Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.1995 03.07.1992 yildagi 660-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.1995
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1959-yil 21-maydagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari 1959-yil, № 6 3-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kodeks quyidagi mazmunda bo‘lgan 47-2-modda va o‘n uchinchi-1 bob bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“47-2-modda Surishtiruv idoralari, tergovchi, prokuror va sudning jarayon qatnashchilari hamda o‘zga shaxslarning xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish borasidagi vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchiga, guvoh yoki ishda qatnashayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek, ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindosh-urug‘lariga, o‘ldirish, zo‘rlik qilish, shaxsiy mol-mulkini yo‘q qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoinki o‘zga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir, dyeyish uchun yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda surishtiruv idorasi, tergovchi, prokuror, sud, bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud, prokuror, shuningdek tergovchi va surishtiruv idorasi prokurorning roziligi bilan militsiya idoralariga ishda qatnashayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini ta’minlovchi barcha chora-tadbirlarni ko‘rish xususida yozma ravishda topshiriq berishga xaqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Militsiya idorasi jinoiy ishda xavf ostida qolgan shaxslarga doir mavjud ma’lumotlardan, bu xavfning ehtimol tutilgan xarakteri manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlar haqida xabardor etilishi lozim”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘N UChINChI-1 BOB”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TELEFONLAR VA BOShQA SO‘ZLAShUV QURILMALARI ORQALI OLIB BORILAYOTGAN SO‘ZLAShUVLARNI EShITISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160-1-modda. So‘zlashuvni eshitish uchun asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yuzasidan gumon qilinayotgan shaxsning, ayblanuvchining telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali so‘zlashuvlarini eshitish oqibat-natijada ishga doir muhim ahamiyatga ega ma’lumotlar olinadi deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan takdirda prokurorning ruxsati bilan surishtiruv idorasi yoki tergovning qaroriga binoan yoxud sudning ajrimiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindosh-urug‘lari va yaqin kishilariga nisbatan zo‘rlik qilish, ta’magirlik qilish yoki g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etish tahdidi mavjud bo‘lgan takdirda ana shu shaxslarning arizalari yoki yozma ravishda bergan roziligiga ko‘ra prokurorning ruxsati bilan yoinki sudning ajrimiga binoan ularni telefonlari yo o‘zga so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvni eshitish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160-2 modda. Telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa xil so‘zlashuvlarni eshitish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi yoki surishtiruv idorasi so‘zlashuvlarni eshitishni, zarur hollarda bu ishga mutaxassisni jalb etishi mumkin. Tergovchi, surishtiruv o‘tkazgan shaxs, prokuror va sudya topshiriq yozadi. Bu topshiriqnoma ijro etish uchun ichki ishlar idorasi yoki militsiya xavfsizlik xizmatining so‘zlashuvlarni eshitish maxsus bo‘linmasi (xizmati) rahbariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eshitilayotgan ma’lumotlarning xarakteri va hajmi, shuningdek so‘zlashuvlarni eshitishning borishi va natijalarini qayd qilish shakli surishtiruvchi doirasining, tergovchining, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida belgilab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telefon so‘zlashuvlari va boshqa so‘zlashuvlar olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni eshitish xamda magnit lentasiga ovoz yozib olishda ishtirok etayotganlar o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni ovoza qilganlik uchun javobgar bo‘lishlari xususida ogohlantiriladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160-3-modda. Telefon orqali so‘zlashuv va boshqa xil so‘zlashuvlarni eshitishning fonogrammasi hamda bayoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni eshitish chog‘ida ovoz magnit lentasiga yozib olinishi mumkin. Eshitish o‘tkazilganligi va magnit lentasiga ovoz yozib olinganligi to‘g‘risida bayon tuzilib, unda ishga taalluqli so‘zlashuvlar fonogrammasining qisqacha mazmuni ifoda etiladi. Fonogramma muhrlanib, bayonga tikib