O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“YER TO‘G‘RISIDAGI” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 599-I-son “O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1990-yil 20-iyunda qabul qilgan “Yer to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining vedomostlari, 1990-yil, 16 – 18-sonlar, 294-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. 1-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida yer munosabatlari ushbu Qonun bilan va O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi”.
2. 2-moddaning 2-qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yerga egalik huquqini O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi amalga oshiradi, u ushbu Qonunga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solishga doir ba’zi masalalarda huquqlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qo‘mitalariga beradi”.
“4-modda. Xalq deputatlari qishloq Sovetlarining va ularning ijroiya qo‘mitalarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari qishloq Sovetlarining ixtiyorida bo‘ladi:
1) shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari katta-kichikligining me’yorlarini tasdiqlash;
2) qishloqlarning hududidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza etishni nazorat qilish.
Xalq deputatlari qishloq Sovetlari o‘z ixtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani ko‘rib chiqish va hal etishga haqlidir.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari qishloq Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari ixtiyorida bo‘ladi:
1) o‘z ixtiyorlariga berilgan yer zaxiralarini tasarruf etish;
2) qishloq aholi punktlari doirasidagi jamoa va davlat xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tarkibida bo‘lmagan yerlarni, yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, berish va olib qo‘yish;
3) yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatga olish;
4) shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish, turar joy qurish va obodonlashtirish, shuningdek o‘t o‘rish va mol boqish uchun fuqarolarga berib qo‘yilgan yer uchun haq olish;
5) ushbu ijroiya qo‘mitalaridan yer olgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish.
5-modda. Xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining hamda ularning ijroiya qo‘mitalarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shahar (posyolka) doirasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining ixtiyorida bo‘ladi.
Xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlari o‘z ixtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani ko‘rib chiqish va hal etishga haqlidir.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari ixtiyorida bo‘ladi:
1) yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, shahar (posyolka) doirasidagi yerlarni berish va olib qo‘yish, jamoa va davlat xo‘jaliklarining, boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasnodir;
2) yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatga olish;
3) shahar (posyolka) doirasida fuqarolarga, davlat, shirkat va jamoat korxonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i va ijara haqi undirib olish;
4) ushbu moddaning 1-bandida belgilab qo‘yilgan tartibda yer olgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish.
6-modda. Xalq deputatlari nohiya Sovetlarining va ularning ijroiya qo‘mitalarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish xalq deputatlari nohiya Sovetlari ixtiyorida bo‘ladi.
Xalq deputatlari nohiya Sovetlari o‘z ixtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani ko‘rib chiqish va hal etishga haqlidir.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari ixtiyorida bo‘ladi:
1) fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga egalik qilish uchun, foydalanish uchun hamda ijaraga berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan; birinchi guruhga kiruvchi o‘rmonlar bilan qoplangan yerlardan tashqari o‘rmon fondi yerlaridan; sanoat, transport, aloqa, mudofaa obyektlari va boshqa obyektlar egallab turgan yerlardan; suv fondi yerlaridan chegirib olish — bitta yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga 10 gektarigacha miqdorda;
fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga zaxira yerlardan, yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish;
2) ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan egalik qilish va foydalanish huquqlarini to‘xtatish sabablari belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini to‘xtatib qo‘yish, xalq deputatlari qishloq, posyolka va shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining vakolat doirasiga kiruvchi hollar bundan mustasno;
3) yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatga olish;
jamoa xo‘jaliklari tuzilgan, tashkil etilgan va tugatilgan hollarda ularning yerga egalik qilishi masalalarini hal etish;
4) yer-kadastr hujjatlarini yuritishni tashkil etish;
5) yer tuzish ishlarini tashkil etish;
6) fuqarolarga jamoat bog‘dorchiligi va uzumchiligi uchun, davlat, shirkat, jamoat korxonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga, shuningdek diniy tashkilotlarga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i solish va ijara haqi undirish.
7-modda. Xalq deputatlari viloyat Sovetlarining va ularning ijroiya qo‘mitalarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ixtiyorida bo‘ladi.
