Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018 29.09.2008 yildagi O‘RQ-184-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XO‘JALIK PROTSESSUAL KODEKSIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 12-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda ma’qullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ­Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 373-modda; 2007-yil, № 8, 367-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) quyidagi mazmundagi 1921-modda bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1921-modda. Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizani ushbu Kodeksning 193-moddasida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarga berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza mazmunan ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Arizaga sudning hal qiluv qarori nusxasi, agar ish apellatsiya, kassatsiya tartibida ham ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari nusxalari ham ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismi talablariga rioya qilinmagan taqdirda nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil o‘tgandan keyin berilgan nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza bir oylik muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda esa ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protest keltirish uchun asoslar bo‘lmaganda ariza bergan shaxsga arizani qanoatlantirmasdan qoldirish sabablari ko‘rsatilib, yozma javob berilishi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 197-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“197-modda. Protest keltirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protest keltirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda ushbu Kodeksning 193-moddasida ko‘rsatilgan mansabdor shaxs protest keltiradi va uni ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Rayosatiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protestning mazmuni ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protestning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protest keltirgan mansabdor shaxs uni protest ko‘riladigan sud majlisi boshlanguniga qadar o‘zgartirish, to‘ldirish yoki chaqirib olishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar protest to‘ldirilganligi, o‘zgartirilganligi yoki chaqirib olinganligi to‘g‘risida xabardor qilinadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 29-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘RQ-184-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 406-modda)