qo‘yiladi, uning ishga taalluqli bo‘lmagan qismi esa hukm qonuniy kuchga kirganidan keyin yo‘q qilib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘zlashuv eshitilganligi va ovoz magnit lentasiga yozib olinganligiga doir bayonda abonent raqami, so‘zlashuv eshitilgan va ovoz magnit lentasiga olingan vaqt, joy, bu ishlarni bajargan shaxslarga doir ma’lumotlar, shuningdek ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘zlashuv eshitilganligi va ovoz magnit lentasiga yozib olinganligiga doir bayon ushbu Kodeks 117-moddasi talablariga rioya etilgan holda tuziladi va bu ishlarni amalga oshirgan shaxslar tomonidan imzolanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 12-moddaning ikkinchi qismi quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bundan tashqari o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha, ishda qatnashayotgan shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lishining oldini olish maqsadida jinoiy aloqalarga doir va boshqa ishlar bo‘yicha, shuningdek jabrlanuvchi, guvoh xamda ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning, ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindosh-urug‘larning xavfsizligini ta’minlash manfaatlari talab qilgan hollarda sudning asoslantirilgan ajrimiga binoan ish yopiq sudda ko‘rilishiga yo‘l qo‘yiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 13 va 14-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“13-modda. Gumon etilayotgan shaxsning, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoya huquqini ta’minlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon etilayotgan shaxs, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoya huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud, prokuror, tergovchi va surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs gumon etilayotgan shaxs ayblanuvchi hamda sudlanuvchiga qonunda belgilangan vositalar va usullar bilan himoyalanish imkoniyatini, shuningdek ularning shaxsiy va mulkiy huquqlari muhofaza qilinishini ta’minlab berishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Ishning holatlarini har taraflama, to‘la va xolis tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud, prokuror, tergovchi va surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs ishning holatlarini har taraflama, to‘la va xolis tekshirilishi uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni ko‘rishlari, gumon qilinayotgan shaxs, ayblanuvchi va sudlanuvchining ham aybini ochadigan, ham ularni oqlaydigan, shuningdek ularning javobgarligini og‘irlashtiradigan va yengillashtiradigan holatlarni aniqlashlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud, prokuror, tergovchi va surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs isbotlash vazifasini gumon qilinayotgan shaxs, ayblanuvchi va sudlanuvchi zimmasiga yuklab qo‘yishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinayotgan shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi va ishda qatnashayotgan boshqa shaxslardan majburlab ko‘rsatuvlar olish yo‘llari, shuningdek zo‘rlik etish, tahdid qilish va boshqa g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan dalil-isbot to‘plash man etiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 35-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 36-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jabrlanuvchi shaxsan o‘zi yoki o‘z vakili orqali sud muhokamasida ayblanuvchi qo‘llashi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 40-1-moddaning ikkinchi qismi “gumondor” so‘zidan keyin, “himoyachiga ega bo‘lishga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 42-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“42-modda. Jinoyat sudlov ishlarini yurgizishda himoyachining ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachining ishda qatnashishiga aybnoma e’lon qilingan paytdan boshlab, jinoyat sodir qilinganlikda gumon etilayotgan shaxs ushlangan yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi aybnoma e’lon qilingunga kadar qo‘llanilgan taqdirda esa unga ushlab turish bayoni yoxud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi qaror e’lon qilingan paytdan boshlab, ammo ushlangan vaqtdan so‘ng yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yo‘l qo‘yiladi. Basharti, ushbu muddat ichida gumon etilayotgan shaxs yoki ayblanuvchi tanlangan himoyachi hozir bo‘lishining imkoni topilmasa, surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs tergovchi va prokuror gumon etilayotgan shaxsga yoki ayblanuvchiga boshqa himoyachi chaqirishni taklif qilishga haqlidirlar, yoynki huquqiy maslahat idorasi orqali ularni himoyachi bilan