Xalq deputatlari viloyat Soveti o‘z ixtiyoriga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani ko‘rib chiqish va hal etishga haqlidir.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari ixtiyorida bo‘ladi:
1) qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun, davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari va boshqa korxonalarga, muassasalar va tashkilotlarga egalik qilish uchun, foydalanish uchun va ijaraga ushbu moddaning 2-bandida bayon etilgan shartlarga rioya qilgan holda yer berish;
2) barcha yerlardan katta-kichikligidan qat’i nazar, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hamda tarixiy-madaniy obyektlar egallab turgan yerlarni, shahar atrofi zonalari va yashil zonalar yerlarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining tajriba maydonlarini, birinchi guruh o‘rmon yerlarini chegirib olish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilanadigan ro‘yxatga oid chegirib olinadigan yerlar bundan mustasnodir;
3) yer-kadastr hujjatlarini yuritishni tashkil etish;
4) yer tuzish ishlarini tashkil etish.
8-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ixtiyorida bo‘ladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlarini ishlab chiqish va taqsimlashtirish;
2) yer uchun haq to‘lash tartibini hamda uning eng ko‘p va oz miqdorlarini, shuningdek yer uchun haq undirish sohasidagi imtiyozlarni belgilab qo‘yish;
3) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish haqidagi qonunlarning bajarilishini nazorat etishni uyg‘unlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi respublika hududida yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani ko‘rib chiqish va hal etishga haqlidir.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ixtiyorida bo‘ladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yerlarni xalq deputatlari qishloq, posyolka, nohiya, shahar va viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari bilan, shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tasarruf etish;
2) yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiatni qo‘riqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda yer resurslarini muhofaza qilish yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qo‘mitalari bilan birgalikda respublika dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish;
3) yer tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish.
4. 11-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — xalq deputatlari posyolka, nohiya va shahar Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari beradi:
muayyan ma’muriy nohiyadagi jamoa xo‘jaliklariga, davlat xo‘jaliklariga va boshqa davlat, shirkat, jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga — xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari, boshqa nohiyalardan kelgan xuddi shu xildagi yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarga esa xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari beradi;
respublika hamda chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga va tashkilotlarga, shuningdek xorijiy davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga, ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi beradi”.
5. 12-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalarini ajratib berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining hamda xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda amalga oshiriladi”.
12-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin.
6. 13-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq deputatlari tegishli Sovetining ijroiya qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasidagi qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqini va undan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yadi:”
7. 14-moddada:
birinchi qismda “Xalq deputatlari Sovetlarining o‘zlariga berib qo‘yilgan vakolatlarga muvofiq chiqargan qaroriga ko‘ra” so‘zlari “Xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining o‘zlariga berib qo‘yilgan vakolatlarga muvofiq chiqargan qaroriga ko‘ra” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismda “tegishli xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlari” so‘zlari “xalq deputatlari tegishli mahalliy Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qarorlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muayyan viloyat uchun kadastr bahosi darajasiga muvofiq belgilanadigan alohida muhofaza qilinadigan tabiiy va tarixiy-madaniy obyektlar egallab turgan yerlarning qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilishiga alohida hollarda, faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. Bunday yerlarning turlari va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladi”;
beshinchi qismda “xalq deputatlari mahalliy Sovetlari” so‘zlari “xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 15-moddaning ikkinchi qismida “tegishli suratda xalq deputatlari oblast Sovetlari, boshqa yerlarda esa xalq deputatlari rayon yoki shahar Sovetlari uzog‘i bilan bir yilga beradilar” so‘zlari “tegishli suratda xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari, boshqa yerlarda esa xalq deputatlari nohiya yoki shahar Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari uzog‘i bilan bir yilga beradilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 16-moddada:
birinchi qismda “xalq deputatlari Sovetlari yerni ijaraga bergan hollarda” so‘zlari “xalq deputatlari Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari yerni ijaraga bergan hollarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3-bandning to‘rtinchi qismi quyidagicha tahrirda berilsin:
“qishloq xo‘jalik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va o‘quv yurtlarining tajriba dalalari, mol haydab boriladigan yo‘llar, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport muassasalari, dam olish va sog‘lomlashtirish inshootlari, gidrometeorologiya stansiyalari va postlari egaligidagi hamda foydalanishidagi yerlar — bu tashkilotlarga yordamchi qishloq xo‘jalik ishlari olib borish uchun berib qo‘yilgan yerlardan tashqari”;
