OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI
QARORI
2009 YIL UChUN DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-dekabrda 1880-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2009-yil 16-noyabrdagi 4-son “2010-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 2055, 17.12.2009-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 12-con, 219-modda) 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. 2009-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari 1 — 169-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan davlat statistika hisobotlarining yillik shakllari — 2008-yil uchun hisobotdan boshlab, joriy hisobot shakllari — 2009-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiritilsin.
3. 2009-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2007-yil 9-noyabrdagi 18-sonli “2008-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1748, 2007-yil 15-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 529-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2008-yil 21-iyuldagi 3-sonli “2008-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1748-1, 2008-yil 16-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 339-modda).
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-noyabr,
4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 51-son, 506-modda)