ta’minlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlarning, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari vakillarining muayyan tashkilotlar a’zolariga taalluqli ishlar yuzasidan himoyachi sifatida qatnashishlariga yo‘l qo‘yiladi. Surishtiruv idorasi, tergov sudyaning qaroriga yoki sudning ajrimiga ko‘ra boshqa shaxslarning ham himoyachisi sifatida qatnashishlariga yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy maslahat idorasining mudiri yoki advokatlar hay’atining rayosati gumon etilayotgan shaxsni, ayblanuvchi yoxud sudlanuvchini himoya qilish uchun advokat tayinlashlari shart. Huquqiy maslahat idorasining mudiri yoki advakatlar xay’atining rayosati, shuningdek ishni yurgizayotgan surishtiruv idorasi dastlabki tergov idorasi, prokuror, sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda gumon etilayotgan shaxsni, ayblanuvchini, sudlanuvchini huquqiy yordam haqini to‘lashdan butunlay yoki qisman ozod qilishga haqlidir. Huquqiy maslahat idorasi mudiri yoki advokatlar hay’atining rayosati haq to‘lashdan bunday ozod qilishga yo‘l qo‘ygani takdirda himoyachining mehnatiga advokatlar hay’ati mablag‘lari hisobidan, boshqa hollarda davlat hisobidan haq to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlar mehnatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda haq to‘lash yoki advokat surishtiruvida, dastlabki tergovda va sudda tayinlash asosida qatnashgan hollarda uning mehnatiga haq to‘lash uchun ketgan xarajatlar budjet hisobidan amalga oshiriladi. Bundan holda davlatdan ketgan xarajatlarni qoplash mahkumning zimmasiga yuklatilishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 43-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Voyaga yetmaganlarning, soqovlar, karlar, ko‘rlar va jismoniy yoki nuqsoni tufayli o‘zining himoya huquqini o‘zi amalga oshira olmaydigan boshqa shaxslarning, shuningdek sudlov ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazish ishlarini sudda ko‘rib chiqish chog‘ida himoyachining ishtirok etishi shart. Bunday hollarda ushbu Kodeksning 42-moddasi birinchi bandida uqtirilgan paytidan boshlab himoyachining ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘lim jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir qilishda ayblanayotgan shaxslarning ishlari bo‘yicha aybnoma e’lon qilingan paytdan boshlab himoyachining ishtirok etishi shartdir. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa hollarda ham himoyachining ishda ishtirok etishi shart bo‘lishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismdan “Ayblanuvchi himoyachining ishtirok etishi to‘g‘risida iltimos qilgan yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 44, 45 va 46-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“44-modda. Himoyachini taklif qilish, tayinlash va o‘zgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachini gumon qilinayotgan shaxs, ayblanuvchi va sudlanuvchi tomonidan gumon qilinayotgan shaxs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining topshirig‘i yoxud roziligi bilan ularning qonuniy vakillari, qarindosh-urug‘lari yoki boshqa shaxslar tomonidan taklif qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinayotgan shaxs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining iltimosiga binoan himoyachining qatnashuvi surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs, tergovchi yoki sud tomonidan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinayotgan shaxs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tanlagan uzoq vaqt ishda ishtirok etish imkoni bo‘lmasa, surishtiruv o‘tkazish tergovchi va sud gumon qilinayotgan shaxs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga himoyachi chaqirishni taklif qilishga yoxud gumon qilinayotgan shaxs, aybnuvchi yoki sudlanuvchiga huquqiy maslahat idorasi orqali himoyachi tayinlashga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti, gumon qilinayotgan shaxslar, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilar ikki nafar va undan ortiq bo‘lib, ulardan birini himoya qilish manfaatlari ikkinchisini himoya qilish manfaatlariga zid kelsa, ayni bir shaxs yuqorida keltirilgan shaxslardan ikki nafari yoki undan ortig‘ining himoyachisi bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Himoyachidan voz kechish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinayotgan shaxs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritilayotgan istalgan vaqtda himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bundan voz kechishga faqat gumon qilinayotgan shaxs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining tashabbusi bilangina yo‘l qo‘yiladi va u davlat yoki jamoat