O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI QARORLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-sonli “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentini tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 24-noyabrdagi PQ-1005-son qaroriga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorining 2-bandi mazmuni quyidagicha xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi muruvvat yordami va texnikaviy ko‘maklashish vositalarining to‘liq hamda tizimli hisob-kitobini yuritish”.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-fevral,
PQ-1055-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 7-son, 68-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda)