlardan malaka imtihonlari qabul qiladi va ularni topshirish natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi ochilgan holatlarni oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlar palatasiga malaka komissiyalari ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil etish bilan ularning faoliyatini oʻrganish toʻgʻrisida murojaat qiladi hamda umumlashtirish va tahlil natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasining mazkur Nizomga muvofiq qabul qilgan qarorlari malaka komissiyalari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oliy malaka komissiyasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasiga koʻrib chiqishi uchun kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga, advokatlik faoliyatining asosiy prinsiplariga qatʼiy rioya etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik faoliyatining kafolatlari va himoyasini, advokatning daxlsizligini, advokatning faoliyatiga aralashmaslikni taʼminlashga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oliy malaka komissiyasining tarkibi Advokatlar palatasi va Adliya vazirligining qoʻshma qarorlari bilan advokatlar hamda Adliya vazirligi xodimlaridan teng miqdorda jami 10 kishidan, shu jumladan Oliy malaka komissiyasining hamraislari va aʼzolari uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasining hamraislari Oliy malaka komissiyasi tarkibiga kiritilgan advokatlar va Adliya vazirligi xodimlaridan belgilanadi hamda ular Oliy malaka komissiyasining majlislarida navbat bilan raislik qiladilar, Oliy malaka komissiyasining majlisida raislik qilishi lozim boʻlgan hamraisning uzrli sabablarga koʻra hozir boʻlmaganlik hollari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasi aʼzoligiga advokatlarning nomzodlari advokatlik faoliyati boʻyicha kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan advokatlar orasidan taqdim etiladi. Advokat surunkasiga ikki muddat Oliy malaka komissiyasining aʼzosi boʻlishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oliy malaka komissiyasining aʼzosi boʻlgan advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish koʻrib chiqilishi yoki Oliy malaka komissiyasi aʼzosi boʻlgan Adliya vazirligi xodimining malaka imtihonini topshirishi natijalari boʻyicha shikoyat koʻrib chiqilgan hollarda, ular Oliy malaka komissiyasi majlisida qatnashishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasining majlisi, agar unda Oliy malaka komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, komissiya vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvorum boʻlmagan holda, Oliy malaka komissiyasining majlisiga hozir boʻlgan aʼzolari tomonidan majlisni keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oliy malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin uch oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Advokatlar palatasi Oliy malaka komissiyasining hamraislari bilan kelishgan holda Oliy malaka komissiyasi majlisi oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin majlisning kun tartibi, sanasi, vaqti va joyini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oliy malaka komissiyasi qarorlari uning majlisida qatnashayotgan Oliy malaka komissiyasi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasining qarorlari ular qaysi majlisda qabul qilingan boʻlsa, oʻsha majlisda raislik qiluvchi tomonidan eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oliy malaka komissiyasining ishini yuritish Advokatlar palatasi raisi tomonidan tayinlanadigan Oliy malaka komissiyasining masʼul kotibi (bundan keyingi oʻrinlarda masʼul kotib deb yuritiladi) zimmasiga yuklatiladi. Masʼul kotib Oliy malaka komissiyasining va malaka komissiyalarining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul kotib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatlarni qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasining majlisida koʻrib chiqish uchun materiallarni tayyorlashni amalga oshiradi va ularning saqlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasi aʼzolarini, shuningdek, shikoyat bergan shaxslarni va boshqa manfaatdor shaxslarni Oliy malaka komissiyasining majlisi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasi aʼzolari va manfaatdor shaxslarning majlisda hozir boʻlganligini tekshiradi, hozir boʻlmaganlik sabablarini aniqlaydi va bu haqda Oliy malaka komissiyasiga axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasi majlislarining bayonnomalarini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raislik qiluvchining Oliy malaka komissiyasi majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarini bajaradi, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Advokatlar palatasiga shikoyatni bevosita yuborish yoʻli bilan Oliy malaka komissiyasiga berilgan shikoyat kelib tushgan kundan boshlab uch kun mobaynida, Advokatlar palatasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasidan shikoyat bilan bogʻliq barcha hujjatlar va materiallarni talab qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oliy malaka komissiyasining majlislarida bayonnoma yuritiladi, u majlisda qatnashgan Oliy malaka komissiyasining barcha aʼzolari, shuningdek, masʼul kotib tomonidan imzolanadi. Oliy malaka komissiyasining qaroridan rozi boʻlmagan Oliy malaka komissiyasining aʼzosi komissiya majlisining bayonnomasiga kiritiladigan oʻzining nuqtai nazarini yozma shaklda bayon etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalarga qarab, bayonnomada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasi majlisi oʻtkaziladigan sana va joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasining majlisida qatnashgan Oliy malaka komissiyasi aʼzolarining roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka komissiyasining qarori ustidan keltirilgan shikoyat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlar toʻgʻrisidagi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomda nazarda tutilgan holatlarda, Oliy malaka komissiyasi tomonidan talabgordan qabul qilingan malaka imtihoni toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatda bayon etilgan vajlar, Oliy malaka komissiyasi aʼzolarining, manfaatdor shaxslarning soʻzga chiqishlari hamda tegishli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosiy mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasi aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ovoz berish yakunlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibiga kiritilgan har bir masala boʻyicha qarorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasi qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oliy malaka komissiyasi majlisi bayonnomasining nusxalari bir haftalik muddatda Adliya vazirligi va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oliy malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay masʼul kotib imzosi bilan manfaatdor shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olingan holda topshiriladi. Oliy malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar Advokatlar palatasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasi majlisi bayonnomasidan