qoralovchisining, shuningdek boshqa gumon qilinayotgan shaxslar, ayblanuvchilar va sudlanuvchilar himoyachilarning ishda qatnatishga to‘sqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 43-moddasiga muvofiq himoyachining qatnashishi shart bo‘lgan hollarda himoyachidan voz kechish istagi qondirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Himoyachining majburiyatlari va huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi gumon etilayotgan shaxsni, ayblanuvchi yoki sudlovchini oqlaydigan, ularning javobgarligini kamaytiradigan holatlarni aniqlash maqsadida himoya qilishning qonunda ko‘rsatilgan barcha vositalari va usullaridan foydalanishi hamda ularga zarur yuridik yordam ko‘rsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi ishda qatnashishga ruxsat etilgan vaqtdan boshlab: aybnoma e’lon qilinayotgan chog‘da ishtirok etishga, gumon etilayotgan shaxs yoki ayblanuvchini so‘roq qilishga, shuningdek ular ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tergov harakatlari vaqtida qatnashishga; ishga doir barcha materiallar bilan tanishish hamda ulardan zarur ma’lumotlarni ko‘chirib olishga; sud tergovida qatnashishda dalil-isbotlarni taqdim etishga; iltimoslarni bayon etishga; raddiyalar berishga; surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir. Himoyachi qatnashishga ruxsat etilgan vaqtdan boshlab ushlangan shaxs yoki qamoqqa olinayotgan, gumon etilayotgan shaxs yoxud ayblanuvchi bilan istagancha va davomiyligi cheklanmagan holda tanholikda uchrashishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov harakatlari olib borilayotganda ishtirok etayotgan himoyachi so‘roq qilinayotgan shaxsga savollar berishga, tergov bayonidagi yozuvlarning noto‘g‘ri yoki to‘liq emasligi yuzasidan yozma fikr-mulohazalar bildirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi himoyani amalga oshirishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum qilingan ma’lumotlarni oshkor etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida himoyachining boshqa huquqlari nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokat gumon etilayotgan shaxsni, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini himoya qilish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan vazifadan voz kechshiga haqli emas”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 50-moddaning ikkinchi qismi “tergov va sud harakatlarining protokollari” so‘zlaridan so‘ng “video yozuvlar, kinofoto, suratlar va magnit lentasi yozuvlaridan iborat materiallar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. 54-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Guvoh uzrli sabablarsiz kelmasa, surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs, tergovchi, prokuror va sud uni majburiy ravishda olib keltirishga haqlidir. Guvoh qasddan sudda hozir bo‘lishdan bosh tortgani taqdirda, sud bunday shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlarda nazarda tutilgan tartib va miqdorlarda ma’muriy jazo belgilashi ham mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 78-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs, tergovchi, prokuror, sud ehtiyot chorasi sifatida hibsga olish tanlanganligi to‘g‘risida gumon qilinayotgan shaxs, ayblovchi va sudlanuvchiniig ish joyiga, o‘qish joyiga, oilasiga yoki yaqin qarindosh-urug‘laridan biriga zudlik bilan ma’lum qiladi. Hibsga olish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim qamoq joyiga jo‘natiladi. Basharti, gumon qilinayotgan shaxs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi xorijiy davlat fuqarosi bo‘lsa, qaror yoki ajrim O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ham yuboriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. 98-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Surishtiruv idoralari zimmasiga jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan so‘ng jinoiy ish yuzasidan isbot sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida zarur operativ-qidiruv choralarini ko‘rish, shu jumladan videoyozuvlar, kinofoto, suratlar va yozish vositalaridan foydalangan holda operativ-qidiruv choralarini ko‘rish vazifasi yuklatiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. 99-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jinoyatning mavjud alomatlariga ko‘ra dastlabki tergov o‘tkazilishi shart bo‘lsa surishtiruv idorasi jinoiy ish qo‘zg‘aydi va ushbu Kodeksga amal qilgan holda jinoyat alomatlarini aniqlash hamda mustahkamlash yuzasidan ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish, ishga daxldor narsalarni olib qo‘yish, telefon orqali va boshqa xil so‘zlashuvlarni eshitish, mol-mulkini xatlash, gumon qilinayotgan shaxslarni guvohlantirish, ushlash, so‘roq qilish, jabrlanuvchi, guvohlarni so‘roq qilishdan iborat kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini amalga oshirish, zarur hollarda esa ekspertiza tayinlaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. 