O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSINING 211-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 14-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 29-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2008-yil 29-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar) 211-moddasining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) jinoyat qurollari, kimga tegishliligidan qat’i nazar, musodara qilinishi kerak va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-sentabr,
O‘RQ-176-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 363-modda)