10. 18-moddada:
3-bandning birinchi qismida “er bergan xalq deputatlari Sovetining roziligi bilan” degan so‘zlari “Yer bergan xalq deputatlari Soveti ijroiya qo‘mitasining roziligi bilan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismda “davlat hakamligi idoralari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining hakamlik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. 19-moddaning birinchi qismida “ularning xohishiga ko‘ra xalq deputatlari rayon yoki shahar Soveti tomonidan avvalgi yeri bilan aynan bir xil bo‘lgan yer uchastkasi ajratilgach” so‘zlari “ularning xohishiga ko‘ra xalq deputatlari nohiya yoki shahar Soveti ijroiya qo‘mitasi tomonidan avvalgi yeri bilan aynan bir xil bo‘lgan yer uchastkasi ajratilgach” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 21-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
O‘zlariga qarashli ayrim aholi punktlari shahar hududi tarkibiga qo‘shib yuborilgan jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklarida uzluksiz besh yildan ortiq ishlagan va hamon ishlab ketayotgan kolxozchilarning, davlat xo‘jaliklari ishchi va xizmatchilarining, shuningdek o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik qilish huquqi bilan ularning ish joyidan yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun shu xo‘jalikda belgilab qo‘yilgan miqdorda tomorqa yeri beriladi (binolar va hovlilar egallagan maydon ham shu jumlaga kiradi)”.
13. 25-moddaning uchinchi qismida “ulardagi suv resurslari va limitlarning mavjudligini e’tiborga olib xalq deputatlari oblast Sovetlari” so‘zlari “ulardagi suv resurslari va limitlarining mavjudligini e’tiborga olib xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. 28-moddada:
birinchi qismda “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining qaroriga muvofiq” so‘zlari “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari qarorlariga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismda “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining qarorlariga binoan” so‘zlari “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining ijroiya qarorlariga binoan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. 30-moddada “xalq deputatlari tegishli oblast Sovetlarining qarorlariga binoan” so‘zlari “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qaroriga binoan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. 34-moddada:
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarda “xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining qarorlariga asosan”, “xalq deputatlari shahar (posyolka) Sovetining qaroriga muvofiq”, “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining qarori asosida” so‘zlari tegishli yo‘sinda “xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qarorlariga asosan”, “xalq deputatlari shahar (posyolka) Soveti ijroiya qo‘mitasining qaroriga muvofiq”, “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Soveti ijroiya qo‘mitasining qarori asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismda “xalq deputatlari tegishli posyolka, rayon, oblast va Toshkent shahar Sovetlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi” so‘zlari “xalq deputatlari tegishli posyolka, nohiya, viloyat va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qarorlari bilan tasdiqlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismda “xalq deputatlari oblast, Toshkent shahar Sovetlarining qarori asosida” so‘zlar “xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitasining qarori asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17. 36-moddaning beshinchi qismida “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining qaroriga muvofiq” so‘zlari “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining ijroiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18. 37-moddaning ikkinchi qismida “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar” so‘zlari “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari ijroiya qo‘mitalari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19. 39-moddaning ikkinchi qismida “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi” so‘zlari “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining ijroiya qo‘mitasi ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20. 40-modda ikkinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) qishloq aholi punktlarining xalq deputatlari qishloq Sovetlari ixtiyoridagi yerlaridan. Ana shu aholi punktlarining chegaralari doirasida xalq deputatlari qishloq Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer uchastkalari berish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;”
21. 42-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yo‘nalishdagi yer korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanishga yer berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi”;
ikkinchi qismidagi “xalq deputatlari rayon va shahar Sovetlarining qaroriga muvofiq” degan so‘zlar “xalq deputatlari nohiya va shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qaroriga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22. 47-moddaning uchinchi qismida “Xalq deputatlari rayon Sovetlari” so‘zlari “Xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
23. 50-moddaning uchinchi qismida “davlat hakamligi idoralari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi hakamlik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
24. 52-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq deputatlari viloyat Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qaroriga muvofiq bu mablag‘lardan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish yo‘lida ham foydalanish mumkin”.