100-moddada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismdan “ishdagi materiallar bilan ularni tanishtirmaydi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi qism chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. 113-moddaning beshinchi qismidagi “jabrlanuvchiga, grajdanlik da’vogari va grajdanlik javobgariga” degan so‘zlar “shuningdek jabrlanuvchi grajdanlik da’vogariga, grajdanlik javobgari va ularning vakillari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. 115-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “tergovchi” so‘zi “surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs, tergovchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. 117-moddaning oltinchi qismi “fonogrammalar” degan so‘zdan keyin “videoyozuvlar” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. 176-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ish to‘xtatilganligi to‘g‘risida ayblanuvchiga, jabrlanuvchiga, grajdanlik da’vogariga, grajdanlik javobgariga va ularning vakillariga to‘xtatish vajlari ko‘rsatilgan hamda ularga ish materiallari bilan tanishish huquqi tushuntirilgan holda yozma ravishda ma’lum qilinadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. 178-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“178-modda. Jabrlanuvchi, grajdanlik da’vogari, grajdanlik javobgari va ularning vakillarini ishga taalluqli barcha materiallar bilan tanishtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov nixoyasiga yetkazilib, to‘plagan dalilar ayblov xulosasi tuzish uchun yetarli deb topilgach, tergovchi bu haqda jabrlanuvchiga, grajdanlik da’vogariga, grajdanlik javobgariga va ularning vakillariga ma’lum qilishi, ayni paytda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishish, xuddi shuningdek, dastlabki tergovni to‘ldirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan ariza berish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishi shart. Shundan so‘ng ularning har biriga ishga doir barcha materiallar tikilgan va raqamlangan holda tanishib chiqishi uchun takdim etilib, bu xususda bayon tuziladi. Jabrlanuvchi, grajdanlik da’vogari, grajdanlik javobgari va ularning vakillari ishga doir materiallar bilan tanishish chog‘ida undan zarur ma’lumotlarni ko‘chirib olishga haqdirlar. Basharti, dastlabki tergov o‘tkazish chog‘ida videoyozuv olib borilgan, kinoga olingan yoki ovoz magnit lentasiga yozib olingan bo‘lsa, bu vositalar yuqorida uqtirib o‘tilgan shaxslarning iltimosiga ko‘ra namoyish etilishi yoki eshittirilishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi kism chiqarib tashlansin. Shu munosabat bilan uchinchi va to‘rtinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. 179-moddada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi kism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ushbu Kodeksning qoidalari bo‘yicha himoyachining ishtirok etishi shart bo‘lgan hollarda, shuningdek ushbu Kodeksning 42-moddasida nazarda tutilgan hollarda tergovchi ishga doir barcha materiallarni ayblanuvchiga va ayni bir paytda himoyachisiga ko‘rsatadi. Himoyachi hozir bo‘lmagan taqdirda tergov ishi yuritishga doir materiallarni ko‘rsatish kechiktirilishi lozim, biroq kechiktirish muddati besh sutkadan oshmasligi kerak. Bu muddat ichida ayblanuvchi tanlangan himoyachining hozir bo‘lish imkoni topilmasa, tergovchi boshqa himoyachini chaqirish chorasini ko‘radi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismidagi “kinos’yomka yoki ovoz yozish” degan so‘zlar “videoyozuv-kinosyomka yoki ovoz yozish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. 180-moddaning 7-bandidan “tergovchining ruxsati bilan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. 182-modda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismidagi “qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazish vaqtida himoyachi ishtirok qilayotgan bo‘lsa; u guvohga jabrlanuvchiga, ekspertga va ayblanuvchiga tergovchi orqali savollar berishga”, degan so‘zlar “qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazish vaqtida ishtirok qilayotgan himoyachi guvoh jabrlanuvchi ekspert va ayblanuvchiga savollar berishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi qismidagi “grajdanlik da’vogarini va grajdanlik javobgarligi” degan so‘zlar “grajdanlik da’vogari, grajdanlik javobgari va ular vakillarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. 