30.04.1999 yildagi 6-son
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk mutloq dahlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qo‘riqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qilmishni tavsiflashda quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Jinoyat kodeksining 164-modda 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan bosqinchilik yo‘li bilan mulkka egalik qilishning belgilaridan biri qurol yoki qurol sifatida ishlatiladigan boshqa narsalarni qo‘llash hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 11-son Plenum qarorining 5-bandiga muvofiq o‘zganing mulkini talon-toroj qilishdan iborat bo‘lgan aybdorning harakatlariga huquqiy baho berishda uning sodir etilishi usulidan (o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik) qat’i nazar, jinoyat Jinoyat kodeksi moddasining og‘irroq jazoni ko‘zda tutuvchi qismi bilan tavsiflanishi lozim va ushbu moddaning boshqa qismlari bilan qo‘shimcha tavsiflanishi talab etilmaydi. Masalan, jinoyat JK 169-moddasi 4-qismi bilan juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish belgisi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinganda, JK mazkur moddasining 1, 2 va 3-qismlari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.