Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 26.08.2008 yildagi PQ-952-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATINING GRANT MABLAG‘LARINI JALB ETGAN HOLDA ILMIY-TEXNIKA ADABIYOTLARI ELEKTRON KUTUBXONASINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida elektron axborot-kutubxona resurslarini yaratish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy-texnika adabiyotlarining elektron manbalarini shakllantirish va to‘plashning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish hamda respublika fuqarolarining undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan 2008-2009-yillar mobaynida ilmiy-texnika adabiyotlari elektron kutubxonasini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga jami 2 mln. AQSH dollari miqdorida grant mablag‘lari berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari doirasida olib kelinadigan uskunalar va materiallar, shuningdek ko‘rsatiladigan texnik yordam O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi negizida ilmiy-texnika adabiyotlari elektron kutubxonasini tashkil etishga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi mazkur grant mablag‘larini olish uchun barcha zarur tartib-qoidalarni Koreya tomoni bilan kelishib olingan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga Koreya Respublikasi tomonidan berilgan grant mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish vazifasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi zimmasiga loyihani samarali amalga oshirish, grant mablag‘lari doirasida olib kelinadigan uskunalar va materiallardan maqsadli foydalanish mas’uliyati yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Grant mablag‘lari hisobidan Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi negizida ilmiy-texnika adabiyotlari elektron kutubxonasini tashkil etish loyihasi bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi — buyurtmachi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aloqaloyiha” loyihalashtirish instituti — bosh loyihalashtiruvchi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki — grant mablag‘lari hisobidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ilmiy-texnika adabiyotlari elektron kutubxonasini tashkil etish uchun Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobidan olib kelinadigan uskunalar va materiallar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK mazkur grant doirasida olib kelinadigan uskunalar va materiallarni aeroportlarda hamda temir yo‘l stansiyalarida yig‘imlar undirib olinmagan holda yuklarni topshirish ishlari amalga oshirilishi hamda saqlanishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihaning xorijiy qatnashchilariga ko‘p martalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek ularning istiqomat joyida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2010-yildan boshlab O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga grant doirasida olib kelinadigan jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun budjetdan ajratib beriladigan mablag‘lar chegarasidagi xarajatlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 26-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-952-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 35-36-son, 345-modda)