221-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayblov xulosasining ko‘chirma nusxasi va sudga chaqiruv qog‘ozi sudanuvchiga, shuningdek jabrlanuvchiga yoki uning vakiliga topshiriladi. Ishni sudga oshirish to‘g‘risidagi masalani hal etish chog‘ida ayblov yoki ehtiyot chorasi yoxud sudga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati o‘zgartirilgan bo‘lsa, sudlanuvchiga, shuningdek jabrlanuvchi yoki uning vakiliga sud chiqargan tegishli ajrimning yoki sudya qarorining ko‘chirma nusxalari ham topshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. 249-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Grajdanlik da’vogari yoki grajdanlik javobgari qasddan sudda hozir bo‘lishdan bosh tortgani taqdirda sud bunday shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlarda nazar tutilgan tartib va mikdorlarda ma’muriy jazo belgilashi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. 250-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jabrlanuvchi qasddan sudda hozir bo‘lishdan bosh tortgani takdirda, u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlarda nazarda tutilgan tartib va miqdorlarda javobgar bo‘ladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. 254-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Guvoh, ekspert yoki mutaxassis uzrli sabablarsiz hozir bo‘lmasa, sud ularni majburiy ravishda olib kelish haqida ajrim chiqarishga haqlidir. Guvoh, ekspert yoki mutaxassis qasddan sudda hozir bo‘lishdan bosh tortgan taqdirda ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlarda nazarda tutilgan tartib va mikdorlarda ma’muriy jazo belgilashi ham mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. 256-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi taxrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“256 modda. Jabrlanuvchi, grajdanlik da’vogari, grajdanlik javobgari va ularning vakillariga o‘z huquqlarini tushuntirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi jabrlanuvchi, grajdanlik da’vogari, grajdanlik javobgari va ularning vakillariga ushbu Kodeksnint 36 — 38-moddalarida nazarda tutilgan o‘z huquqlarini tushuntirib beradi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. 276-modda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qism quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sudlov tergovi tugaganidan so‘ng sud sudlov muzokaralariga o‘tadi. Sudlov muzokaralari ishda qatnashayotgan davlat va jamoat qoralovchilari, shuningdek jabrlanuvchi, grajdanlik da’vogari, grajdanlik javobgar, ular vakillarining, jamoat himoyachisining, himoyachi yoki agar himoyachi majlisida qatnashmayotgan bo‘lsa, sudlanuvchining nutqlaridan iborat bo‘ladi. Davlat va jamoat qoralovchilarining so‘zga chiqish navbatini ularning so‘zlarini hisobga olgan holda sud belgilaydi. Jamoat himoyachisining so‘zga chiqish navbati ham xuddi shu tarzda belgilanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi va uchinchi qismlar chiqarib tashlansin. Shu munosabat bilan to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar tegishincha ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. 332-modda birinchi qismining birinchi bandi “jabrlanuvchi” degan so‘zdan keyin “va uning vakili” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. 413-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlangan shaxslar quyidagi huquqlarga egalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zlarining nimada gumon qilinayotganliklarini bilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeks 43-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda himoyachi taklif etilishini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isbotlar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushlashning qay darajada to‘g‘ri ekanligini tekshirishni prokurordan talab qilish. Ushlanganlarni saqlash joyi mamuriyati bayon qilingan talab haqida prokurorga darhol ma’lum qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs, tergovchi yoki prokurorning xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish, tushuntirishlar berish, iltimos qilish va rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksning 416-moddasida belgilangan tartibda davlat idoralari jamoat tashkilotlari va mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z kiyim-kechagi va poyabzalidan, shuningdek bashqa zarur ashyo va buyumdan foydalanish, bunday ashyo va buyumlar ro‘yxati ushlanganlarni saqlash joylarining ichki tartib qoidalarida belgilab qo‘yiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 3-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
660-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 358-modda)