04.09.2008 yildagi 200-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.02.2018 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ISHLAB CHIQARILAYOTGAN PAXTA MOYI SIFATINI OSHIRISHNI YANADA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarilayotgan pirovard mahsulotning, eng avvalo paxta moyining sifatini doimiy ravishda yaxshilashdan yogʻ-moy sanoati korxonalarining manfaatdorligini ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shuningdek respublika paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi F-2996-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha maxsus Idoralararo komissiya tomonidan ishlab chiqilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni ragʻbatlantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat uchun ishlatiladigan paxta moyi sifatini nazorat qilish tizimi 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2008—2011-yillar davrida yogʻ-moy sanoati korxonalari tomonidan oʻsimlik moyini qadoqlash va hidsizlantirish boʻyicha quvvatlarni 3-4 ilovalarga* muvofiq kuchaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3 va 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, texnik chigitlarga ulgurji-sotish narxlari ularning navlari va klassi hisobga olingan holda tabaqalashtirilib “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq paxta moyi chiqishi normativlari har yili seleksiya navlari boʻyicha paxta xom ashyosi tayyorlashning haqiqiy hajmlari va chigitning “Oʻzstandart” agentligining Oʻzbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Sifat” markazi deb ataladi) tomonidan aniqlanadigan moydorligi hisobga olingan holda respublika mintaqalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzpaxtayogʻ” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi” bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni ragʻbatlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar 1-ilovada belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tizim asosida respublika yogʻ-moy korxonalarida ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifati kompleks nazorat qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moy ishlab chiqarish jarayonida yogʻ-moy korxonalari tomonidan texnologik rejimlar normalariga rioya qilinishining tizimli monitoringi olib borilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda texnik chigitning moydorligini aniqlashning ekspres-analizatorlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar amalga oshirilishini hamda “Sifat” markazi laboratoriyalari va yogʻ-moy korxonalari ular bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 4-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 349-modda; 2011-y., 50-son, 515-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)