O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSINING 128-1-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Transport vositalarining ichki jihozlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarlak to‘g‘risidagi kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 411-modda; 1986-yil, № 29, 350-modda) 128-1-moddasiga o‘zgartirish kiritib, u quyidagi tahrirda bayon etilsin:
128-1-modda. Transport vositalarining ichki jihozlarini buzish
Passajir vagonlarining ichki jihozlarini, lokomotivlar hamda vagonlarning oynalarini buzish —
besh yuz so‘mdan ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kemalar hamda avialaynerlarning ichki jihozlarini buzish —
besh yuz so‘mdan ming so‘m miqdorgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Avtobuslarning, marshrut taksilarining, taksilar va shahar elektr transportining salonlaridagi hamda metropoliten vagonlaridagi va maxsus transportning hamma turlaridagi oynalar va ichki jihozlarni buzish —
ming so‘mdan ikki ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jarima undirib olinishi aybdorni yetkazilgan moddiy zarar summasini to‘lashdan ozod etmaydi”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 20-noyabr,
437-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 51-modda)