koʻchirmalarda Oliy malaka komissiyasining majlisi oʻtkazilgan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibiga kiritilgan qismidagi, tegishli manfaatdor shaxslarga taalluqli boʻlgan masala boʻyicha qaror va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Shikoyatlarni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Malaka komissiyalari qarorlarining ustidan keltirilgan shikoyatlar manfaatdor shaxslar tomonidan komissiya majlisining bayonnomasidan koʻchirma olingan kundan eʼtiboran Oliy malaka komissiyasiga bir oy ichida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilgan muddatning oʻtkazib yuborilganligi shikoyatni qabul qilish va koʻrib chiqishni rad etish uchun asos boʻlmaydi. Oliy malaka komissiyasi muddat oʻtkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topib, ana shu muddatni tiklashi va shikoyatni mazmunan koʻrib chiqishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Shikoyat oʻz ichiga shikoyat bergan manfaatdor shaxsning vajlari, uning fikricha, malaka komissiyasi qarorining notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi va uning iltimosi mazmunini olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Shikoyat Oliy malaka komissiyasi tomonidan u Advokatlar palatasiga kelib tushgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan bir oy ichida koʻrib chiqilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oliy malaka komissiyasining aʼzolari, shuningdek, shikoyat keltirgan shaxslar va boshqa manfaatdor shaxslar komissiya majlisi oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn kun oldin majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Agar Oliy malaka komissiyasi intizomiy ish yuritish boʻyicha shikoyatni koʻrib chiqish vaqtida intizomiy ish yuritish bilan bogʻliq alohida masalalarni oʻrganish talab etiladi, degan xulosaga kelsa, bunday oʻrganishni oʻtkazish vazifasi Oliy malaka komissiyasining qarori bilan oʻz aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oliy malaka komissiyasi faqat istisno holatlarda, shu jumladan tegishli malaka komissiyasining xolisligi va begʻarazligiga asosli shubhalar mavjud boʻlgan hollarda malaka imtihoni qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka imtihoni Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oliy malaka komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oliy malaka komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqib, oʻz qarori bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka komissiyasining qarorini oʻzgartirish va yangi qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor malaka imtihoni topshirishi natijalari boʻyicha malaka komissiyasining qarorini bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka komissiyasi qarorini bekor qilish va advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatni koʻrmasdan qoldirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oliy malaka komissiyasining advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish masalalariga daxldor qarori u qabul qilingan kunda yozma shaklda advokatga guvohnoma bergan adliya organiga tegishli qaror qabul qilish uchun yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oliy malaka komissiyasi tomonidan malaka komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyat mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatda bayon etilgan vajlar tasdiqlanmagan hollarda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oliy malaka komissiyasi tomonidan malaka komissiyasining qarorini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror va yangi qaror:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom talablari buzilgan holda, agar bunday qoidabuzarlik malaka komissiyasining qaror qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;

malaka komissiyasi tomonidan asoslantirilmagan qaror qabul qilingan hollarda qabul qilinadi.

28. Oliy malaka komissiyasi tomonidan talabgor malaka imtihoni topshirishi natijalari boʻyicha malaka komissiyasining qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom talablari buzilgan holda, agar bunday qoidabuzarlik malaka komissiyasining qaror qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor tomonidan malaka imtihonida berilgan javoblarni baholashda malaka komissiyasi tomonidan xolislik va begʻarazlik taʼminlanmagan hollarda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasi malaka komissiyasining talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishi natijalari boʻyicha qarorini bekor qilish bilan bir vaqtda oʻz qarori bilan talabgorni malaka imtihonini takroriy topshirish uchun tegishli malaka komissiyasiga yuboradi yoki mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda talabgordan malaka imtihonini qabul qiladi va uning malaka imtihonini takroriy topshirishi natijalari boʻyicha tegishli qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Oliy malaka komissiyasi tomonidan malaka komissiyasining qarorini bekor qilish va advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom talablari buzilgan holda, agar bunday qoidabuzarlik malaka komissiyasining qaror qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka komissiyasi tomonidan asoslantirilmagan qaror qabul qilingan hollarda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Oliy malaka komissiyasi tomonidan shikoyatni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi qaror:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malaka komissiyasiga shikoyat bergan shaxsning shikoyatni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi arizasi kelib tushsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudda xuddi shu masala boʻyicha fuqarolik ishi qoʻzgʻatilgan yoki ish boʻyicha sudning tegishli qarori qabul qilingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat intizomiy ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuvga erishgan hollarda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Advokatlar palatasi malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish maqsadida ularning faoliyatini oʻrganadi. Bunday oʻrganishga Oliy malaka komissiyasining aʼzolari ham jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Malaka komissiyalarining faoliyatini oʻrganish yakunlari boʻyicha malaka komissiyalarining ish amaliyoti umumlashtirish va tahlil qilish natijalari, shuningdek, xulosalar va tavsiyalarni oʻz ichiga olgan tafsilotnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Malaka komissiyalarining faoliyatiga doir tafsilotnoma Oliy malaka komissiyasining majlisida koʻrib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Oliy malaka komissiyasining qaroriga binoan tafsilotnoma rahbarlik va ijro qilish uchun malaka komissiyalariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Oliy malaka komissiyasining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Mazkur Nizomni buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlar palatasining raisi T. SAYIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 14-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 133-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)