25. 55-moddaning ikkinchi xatboshidagi “uchun” so‘zidan keyingi “ittifoq” so‘zi chiqarib tashlansin.
26. 57-moddaning “SSSR Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
27. 58-moddaning:
birinchi qismi “xalq deputatlari Sovetlarini” degan so‘zlardan so‘ng “va ularning ijroiya qo‘mitalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “mamlakat” degan so‘z “respublika” degan so‘z bilan almashtirilsin;
beshinchi qismda “SSSR Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
28. 60-moddaning:
birinchi qismi “xalq deputatlari Sovetlarining” degan so‘zlardan so‘ng “va ularning ijroiya qo‘mitalarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismidagi “Yer tuzish xalq deputatlari Sovetlarining qaroriga” degan so‘zlar “Yer tuzish xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qaroriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
29. 61-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xo‘jaliklararo yer tuzish hamda qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalari xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlari ijroiya qo‘mitalari tomonidan tasdiqlanadi.
Xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalari xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari tomonidan tasdiqlanadi”.
30. 62-moddaning:
birinchi qismidagi “xalq deputatlari Sovetlari”, “davlat hakamligi idoralari” degan so‘zlar tegishli yo‘sinda “xalq deputatlari Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari”, “O‘zbekiston Respublikasining hakamlik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “davlat hakamligi idoralari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining hakamlik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “xalq deputatlari tegishli qishloq (ovul) va posyolka Sovetlari tomonidan” degan so‘zlar “xalq deputatlari tegishli qishloq va posyolka Sovetlari ijroiya qo‘mitalari tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlardagi “xalq deputatlari shahar Sovetlari”, “xalq deputatlari rayon Sovetlari”, “xalq deputatlari oblast Sovetlari” degan so‘zlar tegishdi yo‘sinda “xalq deputatlari shahar Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari”, “xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari”, “xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismidagi “ittifoqdosh” so‘zi “suveren” so‘zi bilan almashtirilsin. Basharti, komissiya o‘zaro bir qarorga kelolmasa, mazkur masalalar xususidagi nizolar SSR Ittifoqi qonunlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi lozim” degan gap chiqarib tashlansin.
31. 63-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq deputatlari mahalliy Soveti ijroiya qo‘mitasining yer xususidagi nizo yuzasidan chiqargan qaroriga tomonlarning biri norozi bo‘lgan taqdirda qaror ustidan tomonlarning biri fuqaro, jamoa xo‘jaligi, boshqa shirkat yoxud jamoat korxonasi, muassasasi va tashkiloti, qo‘shma korxonalar, boshqa ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lganida sudga, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘rtasida yer xususida nizolar chiqqanida esa O‘zbekiston Respublikasining hakamlik sudlariga ham shikoyat qilinishi mumkin”.
32. 64-moddaning:
beshinchi qismidagi “xalq deputatlari tegishli qishloq (ovul), posyolka, rayon yoki shahar Sovetining” degan so‘zlar “xalq deputatlari tegishli qishloq, posyolka, nohiya yoki shahar Soveti ijroiya qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “xalq deputatlari Sovetlari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq olib qo‘yilishi” degan so‘zlar “xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qo‘mitalari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq olib qo‘yilishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
33. 65-modda. Quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Basharti, O‘zbekiston Respublikasining boshqa suveren davlatlar bilan shartnomalarida “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida ko‘zda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnomaning qoidalari qo‘llaniladi”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 20-noyabr,
439-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 84-modda)